en
Feedback
TOMCHI

TOMCHI

Open in Telegram

TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи. Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi “TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel TOMCHI

Channel TOMCHI (@tomchikanali) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 844 subscribers, ranking 1 129 in the Nature & Animals category and 7 180 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 844 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -296 over the last 30 days and by -18 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 11.48%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 9.06% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 245 views. Within the first day, a publication typically gains 983 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 8.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи. Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi “TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Nature & Animals category.

10 844
Subscribers
-1824 hours
-907 days
-29630 days
Posts Archive
TOMCHI
10 843
🇹🇯 9 СЕНТЯБР — РӮЗИ ИСТИҚЛОЛИЯТИ ДАВЛАТИИ ҶУМҲУРИИ ТОҶИКИСТОН 💐Дастаи «TOMCHI» кулли мардуми шарафманди Тоҷикистонро ба муносибати Рӯзи Истиқлолияти давлатӣ самимона табрик менамояд! 🔵 Ба мардуми Тоҷикистон сулҳу осоиш, суботу шукуфоӣ, фаровонӣ ва пешрафти рӯзафзун орзумандем. ✨ Бигзор ин ҷашни фархунда ба ҳар хонадон файзу баракат, саодат ва рӯзгори обод оварад. 🇹🇯 Рӯзи Истиқлолияти давлатии Ҷумҳурии Тоҷикистон муборак бод! 💧 Бо эҳтиром, дастаи "ТOMCHI"" ❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️ 🇹🇯 9-SENTABR — TOJIKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI KUNI 💐 “TOMCHI” jamoasi Tojikiston xalqini Davlat mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! 🔵 Tojikiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, farovonlik va izchil taraqqiyot tilaymiz. ✨ Ushbu qutlug‘ bayram har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt-saodat va farovon hayot olib kelsin. 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Davlat mustaqilligi kuni muborak bo‘lsin! 💧 Hurmat bilan, “TOMCHI” jamoasi
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Trening BUXORODA SUV RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISH BO‘YICHA O‘QUVLAR BOSHLANDI 📍 Buxoro viloyatida «Orolbo‘yi havzasida
+3
#Trening BUXORODA SUV RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISH BO‘YICHA O‘QUVLAR BOSHLANDI 📍 Buxoro viloyatida «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga mos holda boshqarish» loyihasi doirasida suv xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlar, klasterlar va mahalla vakillari uchun o‘quv-treninglar dasturining yangi bosqichi boshlandi. 🔹 Dasturning asosiy maqsadi — suv resurslari cheklangan va iqlim o‘zgarishi ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda suvdan samarali foydalanish, tuproq holatini yaxshilash va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish. 📆 8–12-sentyabr kunlari Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida «Sho‘rlanish va drenajni boshqarish» mavzusida maxsus trening o‘tkazilmoqda. 👥 Unda havza va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, hududiy bo‘linmalar hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etmoqda. 🏷 Mashg‘ulotlarda tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, sizot suvlari va sho‘rlanish xaritalari, drenaj tizimlarini boshqarish, sho‘rlanishning hosildorlikka ta’siri, suvni tejash va drenaj suvlaridan qayta foydalanish masalalari o‘rganilmoqda. 📌 Shu bilan birga, Qorako‘l, Olot, Jondor va Buxoro tumanlarida fermer xo‘jaliklari, klasterlar va mahalla vakillari uchun amaliy treninglar tashkil etilmoqda. 🌱 Ularda ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini belgilash, suv sarfini o‘lchash va hisobga olish, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri hamda suv, tuproq va ekinlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📝 O‘quvlar nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, savol-javoblar va tajriba almashish bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan. 💧 Mazkur treninglar suv xo‘jaligi tashkilotlaridan tortib bevosita suvdan foydalanuvchilargacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda bilim va ko‘nikmalarni oshirish, suv va yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 7-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazla
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 7-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 7-sentyabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish – Navoiy, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida. 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish – Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Namangan, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish – Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida. 💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#SuvSirlari 🌊 DARYO TESKARI TOMONGA OQISHI MUMKINMI? Daryo suvining yo‘nalishi doimo bir xil bo‘lib tuyuladi. Ammo tabiatda
