Sohiba Mullayeva blogi
Open in Telegram
Phd in mass-media Teacher in UzJOKU Kopirayter IELTS 6.5 Dekretdagi jurnalist Ayolning 40 joni bor, men bilan esa 41-olamini kashf etish uchun kanalimda qoling! Мурожаат учун 👉 @kopiraytadmin_mullayeva
Show more981
Subscribers
-224 hours
-87 days
-3930 days
Posts Archive
Bugun bolalarimiz qanday detal bilan o‘ynayotgani yoki ishlayotgani ularning kelajagini belgilashi mumkin. Nima dedingiz?
https://www.instagram.com/reel/C0mW0EatTdI/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
Meni yo‘qotib qo‘ymadingizmi?
O‘tgan vaqt mobaynida o‘zimga o‘zim dam berdim, tug‘ilgan kunimni nishonladim, oilam davrasida bo‘ldim. Onam keldilar, onamning diydoriga to‘ydim. Ijtimoiy tarmoqlardan qisman detoks qildim. Kurs boshlanishi oldidan energiyaga to‘ldim!
Endi yana faollashamuz, InshaAlloh!
Ha, aytgancha. Darslar boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. Siz kursga yozilib, joyingizni bron qilishga ulgurdingizmi?
▶️ Menga ko'plab dekretdagi ayollar murojaat qilishadi. Ularda xuddi o'zimni ko'rgandek bo'laman. To'g'ri, ayollar izlanishi, bilim olishi va o'z ustida ishlab, shaxsiy daromad manbalarini yaratishga intilishi kerak! Kerak, ammo me'yorda, o'zini qiynab, unitib qo'yar darajada emas!
Men o'zimni jaa unaqa darajadaman deya olmayman. Lekin kelajagimni tasavvur qilsam, shu fikrlar miyamda aylanyapti. Dekretda o'tirib, yangi kasb o'rganish yoki biror biznes boshlash orqali pul topishga intilayotgan opa-singillarimga o'z qarashlarim va tajribalarimdan bir-ikkita insaytlarimni bo'lishmqchiman:
✅ dekret boshlangach, darrov ishga chiqishga yoki uyda o'tirgan holda daromad topishga shoshilmang! Oldin yaxshilab dam oling, bolangizni ko'p-ko'p quchoqlab, mehriga, hidiga to'ying!
✅ o'zingizga ko'p talablar qo'ymang! Axir hech kim mukammal emas-ku?!
✅ ijtimoiy tarmoqni kamroq kuzating! (Ulardagi ideal hayotga talpinib, o'zingizni charchatib qo'ymang!)
✅ uyda qat'iy rejim tuzib olmaguncha, yangi soha yoki ishga qo'l urmang!
✅ ish yoki shartnoma taklif qiluvchilarga "Yo'q!" deyishni o'rganing!
Ana shunda, kaminaga o'xshab yarim tunda shaxsiy blogi uchun postlar yozib o'tirmaysiz. Mayli, shu ishlarning boriga shukur! Ba'zida shunday kayfiyat va o'ylar ham bo'lib turadi! Mullajiring qo'lga tekkanda esa, bu kayfiyat pozitiv tomonga o'zgaradi!
* Menga chaqqon va mas'uliyatli, ishiga halol yondashadigan admin kerak. Nomzodlar CVni kanalda ko'rsatilgan akkauntga jo'natishi mumkin.
** Kursimizga nabor hali ham davom etmoqda. Darslar dekabrda boshlanadi!
@Ayolning_41_olami
Siz men qilgan xatoni qilmang!
Tug'ruq ta'tili men uchun сheklov emas, imkoniyat deb og'iz kerganim bilan buning o'ziga yarasha qiyinchiliklari borligini bilaman. Nolimayman, ozmi-ko'pmi yutuqchalarim bor. Gap bugun bu haqda emas!
