en
Feedback
Ali Odiljonov | Blog

Ali Odiljonov | Blog

Open in Telegram

✨ Maqsadlar sari. - Fikrlar - Tajribalar - Ko'ngildan ko'ngilga Dasturlash: @ali_muhandis Bog'lanish: @appealtome_bot

Show more
221
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-330 days
Posts Archive
SAROBGA ALDANMANG Har bir inson noyob, siz ham bundan mustasno emassiz. Shuning uchun o'zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qiling. Esingizda bo'lsin, har doim kimdir sizdanda muvaffaqiyatli bo'lib ko'rinadi, lekin bu siz hech narsaga erishmagansiz degani emas. Hozir shunday vaqt bo'ldiki, asli unday bo'lmasada, hamma o'zini muvaffaqiyatliroq, baxtliroq, boyroq qilib ko'rsatish harakatida. Siz bilan biz esa bunaqa saroblarga aldanib qolmasligimiz kerak. E'tiborni o'zingizni maqsadlaringizga qarating, erishgan yutuqlaringizdan zavq oling va qilgan xatolaringiz tahlil qiling. @ali_odiljonov

Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin! Alloh taolo ushbu oyda qilgan barcha solih amallarimizni qabul qilsin, ushbu oyda gunohla
Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin! Alloh taolo ushbu oyda qilgan barcha solih amallarimizni qabul qilsin, ushbu oyda gunohlardan poklanib chiqqan, do‘zaxdan xalos bo‘lib, jannatga erishgan bandalari qatorida qilsin! Kelasi yil Ramazonga ofiyatda yetishimizni muvaffaq qilsin!

Assalamu alaykum. Hayrli kun do'stlar. Bilasizlar, Youtube'da strim qilishni niyat qilgan edim. Shu yaqin kunlarda asta sekinlik bilan strimlarni boshlamoqchiman, faqat birinchi strim mavzusini sizlardan so'ramoqchi edim. Qaysi mavzuda strim bo'lishini istaysizlar? Kommentariyada o'z fikrlaringizni bildiringlar, fikrlarga qarab strim mavzusini tanlaymiz. Youtube Aytgancha dasturlashga oid telegram kanal ham ochim qo'ydim, u yerda dasturlashga oid postlar bo'ladi, kanalni alohida qilishga qaror qildim. Link Maqsad bor bilimimni sizlar bilan bo'lishish. Alloh o'zi hayrli va manfaatli qilsin. Birga rivojlanamiz. @ali_odiljonov

MOTIVATSIYA YO‘QMI? BUNI O‘QING! Biz hammamiz baʼzida boshi berk yo‘lga kirib qolamiz, lekin u yerdan chiqish o‘zimizni qo‘limizda. Agar siz qilayotgan harakatlaringizda natija ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, boshingizni bemaʼni fikrlar bilan band qilishni bas qiling. Sizda natija bor, u faqat jarayonda kamroq seziladi. Undan ko‘ra ortga qarang, shunda o‘zgarishlarni sezasiz. Hech narsa o‘xshamayotgandekmi? Demak, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz. Oldinga intiling, xatolaringizni tahlil qiling va hammasi yaxshi bo‘ladi. Qadam ba qadam. Agar charchoq va xohish yo‘qligini sezsangiz(burnout), unday vaziyatda vaqtincha to‘xtash kerak. Keyingi 3 kun o‘zingizga dam olish eʼlon qiling: uhlang, ovqatlaning, dam oling, sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning va do‘stlar bilan uchrashing. Va unutmangki, siz har doim komment yozishingiz mumkin va men albatta qayta aloqaga chiqaman. Rivojlanishdan to‘xtamang 🫡 @ali_odiljonov

