cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

HAYOTIY HAQIQATLAR

REKLAMA EʼLONLAR UCHUN ✏️TASIRLI HIKOYALAR 🎶DARDLI HIKOYALAR HAYOTIY VOQEALAR CREATOR DARDLI QOʻSHIQ SHER BARCHASI SIZLAR UCHUN ENG ZOʻRLARI JAMLANMASI UNVERSAL KANAL ENG YAXSHISI FAQAT BIZDA BIZDAN UZOQLASHMANG

Show more
Advertising posts
499
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-3030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Соғинган инсонингизни хеч қачон келмаслигини билиб яшаш нақадар оғир. @hikoyalar_udari
Show all...
😢 9 5
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹24-QISM🌹 Allo. Bek hovliqqancha go'shakni oldi. -Oooo qadrdonim Bek.... -Qayerdasan maraz. Sarvinoz qani... -Qizishma u men bilan. -Qayerdasan mendan nima hohlaysan. -Sendan menga hech narsa kerak emas. Faqat o'zing keraksan. Shu onda politsiyadagilar qo'ng'iroq orqali Saidni manzilini aniqlamoqchi bo'lishdi. -Anavi axmoqlaringa ayt ovora bo'lishmasin. -Said qayerdasan men hoziroq yetib boraman. Yomon gapdan foyda yoqligini bilgan bek iloji boricha hotirjam gapirishga urindi. -Menga faqat Bek kerak . tushunarlimi. Agar anavi qizchangni sog' ko'rishni istasang yolg'iz o'zing men aytgan manzilga kelasan. Birorta nojo'ya harakat sezib qolgudek bolsam undan ayrilasan. -Hop..hop.. Manzil.. Manzilni ayt... Bek.U qurollangan bo'lishi mumkin. -Bir o'zim boraman tushunarlimi. -Bek.. -Boldi dedim. Hech kim bormaydi. Bek bir o'zi mashinasiga o'tirdi. Ammo asabiylashganidan qo'llari titrab hech mashinani yurgiza olmadi. Shu onda John keldi. -Iltimos janob bu ahvolda mashina boshqarmang.. -Faqat tezroq John. Bek shu darajada qattiq asabiylashardiki hatto nimani o'ylashni ham bilolmayotgandi. Yo'lda ketar ekan hayoli o'zbekistondagi mexmonxonada bo'lgan voqeaga ketdi. U paytda o'zi shu yerda edi. Ammo endichi Sarvinoz yolg'iz Said bilan. U iflosdan hamma narsani kutish mumkin. Ey Ollohim uni o'zing panohingda asra. Bir soat deganda Bek Saidning uyiga yetb keldi. U yerda yana Saidni mashinasiga o'tirib qayoqqadir ketdi. Johnni o'zi yolg'iz qoldi. Hali qurilishi tugamagan baland bino. Kamiga havo bulut. Atrof g'ira shira qorong'uroq. Bek mashinadan tushdi. Ikki yigit hamrohligida tepaga ko'tarildi. U atrofga alanglab qizni izlardi. Nihoyat u Said o'tirgan joyga yetib keldi. U hech narsa bo'lmagandek oyog'ini chalishtirib sigareta chekib o'tirardi. Bek uni ko'rishi bilan sarvinoz qani deya tashlanmoqchi boldi. Shu onni o'zidayoq bir to'da yigitlarning to'pponchalari unga qarata to'g'irlandi. -Eyy yigitlar bu nima qiliq ahir u bizning qadrdonimizku. Faqat salomlashishni unutib qo'ydi holos. Bek uning nima demoqchi ekanligini tushundi. Qiz uchun o'zini bosdi. Va so"rashish uchun qo'l uzatdi. Said esa kulgancha tanish holat dedi. Keyin o'rnidan turdi lekin Bek bilan salomlashmadi. Bek chidadi indamadi. -Mendan nima hohlaysan. -Buni o'zing ham bilasan. -Nima desang roziman. Faqat avval Sarvinozni ko'rishim kerak. Sarvinoz ham shu yerda edi. Bir burchakdagi temir stulga bog'lab qo'yishgandi uni. Labini atrofi Saidning zarbidan qonagan yuzlari ishgan bir ahvolda o'tirardi.. Ey hudoyim deya iltijo qilardi u. Ulug'bek aka meni topmasinlar. Men hammasiga roziman. Said judayam hafli odam. Bitta tarsakim uchun meni nima ahvolga soldi. Ulug'bek akamlarchi. Yooq o'ylashga ham qo'rqaman. Qachon qiyin ahvolda qolsam ula yordamga kelardi. Jonini hatarga qo'yib bolsada meni qutqarardi. Bu safar unday bo'lishini aslo hohlamayman. Men uchun shuncha qayg'urganlari yetadi. U inson men uchun tushimga ham kirmagan baxtni taqdim etdi. Endi o'lsam ham armonim yo'q.. Shu on bir yigit kirdida uni qo'llarini yechdi. Turtqilagancha yetaklab tashqariga olib chiqdi. Sarvinoz u yerda turgan Bekni ko'rdiyu tanasini jon tark etgandek bo'ldi. -Sarvinoz deya baqirib yubordi Bek ham. -Nega keldingiz keting iltimos. Keting bu yerdan. Sarvinozni ahvolini ko'rgan Bek bo'kirib yuboray dedi. Qo'llari musht bo'lib tugildi. Hozir bir o'zining qo'lidan hech narsa kelmaydi. Chidashdan boshqa iloji yo'q. Ular bir birlariga shunday termulib turishardiki sal qolsa Said ham ularga qo'shilib ko'z yosh to'kardi. -Boldi boldi. Indamasam bu yerni ham sahnaga aylantirib yuborasanlar. -Said uni qo'yib yubor Iltimos. -Nima nima iltimos dedingmi qoyil. Sevgi nimalarga qodir a. Qoyil. Bekning ahvolidan Said zavqlanib kulardi. Mayli qo'yib yuboraman faqat bir shartim bor.... Keyingi qismda. Saidning qanday sharti bor. Bek uni bajaradimi... @hikoyalar_udari
Show all...
