cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shahrisabz shahar hokimligi

Matbuot Xizmati © Veb-sayt: http://shakhrisabzgov.uz/uz Facebook: www.fb.com/shahrisabzshpress

Show more
Advertising posts
7 508
Subscribers
No data24 hours
+807 days
+19830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#DIQQAT May oyi uchun pensiya to'lovlari moliyalashtirildi 🔹Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan may oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 353 ming 488 nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan 441,7 mlrd so’m miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklariga o'tkazib berildi. Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 326 mlrd so’m mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi. 📌 Pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga 115 mlrd so'mdan ziyod mablag'lar tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishi ta'minlanadi Ma'lumot uchun, may oyidan boshlab viloyatdagi 75 ming 958 nafar fuqarolarning pensiyalari miqdori minimal iste'mol xarajatlari miqdoriga yetkazild. Bu uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 1,8 mlrd so‘m mablag' ajratildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👉 telegram | instagram | facebook
Show all...
👍 1
Давлатимиз раҳбари АҚШ, Хитой, Европа ва Миср етакчи компаниялари раҳбарларини қабул қилди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мисрнинг “Orascom Investment Holding” компанияси раиси Нажиб Савирисни қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя египетской компании «Orascom Investment Holding» Нагиба Савириса. #Mirziyoyev #qabul #Misr #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
📔Bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi Yoshlarga oid davlat siyosati avvalo har bir davlatning ichki siyosati bo‘lib, yoshlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Bu sohadagi izchil va hayotchan islohotlar davr talabi va mavjud shart-sharoitdan kelib chiqib, takomillashtirib boriladigan uzluksiz jarayondir. 2-son kasb hunar maktabida Shahrisabz shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda bitiruvchilar uchun yarmarka tashkil etildi. Bitiruvchilar kelgusida bilim olishlari va mehnat faoliyatlarini o‘zlari sevgan kasb hunar bo‘yicha davom ettirishlari uchun mehnat yarmarkasida yirik ishlab chiqarish korxonalari ish beruvchilari bilan shartnomalar tuzishdi.
Show all...
👍 2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Европанинг бир қатор етакчи компаниялари раҳбарлари билан учрашув ўтказди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями ряда ведущих компаний Европы. #Mirziyoyev #qabul #YI #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
⚡️“Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” Qashqadaryo viloyati IIB va IIV Akademiyasi professor o‘qituvchilari hamkorligida bir necha kundan buyon viloyatimizning shahar va tumanlarida uyushmagan yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi o‘quv seminari Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shaxridagi “Koica” o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi.Unda xotin-qizlar jalb qilindi. Targ‘ibot tadbirida xotin qizlar uchun “Vatan va daxldorlik tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda inson taqdiridagi o‘rni”, “O‘zbek xalqi shonli tarixidagi buyuk vatandoshlarimizning ibratli hayoti va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”, shuningdek “Virtual makondagi kiber tahdidlarning yoshlar ongiga ta’siri va salbiy oqibatlari”, “Mustaqillikning – yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyati ” mavzulari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi. O‘quv seminarida Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, sohaga aloqador mas’ullar ishtirok etishdi. Ular tomonidan xotin qizlarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi. Targ‘ibot tadbiri yakunida, o‘quv treningda faol ishtirok etgan 20 nafar yosh xotin qizlarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Show all...
👍 2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кўксарой қароргоҳида Хитойнинг етакчи компаниялари раҳбарлари билан учрашув ўтказди. — В резиденции «Куксарой» Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями ведущих китайских компаний. #Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
ҚЎЛ ЖАНГИ БЎЙИЧА “АМИР ТEМУР КУБОГИ” ХАЛҚАРО ТУРНИРИГА МАРҲАМАТ! 2024 йил 5 май куни соат 20.00 да Қарши шаҳрида жойлашган амфитеатрда юртимиз ва Жаҳоннинг номдор қўл жангчилари жам бўлиб, профессионал қўл жангининг "R1" йўналишида "Амир Темур кубоги" халқаро турнирида рингга чиқишади.
Show all...
👍 1
“Temurbeklar maktabi”da “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Tarix fani oyligi doirasida Sohibqiron Amir Temur haqida yozilgan kitoblar bo‘yicha “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda litsey o‘quvchilari uyushqoqlik bilan qatnashib, Amir Temur haqida o‘qigan kitoblaridan olgan bilimlari bo‘yicha bellashdilar. Tadbir yakunida faxrli I-o‘rinni Niyozov Elxush, II-o‘rinni Badriyev Aziz va III-o‘rinni Oripov Husan egalladi. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...