Info.uz | Rasmiy kanal!
Open in Telegram
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining Rasmiy kanali Murojaatlar uchun: @InfoMurojaat_bot
Show more186
Subscribers
-124 hours
-27 days
+130 days
Posts Archive
Repost from Info.uz | Rasmiy kanal!
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!
Agar sizda yer osti aloqa kabellarining muhofaza hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manziliga yoki 1133 qisqa raqamiga murojaat qiling. Hamda mutaxassislar ko‘rsatmasi asosida ish olib boring.
Murojaatingiz Call-markazlar tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, «O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 telefon raqamiga murojaat qiling. Biz holatni albatta nazoratga olamiz. Esingizda bo‘lsin, aloqa liniyalariga yetkazilgan zarar avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar sizning hisobingizdan qoplanishi mumkin.
Repost from "QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI" DM
🇺🇿Superliga. 20-tur
NASAF 6:2 NEFTCHI
⚽️ Umarbek Eshmurodov, 7 (1:0), Bobur Abduxoliqov, 8 (2:0), Sharof Muxitdinov, 22 (3:0), Adenis Shala, 40 (4:0), Bobur Abduxoliqov, 53 (5:0), Alisher Odilov, 59 (5:1), Alibek Davronov, 80 (6:1), Stipe Peritsa, 89 (6:2)
G‘alaba muborak bo‘lsin
Президентимиз ҳузурида:
➖Камбағаллик билан ишлаш бўйича мутлақо янги тизим жорий қилиниши белгиланди. Масъул раҳбарлар, вилоят ва туман ҳокимлари ҳамда банклар кучайтирилган иш режимига ўтади. Ҳар бир вилоят ва туманда ҳоким бошчилигида штаблар ташкил этилади.
➖Оилавий ва ёшлар тадбиркорлиги бўйича имтиёзли кредит ресурсларини бошқариш ваколати туман штабларига ўтказилади.
➖Туман штаблари кимга қанча кредит бериш, уни нақд ёки нақдсиз шаклда ажратиш, маблағни қайтариш муддатини узайтириш ва тўлов графигини бизнес турига мослаштиришни мустақил ҳал қилади. Инклюзив молиялаштириш масалалари ҳам штаблар ваколатига ўтказилади.
➖Кредит, субсидия ва компенсация шартларини фармон ва қарорлар билан белгилаш амалиётидан воз кечилади. Энди Иқтисодиёт вазирлиги ва Марказий банк ҳудудлар салоҳиятидан келиб чиқиб, молиялаштириш механизмларини ҳар чоракда янгилаб боради.
➖Туман штабига лойиҳалаш, қурилиш ва сифат назоратини хусусий секторга беришга рухсат этилади. Шу билан бирга, штаб раҳбари объектларни белгиланган муддат ва сифат талаблари асосида фойдаланишга топширилиши учун жавобгар бўлади.
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X
Чорвачилик учун олинган кредитнинг 40% игача қисмини грант сифатида қайтариб берилади!
Чорвачилик мажмуаларини қуриш, хўжаликни модернизация қилиш ёки гўшт-сут маҳсулотларини қайта ишлаш катта миқдорда инвестиция талаб қилади. Франция тараққиёт агентлиги (ФТА) иштирокида ва Европа Иттифоқи кўмагида амалга оширилаётган «Чорвачилик соҳасини барқарор ривожлантиришни молиялаштириш» лойиҳаси фермерларга молиявий юкни камайтириш учун ажойиб имконият тақдим этади.
Бу қандай ишлайди?
Сиз лойиҳа доирасида 100 минг еврогача бўлган имтиёзли кредит олиб (3 йиллик имтиёзли давр билан 10 йилгача муддатга), чорвачилик соҳасида иқлимга барқарор ва атроф-муҳитга безарар лойиҳангизни амалга оширасиз. Бажарилган лойиҳа иқлим барқарорлиги мезонларига мос келиб, объект ёки ускуналар фойдаланишга топширилгач, олинган кредитнинг бир қисми Европа Иттифоқи томонидан ажратиладиган грант маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.
💵Грант миқдори
Стандарт бўйича кредит суммасининг 30 фоизигача, агар бизнес аёллар ёки 24 ёшгача бўлган ёшлар томонидан юритилса, 40 фоизигача грант берилади.
