Mitti Farishta 🖇 || blogi
Open in Telegram
🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99
Show more556
Subscribers
-124 hours
-27 days
-2830 days
Posts Archive
Buyurtma qilgan maskalarim keldi. Bu firmadan o'tgan yili ota-onamdan 100ta sovg'aga, O'zbekistonga borganda 200ta sotgani va sovg'aga olib ketgandim.
Shuning uchun menda ham maskalarim kam qolganiga kunlik ishlatishga 100ta buyurtma qildim.
Maskani yaxshi tomoni yuzni namlantiruvchi, oziqlantiruvchi, tinchlantiruvchi hususiyatlarga ega. Kunlik ishlatishga yaxshi. Albatta bu maskan turi va tarkibiga qarab. Ayrim maskalar haftada 2marta ishlatish yaxshi.
Uchinchi odamning ortiqcha aralashuvi doimo oilaga yaxshilik olib kelmaydi
Koreyada zilzila deyarli yo'q. Qaysidir shaharda bo'libdi. Shunga qattiq shovqin bilan oldindan xabar ham keldi...
Jim qoldi biror so'z aytolmay tilim,
Yuragim dardini tingladim bugun.
Parcha bo'ldi, kuydi olovdek dilim,
Men o'z qadrim uchun yig'ladim bugun.
✍Malika Erkinovna
🎙Saadiya Ikramovna
Essence, serum va ampula o'rtasidagi farqlar
Essence, serum va ampula - bularning barchasi terini oziq moddalar bilan ta'minlaydigan intensiv parvarish yoki funktsional parvarishni ta'minlaydigan kosmetik vositalardir.
Har uch mahsulot ham bir xil foydalanishga ega.
Essence, serum va ampula o'rtasidagi farq faol moddalarning tarkibi va konsentratsiyasiga bog'liq .
Odatda, ingredientlar quyidagi tartibda konsentratsiyalanadi:
Essence < sarum < ampula
Ushbu kontsentratsiya darajasini formuladagi farqda ham ko'rish mumkin.
Essenslar odatda oqadigan mustahkamlikka ega va juda suyultiriladi.
Serum mohiyatga qaraganda yuqori yopishqoqlikka ega, ammo ampuladan yupqaroqdir.
Ampulani uchtasi orasida eng qalin formulasi deb aytish mumkin.
Yuqori konsentrlangan ingredientlarga ega ampulalar bo'lsa, kundalik foydalanish cheklangan bo'lishi mumkin, chunki ular teriga og'irlik qilishi mumkin.
Bunday holda, har 3-7 kunda bir marta foydalanish kerak.
Ampulani ishlatmaydigan kunlarda asosiy parvarish qilish uchun Essence yoki serumdan foydalanishingiz mumkin.
Shu tarzda qaraydigan bo'lsak, yuqori tarkibli va konsentratsiyali ampula eng yaxshisi emasmi?
Men bu haqda o'ylashim mumkin.
Bu, albatta, to'g'ri emas, chunki to'g'ri mahsulot terining turiga qarab o'zgaradi.
Agar teringiz qattiq quruq bo'lsa yoki siz tezda elastiklikni tiklashingiz kerak bo'lsa, ampula samaraliroq bo'lishi mumkin.
Yog'li teri yoki ko'p yog'li teri uchun yengilroq serum yoki Essence mos kelishi mumkin.
Shuning uchun, terining turiga qarab ehtiyotkorlik bilan tanlang va foydalaning.
Bugun sizni qiziqtirgan savollarga javob beraman.
Shu yerda qoldiring
P/s: Koʻk yozuv ustiga bosing va manzil shu yer kimligingiz bilinmaydi qoʻrqmang😅
Sinayvermang har tashvishga ko‘nib tursa,
Ojizlarning so‘ngi so‘zi ,,xo‘p bo‘ladiʼʼ.
"Baxtli ekan", deb o‘ylamang, kulib tursa.
Kulib turgan yuzlarda dard ko‘p bo‘ladi.
✍Odilbek Qodirov
🎙Dildora Malikovna
Синайверманг ҳар ташвишга кўниб турса.
Ожизларнинг сўнги сўзи ,,ҳўп бўладиʼʼ...
Бахтли экан деб ўйламанг кулиб турса.
Кулиб турган юзларда дард кўп бўлади.
Мажбур бошин эгиб ҳаёт шартларига,
Кўнглин макон қилиб ташвиш гардларига.
Эрмак бўлиб кулгулари дардларига,
Кулиб турган юзларда дард кўп бўлади.
Ўтли экан деманг боқса қарашлари,
Ёлғиз қолса ёшлари тўп тўп бўлади.
Уни олов қилган тақдир курашлари.
Ёниб турган кўзларда дард кўп бўлади.
Бир ўзини қўйсалар ҳам ёлғизгина,
Қўл силтолмас юрак қурғур орсизгина.
Синовларнинг қаршисида ёлғизгина,
Кулиб турган юзларда дард кўп бўлади.
Озор берманг ҳушёр бўлинг сўзингизга.
Кўнгил нозик, салга синар чўп бўлади.
Асли шундоқ тикон босган ўзингизга.
Чидаб турган дилларда дард кўп бўлади.
Мағрур турар армонлари бағрин ўйиб,
Кетар экан яшашдан ҳам гоҳи тўйиб.
Барчасини Аллоҳимга солиб қўйиб,
Кулиб турган юзларда дард кўп бўлади.
✍ Одилбек Қодиров
O'zbekistondan ko'ra Koreyada farzand katta qilish qiyin va ma'sulyati ko'p. Hamma sharoiti bo'lsa ham...
O'zimizni mahsulotlarni buyurtma qilmaganimga ham ancha bo'libdi)
Bugun buyurtma qildik😊
Instagram sahifamizda 60mingdan ortiq obunachi 🥰
Instagram.com/Umr_Falsafasi
+1
Erkak kishi yuvilgan kirlarni ilganda qanday yuvilgan bo'lsa shunday quriydi ekanda😅