👍 3 1🥰 1
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹23-QISM🌹 Erta tongda Bek horg'in og'ir holatda uyg'ondi. Avvaliga qayerdaligini ham anglolmadi. Keyin birma bir bo'lib o'tgan voqelar yodiga tushdi. Kecha John stakandagi suvga uyqi dori qo'shib bergandi. Shuni tasiri bilan u bir kechani uhlab o'tkazdi. U hozirgi holatini tush bo'lib qolishini Sarvinoz yana avvalgidek uni ko'z oldida bo'lishini jonu dili bilan hohlardi Qayerlardasana Sarvinozim. Nima qilay nima qilsam uni topaman. O'zing yo'l ko'rsat menga tangrim. Bek boshini changallab yerga qaradi. Biroz shu koyi turdi va ko'zi xonadagi noutbukka tushdi. Nega avvalroq hayolimga kelmadi ekana bu deya qizning ohirgi yozishmalarini o'qidi.Yoq hech qanday shubhali narsalar yo'q. U barcha umidini uzib rasmlarni ochdi. Shu onda Bekning tomog'iga bir narsa tiqildi.Rangi oqarib qo'llari titrab noutbukni qo'lidan tushurib yubordi. Axir qanday qilib. Bu bolishi mumkinmas. Nega avvalroq hayolimga kelmadi. Nega avvalroq unga e'tibor bermadim. Endi... Endi nima bo'ladi ... Endi nima qilaman..... Saiiiid senii o'ldiramaaaaan...... Ikki kun avval... -Sarvinoz yur biznikiga hali ertaku. Birga dars tayyorlardik. -Yo'q Sabina iloji yo'q. Ulug'bek akadan so'ramaganman. -Vooy boo ko'p qolmaysan ertangi mavzuga tayyorlanamiz holos yur mashina kutib qoldi Bek akangga biznikiga borganingda ham aytib qo'yaverasan.. -Mayli dugonajon sen uchun rozi bo'laman ketdik. Faqat yarim soat holos. -Vuuy seni biram yaxshi ko'raman. Sarvinoz Sabinaning uyini ko'rib hangu mang bo'lib qoldi.Huddi qasrni o'zginasi. -Kelyapsanmi yur dugonajon sening mehmonxonangdek bo'lmasa ham mana shu meni koshonam. -Ajoyib uying bor ekan. -Sen shu yerda o'tira tur men kiyinib tushaman. Sarvinoz atrofga alanglab hayratlanib o'tirardi. Sabina asil ismi Sora. Esa mehmonxonaga kirdi. U yerda bir erkak turardi. -Mana akajon baliqchangni qarmoqqa ilintirib olib keldim . endi sen ham vadangda turasan menga Bekni topshirasan. - Beyker deya chaqirdi u.. -Shu yerdaman janob. -Mana buni olib ket. Kallang bilan javob berasan. O'zim aytmagunimcha bir qadam ham siljimasin. -Nimmaa deya qichqirdi Sora. Said bu nima qilganing akajon. Ahir biz bunga kelishmagan edik. Vadangda tur. -Sen bilan keyin gaplashamiz. Said Beykerga olib ket ishorasini qildida o'zi Sarvinozning yoniga yo'l oldi... -Salom yaxshi qiz o'ylaymanki meni unutib yubormagansiz. Sarvinoz Saidning kutilmagan tashrifidan dovdirab qoldi. O'tirgan joyida ortga surildi. Sabina deya chaqirdi. -Uni chaqirma bari bekor. Chunki uning o'zi seni bu yerga yetaklab keldi. Sarvinoz qo'lida turgan telefondan Bekka qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi. -Yoq yoq yoq aslo unday qila ko'rma. Qizning ortida turgan barzangi yigit qo'lidan telefonni tortib oldi. -Barcha malumotlarni o'chir. Telefonni esa axlatga ot. -Ho'p boladi shef. -Buncha tipirchilaysan qizaloq qo'rqma. Haya o'shanda menga qanday tarsaki tushirganding mana bundaymi. Said shunday deb qizni urdi. Sarvinoz aaa deya baqirib yubordi. O'sha zahoti burnidan qon sizib chiqdi. -Voy uzur og'ridimi. Hechqisi yo'q o'tib ketadi. Keyin yana bir tarsaki. Qiz tamom bo'ldi. Said uni xonaga olib chiqishlarini buyurdi.... Bari ravshan qizni Said o'g'irlagan. Bek FBR hodimlari bilan birga turardi. Bek u judayam havfli odam ehtiyot bo'lishimiz kerak... Shu onda ular yonudagi telefon jiringladi.... Keyingi qismda. Said Bekdan nimani talab qiladi... @hikoyalar_udari
Show all...