🔥 Odamzotning tabiati shunday: ishi ko'p payti dam olgisi keladi, orziqib dam olishga chiqqach, ikki kunda zerikib, yana shu nagruzkasini sog'ina boshlaydi. Menda ham shunday. Ilmiy ish, uning yugur-yugurlari, qolgan yarim stavka ishlarim sabab juda xoldan toygandim. Farzandli bo'lgach noutbukimga qayrilib ham qaramayman, hattoki, oddiy rusumdagi telefon tutaman, degan qarorga kelgandim.
Chuchvarani xom sanagan ekanman. Farzandli bo'ldim, chillam chiqdi. Sal zerikkandek bo'lib, mayda-chuyda kopitrayterlik TZlarni yoza boshladim. Keyin sal o'tmay tanish-bilishlarim telefon orqali yo'qlashni boshladi. Kimdirning ilmiy seminari yaqin, kimdir ishini muhokamaga qo'ymoqchi.
Yig'lagudek bo'lib gapirishlariga yo'q deyishga vijdon o'lgur yo'q qo'ymadi. "Bolam hali juda kichkina", desam "Hozir kichkinaligida ishlay olasiz, har na ul-bulga qarashasiz, qo'lingiz yetib turadi", deb bo'ynimga ilib qo'yaverishdi.
Oldiniga hammasi binoyidek edi. Lekin endi energiya tanqisligi boshlanib, kun rejimim o'zgarib ketdi, dedlaynlar kechikyapti...
Nima demoqchiman?
Menga ko'plab dekretdagi ayollar murojaat qilishadi. Ularda xuddi o'zimni ko'rgandek bo'laman. To'g'ri, ayollar izlanishi, bilim olishi va o'z ustida ishlab, shaxsiy daromad manbalarini yaratishga intilishi kerak! Kerak, ammo me'yorda, o'zini qiynab, unitib qo'yar darajada emas!
Men o'zimni jaa unaqa darajadaman deya olmayman. Lekin kelajagimni tasavvur qilsam, shu fikrlar miyamda aylanyapti. Dekretda o'tirib, yangi kasb o'rganish yoki biror biznes boshlash orqali pul topishga intilayotgan opa-singillarimgaO'z qarashlarim va tajribalarimdan bir-ikkita insaytlarimni bo'lishmqchiman:
✅ Dekretga chiqqandan darrov ishga chiqishga yoki uyda o'tirgan holda daromad topishga shoshilmang! Oldin yaxshilab dam oling, bolangizni ko'p-ko'p quchoqlab, mehriga, hidiga to
#Yakshanba_mutolaasi
Farzand
Qizini to'lg'oq tutib, xavotirda tug'ruqxonaga yetib kelgan ona palatadan chiqib kelayotgan shifokorni ko'rib kuyovi bilan bir ovozdan savolga tutishdi:
—Bolam salomatmi?
Arjumandbegim
@Ayolning_41_olami
#yakshanba_mutolaasi
YANGI LIBOS
Ko'chadagi chinor ostida atrofni kuzatib o'tirgan Farida qo'shnisining ishdan qaytayotgani, u tomonga kelayotganini ko'rib o'rnidan turdi. "Baxti kulgan ayol-da!"-o'zicha o'yladi. Zarnigor kecha turmush o'rtog'i olib bergan kiyimni ko'z-ko'z qilib, sekin kelmoqda. Shu payt onasini derazadan ko'rgan 3 ta o'g'li baravariga yugurishdi. Kenjasi qo'llarini yuqoriga cho'zdi: -Onajon, onajon, meni ko'taring!
Shunday bir ajoyib manzarani qo'pol tovush buzdi: "Qoch, kiyimim yangi!" Shunda bir chekkada turgan Farida odam eshitar darajada shivirladi: "Bitta kiyim boladan aziz bo'lsa..."
Ha, buni faqat befarzand Farida tushunardi...
Nuriyaxonim
@Ayolning_41_olami
⚡️ Bundan ikki yil oldin oldimda tanlov bo‘lgan: ya'ni dissertatsiyamni tezda tugallab, qolgan bir yillik summani mukofot tarzida qaytib olish yoki uch yillik o‘quv yilini oxirigacha o‘qib, bemaloool himoyaga chiqish.