Лойиҳада фермер ва деҳқон хўжаликлари, МЧЖ ва оилавий корхоналар иштирок этиши мумкин. Кредит учун аризалар 2027 йилнинг 30 июнигача, грант учун эса 2028 йил 31 мартга қадар қабул қилинади.
📥 Батафсил маълумот учун:
📞 +998 90 926 03 30
📍 Тошкент шаҳри, Қўшбеги кўчаси, 22-уй.
👉Батафсил
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
➖➖➖
До 40% от суммы кредита на животноводство можно получить в виде гранта!
Строительство животноводческих комплексов, модернизация хозяйства или переработка мясо-молочной продукции требуют значительных инвестиций. Проект «Финансирование устойчивого развития сферы животноводства», реализуемый при участии Французского агентства развития (ФАР) и при содействии Европейского союза, предоставляет фермерам отличную возможность снизить финансовую нагрузку.
Как это работает?
В рамках проекта предприниматель получает кредит на сумму до 100 тысяч евро (на срок до 10 лет с 3-летним льготным периодом) и реализует климатически устойчивый и экологически безопасный проект в сфере животноводства. После ввода объекта или оборудования в эксплуатацию и подтверждения соответствия критериям климатической устойчивости, часть понесённых затрат компенсируется за счёт грантовых средств, предоставляемых Европейским союзом.
💵 Размер гранта
В стандартном порядке компенсируется до 30% от суммы кредита. Если же проект реализуется женщинами или молодыми людьми в возрасте до 24 лет, размер грантовой поддержки увеличивается до 40%.
В проекте могут принять участие фермерские и дехканские хозяйства, ООО, семейные предприятия и другие категории предпринимателей. Заявки на получение кредита принимаются до 30 июня 2027 года, а на получение гранта — до 31 марта 2028 года.
📥 Подробная информация и консультация:
📞 +998 90 926 03 30
📍 г. Ташкент, ул. Кушбеги, 22.
👉Подробнее
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi
Prezident yoshlarni yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalar, kasb-hunar, ona tili, tarix va madaniyatni puxta egallashga, jahon tarixi va xorijiy tillarni o‘rganishga chaqirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/2NMTF1Qvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabrikladi:
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
👉 @xushnudbek 👈
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!
Agar sizda yer osti aloqa kabellarining muhofaza hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manziliga yoki 1133 qisqa raqamiga murojaat qiling. Hamda mutaxassislar ko‘rsatmasi asosida ish olib boring.
Murojaatingiz Call-markazlar tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, «O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 telefon raqamiga murojaat qiling. Biz holatni albatta nazoratga olamiz. Esingizda bo‘lsin, aloqa liniyalariga yetkazilgan zarar avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar sizning hisobingizdan qoplanishi mumkin.
Repost from Tarovat.uz
Qashqadaryo viloyati hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar safida Qashqadaryo viloyati hokimi Azimov Murotjon Berdialiyevich ham bor.
U hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi samarali faoliyati hamda davlat xizmatidagi fidokorona mehnati uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
ОТМда дарслар қачондан бошланади?
Олий таълим муассасаларида янги ўқув йили 1-босқич талабалари учун 7 сентябрдан, 2-босқич ва ундан юқори босқич талабалари учун 14 сентябрдан бошланади.
Академик лицей ва техникумларда эса дарслар 2 сентябрдан бошланади.
Kun.uz расмий канали
Keksalar — oilamiz farishtalari
Keksalar — oilamiz fayzi, xonadonlarimiz ko‘rki va duogo‘ylarimiz. Ularning salomatligi va xotirjamligiga g‘amxo‘rlik qilish esa barchamizning burchimiz.