👍 1 1
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹22-QISM🌹 **22:00.FBR hodimlari mexmonxonaga yetib kelishdi. Bek chaqirgani eshitgan zahoti FBR ning bosh direktori ham shu yerga kelgandi. U Bek bilan suhbatlashar ekan balki biron do'stinikida qolgandir. Yoki klubgami boshqa joygami borgan bolishi ham mumkinku. -Kechirasizu janob lekin Sarvinoz unday qizlardan emas. Men bekorga sizlarni bezovta qilganim yo'q. Ishonchim komil unga nimadir bo'lgan. Aks holda hozir u yonmda bo'lardi. Shu on bir xodim boshlig'ining yoniga kelib nimalarnidir tushuntirdi. -Tinchlikmi deya havotirlanib soradi Bek. -Seni taxminlaring to'g'riga o'xshaydi Bek. Uni o'g'irlashgan. -Nima nega kim.. Kim bu ishni qiladi. Uni kimga ziyoni tegishi mumkin. Axir uu..... -Hozircha bu ham taxmin. Chunki uni telefonidagi barcha yozishmalari o'chirilgan. Buni o'z ishini ustasi qilgan. Hullas telefon orqali uni topishni iloji yo'q. -Bu qanaqasiii. Hudoyim. Nimalar bo'lyapti. -Qizni biron bir dushmanimi yoki qasdlashgam odamimi yo'qmi Bek o'ylab ko'r. -Sizga aytim yana qaytaraman. Uni bu yerga kelganiga hali bir yil ham bo'lmadi. Faqat o'qishga boradi shu yerga keladi. Yana qanaqa dushman bo'lishi mumkin. -O'zingni bos. Asabiylashma. Bizga hozir arzimagan holat ham katta yordam berishi mumkin. -Iltimos nima qilsangiz qiling uni toping iltimos o'tinib so'rayman sizdan. -Topiladi Bek topiladi. FBR hodimlari ketishdi. Bek xonada yolg'iz o'zi qoldi. U umrida ilk marotaba ko'ziga yosh oldi. Stolda o'tirgancha Sarvinozni o'ylardi. Kim bunday qilishi mumkin kim. Ey hudoyim o'zing yo'l ko'rsat. Unga nimadir bo'lsa men bu hayotda bir kun ham yasholmayman. Ollohim o'zing uni panohingda asra. Bek shu koyi o'tirganicha tong ottirdi. Ertalab pastga horg'in bir ahvolda tushdi. Uni ko'rgan John aytsammi aytmasammi deya ikkilanib turardi. -Nima gap John. -Janob kecha... -Ish masalasida bo'lsa eshitishni hohlamayman John. Bek shu ketishda to'g'ri universtetga qarab ketdi. Sarvinoz bir dugonasi haqida ko'p gapirardi. Balki u biron narsa haqida bilar. Bek tuni bilan shu haqida o'ylab chiqqandi. Universtetga yetib keldi. O'qituvchilar bilan gaplashdi. Ular hammasi joyidaligini sarvinoz kecha darslarga qatnashib uyiga ketganliginj aytishdi. Endi u guruhdagilar bilan gaplashib chiqmoqchi edi. Ular ham huddi shu gaplarni takrorlashdi. Ohirida esa bir qiz Sarvinozning Sabina bilan bir mashinaga o'tirib ketganini aytishdi. -Qani u.Qani Sabina. -Bugun darsga kelmadi. Bek to'g'ri direktorni xonasiga chiqib Sabina haqida malumot topib berishini iltimos qildi. Ammo bazada hech qanday sabina ismli talabaning yo'qligi aniqlandi. -Bu qanaqasi dedi Bek boshini ushlab. Yana qanaqa o'yin bo'ldi bu. Tushunmayapman. Qanaqasiga siz talabalaringiz haqida bilmasligingiz mumkin. Ahir 6 oydan beri u shu yerda o'qiyidiku. -O'zingizni bosing bu yerda anglashil.... -qanday qilib o'zimni bosaman a qanday qilib. Bir insonning hayoti haqida gap ketyapti. Qanday qilib o'zimni bosishim mumkin. Topasanlar Sabinani eshityapsanmi topasanlar. Ertagacha muhlat . Bolmasa hammang bilan tegishli joyda gaplashaman. U pastga tushib bolalardan Sabinaning rasmini so'radi. Ammo birontasida uning rasmi chiqmadi. Bek bugungi malumotlarni barini FBR ga yetkazdi. O'zi esa mehmonxonaga qaytdi. Nonushta olib kirgan Mariyani ham haydagudek bo'lib chiqarib yubordi. To'g'ri Sarvinozning xonasiga kirdi. Uni qayerda bo'lishi mumkinligini aqliga sig'dira olmayotgandi. Divanga o'tirdi. Hozir u qayerda qanday ahvolda ekan deb o'ylay boshladi. Yo'q bo'lmadi. Alam qildi. Qo'lidan hech narsa kelmayotganligi alam qildi. Bor ovozda baqirgisi keldi. Uni ham eplolmadi. Biroz o'tib charchoq ustunlik qilib uhlab qoldi. Pastdagi hodimlar ham besaramjon. Hamma hadikda. Bek qizni yaxshi ko'rishini bilishardi. Ammo uning yo'olishi Bekka bu darajada qattiq tasir qiladi deb o'ylashmagandi. Ikki soatda uyg'ongam Bek atrofga qaradi. Voqelar esiga tushib yana siqilishni boshladi.shu payt xonaga John stakanda suv ko'tarib kirdi. Bek uni olib ichdi yana uyquga ketdi. @hikoyalar_udari
Show all...
