Hilol Nashr USA 🇺🇿🇺🇸🇨🇦🌎
Open in Telegram
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته 🌙БИЗДА ҲАНАФИЙ МАЗҲАБИ, МОТУРИДИЙ АҚИДАСИДАГИ КИТОБЛАРНИ ТОПИШИНГИЗ МУМКИН. Sotib olish uchun: @kitoblar00 917-375-4780 Yetqazib berish xizmati mavjud ✈️🚚
Show more982
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+230 days
Posts Archive
#Сотувда
Al-Adab Al-Mufrat.
Bu kitob, har bir Musulmonning xonadonida bo'lishi zarurdir.
Ma'lum bo'lishicha, ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hadis bo'yicha ijozalari Imom Al Buxoriyga yetib boradi. Shunday ekan, ustozlarini Al Adab Al Mufrat kitoblarini tarjima qilish baxtigaham u kishi muyassar bo'lganlar. O'tgan uztozlarimizni Allohim rahmatinga olgin amin!
Narxi $60
https://www.ebay.com/itm/386504747316?mkcid=16&mkevt=1&mkrid=711-127632-2357-0&ssspo=decjgz5qtfi&sssrc=4429486&ssuid=decjgz5qtfi&var=&widget_ver=artemis&media=COPY
Siz kutgan kitoblar yana qayta sotuvda! 🥳
📱 Buyurtma berish uchun @kitoblar00
Qurʼoni azim muxtasar tafsiri
⠀
📙 Ilk bora kitob holida chop etilgan Qurʼoni karimning o‘zbek tilidagi maʼnolari tarjimasi muallifi Shayx Alouddin Mansur tomonidan yozilgan ushbu tafsir tilining ravonligi bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushgan.
🔸 Muallif kitob muqaddimasida “Qurʼoni Karim maʼnolarini arabchadan boshqa tillarga tarjima qilish va oʻzga xalqlarni ham Alloh taolo soʻzining mazmunidan bahramand qilish shariati islomiya tarafidan buyurilgan ishlardan hisoblanadi”, deya taʼkidlaydi.
☺️ Mazkur 2 qismga ega tarjima va tafsir sizlarga maʼqul keladi degan umiddamiz.
⠀
Kitoblar narxi: $65
📚 «Саодат асри қиссалари» 1, 2, 3, 4-китоблар (қутида)
«Саодат асри қиссалари» китоби Саодат асридан ҳикоя қилувчи асардир. Китоб тўла ҳолида Жаноби Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг туғилишларидан то вафотларига қадар муборак ҳаётларини камраб олади. Худди шу мавзуга бағишланган бошқа асарлардан фарқи муаллиф аниқ тарихий воқеа-ҳодисаларни ўзига хос бадиий йўсинда акс эттирганидир. Натижада у ғоят ўқишли чиққан.
🏷 Нархи: $75
«Мажмаъ ул-Мақсуд» 1, 2, 3, 4- жузлари
Қўлингиздаги ушбу китоб «Мухтасарул Виқоя» асарининг ўзбек тилидаги шарҳидир.
«Мухтасарнинг шарҳи» деб шуҳрат топган бу фиқҳий асар юртдошимиз Мансурхўжа ўғли Мақсудхўжа қаламига мансуб бўлиб, ёзилганига юз йилга яқинлашаётган бўлсада, Мовароуннахрнинг туркий ўзбек тилида сўзлашувчи халқлари ўртасида ўзининг катта обрў ва эҳтиромига эга. Бироқ китоб араб ёзувида битилганлиги ва кейинги олтмиш йилдан кўпроқ давр мобайнида мазкур имло муомаладан мутлақо чиқариб ташланиб, халқимизнинг бу борадаги саводхонлиги қарийб юк даражага тушиб қолгани сабабли кўпчилик мусулмонлар ундан фойдалана олмай қолган эдилар. Араб ёзувига мутолааси бор кишилар эса унинг бирорта нусхасига эга бўлиб, кундалик турмушида унга доимо мурожаат қилиб туришни орзу қилардилар ва шунга эҳтиёж сезардилар. Маълумки, кадимда «Мухтасар» номи билан машҳур бўлган араб тилидаги фиқҳий асар муаллифи ҳам юртдошимиз Бухоролик Убайдуллоҳ ибн Маъсуддир (747 ҳижрий йилида вафот этган.
Нархи:$57
Majolisi Hakimul umma
Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy rahimahulloh Hindistonlik ulugʻ allomalardan biri hisoblanadilar.
📕 Ushbu kitob muallifi Muhammad Shafe’ Usmoniy, ustozi Ashraf Ali Tahonaviydan hikmatlarga boy va maroqli suhbatlarni oʻz qulogʻi bilan eshitib, ularni goʻzal tartib bilan toʻplagan va kitob holiga keltirgan.
Mazkur asarni Yorqinjon qori rahimahulloh oʻzbek tiliga tarjima qilib, oʻzbekzabon musulmonlar uchun juda katta meros qoldirdilar.
Muallif: Muhammad Shafe' Usmoniy
Narxi: $20
Buyurtma berish uchun: @kitoblar00
Aqiydatut-Tahoviya sharhining talxiysi
Muhammad Anvar Badaxshoniy qalamiga mansub mazkur kitobni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tarjima qilib, oʻzbekzabon musulmonlar uchun taqdim etganlar.
📗 Ushbu kitobda aqoid ilmining maqsadi, mavzusi, iymon, tavhid va uning darajalari, ta’vil, istitoʻat, valiylar, karomat haqida, shuningdek, buzuq aqiydalar va adashgan firqalar haqidagi muhim ma’lumotlar berilgan.