Holbuki, kamina birinchi yo‘lni tanladim. Lekin buning uchun meni chalg‘ituvchi(o‘zim shunday o‘ylaganman), vaqtimni oluvchi ishlarni cheklashim kerak edi.
🥲 Men ishlab turgan gazetamda stavkamni kamaytirdim, kopirayter bo‘lib ishlayot tuppa-tuzuk ishimni topshirdim. Ya'ni "Najot Ta'lim"," Osmodagi bolalar" kabi loyihalarning SMMini yurgizadigan "Abutech" kompaniyasidan ketdim. Hozir bu kompaniya bormi yoki yo‘qmi bilmayman.
O‘shanda men kopirayterlikda ma'lum darajaga chiqib, jamoada o‘z o‘rnimni topib bo‘lgandim. Ayniqsa, Najot Talim kanali uchun postlar yozishni yaxshi ko‘rardim.
Ishlarim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.(Meni plagiatda ayblamoqchi bo‘lganlar, yaxshilab o‘qing!)
Xullas, o‘sha paytda rahbarimiz grafikni manga to‘g‘rilashlarini, kelajakda onlayn kurs ochib berishlarni aytdi, agar qolsam...
Men esa ilmiy ishni birinchi o‘ringa qo‘ydim. Ilmiy ish yoqlandi ham...
⚡️ Yaqinda shunga o‘xshash yana bir voqea bo‘ldi. Alima Aybekovnaning "Marketing 0dan" kursida o‘qidim. Oflayn uchrashuvlarning birida mening jurnalist va kopirayter ekanligimni bilgach, kitob yozishni boshlaganini, uni yozishga yordam kerakligini aytdi. Ya'ni qanday: u audio tarzida yozib jo‘natadi, men esa uni matnga aylantirib tahrirlab berishim kerak edi.
✅ Men nima dedim: o‘ylashga ham ruhsat so‘ramay, yo‘q dedim. Bilmadim, ichimdan shunday javob keldi. Kursdoshlarim shunday omadni qo‘ldan chiqarganimni aytib, afsus chekishdi. Men esa, nima deb nomlashni ham bilmadim...
Nima demoqchiman. Qaror qabul qilish qiyin jarayon. Ba'zida taqdiringiz hal bo‘ladi. Ba'zida ishlar yurishsa, ba'zida orqaga ketadi.
👆 Men shu ikkala voqeada to‘g‘ri qaror qabul qildimmi yo yo‘qmi, to‘g‘risi, bilmayman. Shu jumla esa ko‘nglimga taskin beradi: Hammasi yaxshilikka!
Zamonaviy kasbni egallasam, ish topa olamanmi?
Faoliyatini yangi boshlayotgan kopirayter yoki SMM mutaxassislarini eng ko'p bezovta qiluvchi mavzu ish topish muammosi desak adashmaymiz. Ko'plab frilans birjalari, o'nlab telegram kanallarda deyarli har kuni "Kopirayter kerak" degan e'lonlar berib boriladi.
Lekin bu platformalarda:
👉 ish beruvchidan ish izlovchi ko'proq;
👉 raqobat katta;
👉 tabiiyki, shunga mos ravishda maoshlar ham o'ziga yarasha.
Shuning uchun o'zingizga munosib ishni Head Hunter platformasidan topishni maslahat beraman. Chunki bu manzilda birdaniga yuzlab bo'sh ish vakansiyalari bo'lishiga qaramay, ish qidirivchilar soni nisbatan kam, ishlar esa bozorda o'z o'rniga ega kompaniyalar tomonidan taklif qilinadi.
📌 "Katta kompaniyalarni talablari ham baland bo'ladi", "Yaxshi kompaniyada ishlash uchun sohada dinozavrlar davridan beri ishlayotgan bo'lishing kerak", "Eng kamida jurnalist yoki huquqshunos diplomi talab qilinadi" deb o'ylashga shoshilmang!
Aksariyat yirik kompaniyalar, avvalo, o'z ustida ishlashga va rivojlanishga tayyor xodimlarni qidiradi. Albatta tajriba muhim, lekin undan ham muhimrog'i sizdagi xohish hamda professionallikka bo'lgan intilishdir.
🚀 Sizga faoliyatingiz davomida jurnalist diplomi ham kerak bo'lmasligi mumkin. Chunki bizning sohada hujjat emas, siz yoza oladigan matnlar va biznesga qo'shadigan hissangiz muhimroq.
Shunaqa gaplar...🔥
Yana qaysi mavzularda postlar bo'lishini istaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring!
Bugun ajoyib spikerlardan ajoyib insaytlar olib keldim!
Moliyaviy ekspert, Wall Streetni zabt etgan o‘zbek ayoli Tamilla Kurbanovaning ma'ruzasidan olgan xulosalarim:
• har bir inson moliyaviy savodxon bo‘lishi kerak;
• farzandga tikilgan investitsiya, albatta, o‘zini oqlaydi;
• risk bo‘lmagan joyda foyda ham bo‘lmaydi!
Demak, inson tavakkal va harakat qilmas ekan, daromadga ham chiqa olmaydi. Zarar ko‘rishdan, yutqazishdan qo‘rqqan inson g‘olib bo‘la olmaydi, g‘oliblikni tatib ko‘ra olmaydi.
Aytgancha, kopirayting kursimizga qabul davom etyapti. Dekabrda darslar boshlanadi. Dekabr men uchun o‘zgacha oy. Sababi, ikkinchi sanasida tug‘ilganman. Shuning uchun chegirmali narxlarni shu kunigacha cho‘zishga qaror qildim. Ulgurib qolingiz!
@Ayolning_41_olami
G'oliblarni tabriklaymiz!
✅ Ikki kishilik bilet konsertga:
G.Nazarova (32 ta skrin+3ta darsda faol ishtirok+uyga vazifalar)
✅ Kurs (Mini kurs als narx)ga 50 %li chegirma:
1. Aziza (32 ta skrin+darslarda faol ishtirok+uyga vazifalar)
2. Gulira'no Karimova (30 ta skrin+darslarda faollik+uyga vazifalar)
3. Yulduz Erkinovna (10 ta skrin+darslarda faollik+uyga vazifalar)
✅ Qo'shimcha kvotalar☺️ Bu ishtirokchilar 3 kun davomida ham darsda faol bo'lishdi, ham uyga vazifalarni to'liq bajarishdi!
1. Shahlo
2. Bella
3. Malika
4. Mubina
5. Mo'minova Dilnoza
6. Sabohat
Bu ro'yxatdagi qizlar Mini kurs va Mentorlik ta'riflari(asl narxi)da o'qishni istashsa, 30 % skidkaga ega bo'lishadi!
Meningcha, adolatli bo'ldi. Uxxx, juda qiyin ekan sovrinli dars o'tkazish. Hech kimning dili og'rimadi degan umiddaman!
Xayrli kun, azizlarim! 💜
Bugun va'damni ustidan chiqadigan kun!
Demak,
✅ bir kishiga konsertga 2 kishilik bilet!
✅ Uch nafar qizimizga mini kursga 50 fozi chegirma (asl narxiga) sovg'a qiliman!
P.S. Bitta masalada boshim qotyapti. Ya'ni link ulashmagan, lekin darslarda faol qatnashgan va uch kun davomida uyga vazifalarni chiroyli topshirgan qizlarimiz bor. Ularga ham sovg'a bergim, xursand qilgim kelyapti, nima qilsam ekan-a?
Reaksiyalar🔥ni ayamasangiz, tez orada e'lon qilaman!
Siz kutgan yoki kutmagan qabul!
Moliyaviy erkinlik sari yurishni istagan, o'z pul zahirasini ko'paytirmoqchi bo'lgan, asosiysi, so'z orqali daromad qilmoqchi bo'lganlar!
Kaminaning ushbu kopirayting kursi aynan siz uchun!
Bir narsani aytishim kerak: oldindan hech nimaga va'da bermayman, chunki natijangizga ishonaman.