🥰 1
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹21-QISM🌹 Sarvinoz yur bugun klubga boraylik. Odam mana bu kitoblarni orasida zerikib ketdi. -Yoq men hech qayoqqa bormayman. Unaqa joylar yoqmaydi menga. -Obbo o'qib olim bolarmiding. Mayli hech bolmasa menikiga yur. -Boshqa safar. Bugun darslarim kop. -Mayli unda. Kechki payt. Sarvinoz bilan Bek mehmonxona restoranida ovqatlanib o'tirishibdi. Qiz unga do'stlar o'qish haqida to'lqinlanib gapirib berardi. -Sabina kim qachon qarasa u haqida gapirasan. -A umi meni eng yaqin dugonam. Menga darslarda juda ko'p yordam beradi. Hohlasangiz uni rasmi ham bor ko'rsataymi. -Mayli. Sarvinoz telefonidan qizni rasmini topib endi Bekka ko'rsatmoqchi edi. Bekning yoniga John kelib qoldi. -Kechirasiz janob Bek.Muhim masala yuzasidan sizga qo'ng'iroq qilishyapti. -Hozir boraman. Sen ovqatlanaver men ketishim kerak. Sarvinoz bir o'zi qoldi. Telefonida suratlarni tomosha qilib ovqatlandi va xonalariga chiqib ketdi. Televizior tomosha qilib o'tirgandi Bekdan xabar keldi. -Iltimos achchiq qaxva tayyorlab tur. Boshim yorilib ketadi hozir. Sarvinoz tezda o'rnidan turib qaxva tayyorladi. Bildi qandaydir ko'ngilsizlik bo'lgan. Chunki qachon Bekni asabi buzilsa siqilsa boshi og'rib qora qaxva ichadi. -Tinchlikmi szga nima bo'ldi. Kira solib o'zini divanga tashlagan Ulug'bekdan havotirlanib so'radi qiz. Man qaxva ichib oling.. -Raxmat. -Biron muammo bormi. -Qo'yaver ish yuzasidan. -Hechqisi yo'q o'tib ketadi. -Ha o'tib ketadi. -Menga qarang nega asabiylashyapsiz. Shunday qilsangiz muammoingiz hal bo'lib qoladimi. Keling yaxshisi o'tiring.Uchgacha sanang. Endi chuuqur nafas oling . 10 soniya ushlab turing va nafas chiqaring. Bek haholab kulib yubordi. -Vooy shaytoney o'zimni qurolim bilan o'zimga hujum qilyapsana. -Ana ana kuldingiz. Bek xursand bo'lib qarsak chalayotgan qizning qo'llaridan ushladi. -Yaxshiyam sen borsan. -Yaxshiyam siz borsiz. Shunda ikkalasi baravariga. Yaxshiyam biz bormiz deya qah qah otib kulishdi. Bekning avvalgi kayfiyatidan asar ham qolmadi. Ular allamahalgacha kulishib suhbatlashib o'tirishdi.... Tongda uyg'ongan qiz Bekning haliham uyg'onmaganini ko'rib havotir oldi. Kiyinib chiqdi hamki u uyg'onmadi. Ohiri chidolmay xonasiga kirdi. Bek yotog'ida pishillagancha uhlab yotardi. Sarvinoz nima qilishini bilmay asta uni chaqirdi ammo u eshitmadi. Keyin sekin yelkasidan turtdi. U arang ko'zlarini ochib ha dedi.. -Men ketyapman bugun kechroq qaytaman. Qo'shimcha mashg'ulotim bor. -Hop yaxshi borib kel o'zingni ehtiyot qil dedida yana uyquga ketdi. Sarvinoz chiiqib ketdi. Negadir yuragi g'ash tortdi. Huddi korinmas bir narsa uni bo'gayotgandek tuyilaverdi. U chuqur nafas olib hammasi joyida dedida o'qishga jo'nadi....... Soat 17:00. -Allo Maykl u chiqdimi. -Kechirasiz janob xonim hali chiqmadilar. Ichkariga kirib surishtirib chiqdim darslar allaqachon tugagan. Qo'shimcha mashg'ulotlar ham. -Mayli yana biroz kutib turchi. Qayerda bo'lishi mumkin. Hech bunaqa odati yo'q ediku. Bek asabiylasha boshladi. Bir joyda turibdiyu hayoli ming ko'chada. Yuragi sanchiy boshladi. Uni ahvolini ko'rib turgan John dori olib keldi. -Janob Bek tinchlanib oling. Soat 21:00. -Ortiq kutolmayman FBRga xabar ber John. -Hop boladi. -Sarvinoz qayerdaasaan..... Keyingi qismda. Sarvinoz qayerda , kimlarning qo'lida, qanday ahvolda... Bek uni topa oladimi... @hikoyalar_udari
Show all...
