Mitti Farishta 🖇 || blogi
Open in Telegram
🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99
Show more556
Subscribers
-124 hours
-47 days
-2430 days
Posts Archive
@Umr_Falsafasi kanaliga joylanadigan eng ko'p she'rlar
Malika Salimova
Yasemin
Odilbek Qodirov
Siz ham qolgan ajoyib va Mazmunli she'rlarini ijod kanallarida o'qib borishingiz mumkin☺️
Yozuvchilarning shaxsiy kanallari😊
Va eng ko'p joylanadigan sehrli ovoz ijrochilarining shaxsiy kanallari😊
Feruzabonu
Shahina Bahodirova
Saadiya Ikramovna
Gulruxsor Nosirova
Shohista Ikromjonovna
Abdullo Bakhramov
Yelkamga ortmoqlab dunyo dardini,
Ming yillik yo‘llardan boraman o‘tib.
Kimdir yutib-yutib izim gardini,
Yerda qoqilmog‘im yotadi kutib!
✍Malika Salimova
🎙Gulruxsor Nosirova
Yig‘lamang, bu dunyo shunday yaralgan,
Ashku, jolangizga arzimaydi u.
Besh kunlik mehmonga ko‘zi qadalgan,
Go‘yoki hukmini suradi mangu!
✍Malika Salimova
🎙Shahina Bahodirova
Gunohlar yuvilar, kun axir bugun,
Har aytgan duoga hamrohdir malak.
Mo‘minman deganda qolmasin tugun,
Aziz dindoshlarim, Hayit muborak.
✍Zaynura Hasanova
🎙Shahina Bahodirova
Bir erkak kitob doʻkonida sotuvchiga: - “Sizlarda ayollar bilan kurashib, zafar qozongan erkaklar haqida kitob bormi?” deb soʻrabdi.
Sotuvchi qoʻli bilan nariroqqa ishora qilib: “Bor janob, ertak kitoblar anavi qatorda” diyarmish😁
Kimdir savob ishga aylasin jazm,
Va unga bor gapni ro‘yi-rost aytsin,
Yoki unutdim deb tan olsin, mayli,
Yoki shu bugunoq yonimga qaytsin...
Kimdir borib aytsin...
✍Malika Salimova
🎙Shahina Bahodirova
Ҳайит келди, нархларни кўтаринглар...
"Нарх кўтарганлар ..... чиқсин" экан)
O‘tib borar o‘ttizinchi kun,
Eshitilar shom uchun azon.
Alvido, deyishga qo‘rqaman,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon...
Yelkanlari ufqqa sho‘ng‘igan
Manzarani eslatgan kabi
Qaylargadir savob ko‘tarib
Suzib borar umr markabi.
Men orolda qolayotgan o‘y —
O‘sha ertakdagi Robinzon...
O‘n bir oylik yolg‘izligim qo‘y,
Seni kutmoq — sharaf, Ramazon!
Bittadan yoz, ham qishu bahor
O‘tkazamiz, xo‘p, mayli, degin.
Suyukligim, lekin va’da ber -
Men sho‘rlikni sog‘inib kelgin.
Yelkanlaring xilpillat mahzun,
Ol mendanam ko‘p-ko‘p xavotir.
Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,
Yo‘qligingda ne ishlar sodir...
Sen kelasan, gullar bu maskan
Voqif bo‘lib azaliy sirdan.
O‘n bir oyda dilimni ezgan
Gunohlarim kuyadi birdan.
Unutilar ortdagi zahmat,
Peshonamda rahmat terlari.
Ko‘z yoshlardan qolarmikan-yey
Yurakning vahm, mavhum kirlari?!
Sog‘inching-la but bugun yurak —
Takror-takror vaslingga yetish
Va qo‘shimcha birgina tilak:
Bu oroldan sen bilan ketish!!!"
Ko‘nglim endi tamomiyla to‘q,
Tugab qoldi shomga ham azon -
Lug‘atimda xayr so‘zi yo‘q,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon!
Alvido, deyishga qo‘rqaman...
Xayrulla Hamidov
Ko'p kishi bugun Arafa emas. Ramazon oyida Arafa yo'q deyishadi. Uzr, Bizni yoshlikdan bobo va buvilarimiz shunaqa tarbiya qilishgan. Osh qilib qo‘shni va qarindoshlar uyiga olib borilardi. Shunga odat bo'lib qolgan.
Assalomu alaykum yaxshi inson, samimiy do'st...
Mana Bir yil intiq kutganimiz mohi Ramazon 30 kun mehmon bo'lib, endi ketish taraddudida.
Barcha musulmon ahliga arafa va Ramazon hayit ayyomi muborak bo'lsin...
Allohim tutgan ro'zalarimizni dargohida qabul aylasin, ezgu duolarimizni ijobatini bersin, ilohim...
Har yili Ramazonni birga sog'-omonlikda kutib olish nasib aylasin...
Samimiy insonlar o'rtasida mehr-oqibat yo'qolmasin...
Qadrli inson sizni Alloh yo'lida yaxshi ko'raman ...