Bugungi kunda “Nuroniylar” sihatgohida keksalarning mazmunli dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va davolanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Biroq zamonaviy texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan hozirgi davrda kiberjinoyatchilik xavfi ham tobora ortib bormoqda. Afsuski, turli internet firibgarliklari va aldovlardan jabr ko‘rayotganlar orasida keksalar ham bor. Shu bois ularning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, internetdan foydalanishda hushyor va ehtiyotkor bo‘lishlarini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda O‘zkomnazorat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi xodimlari hamda Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutasaddilari hamkorligida “Nuroniylar” sihatgohida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatchilik tushunchasi, uning keng tarqalgan turlari va kiberxavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, telefon qo‘ng‘iroqlari, ijtimoiy tarmoqlar va turli onlayn platformalar orqali amalga oshirilayotgan firibgarliklardan saqlanish, shaxsiy ma’lumotlar va bank kartalariga oid ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuv so‘ngida nuroniylar yana bir bor internet va telefon orqali kelayotgan shubhali xabar va qo‘ng‘iroqlarga ishonmaslikka, har qanday vaziyatda hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslikka chaqirildi.
Zero, kiberxavfsizlik — bu nafaqat yoshlar, balki har bir inson, ayniqsa, hayot tajribasi boy nuroniylarimiz uchun ham muhim.
Узкомназорат инспекциясининг Қашқадарё вилояти бўлими ҳамда вилоят ИИБ Кибержиноятларга қарши курашиш бошқармаси масъул ходимлари ҳамкорлигида Қарши шаҳридаги маҳаллалар раислари иштирокида «Кибержиноятчиликнинг олдини олиш» ва «Кибержиноятлардан ҳимояланиш» мавзуларида профилактик учрашув ўтказилди.
Маълумот ўрнида таъкидлаш жоизки, бугунги кунда Қарши шаҳрида 60 дан зиёд маҳалла фаолият юритиб, шаҳар аҳолиси 300 минг нафардан ортиқни ташкил этади. Рақамли технологиялар ҳаётимизга тобора чуқур кириб бораётган бир пайтда кибержиноятчиликнинг турли кўринишлари ҳам долзарб муаммолардан бирига айланмоқда. Айниқса, кўп ҳолларда нафақа ёшидаги кексалар ва ахборот технологияларидан етарлича хабардор бўлмаган фуқаролар жиноятчиларнинг алдовларига учраб, кибержиноятчилик қурбонига айланиб қолмоқда.
Бундай нохуш ҳолатларнинг олдини олиш, фуқароларнинг киберхавфсизлик борасидаги билим ва кўникмаларини ошириш мақсадида ташкил этилган тадбирда интернет ва ижтимоий тармоқлардан хавфсиз фойдаланиш, шахсий маълумотларни ҳимоя қилиш, банк карталари ва ҳисоб рақамларига оид маълумотларни бегона шахсларга бермаслик, шубҳали ҳаволаларни очмаслик каби муҳим қоидалар ҳақида атрофлича тушунтиришлар берилди.
Узкомназорат инспекциясининг Қашқадарё вилояти бўлими бош мутахассиси Усмон Нусуров маҳалла раислари, маҳалла еттилиги аъзолари ҳамда ҳар бир фуқаро билиши зарур бўлган киберхавфсизлик қоидалари ҳақида фикр юритиб, киберфирибгарликнинг кенг тарқалаётган усуллари ва улардан ҳимояланиш чораларига тўхталди.
Қашқадарё вилояти ИИБ Кибержиноятларга қарши курашиш бошқармаси мутахассиси, майор Сардор Худайбердиев эса кибержиноятларни содир этган шахсларга нисбатан қонунчиликда белгиланган жавобгарлик ва жазо чоралари ҳақида иштирокчиларга тушунча берди.
Қизиқарли ва мазмунли мулоқот тарзида ўтган учрашув давомида иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга мутахассислардан жавоб олдилар.
Таъкидланганидек, бундай профилактик тадбирларни маҳаллаларда мунтазам ташкил этиш, айниқса, аҳолининг киберхавфсизлик бўйича хабардорлигини ошириш кибержиноятчиликнинг олдини олиш, фуқароларни интернетдаги турли хавф ва фирибгарликлардан ҳимоя қилишда муҳим аҳамият касб этади.
Президентимизнинг "Тадбиркорлар куни муносабати билан соҳа вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони ва “Фаол тадбиркор” кўкрак нишони билан тақдирлаш тўғрисида"ги фармойиши билан тақдирланганлар орасида қашқадарёлик бир гуруҳ фаол тадбиркорлар ҳам бор.
Вилоят ҳокими Муротжон Азимов бошчилигида давлат мукофотлари ўз эгаларига тантанали топширилди.