👍 1
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹20-QISM🌹 Sarvinoz tinmay kulardi. Gapiraverdi gapiraverdi nima deyotganini o'zi ham Bek ham tushunmadi. Biroz turib yig'lashga tushdi. Kelnoyisini esladi. Oyisi va dadasini. Keyin yana kula boshladi. Bek hali ham uni ko'tarib turardi. Siz dedi u tosatdan Bekka qarab. Nima haqqingiz bor edi. Ulug'bek hech narsaga tushunmay uni yerga tushirdi. Sarvinoz uni yelkasiga boshini qo'yib yana takrorladi nima haqqingiz bor edi deya. -Men senga nima qildim... -Sizmi.. Yana kula boshladi qiz. Siz meni qalbimga yuragimga so'roqsiz kirib keldingiz. Mana shu sizni aybingiz. -Sarvinoz boldi xonagga kir. -Nega nimadan qorqyapsiz. Yoki siz ham sevgi izhor qilmoqchimisz. -Mastsan jinnilik qilma. -Yoq yooq yooq. Siz mastsiz. Hozir men deya qiz boshi aylanib yiqilishiga oz qoldi. Baxtiga Bek uni ushlab qoldi. -Bilardim deya kuldi Sarvinoz. Yiqilishimga yol qo'ymasligizi bilardim. Bek indamasdan uni kotardida xonasiga olib kirib joyiga yotkizdi. Endi ketmoqchi edi Sarvinoz iltimos shu yerda qoling deya uni boynidan quchib oldi. Bek noqulay ahvolga tushib qoldi. Qiz esa yana allambalo narsalarni aljirab uhlab qoldi. Bek uning yonida uning nafasini his qilib o'tiribdi. O'zingni qo'lga ol Ulug'bek. Hissiyotlarga berilma. Bu mumkinmas. U shunday hayollar bilan qizning yonida uhlamasdan tong ottirdi. Tongga yaqin esa o'zi bilmagan holda kozlari yumilib uyquga ketdi. Tong otdi. Sarvinoz og'zidagi bemaza tamni his qilib uyg'onib ketdi. Yonida uhlab qolgan Bekni ko'rganda esa yuragi yorilishiga bir bahya qoldi. -Siiiz bu... Yerda ... Meni xonam.. Bek uyqisiragancha hech narsaga tushunmay kozlarini ochib o'rnidan turdi. Qizga bir bor nazar tashladida. -Maslaaxatim keyingi safar shampan yoniga yaqinlashma deya yuvinish xonasiga kirib ketdi. -Nimmaaa. Men nimalar qilib qoydim . Boshim ... Hech narsani eslolmayapman. Bu qanaqasi. Raqs tushdim boldi yoq boshqa narsalarni eslolmayapman. U apil tapil o'rnidan turib Bekni yoniga bordi. -Kecha nima boldi. -Nimani soramoqchisan. -Kecha tunda menga nima boldi. -Hop aytaman faqat eshita olarmikansan. Quvligi tutdi Bekni ham. Qiz bilan xazillashgisi keldi. -Ayting. -Kecha raqs tushayotgandik. Keyin sen mast bolib qolding .men seni xonaga olib chiqdim . keyin xonangga olib kirdim. Men chiqib ketmochi boldim. Ammo sen bunga yo'l qoymading. Meni quchib.... -Boldi.... Sarvinoz yig'lay boshladi. Kozidan marjon marjon yoshlar dumalab tushardi. -Eyyy boldi qilee. Xazllashdm. Sen hech narsa qilmading. -Unda nega meni yonimda edingiz.. Yana yig'lay boshladi. -Uvillamaeey. Bilasan qanaqaligimni. Shunchaki xavotir oldim. Shunga tepangda qorovul bolib otirdim axmoqqa o'xshab sen bolsang... -Aldamayapsiza. -Yo'q. Birinchi va ohirgisi bolsin bu. -Hoop..... Sarvinoz o'qishini ham boshlab yubordi. Yangi do'stlar orttirdi. Ayniqsa Sabina ismli o'zbek qizi bilan juda yaqin dugonalarga aylanishdi. Keyingi qismda. Bek Sabina haqida biladimi. Sarvinozchi Sabinaning Saidning singlisi ekanligidan xabari bormikin.... @hikoyalar_udari
Show all...
1
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹19-QISM🌹 Hayajonli tong otdi. Bugun Sarvinozning imtihon topshiradigan kuni. Barvaqt uygonib olgan qiz hayajon qorquvdan uyoqdan bu yoqqa borib kelardi. -Hech bolamsa nonushta qilib ol.. -Yoq raxmat. Qornim to'q. -Ortiqcha hayajon miya faoliyatiga salbiy tasir korsatadi. Hozir sen bilan bir mashg'ulot o'tkazamiz. Qani beri kelchi. Chuqur nafas ol. Endi nafasingni 10 soniya ushlab tur. Keyin asta qoyib yubor. Yaxshimisan endi. -Ancha yaxshiman. -Yoq bolmadi. Bu ketishda yiqilishing aniq. O'tir. Mana tasavvur qil har kuni darsga boryapsan. Test yechyapsan gaplashyapsan savollarga javob beryapsan. Imtihonni ham hudi shunday qabul qil. Buni vaximali joyi yoq. Shunchaki bor o'tir vazifalarni bajar. Bo'ldi sendan talab qilinadigani shu holos. -Raxmat Ulug'bek aka. -O'zingni qo'lga ol. Men yoningdaman. Kimga qanday bilmadimku ammo Sarvinoz har safar Bekdan shu gaplarni eshitsa g'alati ahvolga tushib qoladi. Hozir ham bir zumga bo'lsada barini hatto imtixonni ham unutdi. Yuragi qinidan chiqqudek bo'lib tez ura boshladi. Yana sal hayolga berilsa.... -Men ketishim kerak. Kech qolaman. -O'zim tashlab qo'yaman.. -Keragi yo'q. Shundoq ham bu yerda ishlaringiz ko'p. -Omadingni bersin. Hech qachon yuzingdan mana shunday quvonch arimasi. Bek shunday deb qizning peshonasidan o'pib qo'ydi. Ulug'bek Sarvinoz chiqib ketganidan so'ng ham o'shayerda qimir etmay turaverdi.U qizning o'qishga kirishi aniqligini bilardi. Shuning uchun ko'nglini