CHIROQCHI.UZ
Open in Telegram
6 293
Subscribers
-224 hours
+207 days
+11030 days
Posts Archive
6 293
+3
Paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik ko‘rish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov paxta terimi oldidan tumanning Sohibkor, Mehnatobod, Oxunboboyev, S.Jo‘rayev va Zarbdor hududlarida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman dalalarida pishib yetilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
"Bilimli yoshlar — kelajak poydevori. Ilm va izlanish bilan erishilgan muvaffaqiyat eng mustahkam muvaffaqiyatdir."
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 293
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Белград. В международном аэропорту имени Николы Теслы высоких гостей встретили Президент Республики Сербия Александр Вучич и его супруга.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 293
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию системы обеспечения населения сжиженным газом.
#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #suyultirilgangaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 293
Farovonlik sari: Chiroqchi tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi ishga tushgan obyektlar
😊👍#6sentabr
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
#Yongʻindan_ogohlik_umummilliy_kompaniyasi_oyligi
Paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling.
—
Пахта қабул қилиш ва қайта ишлаш корхоналарида техника хавфсизлиги қоидаларига риоя қилинг.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
6 293
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича отбыл в эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6 293
Ota-ona uchun farzandini yutuqlarini ko‘rishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak!
Chiroqchi tumanining Amir Temur mahallasida istiqomat qilayotgan Sunnatulla Ovlaqulov mavsumiy ishlarda ishlab ro‘zg‘or tebratadi. Ayoli esa mahalladagi maktabda orastabonu bo‘lib ishlaydi. Oila farzandlari esa ilmga-bilimga chanqoq. Bir yilda aka-singil nufuzli oliygoh talabalariga aylanishdi.
Ota-ona uchun farzandini yutuqlarini ko‘rishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak! 2026 yil oilamizga juda omadli keldi. Ikki farzandim oliygoh talabasi bo‘ldi. Buni aytib berishga so‘z ojiz deydi Sunnatulla Ovlaqulov.Oilaning katta farzandi Jahon tillari universiteti talabasiga aylangan bo‘lsa, oilaning yagona va erkatoy qizi Munisa Abdullayeva Samarqand Davlat Tibbiyot universitetiga "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan tavsiyanoma bilan oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat grandi asosida" talabalikka tavsiya etildi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+4
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Davlat rahbarining Aholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari Xalq qabulxonasida shaxsiy qabulini o'tkazdi.
Qabul davomida o‘z muammolariga yechim izlab kelgan aksariyat fuqarolarning muammolari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ul shaxslarga o‘rganish uchun yuklatildi. Maqsad odamlarning muammosiga yechim topish, ularga yaqindan yordam berishdir.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+4
#Jarayon
Chiroqchi tumanida aholini sifatli va uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlash maqsadida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanning Obihayot mahallasida 0.4 kV havo liniyasida ma’nan eskirgan ustunlar o‘rniga yangi temir beton ustunlar o‘rnatilmoqda.
Mazkur ustunlar yordamida elektr tarmoqlari yangilanib, aholiga yanada barqaror va sifatli elektr ta’minoti yetkazib beriladi.
Bu kabi amaliy ishlar mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda elektr quvvati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+5
NAVOIY MAHALLASIDA XALQARO INNOVATSION TIBBIYOT TEXNIKUMINING FILIALI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
Chiroqchi tumanida tibbiy ta’lim sohasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash hamda yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur izchil islohotlarning amaliy ifodasi sifatida, tuman markazidagi Navoiy mahallasida Xalqaro innovatsion tibbiyot texnikumining yangi va zamonaviy filiali faoliyatini boshladi.
Ushbu ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimida Chiroqchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sarvar Jovliyev ishtirok etdi. S.Jovliyev yig‘ilganlarni yangi o‘quv maskani faoliyat boshlagani bilan qutlab, mazkur innovatsion loyiha tuman ahli, ayniqsa, tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini, endilikda yigit-qizlar viloyat markaziga bormasdan o‘z hududlarida turib sifatli bilim olishlari mumkinligini alohida ta’kidladi.
Yangi tashkil etilgan filialda o‘quvchilarning xalqaro standartlar asosida nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Majmua zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, ko‘rgazmali tibbiy mulyajlar hamda boy kutubxona fondi bilan to‘liq ta’minlangan.
Muassasada ta’lim jarayonlari yuqori malakali shifokorlar va tajribali pedagoglar tomonidan hamshiralik ishi, davolash ishi hamda farmatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi.
Texnikum diplomi davlat namunasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘liq qonuniy maqomga ega va bitiruvchilarning tibbiyot tizimida muvaffaqiyatli ish boshlashlariga zamin yaratadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+3
Paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik ko‘rish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Chiroqchi tumanida ham paxta terimi oldidan tuman hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev, IIB boshlig‘i Hamza Jamolovlar ishtirokida Hayitkul, O‘zbekiston va G‘allaba hududlarida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman dalalarida pishib yetilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
6 293
Tandirchilik — markaziy osiyolik, xususan, o‘zbek xalqining eng qadimiy va hurmatli an’anaviy hunarmandchilik turlaridan biri hisoblanadi. Tandirchi hunarmandlar avloddan avlodga o‘tib kelayotgan sir-asrorlar asosida, oddiy loydan milliy oshxonamizning yuragi bo‘lgan tandirlarni yasashadi.
Chiroqchi tumanining Qahramon mahallasida istiqomat qilayotgan 68 yoshni qarshi olgan Sadat ota Rajabovlar xonadoni mahalladagi namunali oilalardan biri. Oila hunari ortidan yaxshigina daromad ko‘radi. Qirq yildan buyon tandir yasab kelayotgan hunarmand shu kungacha 20 dan ziyod shogirdlar chiqardi. Hunari ortidan farzandlari va nabiralarini oliygohlarda o‘qitdi, to‘y qildi.
Tinib—tinchimagan Sadat ota bugun yiliga o‘rtacha 800-850 ta turli ko‘rinishdagi tandirlarni yasab mijozlariga yetkazib bersa, qizi Nazira nogiron bo‘lishiga qarmay berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, tikuvchilik qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirmoqda.
Batafsil videoda:36.6MB
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
6 293
"Bizning maqsadimiz — fuqarolarga faqat moddiy yordam berish emas, balki ularning qo‘liga hunar, biznes uchun mablag‘ berib, o‘z hayotini o‘zgartirishga rag‘bat uyg‘otishdir. Inson o‘zi mehnat qilib topgan non eng shirin va qadrli bo‘ladi."
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+4
Paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik ko‘rish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Chiroqchi tumanida ham paxta terimi oldidan tuman hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev, IIB boshlig‘i Hamza Jamolov va Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Azizbek Omonovlar ishtirokida Paxtakor va H.Olimjon hududlarida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Chiroqchi tumani dalalarida pishib yetilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+4
Chiroqchida xotin-qizlarning biznes savodxonligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi viloyat filiali hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida xotin-qizlar va yoshlar uchun O'zbekiston mahallasida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kurs davomida xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish va mustaqil daromad manbaini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturini yakunlaganliklari to‘g‘risidagi maxsus sertifikatlar tuman hokimining o‘rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Xushvaqtova tomonidan topshirildi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
6 293
+4
Paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik ko‘rish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Chiroqchi tumanida ham paxta terimi oldidan tuman hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev, IIB boshlig‘i Hamza Jamolov va Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Azizbek Omonovlar ishtirokida Paxtakor va H.Olimjon hududlarida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Chiroqchi tumani dalalarida pishib yetilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
