cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

John's blog

Assalomu aleykum qadri baland dasturchilar . Bu kanal orqali siz dasturalashdagi masalarni ishlanish yo'llarini ko'rishingiz mumkin Masalalar @akbaronlinebot jamoasi tomonidan ishlanadi :))

Show more
Uzbekistan95 965The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
103
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from MohirDev.uz
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik. O'qing, o'rganing, loyihalar qiling. 1. GitHub sahifalari Bepul rejasining xususiyatlari: - Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin. - Bandwidth: oyiga 100 Gb. - CNAME orqali domen ulashingiz mumkin. - HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi. 2. Glitch Bepul rejasining xususiyatlari: - Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi. - Xotirasi 512MBgacha. - Cheksiz statik saytlar. - Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi. - Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi. 3. Fleek Bepul rejasining xususiyatlari: - Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi. - HTTPSni qo’llab quvvatlaydi. - 3 GB xotira. - Cheksiz veb saytlar. - Gitda avtomatik joylashtirish. - Bandwidth: 50GB. - Bepul SSL sertifikati. 4. Netlify Bepul rejasining xususiyatlari: - Bandwidth: oyiga 100 GB. - Veb saytlar soni: Cheksiz. - Sayt versiyalarini qayta tiklay olish - Bepul CLI taqdim etadi. 5. Render Bepul rejasining xususiyatlari: - Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB. - Tezkor CDN. - SSL funksiyasini ulay olash. - Gitda avtomatik joylashtirish. To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/ @mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling! Telegram | Instagram | Youtube
Show all...

Rezyume yozish Rezyume sizni interivew'ga olib kirishga yordam beradigan eng yaxshi tashrif qog'oz. O'rtacha proffessional recruiter sizni rezyumeingizni ko'rish uchun 10 soniya vaqt ajratadi. Shu oz fursat ichida siz rezyumeingiz bilan interview'ga kirishga loyiq nomzod ekanligingizni isbotlashingiz kerak. - Rezyume to'liq ingliz tilida bo'lsin va grammatika hatolarni grammarly'dan tekshiring. - Rezyume juda ham sodda ko'rinishda bo'lsin. Ikonkalar, rang-barang va allambalo shriftlar umuman ishlatmang. - Rezyume .pdf formatida bo'lsin. Chunki .rar, .doc formatidagi fayllar recruiter macOS ishlatadigan bo'lsa ocha olmaydi. - Rezyume template generator'lardan umuman foydalanmang. Eng yaxshisi google docdan foydalanib pdf formatida yuklab olish. - Qanchalar chiroyli bo'lsangiz ham rezyumega umuman rasmingizni joylamang. Birinchidan USA'da bu holat taqiqlanadi (diskiriminatsiya, ratsizmga oid masalalar). Ikkinchidan rasm juda ham ko'p joy egallaydi. - Rezyumeda ikki yoki uchta bo'lim bo'lishi tavsiya qilinadi. - Education bo'limi. Qaysi universitetda o'qiganingizni yozganingiz ma'qul. Va o'qish mobaynida erishgan natijalaringizni list shaklida yozing. Misol uchun 3.7+ GPA, Students Hackaton 1-o'rin va hokazo. - Experience bo'limi. Asosan topshirayotgan ishingizga oid tajribalarni yozing, 7-sinfda to'yxonada ishlaganingizni emas. Har bir ish tajriba yozilganidan so'ng, list shaklida u yerda amalga oshirgan ishlaringizni yozing, bu eng muhim nuqta: Shablon: [x] narsani amalga oshirdim, [y] natijaga erishish uchun, [a, b, ...] texnologiyalardan foydalanib. Misol: 1) Minimized performance tests of react app from 7.5ms to 2ms, by implementing memoization. 2) Created reusable components with TypeScript used by 5+ colleagues on average 50+ times. Foydali linklar: 1) Google tavsiya qiladigan rezyume maslahatlar. https://www.youtube.com/watch?v=zrXZBkYzuZo 2) Darkhonbek Mamataliyevning rezyume template'i. https://github.com/darhonbek/resume_templates 3) Rezyume chat. https://t.me/resume_review/3 #internship_to_junior @inspired_engineer
Show all...
Eng og'riqli mavzu men uchun Orol bo'lgan! Buni ko’rib og'zim lang ochilib qoldi! Butun bir boshli davlatni qurityapsizlar! Alloh oldida ertaga javob berasizlar! P.s. Suratda Milliy bogʻning oʻzgarishi aks etgan. 👉 @abdusattor
Show all...
Ajoyib imkoniyat
Show all...
​​Dunyoda IT sohasining rivojlanishini koʻrib, bizda ham barcha sharoitlarga ega, zamonaviy IT markazlar boʻlishini doim orzu qilardim. Yaqinda mana shunday zamonaviy “Astrum” IT akademiyasi Toshkent viloyatida oʻz faoliyatini boshladi. Bu akademiya 42-maktab gʻoyasi ruhida tashkil topgani haqida yozgandim. Bunday akademiyaning faoliyat boshlashi insonni xursand qiladi. Bizga koʻpchilik iqtidorli, biroq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlar ushbu akademiyada oʻqish uchun murojaat qilishdi. Biz jamoamiz va “Astrum” IT akademiyasi bilan kelishgan holda ularga grant ajratib, imkon berishga qaror qildik. Mikrokreditbank va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi ham bu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi. Aynan shu maqsadda 1 500 000 000 soʻm mablagʻ ajratib, 100 nafar yoshlarning har biriga oʻqish uchun 15 million soʻmgacha grant berishni koʻzda tutuvchi yangi loyihani “Metsenat” bilan hamkorlikda e’lon qilamiz. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun @yoshlargrant_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish 14-noyabr kuni yakunlanadi. Ishonchim komilki, bu akademiyada oʻqigan yigit-qizlarimiz kun kelib, dunyo miqyosidagi yirik loyihalarni amalga oshiradigan, oʻzlaridan iz qoldiradigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishadi. @alisher_sadullaev
Show all...

Ajoyib gif 🤣🤣🤣
Show all...
— Dasturlash osonmi? — 😭
Show all...
Ajoyib gif 🤣🤣🤣
Show all...
— Dasturlash osonmi? — 😭
Show all...
Facebook endi Meta. Ijtimoiy tarmoq nomi o'zgarmaydi, faqat kompaniya. Endi asosiy urg'u AR va VR texnologiyalarga beriladi. VR (virtual reality) - odamlar virtual dunyoga kiradi. AR (augmented reality) - Virtual obyektlar real hayotga kiradi. "Facebook" kompaniyasi nomini o'zgartirdi. Bugundan boshlab endi u "Facebook" emas, balki "Meta". Nomning o'zgarishiga asosiy sabab - kompaniya bir qator bir-biriga bog'liq virtual dunyo mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg. "Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o'rnini egallaydi", - deya da'vo qildi u. Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog'liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi "Meta" bilan bog'liq bo'ladi. "Meta"ning asosiy xizmati - "Facebook" o'z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o'zgarishi sizning "Facebook"dagi faoliyatingizga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi
Show all...