en
Feedback
Ali Odiljonov | Blog

Ali Odiljonov | Blog

Open in Telegram

✨ Maqsadlar sari. - Fikrlar - Tajribalar - Ko'ngildan ko'ngilga Dasturlash: @ali_muhandis Bog'lanish: @appealtome_bot

Show more
221
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-330 days
Posts Archive
#kitobdan
— Nafsing haqida qiziqayapsan, u haqda savol bermoqchisan. Lekin nega buni mendan so’rayapsan? Axir u har doim sen bilan-ku! Uning kimligini o’zingdan so’ra!
«Men» kitobidan

Birgalikda rivojlanish Do'stim Jahongirning blogida post chiqqan edi. Birgalikda o'sish uchun sherik qidirayotgani haqida. Menda ham sherikka ehtiyoj borligini uchun darhol bog'landim, birga rivonlanishga va bir birimizmi nazorat qilishga kelishdik. Kecha, video suhbat qildik, o'zimizdagi kamchiliklar, xatolar va bundan keyingi sherikchiligimiz haqida gaplashdik. Agar siz ham rivojlanishni, o'z ustingizda yana ham kuchliroq ishlashni istasangiz o'zingiz uchun Buddy(sherik) toping va birga rivojlaning. Bekorga, «Bir bosh yaxshi, ikki bosh undan ham yaxshi» deyishmagan 😁. @ali_muhandis

"Men dunyodagi eng intizomsiz odamman. Men biron ishni chalg'imasdan qila olmayman. Biron ishni boshlab oxiriga yetkazmasdan tashlab ketaman. Qilishni istamagan ishni qilishga o'zimni majburlay olmayman" - shu vaqtgacha o'zim haqimda shunaqa fikrda edim. Lekin buni tuzatish mumkin ekan.
Intizom - bu mushak, har qanday mushakni esa kuchaytirish mumkin.
Qanaqasiga? Faqat uch qadam. 1️⃣ Tushunish. Intizom - bu o'zing xohlamagan narsani qilish qobiliyatidir. Buni iroda bilan adashtirmang. Iroda - bu xohlagan narsangizni QILMASLIK qobiliyatidir. Biror ishni qilishni xohlamagan vaqtingizni aniqlang. Misol uchun kurs ko'rish, kitob o'qish yoki uy ishlari. 2️⃣ Harakat. Siz uchun muhim bo'lgan ishni qilishni istamayotgan vaqtingizda, "azart"ni yoqing. Tasavvur qiling, siz biron bir o'yindasiz va level up qilyabsiz. Buni oddiy o'yin deb tasavvur qiling. 3️⃣ Mukofot. Ma'lum bir ishni qilganingizdan keyin o'zingizni mukofotlang. Misol uchun dam olish yoki o'zingizga yoqqan o'yinni o'ynash bilan. Boshlanishiga kichik ishlardan boshlang, yegan taomingizni idishini yuvish, yotog'ingizni tartiblash, 5 daqiqa kitob o'qish, har kun ertalab 10 daqiqa sayr qilish va hokazo 🏆 Kichik qadamlar bilan intizomingizni kuchaytiring va bir necha oy ichida hayotingiz qanday o'zgarganini (keskin) sezasiz. Chunki kichik narsalardagi intizom, hayotning barcha sohalariga ta'sir qiladi. 🎉 O'z ustingizda ishlashda davom eting! @ali_muhandis

Bu yilgi rejalar va maqsadlar 1. Chet elga sayohat(1 marta). 2. Open Web jamoasi bilan 3 ta katta loyiha. 3. Open Web Academy
Bu yilgi rejalar va maqsadlar 1. Chet elga sayohat(1 marta). 2. Open Web jamoasi bilan 3 ta katta loyiha. 3. Open Web Academy’ni keyingi darajaga olib chiqish(alohida mavzu). 4. Soham bo‘yicha 5 ta kitob. Managment bo‘yicha 3 ta, dasturlash bo‘yicha 2 ta. 5. Haftasiga kamida 6 soatdan ingliz tili. 6. 100 kun sport. ... Bo’lishmoqchi bo’lgan rejalarim shular, umuman olganda bu yil asosiy e’tiborimni ruhiy tarbiyaga qaratmoqchiman. @ali_odiljonov

Umrim davomida yegan eng qimmat lavash P.S. Evos dasturchilar top🔥
Umrim davomida yegan eng qimmat lavash P.S. Evos dasturchilar top🔥

