cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TDAU talabalari

Toshkent davlat agrar universiteti talabalar kanali. Universitet va talabalar hayotiga bog'liq bo'lgan barcha yangiliklar. Muhokama uchun guruh: @TDAU_Yoshlari Murojaat uchun:

Show more
Advertising posts
322
Subscribers
-124 hours
-47 days
-2130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🟩🟩🟩 YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHI! 📌 Bugun, Toshkent davlat agrar universitetida Komplayns nazorat va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti hamkorligida talaba yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 2024-yilda amalga oshiriladigan "Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish" boʻyicha universitet chora-tadbirlar rejasi 8-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" shiori ostida Insholar tanlovining univerisitet bosqichi oʻtkazildi. ✅ Ushbu tanlovda Komplayns nazorat va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i T.Azizxo‘jaev, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi D.Mustafakulov, О‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dotsent S.Xolmirzayeva, Univerisitet Yoshlar Yetakchisi S.Isroilov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi uslubchisi N.Raimbayeva, hamda Fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori, kengash aʼzolari hamda tanlovning Universitet bosqichiga oʻtgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.
📈 Tanlovdan asosiy ko'zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi yoshlarimizda ma'naviy va aqliy immunitetni oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va har bir inson bunga qarshi kurashish madaniyatini hosil qilishdan iboratdir.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: ✈️ Telegram  📒 Facebook 📷 Instagram🖤 YouTube
Show all...
Repost from Alisher Sadullaev
🌎 "WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi. Mukofot jamg'armasi 375 million! 🌎 O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi. 📈 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi. G'oliblar: 🔢- o'rin 150 mln. so'm; 🔢- o'rin 125 mln. so'm; 🔢- o'rin 100 mln. so'm. 🖥 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring. Batafsil ma'lumotlar: 🔵 Rasmiy kanal 🤖 Rasmiy bot 📞+998330007133
Show all...
1
#foydali Nok daraxtiga zararkunandalardan nok shira burgasi, meva kanasi, kasalliklardan kalmaraz (parsha) zarar keltiradi 🍐Nok shira burgasiga qarshi erta bahorda Syepimetrin 25 % 10 litr suvga 20 gramm qo‘shib purkaladi. Ushbu preparatlar bo‘lmaganda tamaki qaynatmasidan foydalanish mumkin. Nok daraxti hosilini yig‘ib olishda mevalari bandiga zarar yetkazmasdan teriladi. Ba’zi mahalliy navlar terilganidan so‘ng mahsus issiq sharoitda saqlanganida o‘ziga xos yumshoqlikka ega bo‘ladi. Kechki navlar terilganidan keyin saqlashga qo‘yilsa, ular bir necha hafta o‘tgach pishib, iste’molga yaroqli bo‘ladi. 👔Manba: t.me/agro_hayot 🌐Kanal 💬Guruh
Show all...
🎉 1
30-aprel – Xalqaro Jaz kuni Xalqaro jazz kuni har yili 30-aprelda nishonlanadi. Ushbu bayram 2011-yilda YUNESKO tomonidan jazzning madaniy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikdagi o‘rniga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan. Jazz 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQShning Nyu-Orlean va Chikago kabi shaharlarida paydo boʻlgan. Bu Afrika va Yevropa madaniy anʼanalari elementlarini oʻzida mujassam etgan musiqa janri. Jazz erkinlik va ijodkorlik ramziga aylandi, u ijrochilarning kayfiyati va hissiyotlarini aks ettiradi. Xalqaro jazz kuni - bu butun dunyo bo'ylab kontsertlar, ko'rgazmalar, ma'ruzalar va boshqa tadbirlar seriyasidir. Bu musiqa janriga keng jamoatchilikni jalb etish, u haqidagi bilimlarni oshirish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.‌‌ 🌐Kanal:@tdau_talabalari 💬Guruh:@tdau_talabalarii
Show all...
1
👍🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Koordinatorlar faoliyatidan gapiramiz... 📌 Toshkent davlat agrar universiteti Agrobiologiya fakukteti Yoshlar ittifoqi Koordinatorlari A.Bekchanov hamda B.Mirzayevlar boshchiligida 13-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbati davomida talabalarga Universitetda joriy qilingan Ichki stipendiya va tanlovlar haqida maʼlumotlar berildi, ularga qay tartibda ishtirok etish kerakligi aytib oʻtildi.