Sizning dunyongiz siz o'ylaydigan narsalar bilan to'ldiriladi Bugun men sizga konsentratsiyaning hayotga qanday ta'sir qilishini aytib beraman. Keling, miya haqida ozgina gaplashamiz. Sizning miyyangizda RAS(Reticular Activating System) deb ataladigan tarmoq mavjud. Olimlar, RAS bizning e'tiqod tizimimizni nazorat qilishini va faqat ularni qo'llab-quvvatlaydigan ma'lumotlarni qabul qilishini yoki tanlashini isbotladi. Bu shuni anglatadiki, siz nima haqida ko'p o'ylasangiz yoki nimagadur ishonsangiz, RAS unga ko'proq e'tibor beradi. Va ko'proq biz ishongan narsaga yaqin bo'lgan ma'lumotlarga e'tibor qaratib boshqa barcha ma'lumotlarni filtrlashni boshlaydi. Mana, yaqqol misol: Siz Iphone olish uchun harakatdasiz, va bu haqida ko'p o'ylayabsiz. Atrofda Iphone reklama bannelari, video roliklarini ko'ra boshlaysiz. Qaysidur tanishingiz Iphone oladi yoki kimdur sizga Iphone'ning plus tomonlari aytadi. Bu yerda hech qanaqa "магия" yo'q shunchaki siz Iphone haqida ko'p o'ylaysiz RAC esa faqat Iphone tegishli ma'lumotlarni filtrlaydi shuni evaziga siz qolgan ma'lumotlarga e'tibor bermay qo'yasiz. Yana bir misol: Agar siz butun dunyo va unda yashovchi odamlar yomon ekanligiga ishonsangiz, har safar televizorni yoqsangiz yoki gazeta o'qiganingizda fojialar, o'lim va urushlarni ko'rasiz. Bu juda oddiy, agar yomon narsalar haqida o'ylasangiz, dunyo yomon bo'ladi. Agar siz yaxshi narsalar haqida o'ylasangiz, dunyo yaxshi bo'ladi. @ali_odiljonov

Bir kuni talabalardan biri bir muslima tomonidan boshqariladigan islomiy telegram kanallarning birida "Qaysi sahoba eng yaxshi?" savoliga original javob berishga qaror qilibdi: U: «Abdulloh ibn Abu Kuhafa», deb javob beribdi. Sharhlarda, albatta, g'azablangan va tushunmaganlar bo'libdi ularning orasidan kimdir kanal egasiga shikoyat qilibdi: "Bu odam nima deyapti, unga raddiya bering!" Kanal egasi bosiqlik bilan shunchaki: "Bu johillarga e'tibor bermang, sahobalarning eng yaxshisi Abu Bakrdir!" - debdi Bu qissaning eng yuqori nuqtasi shundaki Abu Bakrning (r.a.) asl ismi Abdulloh ibn Abu Kuhafa Usmon ibn Amr Al-Qurayshiy ekanligidadir. O'zingiz xulosa chiqaring)

KIBR
«Saodat kaliti hushyorlik va fahmu farosatdadir. Badbaxtlik manbasi kibr va g‘aflatdadir»
- Imom G’azzoliy Kibr - o’zini molda, ilmda, chiroyda yoki kuchda boshqalardan ustun deb bilishlikdir. Kibrning ikki ko’rinishi bor: 🟠Inson o’zini boshqalardan ustun deb bilishi 🟠Haq aytilganda bila turib tan olmaslik. O'zingizni boshqalardan ustun deb o'ylay boshlaganingizda, siz nafaqat haqiqat bilan aloqani yo'qotasiz, balki odamlarni o'zingizdan uzoqlashtirasiz. Esingizda bo'lsin: o'zini boshqalardan ustun deb biladiganlarni hech kim yoqtirmaydi. Agar biror narsada chinakam muvaffaqiyatga erishsangiz ham, asosiysi kamtar bo'lib qolishdir. Haqiqiy insoniylik - bu sizning ustunligingizni ta'kidlash emas, balki boshqalarga yordam berish va ularni yaxshilash, ular bilan bir ritmda bo'lishdir. Gapirishdan ko'ra ko'proq tinglang. Odamlarga yordam bering va sizga berilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang. Hech kim mukammal emas va har birimiz xatolarimizdan saboq olib o'samiz. @ali_muhandis

HURMAT Men doim hurmat haqida gapirganman va bu haqda gapirishni davom ettiraman ham, chunki bizning dunyomiz hurmatni unutib bormoqda.
«Hurmat» sog‘lom munosabatlarning asosidir - xoh do‘stlik, sevgi(halol sevgi) yoki ish bo‘lsin.
Biror kishini hurmat qilmaslik, uni shaxs sifatida ko‘rmasdan, shunchaki o’z maqsadlarida foydalaniladigan bir obyekt sifatida ko‘rishdir.  Sizning qanchalik muvaffaqiyatli yoki o‘zingizga ishonchgan ekanligingiz muhim emas. Birovning shaxsiy maydoni, vaqti, his-tuyg‘ulari - bu muhim.  Maslahat beraman, sizni hurmat qilmaydigan va sizning hayotingizga u yoki bu tarzda salbiy aralashadigan odamlarni hayotingizdan chiqarib tashlang. Va ha, unutmangki, siz qarshingizdagi insonga qanday munosabatda bo‘lsangiz, sizga ham shunday munosabatda bo‘lishadi.  Hurmat qilishlarini istasangiz o‘zingiz boshqalarni hurmat qilishdan boshlang, shunda atrofingizdagi insonlar qanday o‘zgara boshlaganini ko‘rasiz. P.S. Har ikki so‘zni birida uni so‘kib yuradigan odamni “oshna” yoki “do‘st” deb hisoblaydiganlarni hech tushunmaganman, tushunaolmasam ham kerak. @ali_muhandis