#SuvSirlari 🌊 DARYO TESKARI TOMONGA OQISHI MUMKINMI? Daryo suvining yo‘nalishi doimo bir xil bo‘lib tuyuladi. Ammo tabiatda shunday holatlar borki, ayrim daryolarning quyi qismida suv oqimi vaqtincha teskari tomonga harakatlanishi mumkin. 🌕 Buning sabablaridan biri — dengiz va okeanlardagi suv ko‘tarilishi va qaytishi (tides). Suv ko‘tarilgan paytda dengizdan kelayotgan kuchli oqim daryo o‘zani bo‘ylab yuqoriga qarab kirib borishi mumkin. 🌊 Ayrim joylarda esa bu hodisa yanada ta’sirli ko‘rinadi: dengizdan kelgan suv daryoga qarshi harakatlanadigan katta to‘lqin — “tidal bore” hosil qiladi. 🐈‍⬛ Bunday hodisalar dunyoning turli hududlarida, jumladan Amazonka havzasi va Xitoydagi Qiantang daryosi kabi kuchli suv ko‘tarilishi kuzatiladigan joylarda uchraydi. 📏 Tasavvur qiling: daryo bir tomonga oqmoqda, ammo unga qarshi tomondan kuchli suv to‘lqini kirib kelmoqda! 💧 Demak, ayrim sharoitlarda daryoning quyi qismidagi oqim vaqtincha teskari yo‘nalishi mumkin.Siz bunday hodisa mavjudligini avval bilarmidingiz?
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#DunyoTajribasi GERMANIYADA SUG‘ORILADIGAN MAYDONLAR NEGA KENGAYMOQDA? 🌱 Germaniya odatda suv tanqis mamlakat sifatida tasav
#DunyoTajribasi GERMANIYADA SUG‘ORILADIGAN MAYDONLAR NEGA KENGAYMOQDA? 🌱 Germaniya odatda suv tanqis mamlakat sifatida tasavvur qilinmaydi. Ammo iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchil davrlar qishloq xo‘jaligida sug‘orishga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. 📊 Germaniya Federal statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda qariyb 554 ming gektar qishloq xo‘jaligi maydoni sug‘orilgan. Bu 2009-yilga nisbatan 49 foizga ko‘p. 💧 2022-yilda qishloq xo‘jaligi sug‘orishiga jami 431,1 million m³ suv ishlatilgan — o‘rtacha 778 m³/ga. 💧 Yana bir qiziq ko‘rsatkich: 2009–2022-yillar oralig‘ida tomchilatib sug‘orishdan foydalanadigan xo‘jaliklar soni 75 foizdan ko‘proqqa oshgan. 🌦️ Germaniya Atrof-muhit agentligi ham iqlim o‘zgarishi sabab ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligining sug‘orish ehtiyoji ortishi va hatto tabiiy yer osti suvlari tiklanishidan yuqori bo‘lishi mumkinligini qayd etadi. 📌 Germaniya tajribasi shuni ko‘rsatmoqda: suv resurslari nisbatan yetarli bo‘lgan mamlakatlarda ham qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga moslashib, sug‘orishni tobora muhim vosita sifatida ko‘rmoqda.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#TerminlarLugati 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🌍 Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan og‘ishiga bog‘liq ravi
#TerminlarLugati 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🌍 Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan og‘ishiga bog‘liq ravishda ob-havoning muayyan joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik o‘zgarishlari, ya’ni biron joyda bo‘ladigan ob-havo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik o‘zgarishi; ☀️ quyosh radiatsiyasi, yer to‘shama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bog‘liq 🌬 atmosfera sirkulyatsiyasi ta’sirida vujudga keladi. 💧 Iqlim atmosfera va yer yuzasida to‘xtovsiz davom etadigan tabiiy jarayonlarning (🔥 issiqlik,⚡ kinetik energiyalarning o‘zgarishlari, 💧 suvning bug‘lanishi, 💧 suv bug‘ining suyuqlikka aylanishi, 🌫 namning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi) natijasidir.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#MuhimTavsiya ⚠️ YIL BO‘YI QILGAN MEHNATINGIZNI ASRANG! Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar va agrar soha mas
#MuhimTavsiya ⚠️ YIL BO‘YI QILGAN MEHNATINGIZNI ASRANG! Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar va agrar soha mas’ullari! 🌿 Ayrim hududlarda hali to‘liq yetilmagan, vazn to‘plash jarayonidagi paxtani terib olish boshlanayotgani kuzatilmoqda. ❗️ Terimdagi shoshqaloqlik yil davomidagi mehnat natijasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. 🔍 Dalani terimga tayyorligini baholang. Agar g‘o‘zapoya hali to‘liq qurimagan, yashil barglar va yetilayotgan ko‘saklar mavjud bo‘lsa, hosilning yetilish holatiga alohida e’tibor qaratish zarur. 🌱 Defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhim. Bu mavjud ko‘saklardagi paxtaning vazn to‘plashi va hosil sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. ↗️ Agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri va ketma-ket bajarilgan ayrim maydonlarda gektaridan 100 sentnergacha hosil olish imkoniyati mavjud. Terimni shoshilinch boshlash esa olinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha hosil va daromadni boy berishga olib kelishi mumkin. 📌 Eslab qoling: desikatsiya — hosilni terimga tayyorlashdagi muhim agrotexnik tadbirlardan biri. 💧 Hosilni shoshilib emas, dalaning haqiqiy holatiga qarab yig‘ib oling!