B.Mirzayev tomonidan Munozara haqida tushunchalar berildi, shuningdek, talabalarga Ibrat farzandlari orqali chet tillarini oʻrganish kerakligi va "Mutolaa" dasturi va undan foydalanish haqida tushunchalar berib oʻtildi.
✅Suhbat yakunida ichki tartib qoidalarga rioya qilishi,talabalarning dars vaqtlariga oʻz vaqtida chiqishlari va belgilangan vaqtda oʻz xonalarida boʻlishligi aytib oʻtildi, uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: ✈️ Telegram  📒 Facebook 📷 Instagram🖤 YouTube
Show all...
29-aprel – Argentinada hayvonlar kuni Argentinada Hayvonlar kuni 29-aprelda nishonlanadi. Ushbu kun 1908-yilda Argentina zoologiya jamiyati tashabbusi bilan jamoatchilik e'tiborini hayvonot va hayvonot dunyosini saqlash va muhofaza qilish muammolariga qaratish maqsadida tashkil etilgan. Shu kuni hayvonlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, anjumanlar, tabiat va hayvonlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan rasmlar tanlovlari kabi turli tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, yovvoyi tabiatni muhofaza qilish foydasiga xayriya uchun ehson yig'ish kampaniyalari ham mavjud. Hayvonlar kunining maqsadi - biologik xilma-xillikni himoya qilish va saqlash zarurligi va har bir inson ushbu muhim ishni qo'llab-quvvatlash uchun nima qilishi mumkinligi haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishdir.‌‌ 🌐Kanal:@tdau_talabalari 💬Guruh:@tdau_talabalarii
Show all...
1
#bayramlar Bugun 29-aprel - Xalqaro raqs kuni 🔹1982-yil Xalqaro raqs kengashi tomonidan mashhur Fransuz raqqosi Jan-Jorj Noverr tavallud kuni munosabati bilan ushbu sana yil taqvimiga “Xalqaro raqs kuni” sifatida muhrlangan. 🔹 Ushbu muhim sana munosabati bilan har yili dunyoning koʻplab mamlakatlarida raqs jozibadorligini tarannum etuvchi turli tadbir, konsert va festivallar tashkil etiladi. 🔹 1992-yildan buyon ushbu sana munosabati bilan “Benua raqsi” xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi. 🌐Kanal:@tdau_talabalari 💬Guruh:@tdau_talabalarii
Show all...
1
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 Hurmatli talaba-yoshlar diqqatiga! Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Mutolaa" loyihasining onlayn taqdimotiga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz. 📚Ochilish marosimida loyiha doirasida 3 ta kitob-kino formatida hujjatli-badiiy film suratga olingan bo'lib, aynan shu filmdan biri bo'lmish "Qo'rqma" kitobi asosida olingan film premyerasi namoyishiga taklif etamiz! 📍Manzil: Bosh bino Harakatlar strategiyasi xonasi 🤩 Premyera namoyishi mutloqo bepul! Kirish vaqti 17:00 , Shoshiling aziz talaba yoshlar! ✅Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐 Instagram 🌐Youtube
Show all...
1
🔠🔠🔠🔠🅰️🔠 🔠🔠🔠🔠🔠 ♾♾♾Odamlar-u odamlar eshitmadim demanglar, bu spektaklni ko'rganlar darmonda, ko'rmaganlar armonda! 🎭   Toshkent davlat agrar universitetining "Isteʼdod" teatr jamoasi Toshkent davlat madaniyat institutida 27-aprel sanasi soat 9:00da boʻlib oʻtadigan viloyat bosqichida jamoamizni tomoshabin sifatida qo'llab quvvatlab uchun taklif etamiz! 🏆Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa "Talabalar teatr studiyalari" Respublika tanlovida 3-o'rinni egallagan. 📌Xullas, ming marta gapirgandan bir marotaba o'zingiz ko'rganingiz ma'qul! 🏆 Universitetimiz shanini yanada, birgalikda koʻtaraylik aziz yoshlar! 📞 Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998333696000 @aslbek_080 Bizning ijtimoiy tarmoqlar: ✈️ Telegram  📒 Facebook 📷 Instagram🖤 YouTube
Show all...
#kunkishisi Bugun 26-aprel - O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun. Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida dunyoga kelgan. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-80), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980-1986), Gʻafur Gʻulomnomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986-95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995-1997-yillar „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri, 1997-2001-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari. II- chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2001-yil 31-iyul 47 yoshida vafot etgan. 🌐Kanal:@tdau_talabalari 📌Guruh:@tdau_talabalarii
Show all...
1