Olingan ilm amalda qo‘llanmasa, foydasiz Ko‘p kitob o‘qish, ko‘p kurslar ko‘rish shart emas. Bir yilda 100 ta kitob o‘qiganda
Olingan ilm amalda qo‘llanmasa, foydasiz Ko‘p kitob o‘qish, ko‘p kurslar ko‘rish shart emas. Bir yilda 100 ta kitob o‘qigandan ko‘ra bitta kitob o‘qib o‘sha kitobga amal qilish tarafdoriman. Dasturchi sifatida aytishim mumkin, tezroq natija ko‘rishni istasak jarayonda ko‘p qolib ketish kerak emas eʼtiborni natijaga qaratish kerak. Hatto, "Result thinking" nomli soft skills ham bor Masalan, bitta texnologiyani o‘rganmoqchisiz jarayon deb shu texnologiyani o‘rganish nazarda tutiladi natija esa shu texnologiyani ishlatgan holda biron loyiha qila olish. Boshlang‘ich bosqichlarda nazariyaga ko‘p qolib ketish yaxshi emas, eʼtiborni amaliyotga qaratgan yaxshi, shaxsiy tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkin, ming nazariyani o‘qib chiqqan bilan eslab qola olmaysiz toki amalda qo‘llab ko‘rmaguncha. @ali_odiljonov

Muvaffaqiyatsizliklar sizni aldamasin! Yoshligimdan Iqtisod yo‘nalishiga qiziqqanman, shuning uchun ham birinchi topshirgan y
Muvaffaqiyatsizliklar sizni aldamasin! Yoshligimdan Iqtisod yo‘nalishiga qiziqqanman, shuning uchun ham birinchi topshirgan yo‘nalishim ham Moliya yo‘nalishi bo‘lgan, baxtni qarangki kira olmaganman. Buni nega esladim? Shunchaki o‘zim misolimda ko‘rsatmoqchiman, agar Moliya yo‘nalishida o‘qiganimda hozirgi erishgan yutuqlarga balkim erishmagan bo‘lardim. Shuning uchun hayotda biz “muvaffaqiyatsizlik” deb o‘ylagan vaziyatlarimiz bizga kelgusida katta muvaffaqiyatli yo‘llarga ochilgan eshik bo‘lishi mumkin. @ali_odiljonov

2024 yil uchun maqsadlar ro'yxati tuzildimi?

"Yemak" loyihamiz bilan President Tech Award tanlovida g'olib bo'ldi. Natijalar chiqdi, loyihamiz "Tadbirkorlik va moliyaviy
"Yemak" loyihamiz bilan President Tech Award tanlovida g'olib bo'ldi. Natijalar chiqdi, loyihamiz "Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar" yo'nalishida birinchi o'rinni oldi. Bizni qo'llab-quvvatlagan va yaqindan yordam qilgan barchaga rahmat. Oson bo'lmadi, lekin biz Allohni izni va ko'magi bilan uddaladik @ali_odiljonov

Boshqalardan baxtliroq Bolalar bilan o’ynab o’tiribman. Qo’lida 4ta o’yinchog’i bor. Baribir singlisini qo’lidagini xohlayapti. Yana ikkita berdim, singlisidagi bittani olib qo’yayapti. O’zidagi emas, boshqadagi ko’rinyapti. Baxtli bo’lishni xohlasak maqsadga oson erishardik. Biz boshqalardan baxtliroq bo’lishni istaymiz, shu uchun ham erisha olmaymiz degandi Monten 5 asr avval. Instagram davrida hayotidan norozilar ko’paydi. O’z hayoti deb emas, o’zgalar hayoti deb. “Nega menda yo’q bu o’yinchoqlar?” Bir yoshli bolaning ishlari kattalarniki bilan bir xilligi, bolaga ta’rif bermaydi. Kattalarga ta’rif beradi. Atrofimiz, katta ko’ringani bilan katta bo’lmaganlarga to’laligini ko’rsatadi. Manba

President Tech Award tanlovi bo'lyapti va unda bitta Qashqadaryodan Yemak loyihasi va 4 ta Toshkent shahridan boshqa loyihalar qatnashmoqda Qashqadaryoda ushbu loyiha rivojlanishi uchun Sizning ovozingiz juda ham muhim! Do'stlarimizga ovoz bering va qo'llab-quvvatlang! Ushbu videoni ko'rgandan so'ng ovoz.yemak.uz saytiga kiring