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 1–6-sentyabr kunlari bug‘lanish tahlili va takroriy ekin maydonlarida sug‘orish tavsiyalari Suvchila
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 1–6-sentyabr kunlari bug‘lanish tahlili va takroriy ekin maydonlarida sug‘orish tavsiyalari Suvchilar maktabi tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1–6-sentyabr (6 kun) davomida tuproq namligining bug‘lanish ko‘rsatkichlari quyidagicha qayd etildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish – Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida. 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish – Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish – Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida. ⏳ Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan takroriy ekin maydonlarida navbatdagi sug‘orishni quyidagi davomiylikda o‘tkazish tavsiya etiladi:4–6 soat – barcha hududlarda, tavsiya etilgan sug‘orish me’yorlari asosida. 💡 Xulosa: Bug‘lanishga sarflangan tuproq namligini o‘z vaqtida qayta tiklash, tavsiya etilgan sug‘orish me’yorlariga amal qilish hamda sug‘orish muddatlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash takroriy ekinlarning barqaror rivojlanishi va suv resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#TomchilatibSugorish TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QACHON TO‘XTATISH KERAK? 🌱 Sug‘orishning asosiy maqsadi — suvni o‘simlikning il
#TomchilatibSugorish TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QACHON TO‘XTATISH KERAK? 🌱 Sug‘orishning asosiy maqsadi — suvni o‘simlikning ildiz zonasiga yetkazish. 💧 Suv ildiz qatlamidan ortiqcha chuqurlikka o‘tib ketsa, uning bir qismi o‘simlik tomonidan samarali foydalanilmasligi mumkin. 📌 Shu sababli sug‘orish davomiyligi tuproq turi, ekinning rivojlanish bosqichi va suvga bo‘lgan ehtiyojiga qarab belgilanadi. 🌤 Hududingizdagi sug‘orish me’yorlarini kanalimizda muntazam berib boriladigan #Meteopost ma’lumotlaridan ko‘rishingiz mumkin. 💡 Ko‘proq suv — har doim ham yaxshiroq sug‘orish degani emas.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 6-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazla
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 6-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 6-sentyabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida. 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Surxondaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 5-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazla
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 5-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 5-sentyabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Buxoro, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Andijon, Namangan va Farg‘ona 💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#EkinParvarishi 🥬 KUZDA ISMALOQ YETISHTIRISH: QANDAY SUG‘ORISH KERAK? Ismaloq salqin ob-havoni yaxshi ko‘radigan va kuzgi ma
#EkinParvarishi 🥬 KUZDA ISMALOQ YETISHTIRISH: QANDAY SUG‘ORISH KERAK? Ismaloq salqin ob-havoni yaxshi ko‘radigan va kuzgi mavsumda yetishtirish mumkin bo‘lgan bargli ekinlardan biridir. 🌱 Ekish Urug‘lar odatda 1,5–2,5 sm chuqurlikka ekiladi. Qatorlar orasida 20–30 sm masofa qoldirilishi parvarish va sug‘orishni osonlashtiradi. 💧 Sug‘orish Ismaloqning ildiz tizimi nisbatan sayoz bo‘lgani sababli tuproqning ustki qatlamidagi namlik muhim. Tuproqni bir maromda nam saqlash kerak, ammo ortiqcha sug‘orib, suvning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 🌦 Kuzda nimaga e’tibor beriladi? Havo salqinlashgani sari suvning bug‘lanishi kamayadi. Shu sababli yozdagi sug‘orish tartibini kuzda davom ettirish to‘g‘ri emas — sug‘orish tuproq namligi va ob-havoga qarab amalga oshiriladi. 