Sahifasi: 448 bet
Narxi: $18
#sotuvda
✨ «Руҳий тарбия» асари динимизнинг тамал тошларидан бири бўлмиш нафс тарбияси масалаларига бағишлангандир.
Бир киши Али розияллоҳу анҳудан сўради:
— Абу Бакр ва Умар даврида бўлмаган ихтилоф ва тафриқалар нега сизнинг даврингизда юзага чиқди?
Али розияллоҳу анҳу у кишига шундай жавоб бердилар:
— Улар менга ўхшаган инсонларни бошқаришган. Мен эса сизга ўхшаганларни бошқаряпман.
Нархи: $45
“Keldim, Koʻrdim, Angladim”
✨ Bu hayot shunday yaratilganki, har jabhada bir-birining oʻrnini to'ldirib turuvchi bogʻliqliklar xuddi oldindan rejalashtirilgandek.
☘️ Ha, albatta, tabiatning biz bilgan va bilmagan ajib moʻjizalari, fasllarning tizimli almashishidan tortib, biz boshqara olmaydigan hujayralar harakatigacha hammasi Allohning inoyati ila yaratilgandir.
“Keldim, Koʻrdim, Angladim” kitobida ham, Allohning goʻzal sifatlari ila yaralgan moʻjizalar hamda bir banda oʻlaroq Unga qanchalik muhtoj ekanligimiz haqida bayon qilingan.
Muqovasi — yumshoq;
Sahifasi — 123 bet;
Narxi — $13
☎️ Bog‘lanish uchun: @kitoblar00
917-375-4780
Sizni bir kitob do‘koningiz bo‘lmasin ekan-da! 😅
🌚 sizda kitob do'kon bormi?
Tez kunda! "Huzurbaxsh Tasallilar"
✨ Bu hayot sinovlardan iborat boʻlishi tabiiy, lekin yuqorida keltirib o'tilgan buyuk zotlarning musibatlari oldida, bizniki hech narsa emasligini tushuna olishimiz kerak.
📚 Har qanday kutilmagan muammolarni to'g'ri qabul qilishga va chuqurroq fikrlashga undaydigan “Huzurbaxsh Tasallilar” asari tez kunda “Qamar” kitoblar doʻkonida sotuvda.
#sotuvda
حاشية الصاوي على تفسير الجلالين "مكتبة سيدا" ٤ مجلد
Tafsiru Jalolaynga sharh..
Ilim olish har-bir mo'min musulmon uchun farzdir. Tafsir ilmi juda muhim ilimlardan hisoblanadi. Zero Alloh-ning har bir tushirgan oyatini o'qib uni ma'nolarini tadabbur qilish har-kimgaham nasib qilmaydi. Shunday ekan ko'proq tafsir ilmidan habardor bo'laylik.
"Baxtlik nedur" kitobi
🔹Ushbu qimmatli kitob XX asr o'zbek ma'rifiy adabiyotining yirik vakillaridan biri Alixonto'ra Sog'uniy hazratlarining go'zal ibrta va hikmatga to'la misralari, salmoqdor fikrlari va boshqa umumbashariy fazilatlarga boy mavzular yoritilgan ushbu to'plam sodda va ravon uslubda bitilganligi bilan alohida ahamiyatga sazovor.
Narxi: $17
Buyurtma berish uchun:
📞 917-375-4780
#Янгилик
Islomda bid’at tushunchasi
Salohiddin ibn Ahmad Idlibiyning "Al-bid’a al-mahmuda bayna shubuhatil mani’iyn va adillatil mujiziyn" deb nomlangan ushbu asarini Najmiddin Hamidulloh o‘zbek tiliga tarjima qilib, "Islomda bid’at tushunchasi" deb nomladi.
Dinimizni turli yot ta’sirlardan, yomon bid’atlardan asrash mo‘min-musulmon insonning sof qarashi, e’tiqodi va ilmiga bog‘liqdir.
📘 Mazkur risolada bid’at va uning ma’nolari xususida umumiy ma’lumotlar, xulosalar berilgan. Kitobdagi dalillar Qur’on va sunnatda kelgan ma’nolarga va ulamolarning fikriga asoslangan.
• Narxi – $16
Бир олимдан сўрашди: «Илмга қандай эришгансиз?»
Олим киши: «Бадавлат ота орқали» деб жавоб берди.
© Имом Зарнужий, «Таълимул мутааллим» асаридан
P.S: Ота-онаси бой-бадавлат кишилар уларнинг даврида улардан фойдаланиб қолишсин.
Qalb iffatiga nazar tashlaymiz
✨ Insonning har bir aʼzosi uchun iffat lozimdir, zero, tilning iffati behuda so'zlamaslik bo'lsa, ko'zning iffati uni haromdan tiyish bo'ladi.
Qalb iffatiga keladigan boʻlsak, unga Allohdan boshqasi halol emasdir. Haq tomon yurish yoʻlida bu tuygʻuning nechogʻlik muhim ekanligini tushuna olsakkina, Unga yetishishga zamin yaratamiz.
📚 Ushbu kitobni oʻqir ekansiz, mutolaa davomida Maryam onamizning oʻy-xayollari, ularning iffatlari borasidagi jumlalar bizni beixtiyor fikr yuritishga va saboq olishga yordam beradi.
Muqova — yumshoq;
Sahifa — 237 bet;
Narxi — $15
📌 Qalbi iffatiga erishish yoʻlida goʻzal xulosalar chiqarishga undaydigan asarni yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying.
☎️ Bog‘lanish uchun:@kitoblar00