Assalomu alaykum! Biz Yemak loyihamiz bilan tanlovda qatnashyapmiz. Sizning ovozingiz juda ham muhim! Iltimos, bizni qo'llab-quvvatlab ovoz bering! Ovoz berish uchun: 1. Google Play'dan MyID ilovasini ko'chirib olib, kiramiz 2. ovoz.yemak.uz ga o'tib, MyID orqali yuzimizni tasdiqlaymiz 3. awards.gov.uz sayti ochiladi va Tadbirkorlik yo'nalishidan Yemakni topamiz 4. Ovoz berishni bosib, 5 ball qo'yib chiqamiz Qanday ovoz berish videoda o'rgatilgan! Ovozingiz uchun rahmat!

Ketayotgan yo‘nalishingiz ketayotgan tezligingizdan ancha muhimroq! Juda ham ko‘p odam “hech qayerga” juda ham tez ketyabdi…
+1
Ketayotgan yo‘nalishingiz ketayotgan tezligingizdan ancha muhimroq! Juda ham ko‘p odam “hech qayerga” juda ham tez ketyabdi… © Ustozation @ali_odiljonov

Ўзбек дастурчилари тарафидан ишлаб чиқилган сайт. Маҳсулот сотиб олишда асқотиши мумкин. http://boykotqildim.com

checklist-owa.png2.35 MB

📖 Open Web Academy jamoasi CHALLANGE e'lon qiladi! Ertaga, 15-noyabr sanasida 1 oy davom etadigan #ReadingWithOWA challange boshlanadi. Barchani biz bilan ishtirok etishga chorlab qolamiz. Challange haqida batafsil videoda tushuntirilgan. Cheklistni yuklash ✈️ Telegram: @owauz ⛓ Web-sayt: https://owa.uz

Hozirgi darajaga chiqishimga sababchi bo'lgan ikki inson Hali ham esimda karantindan keyin Qarshiga qaytganimda Aziz meni Ope
Hozirgi darajaga chiqishimga sababchi bo'lgan ikki inson Hali ham esimda karantindan keyin Qarshiga qaytganimda Aziz meni Open Web jamoasi bilan tanishtirish uchun ularni ofisiga olib borgandi.
Birlari olib borgan, ikkinchilari esa qabul qilgan
O'sha kundan keyin hayotim o'zgardi, yaxshi insonlar bilan tanishdim va kelajagimga bo'lgan qarashlarim ancha o'zgargandi. @ali_odiljonov

Tarafimizni ko’rsatib qo’yamiz. Kimgadir duoning o'zi dangasalikdek ko'rinar. Duo bizning ishimiz, ijobati emas. Kimlardir boykot ishlamaydi deb o'ylar. Boykot befarqmaslik belgisi, eng mukammal kurash emas. Kimgadir bir yarim million kamdek tuyular. Pul kimgaligi muhim, miqdori emas. Qilayotgan ishlarimiz kichik tuyulaveradi. Aslida katta bo’lsin, kichik bo’lsin ishlarimiz bizniki emas. Chumoli olovni o’chira olmasligini bilar edi. Ishlarni faqatgina natijaga borish uchun qilmaymiz.  Ishlarimiz bilan qaysi tarafdaligimizni ko’rsatib qo’yamiz. Manba

“Any fool can write code that a computer can understand. Good programmers write code that humans can understand.”
— Martin Fowler

#time_managment 🔔Qurbaqa va filni qanday yeyish kerak? ⏺«Qurbaqa yeyish» - bu usul kun davomida qilinadigan ishlar ro'yxatid
#time_managment 🔔Qurbaqa va filni qanday yeyish kerak?«Qurbaqa yeyish» - bu usul kun davomida qilinadigan ishlar ro'yxatidagi eng qiyin va yoqimsiz vazifani birinchi bo'lib bajarish. ⏺Usul muallifining fikricha, ertalab miya dam olgan va "energiya"ga to'la bo'ladi, shuning uchun qiyin vazifani yengish osonroq bo'ladi. Bunday vazifadan so'ng, qolgan ishlarni qilish osondek tuyuladi. ⏺— Filni esa bo‘lak-bo‘lak yegan ma’qul. Bu shuni anglatadiki, har qanday, hatto eng murakkab vazifani ham kichik vazifalarga bo'lib, bosqichma-bosqich bajarish mumkin. Shunday qilib, katta va qiyin ish oldidagi qo'rquv yo'qoladi. ✈️ @ali_odiljonov