🌿 Parvarish Nihollar juda zich chiqsa siyraklashtiriladi, begona o‘tlar yo‘qotiladi va tuproq yuzasi ehtiyotkorlik bilan yumshatiladi. 🧺 Hosil Nav va yetishtirish sharoitiga qarab ismaloq ekilgandan keyin taxminan 30–50 kunda yig‘imga tayyor bo‘lishi mumkin. 📌 Eslab qoling: kuzda ekinga ko‘p suv berish emas, tuproq namligini me’yorida saqlash muhim.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 4-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazla
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 4-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 4-sentyabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Surxondaryo, Buxoro va Jizzax 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Navoiy, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Namangan, Farg‘ona va Andijon 💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#YangiTexnologiya O‘SIMLIKNING O‘ZI QACHON SUV KERAKLIGINI “AYTSA”-CHI? 💧 Ekinni qachon sug‘orish kerakligini aniqlashda end
#YangiTexnologiya O‘SIMLIKNING O‘ZI QACHON SUV KERAKLIGINI “AYTSA”-CHI? 💧 Ekinni qachon sug‘orish kerakligini aniqlashda endi faqat tuproq yoki ob-havo ma’lumotlariga tayanish shart bo‘lmasligi mumkin. 🔬 AQShdagi tadqiqotchilar barg yuzasiga o‘rnatiladigan juda kichik “plant tattoo sensor” — o‘simlik tatuirovka-sensorlari ustida ishlamoqda. USDA NIFA 2026-yilda yoritgan tizimdagi barg sensorlari namlik, harorat va bioelektrik signallarni kuzatib, o‘simlikning suvdan qanday foydalanayotgani haqida real vaqtga yaqin ma’lumot beradi. 📡 Sensorlardan olingan ma’lumotlar tuproq sensorlari, dron va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan birlashtirilishi mumkin. Tizimda mashinaviy o‘rganishdan foydalanib, qayerda va qachon sug‘orish zarurligini aniqlash ko‘zda tutilgan. 🌱 Yana bir 2026-yilgi tadqiqotda bargga o‘rnatiladigan sensor o‘simlikning namlanish holatini uzluksiz kuzatishga mo‘ljallangan va hatto atrofdagi namlikdan energiya olish konsepsiyasidan foydalanadi. 💡 Kelajakda fermer dalaning holatini taxmin qilish o‘rniga, o‘simlikning o‘zidan kelayotgan ma’lumotga qarab sug‘orish qarorini qabul qilishi mumkin.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#DunyoTajribasi SUV KAMAYSA, FERMER QANCHA SUV ISHLATAYOTGANINI QANDAY BILADI? 🇦🇺 Avstraliyaning Murray–Darling havzasida s
#DunyoTajribasi SUV KAMAYSA, FERMER QANCHA SUV ISHLATAYOTGANINI QANDAY BILADI? 🇦🇺 Avstraliyaning Murray–Darling havzasida suv resurslarini boshqarishda suvni o‘lchash va hisobga olish muhim o‘rin tutadi. 💧 Sug‘orish uchun olinayotgan suv maxsus hisoblagichlar orqali o‘lchanadi. Zamonaviy telemetriya tizimlari esa ayrim hollarda ma’lumotlarni masofadan uzatib, suv sarfini kuzatish imkonini beradi. 📊 Natijada suvdan foydalanish faqat taxminiy emas, o‘lchangan ma’lumotlar asosida boshqariladi. 🌾 Bu fermerga qancha suv ishlatayotganini nazorat qilishga, suv boshqaruvi tashkilotlariga esa mavjud resurslarni aniqroq hisobga olishga yordam beradi. 💡 Avstraliya tajribasi shuni ko‘rsatadi: suvni tejash texnologiyadan oldin — suvni aniq hisobga olishdan boshlanadi.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 3-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazla
#Meteopost 🌱💧 2026-yil 3-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 3-sentyabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Surxondaryo, Buxoro, Toshkent, Navoiy va Jizzax 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Namangan, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘ona 💡Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊Batafsil ma’lumotlar infografikada.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#KosmosdanNigoh ❤️ KOSMOSDAN KO‘RINADIGAN IKKITA ULKAN YURAK 🏜 Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri yaqinidagi Al Qu