to'q qilib ishlashga kirishdi. Oradan ikki kun o'tdi.... Imtixon javoblari ham chiqdi. Bek pastda John bilan nimalarnidir suhbatlashib turardi. Shu onda ichkariga kirib keldi. Ulug'bek akaaaa... Qiz quvonchda yurib emas goyoki yugurib kelardi. Tabriklang men talabaman. Sarvinoz o'ta xursandligidan qanday qilib Beekni quchoqlab olganini o'zi ham sezmay qoldi.Ularga qarab jilmayib turgan hodimlarini ko'rgan Bek shunchaki kulib qo'ydi. Ehh beg'ubor qizaloq. Bu yerda pulsiz hech narsa qilib bolmasligi soddadil qalb sohibasi qayerdan ham bilsin. -Hoop dedi Bek qarsak chalib. Demak bugun nishonlashga arzigulik sababimiz bor. Kechga barchangizni ziyofatga taklif qilaman. Tayyorgarlikni boshlang. Ziyofat. Barcha hodimlar mazza qilib yayrayapti. Sarvinoz kalta qora bejirim ko'ylakda. Bek odatdagidek kostyum shim. -Nima qilyapsan. -Ichmoqchiman. -Hozir sharbat buyuraman senga. -Yoq mana oddiy shampan vinosiku. -Mayli faqat bir qultum. Oradam yarim soat vaqt o'tdi. Bek Sarvinozni yonida. -Balki bo'ldi qilarsan. -Qarang tami ajoyib ekan. Afitsant menga yana bitta.. -Esing joyidami umringda ichmagansan mast bo'lib qolasan. -Bugun xursandchilik qiladigan kunim. Shu payt zalda mayin musiqa sadolari yangraay boshladi. Kelin janob Bek undan ko'ra raqs tushamiz. Sen raqs tushishni qayerdan bilasan . O'rgandim. Ulugbek oeshonasini ushlab nima qilsa boladiya bu qizni deb u bilan raqs tusha boshladi. Birozdan so'ng Sarvinoz vooy vooy vooy meni ushlang. Boshim... Boshim aylanib ketyapti hozir qulab tushaman. -Mana miss Sarvinoz manzilingizga yetib keldingiz. O'zzing yura olasanmi. Sarvinoz bir ikki qadam tashlan gandiraklab ketdi. Bek ajoyib dedida. Uni ko'tarib oldi. Va xonalariga olib chiqib ketdi. Keyingi qismda. Sarvinoz mastlikda Bekka nimalar qiladi... @hikoyalar_udari
Show all...
🥰 1
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 YOHUD 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹18-QISM🌹 Oradan bir oy o'tdi. Bu o'tgan vaqt mobaynida Sarvinoz Amerika muhitiga ancha ko'nikdi. Endi u avvalgidek kimdandir tortinib qimtinib yurmasdi. Ulg'bek bilan ham huddi ming yillik do'stlardek munosabatda bo'lardi. Bu bir oy ichida Bek faqat ish bilan mashg'ul bo'ldi. Hammasini tartibga keltirib berganidan so'ng biroz bemalol bo'lib qoldi. -Bugun vaqting qanaqa. Nonushta ustida so'radi u Sarvinozdan. -Darslarim soat 14 :00 da boshlanadi. -Demak ungacha bõshsan. -Ha tinchlikmi. -Õzim shunchaki bugun sen bilan bir shaxar aylangim keldi. -Vooy rostanmi. Buncha zor. Qayerga boramiz. -Qayerga borishni hohlaysan. -Aytaveraymi. -Bemalol. -Disney Landga. -Obbo. Shu yetmay turgandi. -Nima deysiz. -Yo hech narsa. Tayyorlan ketdik. Sarvinoz kiyinib chiqdi. Bek unga boshdan oyoq qarab chiqdida qizni xonasiga kirib ketdi. -Nima bo'ldi. -Bir narsangni olishni unutibsan. -Nimani. -Mana sharf va shapka. Kochani qanaqa sovuqligini bilasanmi. Yana Disney lendga borarmish. Ozim seni u yerdan ham zo'r joyga olib boraman. -Hoooop. Dedi qiz chõziliib. -Kechirasiz janob Bek meni bekatgacha tashlab o'tolmaysizmi. -Hop Mariya chiq. Uni old o'rindiqqa o'tirib olganini ko'rgaan qizning asablari buzilib ketdi. -Raxmat sizlarga. Yoqimli xordiq tilayman. Yo'l bo'yi Sarvinoz umuman gapirmadi. Mashina to'xtagach Bek. -Ha tinchlikmi. Qovog'imizdan qor yog'yapti. Mashinaning oynachasi orqali qizga qaradi u. -Hech narsa. -Boya bundaymasdiku. -Siz har bir hodimingizni shunday mashinani oldiga taif qilasizmi. -Haa gap bu yoqda degin. Demak rashk qilding hozir shunaqami. -Hechamda. -Unda nima bu burningni uchida turgan. -Eshitib oling bugundan keyin mendan boshqa yana birontasi shu yerga o'tirsa... Bek uning gaplaridan miriqib kuldi. Bir oy ichida shuncha o'zgarish. Yo olloh deya kulardi u. -Qani ketdik. Ulug'bek qizni yetaklab ichkariga olib kirdi. Ular kelishgan joy suv osti muzeyi edi. Katta oynavand yo'l bo'lib ularning yonida tepalarida dengiz hayvonlari suzib yurardi. -Vooy meni qayerga olib keldingiz. Buncha ajoyib bular. Sarvinoz ikki qoli bilan yuzini to'sgancha hayrat quvonchdan atrofni kuzatardi. -Bu nima namuncha katta. -Ko'k kit. -Keling mani rasmga olib qoying. Endi ikkalamiz ham tushamiz. Ularning birgalikda o'tkazgan kunlari ajoyib o'tdi. Shundan keyin Sarvinoz darsiga ketdi Bek esa ishga. Kech tushgach Sarvinoz qaytdi. Har doimgidek Bek bu payt ishda bo'ladi. U kiyimlarini alishtirayotgandi eshij taqilladi. Xona xizmatidan kelishgan ekan. -Raxmat lekin bizga xizmat kerak emas. U shunday deb xizmatchini qaytarib yubordi va hamma joyni o'zi tartibga keltirdi. Qorni ochgandi choy ichdi. Soat 22:00 ga yaqinlashdi hamki Bekdan darak yo'q edi. Havotir ola boshladi. Telefon qilgandi ko'tarmadi.. Mayli dedida xonasiga kirib ketdi. Bir soatlardan so'ng u keldi.Sarvinoz uning kelganini sezsada indamay xonasida o'tiraverdi. Ulug'bek ham indamay xonasiga kirib ketdi. Negadir ikkisi ham uhlolmadi. Qizning telefoniga xabar keldi. -Uhlamayapsanmi. -Yo'q. -Hohlasang biroz suhbatlashmamiz.. -Mayli . Ular xonadan birga chiqishdi va kulib yuborishdi. -Balki film tomosha qilarmiz. -yaxshi fikr. Ular divanga o'tirib televiziorni yoqishdi. -O'qishlaring yaxshimi. -Ha lekin qorqyapman. -Iyee nega. -Ikki kundan keyin imtihon. -Qorqma. Shu yergacha kelding. Hudo holasa bunisidan ham albatta o'tasan. -O'zingiz kech qoldingiz. -Ishlarim kopaayib ketdi. -ha ... Shundan so'ng ikkisi allamahalgacha film tomosha qilishdi. Film tugagunicha Sarvinoz o'zi bilmagan holda Bekning yelkasiga boshini qoygancha uyquga ketdi. Ulug'bek ancha paytgacha undan ko'zlarini uzmay tomosha qilib o'tirdi. Peshonasiga tushib qolgan sochini asta olib qoydi.. Keyi esa sekin ehtiyotkorlik bilan uni divanga yotkizdi. Ustini yopdi. Chiroqni va televiziorni o'chirdi. Yana biroz uni oldida turdida xonasiga kirib ketdi... Keyingi qismda. Sarvinoz o'qishga kira oladimi? @hikoyalar_udari
Show all...
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹SO'NGI ILTIMOS🌹 🌹alamli ishq qissasi🌹 🌹15-QISM🌹 Aeroportga yetb kelganidan so'ng ham Uluğbek mashinada anchagacha o'ylanib o'tirdi. Ohiri bor fikru hayolini jamladida orqa o'rindiqda o'tirgan Sarvinozga qaradi. -Hozir senga bir savol beraman diqqat bilan o'ylab keyin har qanaqadiga afsuslanmaydigan bo'lib javob berasan kelishdikmi. -Hop. Dedi qiz mashina oynasidan tashqariga manosiz qarab. -Men senga qo'llarimni uzatmoqchiman. Uni tutish tutmaslik o'zinga havola. Har doim aqlimga tayanib ish ko'rardim. Ammo bugun qalbimga quloq solyapman. Seni bu do'zaxdan qutqarmoqchiman. Ho'sh sen meni qo'llarimdan tutishga tayyormisan. .. Imron mehmonxonaga keldi. Yuragi siqilib Uluğbek bilan gaplashgisi keldi. Uni xonasiga chiqdi. Ammo o'zini topolmadi. Kiyim javonlari ham bo'sh edi... -Assalomalekum uzur kech bo'lganda sizlarni bezovta qildim. -Keling nima kerak sizga. -Menga Sarvinoz kerak. -Oti o'chsin o'sha itdan tarqaganni. Eshitdingizmi yo'q bo'lib ketsin. Imron hayron bo'lgancha ayolga qarab turardi. -Nimaga angrayasan. Yo'q u. Ketdi. Kiyimlari ham pasporti ham yo'q. Qay go'rlarda yuribdi hudo biladi. Bergan tuzimga rozimasman. Hali yalinib keladi oyogimga bosh urib o'shanda gaplashaman men u nonko'r bilan. Qizning kelnoyisi eshikni qarsillatib yopdi. Imron turgan yerida qotib qolgandi go'yo. -Yo'q bo'lishi mumkinmas deya pichirlardi u. Men adashyapman xato o'ylayapman. Bunday emas. Hech qanaqasiga to'g'ri kelmaydi bu.... U mashinaga o'tirib gazni bosdi.... Mashina eshigi ochildi. -Hayotingni o'zgartirishga tayyormisan. -Tayyorman. -Unda qo'llaringni ber. Sarvinoz Ulug'bekning qo'llaridan tutdi. Ikkisi aeroport binosiga kirib ketishdi. -Salom. -Hayrli kech. -Menga yana bitta qo'shimcha chipta kerak. Ertangi kunga reys bor. -Meni tushunmadingiz shekilli. -Kechirasiz buni iloji yo'q..-Menga Sirojiddin Botirovichni ulab bering iltimos. Uluğbekning shu so'zlarini eahitishi bilan qiz shoshib qoldi. -Uzur sizni tushunmabman. Pasportni bering. -Raxmat sizga. Aeroport tashqarisida yana bir mashina chiyillab to'xtadi. Imron hovliqqancha tushib atrofga alangladi. Ko'rdi . Uluğbekni mashinasi turgandi.. Jon holatda ichkariga yugurdi. Yuragining har bir zarbi iltimos bu yolg'on bo"lsin deya urardi. Ichkariga kirdi. Kassadagi qizdan soradi. Ammo qiz bunday malumotlarni berishga haqqi yo'qligini aytdi. Bundan foyda chiqmasligini bilgan Imron bino ichkarisini qidira boshladi. Huddi telbalardek u yoqdan bu yoqqa borib kelaverdi. To'xtadi. Ularni ko'rdi. O'sha tomonga qarab yugurdi. Sarvinoz deya baqirdi. Ammo odam ko'pligidan u yoqqa ovozi yetib bormadi. -To'xtang bu yoqqa mumkin emas. -Qo'yvor men o'tishim kerak.. -Mumkinmas deyapman sizga. -Qoooch deyapman. -Qo'riqchilarni chaqiring olib chiqib ketishsin. Imron shunda ham baqiraverdi. -Sarvinoooz. To'xta. Sen bunday qilmaysan yo'q. Iltimos ketma. Sarvinoz ketma...... -Qo'rqmayapsanmi? -Qo'rqyapman. Uluğbek qizning qo'llarini mahkam ushladi. -Men yoningdaman. Imron mashinasiga suyangancha ko'zida yosh qalbida alam bilan osmonga ko'tarilgan samalyotga termulib qoldi.... Keyingi qismda Sarvinoz Amerikaga ko'nika oladimi. Uluğbekchi u yerda qizga nisbatan munosabati o'zgarib qolmaydimi... @hikoyalar_udari
Show all...