Kurs mashg'ulotlari sizga faqat reklama matni yozishni emas, raqobatbardosh kopirayter boʻlishni va xizmatlaringizni samarali sotishni oʻrgatadi.
Bundan tashqari, unda sizni:
— hamkasblar bilan netvorking;
— portfolio yaratish;
— xatolar va kamchiliklar ustida ishlash;
— mijozni "ushlab qolish" sirlari;
— marketing darslari;
— mahorat darslari kutib turibdi.
Sizdan talab qilinadi:
— imloviy savodxonlik, yozishga ishtiyoq;
— muammosiz internet;
— kursga va o‘zingizga mas'uliyat.
✅ Har bir dars, har bir element sizda yangi SIZni kashf etishga qaratilgan. Kopiraytingni tanlab, taqiqlar va chegaralardan holi mustaqil daromadga erishganlar safiga qo'shilishga tayyor bo'lsangiz, hozir qaror qiling!
Qabul 1-dekabrgacha davom etadi. 2 ga bo'lib to'lash imkoni (chegirmasiz) mavjud.
P. S. Chegirma esa bugun soat 23:00gacha amal qiladi!
Ro'yxatdan o'tish uchun @kopiraytadmin_mullayeva ga murojaat qiling.
Unutmang: hech nima bekorga emas. Hatto siz duch kelgan mana shu imkoniyat ham.
@Ayolning_41_olami
Bu chegirma narxlar ertaga soat 23:00 gacha amal qiladi!
Ma'lum qismini to'lab, o'z joyingizni band qiling va chegirmali narxga ulgurib qoling!
Yangi kasb, yangi marralarni zabt etishga tayyormisiz? Unda shoshiling! 🚀🚀🚀🚀🚀
10 Daqiqada boshlaymiz! Tayyor turing! Dars oxirida zo'r yangiligim bor🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
Master klassning FINAL kunida sizni nimalar kutmoqda?
👉 Kopirayting yo'nalishlari
👉 Auditoriyaning og'riqli nuqtalari
👉 ODC modeli
👉 Trigger nimaligi
👉 Ish topish platformalari 10 taligi
👉 KURS taqdimoti
Bugungi dars ham oldingilaridan qolishmaydi. Insha Alloh, siz yangi bilimlar olib, yana bir pog'onaga ko'tarilasiz!
🚀 Darsda ko'rishgunchaaaa!!!
To'g'ri uyni turmush o'rtog'im oldilar. To'g'ri kopirayterlik qilib boyvachcha bo'lib ketmadim(chunki asosiy ish sifatida qaramadim). Lekin har doim qo'limda qo'shimcha daromad bo'ldi. Uyga kerakli jihozlarni o'z pulimga ololdim. O'z harajatlarimni o'zim ko'tardim...
✅ Nima demoqchiman? Har qanday inson doim o'z ustida ishlashi, harakat qilaverishi kerak. Qo'shimcha daromad topish uchun kasbni o'zgartirish, yangi bilimlarni egallash, o'zi uchun yangi yo'nalishlarni ochishdan qo'rqmaslik kerak, degan fikrdaman!
Siz bunga nima deysiz?
Alhamdullilah!
Bu yangi uyimiz remonti endi tugagan vaqtda olingan rasm! Qizimning xonasi. Biz, nihoyat, 2 xonali kichkina uydan 4 xonali shinam uyga ko'chib o'tdik.
⚡️ 2019 yilning dekabr oyida menga bir tanishim yaxshi niyat qilish haqida aytgan edi. U niyat bilan birga harakat ham qilishimni, yangi uyga atab 100 so'mmi, 100 ming so'mni alohida olib qo'yishimni tayinladi. Men shunday qildim: shu kunning o'zida 100 ming so'm hamyonga solib qo'ydim.
🔥 Ishonasizmi, shu 100 ming so'm keyingi yil mart oyida 100 mln so'mga aylandi. Mashinani sotdik, pul yig'dik, xullas Alloh baraka berdi, shu pul to'pladi. Biz shu pul bilan boshlang'ich to'lov qilib, 4 xonali uyga yozildik!
Davomi 👇👇👇