#KosmosdanNigoh ❤️ KOSMOSDAN KO‘RINADIGAN IKKITA ULKAN YURAK 🏜 Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri yaqinidagi Al Qudra cho‘li o‘rtasida noodatiy manzara bor — Love Lake. 🔵 Bu bir-biriga tutashgan ikki ulkan yurak shaklida yaratilgan sun’iy ko‘l bo‘lib, uning shakli yuqoridan, jumladan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida juda aniq ko‘rinadi. 🌿 Ko‘l atrofi cho‘l landshafti bilan keskin kontrast hosil qilgani uchun kosmosdan qaralganda yanada hayratlanarli ko‘rinadi. 🛰 Eng qizig‘i: bu tabiiy shakllangan ko‘l emas — inson tomonidan yaratilgan landshaft loyihasidir. 💧 Cho‘l o‘rtasidagi ikki yurak — suv va landshaft dizayni birlashganda qanday noodatiy manzara paydo bo‘lishining yorqin misoli.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#TerminlarLugati 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Ichki tomizgichli sug‘orish shlangi 💧tomizgichi sug‘orish shlangining ich
#TerminlarLugati 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Ichki tomizgichli sug‘orish shlangi 💧tomizgichi sug‘orish shlangining ichiga o‘rnatiladigan qalin devorli sug‘orish shlangi.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#SuvTejovchiTexnologiyalar 26 MILLION GEKTARDAN ORTIQ: SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH QANDAY KATTA MAYDONNI QAMRAB OLGAN? 🇨🇳 Xitoyd
#SuvTejovchiTexnologiyalar 26 MILLION GEKTARDAN ORTIQ: SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH QANDAY KATTA MAYDONNI QAMRAB OLGAN? 🇨🇳 Xitoyda yuqori samarali suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydon 26,67 million gektardan oshgan. Tasavvur qilish uchun — bu O‘zbekiston hududining yarmidan ham kattaroq maydon. 💧 Bu ulkan hududlarda faqat bitta texnologiya emas, balki: ▪️tomchilatib sug‘orish; ▪️yomg‘irlatib sug‘orish; ▪️suvni quvurlar orqali yetkazib berish kabi yuqori samarali sug‘orish usullari qo‘llanadi. 🌱 Buning sababi ham katta: Xitoydagi sug‘oriladigan yerlar mamlakat ekin maydonlarining qariyb yarmini tashkil qilsa-da, ular mamlakat don mahsulotining 75 foizi va tijorat ekinlarining 90 foizdan ortig‘ini yetishtirishga xizmat qiladi. 📈 Xitoy bu yo‘nalishni bosqichma-bosqich kengaytirgan: 2020-yil oxirida yuqori samarali suv tejovchi sug‘orish maydoni taxminan 23,3 mln gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 26,67 mln gektardan ortiq darajaga yetishi rejalashtirilgan edi. 💡Katta maydonda suvni tejash — bitta texnologiya emas, balki butun sug‘orish tizimini samarali boshqarishdan boshlanadi.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

TOMCHI
10 843
#SugorishMeyori 🌱Har bir ekinning suvga talabi bir xil emas Pomidor, bodring va qalampir — bir xil sharoitda yetishtirilsa h
#SugorishMeyori 🌱Har bir ekinning suvga talabi bir xil emas Pomidor, bodring va qalampir — bir xil sharoitda yetishtirilsa ham, ularning suvga bo‘lgan ehtiyoji va sug‘orish oralig‘i farq qilishi mumkin. 🌱 Ayniqsa gullash, meva bog‘lash va meva rivojlanish davrlarida tuproq namligini to‘g‘ri boshqarish muhim. 💧 Tomchilatib sug‘orishda esa suvni shunchaki “ko‘proq” berish emas, o‘simlik ehtiyoji, tuproq namligi va o‘sish bosqichiga mos ravishda berish samarali natija beradi. 📌 Infografikada pomidor, bodring va qalampir uchun sug‘orish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni jamladik. ⚠️ Eslatma: keltirilgan ko‘rsatkichlar yo‘naltiruvchi qiymatlardir. Amaldagi sug‘orish me’yori hududning iqlimi, tuproq turi, ekin navi, rivojlanish bosqichi va ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM