cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Manaviyat.edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz 🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Show more
Advertising posts
60 958
Subscribers
-27624 hours
-2 0917 days
-11 53830 days
Posts Archive
#milliy_qadriyatlar_sayli Oliy ta’lim muassasalarida “Milliy qadriyatlar sayli” festivali bo'lib o'tmoqda. Festivalda talaba-yoshlar tomonidan kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini shuningdek, talabalar teatr-studiyalarining chiqishlari tashkil etilib, folklor qo‘shiqlar, milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari namoyish qilinmoqda. 📹 Batafsil videolavhalarda. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
xxxvideo_2024-05-14_15-32-39.mp420.00 MB
xxxvideo_2024-05-15_20-48-03.mp442.74 MB
xxxФабрика форматов1L5A2833.mp416.91 MB
xxx000VAZIRLIKKA.mp419.24 MB
3.mp442.72 MB
5.mp435.40 MB
Milliy qadriyatlar sayli.mp416.57 MB
milliy-1.mp418.99 MB
Milliy qadriyatlar sayli (1).mp463.12 MB
video_2024-05-15_20-48-51.mp433.11 MB
👍 9👎 2👏 1
Bugun 16-may haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro birgalikda tinch-totuv hayot kechirish kuni. 🇺🇳 BMT (YUNESKO) – Xalqaro yorug’lik kuni. 🌎 Xalqaro biograflar kuni. 🇮🇶 Iroq – Birodarlik qabrlari kuni. 🇵🇱 Polsha – Chegarachilar kuni. 🇲🇾 Malayziya – O‘qituvchilar kuni. #voqealar 🔸Sankt-Peterburg shahriga asos solindi (1703). 🔸Qirolicha Yelizaveta Petrovnaning farmoni bilan Rossiya imperiyasida o‘lim jazosi bekor qilindi (1744). 🔸Germaniyada, Berlinning bir chetidan dunyodagi birinchi elektr tramvay o‘tdi. Ark va simli model keyinchalik – 1890-yilda paydo bo'ldi (1881). 🔸Hollywood Roosevelt mehmonxonasida birinchi marta Oskar mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi (1929) . 🔸Yaponiyalik alpinist Junko Tabi Everest cho‘qqisiga chiqqan birinchi ayol alpinist nomini qo‘lga kiritdi (1975). #tavalludlar 🔹1718-yil: Mariya Agnezi (1799) – italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi professor ayol. 🔹1763-yil: Lui Voklen (1829) – fransuz kimyogari, xrom va berilliy moddalarini ochgan. 🔹1804-yil: Elizabet Palmer Pibodi (1894) – AQShdagi birinchi bolalar bog‘chasining asoschisi. 🔹1831-yil: Edvard Xyuz (1900) – amerikalik fizik, mikrofon ixtirochisi. 🔹1930-yil: Nuriddin Shukurov (1995) – adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. 🔹1963-yil: Fatxulla Ma’sudov (2020) – aktyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist. 🔹1977-yil: Umid Ahmadjonov – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2018-2019).
Show all...
👍 25
01:41
Video unavailableShow in Telegram
#adiblar_xiyoboni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Karaoke” ko‘ngilochar musiqiy bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviya va kayfiyatda tashkil etilgan mazkur tadbirda 250 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida bellashuvlarda yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar va talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
39.32 MB
👍 18👏 3 1
Adiblar xiyobonida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda! 🔹Ayni damda xiyobonda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa va san’ati instituti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutlarining “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” nomli hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. 🎙 Hisobot konsert dasturi davomida iqtidorli talabalardan tashkil topgan orkestr va ansambllarning jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari, Respublikadagi tanlov g‘oliblari ijrosidagi taronalar bilan bir qatorda elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijrosidagi she‘riy chiqish, yana bir zabardast o‘zbek san’atining tirik afsonasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijrosidagi taronalar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Barcha poytaxtimizdagi talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz, kelganingizga aniq afsuslanmaysiz! 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 18 1🔥 1🤩 1
Repost from OTFIV ǀ RASMIY
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tayinlov amalga oshirildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Qudratov Anvarmirzo Murodillayevich Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Anvarmirzo Qudratov 1986-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori. O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi. Respublika “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari. Tayinlovga qadar A.Qudratov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 25🔥 4👏 2 1
Bugun 15-may haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT - Xalqaro oila kuni. 🇺🇳 BMT - Xalqaro iqlimni saqlash kuni. 🌍 E‘tiqodiga ko‘ra harbiy xizmatdan bosh tortuvchilar xalqaro kuni. 🌏 Xalqaro OITS qurbonlarini xotirlash kuni 🇦🇲 Armaniston - Oila kuni. 🇦🇹 Avstriya - Mustaqillikni tiklash kuni. 🇮🇷 Eron - Fors tili kuni. 🇱🇹 Kolumbiya, 🇰🇷 Koreya Respublikasi- O‘qituvchilar kuni. 🇨🇴 Litva - Ta’sis etuvchi Seym kuni. 🇯🇴 Falastin - “Nakba” kuni - Falastinlik qochoqlarni xotirlash kini. 🇵🇾 Paragvay - Mustaqillik kuni. 🇯🇵 Yaponiya - Aoy-matsuri, yoki malva festivali. ◻️ Osetiya - Osetin tili va adabiyoti kuni. #voqealar 🔸Moskva Kremlida Blagoveshensk soboriga asos solindi (1484). 🔸Tomas Myunzer boshchiligidagi qo‘zg’olonchi dehqonlar Frankenhauzen jangida mag’lub bo‘ldilar, Dehqonlar urushi tugadi (1525). 🔸Nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi (1618). 🔸Moskvada kamonchilar qo‘zg’oloni (1682). 🔸 Angliya Fransiyaga urush e’lon qildi: Yetti yillik urushi boshlandi (1756). 🔸Paragvayning Ispaniyadan mustaqilligi e’lon qilindi (1811). 🔸F.Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi (1836). Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessaga aylandi (1930). 🔸Yaponiyada davlat to‘ntarishiga urinish (1932). 🔸Moskva metrosining birinchi liniyasi ishga tushdi (1935). 🔸“Energiya” raketa tashuvchisining parvozi (1987). 🔸Sovet qo‘shinlarining Afg’onistondan chiqarilishi boshlandi (1988). 🔸Moskvadagi ta’sis yig’ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganligini e’lon qildi (1989). 🔸Ozarbayjonda davlat to‘ntarishi, siyosiy oppozitsiya tomonidan Ayaz Mutalibovning ag’darilishi (1992). 🔸Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiylarga o‘zi bilan bir xil portretlarda suratga tushishni taqiqladi (2009). #tavalludlar 🔹1567-yil: Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi (1643) - italyan kompozitori, Opera janrining ilk klassik namunalarini yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan. 🔹1625-yil: Karlo Maratta (1713) - barakko davri italyan rassomi va arxitektori. 🔹1845-yil: Ilya Mechnikov (1916) - rus biologi va immunologi, ilmiy gerontologiya asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1908). 🔹1848-yil: Viktor Vasnetsov (1926) - rus rassomi, tarixiy va folklor janri rasomchiligi ustasi. 🔹1859-yil: Pyer Kyuri (1906) - fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903). 🔹1891-yil: Mixail Bulgakov (1940) - atoqli rus adibi. 🔹1904-yil: Botu (taxallusi; asl ismi Mahmud Hodiyev) (1938) - shoir, jurnalist. 🔹1905-yil: Abraxam Zapruder (1970) - amerikalik tadbirkor, prezident J. Kennediga suiqasdni kinoplyonkaga tushirib olgan. 🔹1910-yil: Razzoq Hamroyev (1981) - SSSR va O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor, pedagog. 🔹1912-yil: Vohid Abdullayev (1985) - adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). 🔹1915-yil: Paul Samuelson - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1970). 🔹1922-yil: Xiuaz Dospanova - (2008) - Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004). 🔹1926-yil: Muxtor Sultonov (1998) - Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985). 🔹1932-yil: Jon Glen - ingliz kinorejissori va montajchisi, Jeyms Bond haqidagi beshta filmning muallifi. 🔹1951-yil: Abdusaid Koʻchimov - shoir, adib, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist. 🔹1980-yil: Slava (haqiqiy ismi Anastasiya Slanevskaya) - rus qoʻshiqchisi, kino aktrisasi, qoʻshiqlar muallifi. 🔹1987-yil: Ser Endi Marrey - britaniyalik tennischi, 2012-yilgi Olimpiada chempioni, US Open-2012 musobaqasi g’olibi. 🔹1989-yil: Sulemdal Syunnyove - norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 17 2🎉 2
#marifat_maydoni “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqichlari boshlandi! 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan may oyida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy, yarim final bosqichlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqichda 28 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro 7 ta guruhga bo‘lingan holda bellashadilar. Bugun 3 ta guruh bellashuvlari yakunlandi va Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra tanlovning final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 3 jamoa nomi aniqlandi. ↪️ Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Avloniy izdoshlari” jamoasi; ↪️Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Xalqaro innovatsion universitetining “Hurriyat” jamoasi; ↪️Namangan davlat universiteti faollar zalida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichda Andijon davlat tibbiyot instituti “Tong yulduzi” jamoasi tanlovning final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. ❗️Navbatdagi mintaqaviy bosqich bellashuvlari ertaga soat 10:00 da Toshkent davlat transport universitetida, 17-may kuni Samarqand davlat universitetida, 18-may kuni Buxoro davlat pedagogika institutida, 21-may kuni esa Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mintaqaviy bosqichda ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilab qolamiz! 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 34👎 21 5🥰 1
🎭“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining mintaqaviy yarim final bosqichi yakunlandi! ⚡️Ko‘rik-tanlovining mintaqaviy yarim final bosqichi Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Har bir jamoa o‘z hududidan boshqa bir hududga borib, mintaqaviy bosqichda ishtirok etdi. Shuningdek, ishtirokchi jamoa a’zolari ichki turizm bo‘yicha sayohat qilish imkoniga ham ega bo‘lishdi.
Minqataviy bosqichda jami 24 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishdi va yakunda quyidagi jamoalar tanlovning final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi:
↪️Toshkent davlat texnika universiteti ↪️Andijon davlat universiteti ↪️Central Asian Medical university ↪️Andijon davlat pedagogika instituti ↪️Toshkent gumanitar fanlar universiteti ↪️Samarqand davlat tibbiyot universiteti ↪️Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ↪️Qarshi davlat universiteti ↪️Toshkent tibbiyot akademiyasi ↪️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ↪️Termiz davlat pedagogika instituti ⚡️Tanlovning yakuniy final bosqichi Samarqand viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Final bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalarni muborakbod etgan holda, barchalariga omad tilab qolamiz. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
IMG_6310.MOV57.66 MB
IMG_4644.mov37.70 MB
29.04.2024 Teatr (2).mp414.70 MB
👎 117👍 24 10👏 5🔥 2🥰 1🤩 1