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹 🌹S͍O͍N͍G͍I͍ I͍L͍T͍I͍M͍O͍S͍🌹 🌹Alamli ishq qissasi🌹 17-QISM Mana bu seni xonang. Yoningdagi meniki. Qolgan barcha joy umumiy. -Judayam chiroyli ekan. Raxmat sizga. -Bu yoqda televizeor bor. Zerikkan paytlaring tomosha qilasan. -Tushunarli. -Vaqtni bekor o"tkazishni hohlamayman. Shunday ekan ertadan kurslarga qatnashasan va o"qishga hujjatlaringni topshirasan. Mendan nima yordam kerak bolsa hammasiga taygorman. Faqat senda hohish , iroda va sabr bo"lsa boldi. Senga ishonaman. Yangi hayot ostonasida turibsan. Uni o'zgartirish o'z qo'lingda. Izlan intil va nimalarga qodirligingni korsat. Sarvinoz yana ko'zi yoshga tolib yig'lashga tayyor bolib turgandi. -Hohlasang buyruq hohlasang iltimos deb tushun. Zinxor meni oldimda yig'lama. Asablarim buni ko"tarmaydi. Keyin yomon gap bilan hafa qilib qo'yishim mumkin. . -Kechiring boshqa takrorlanmaydi. -Bugunga yetadi. Charchagansan. Yotib dam ol. Hayrli tun. -Sizgayam hayrli tun. Qiz õz xonasiga kirdi. Umrida bunday xonada yashamagandi. Huddi ertakka õxshaydi barchasi. Sarvinoz charchagani tufayli tezda uhlab qoldi. Ulug'bek esa divanga o'tirgancha bir nuqtaga tikilib hayol surardi. -Endi ikki karra masuliyat bilan yashashim kerak. Bir insonnig taqdiriga javobgar boldim. Iloyim hammasi yaxshilikka bolsin. U yana biroz shu koyi o'tirdida keyin òrniga yotdi. * -Boldi qil Imron tinchlikmi sen hech bunaqa ichadigan odammasdinku. Bundoq gapir . Qon qilib yubording odamni. Imronning dõsti Akbar nma demasin nima qilmasin uni gapirtira olmayotgandi. U esa barda ōtirib tinmay ichardi. Birozdan so'ng. Imronni o'zi gapirdi. -U ketdi... -Nima.. -Ha ketdi u. Uzoooqqa ketdi. Meni ustimdan kulib ketishdi. Bilardi. Uni sevishimni bilardi. Bila turib uni olib ketdi. -Imron nimalar deyapsan. Yur ketamiz . kayfing oshganga o'xshaydi. -Bugun men ikki insondan ayrildim. Sevganimdan va do'stimdan... Ulug'bek seni....hech qachon kechirmayman.... * -Xonim... Uyg'oning. Sarvinoz ovozni eshitib chõchib uyg'ondi. Qarasa hamma yoq yop yorug'. Devordagi soat 10 ni kortsatib turibdi. -Janob Bek aytdi. 11 ga tayyor bolib turar ekansiz. Mashinangiz keladi. -Hop. Dedi qiz hijolat bo'lib. -Demak bu tushim emas. Rostan ham yangi hayot ostonasida turibman. Ajoyib. U yuzini yuvar ekan birdaniga toxtab qoldi. Axir bu yerga hech qanday kiyim olib kelmaganmaku. Endi nima qilaman. U xonasiga kirib boshini ushlab turgandi yostiq yonida turgan telefonga xabar keldi. U ikkilanib xabarni ochdi. -Bugundan boshlab bu seni telefoning. Ha yana kiyim javonini och. Shunday xabar jonatilgandi unga. Sarvinoz hayratlanib katta javonni ochdi.. Ajabooo.... U yer barcha turdagi liboslarga tola edi. Yana oyoq kiyim sumka. Qiz hayratdan yoqa ushlab qanday odam ekana bu Bek dedi. Shu onda yana xabar keldi. -Men kutishni yoqtirmayman. U tezda kiyinib pastga tushdi. Qoyil barchasi oziga mos narsalar. Buni qanday qilib uddaladi ekan. -Assalomalekum. -Salom. Uygondingmi. -ha dedi u kech turganidan hijolat tortib. -Hechqisi yo'q. Kecha charchagansan. Ho"sh seni bir inson bilan tanishtirsam bu qizni ismi Mariya. Bugundan senga hamrohlik qiladi. Nima masalada muammo bolsa unga murojaat qilasan. -Salom tanishganimdan xursandman. -Men ham dedi Mariya. Mariya qizga unchalik yoqmadi negadir. Ammo indamadi. Jilmaygancha turaverdi. -Endi nonushta qilib ol. Keyin darslarga. Men kun boyi ish bilan band bolaman. Sen bilan kechqurun gaplashamiz.* Keyingi qismda. Sarvinozning Mariya bila ilk kuni qanday otadi... @hikoyalar_udari
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.