Open Web Atomic jobs Open Web jamoasi kichik vazifalarni qo’yib boradigan kanal ochdi. Kimni qo’lidan kelsa vazifalarni olib qilishi mumkin evaziga qanchadur miqdorda pul olinadi. Bog’lanish uchun: 🔗 Link @ali_muhandis

Erkak bo’l!
«Qiyinchiliklar erkak kishini tarbiyalaydi. O'zingizni sinab ko'rish va o'z dunyongizni yaratish sizning burchingizdir.»
- Endryu Teyt Har bir erkakning hayotida qiyinchiliklarni yengish - bu zaruriy bosqich. Bu faqat biz erkaklarni kuchli va chidamli qiladi. Sal uchragan qiyinchiliklardan nolib, o’zingizdan tashqari hammani ayblashni bas qiling. Menga ishoning, harom munosabatlardan aziyat chekib «tashlab ketishdi» deb yig’lab yurish uchun yaratilmagansiz. Hayotdagi qiyinchiliklarni qabul qiling, kuchliroq bo'ling va hayotingizni o’zingizga ishongan holda quring. @ali_muhandis

«Azart»
Azart - omad o'yini emas, bu risklarni boshqarish, strategiya va sezgi san'atidir. Ba'zilar buni xavfli faoliyat deb bilishadi, lekin men ishonamanki, to'g'ri qo'llarda «azart» sizga yangi yutuqlarni ochib beradigan kuchli vositaga aylanishi mumkin.
«Azart» nazoratdan chiqsa, u dushmanga aylanadi. Siz nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni, sog'lig'ingizni, yaqinlaringizni yo’qotishingiz mumkin. ❗️Qimor, pul tikish, hatto kichik zararsiz bahs sizni o'ylaganingizdan ham chuqurroq azartga kiritishi mumkin. Sog'lom muvozanatni toping. Hech kim sizni o’yin o'ynashingizga to'sqinlik qilmaydi, lekin o'zingizni nazorat qiling. ❗️Qimor va pul tikib o’ynaladigan har bir jarayon Islom dinimizda harom hisoblanadi. Dunyo uchun oxiratni unutmang! Natijasiz va harom ishlarga sarmoya qilish o’rniga, o'zingizga sarmoya kiriting - o'qing, sport bilan shug’ullaning va o’zingizni rivojlantiring. «Azart»dan to’g’ri maqsadda foydalaning, jamoangiz, guruhingiz yoki sinfingizda eng zo’ri bo’lishga harakat qiling. Shunday qilib, agar siz nazoratni yo'qotayotganingizni his qilsangiz, tanaffus qilish vaqti keldi. To'xtang, atrofga qarang va o'zingizdan so'rang: "Bu ish haqiqatan ham qilishga arziydimi?" @ali_muhandis

Ramazon taqvimi beta versionramadan.yemak.uz P.S. Iloji bo'lsa har xil qurulmalardan kirib test qilib ko'ringlar

🎙 TELEGRAM KANALIMIZDA OVOZLI CHAT Telegram kanalimizda ilk bor Ali Odiljonov va Jahongir Juraqulov tomonidan SOFT SKILLS ma
🎙 TELEGRAM KANALIMIZDA OVOZLI CHAT Telegram kanalimizda ilk bor Ali Odiljonov va Jahongir Juraqulov tomonidan SOFT SKILLS mavzusida ovozli chat o'tkaziladi. 🗓 Sana: 10-mart (yakshanba) 🕔 Vaqti: 20:00
💬 Ovozli chat davomida o'zingizni qiziqtirgan savollarga to'g'ridan to'g'ri suhbat orqali javob olishingiz mumkin bo'ladi. Barchangizni kutib qolamiz.
✈️ Telegram: @owauz ⛓ Web-sayt: https://owa.uz

Yoshlarning hayotdan qoniqmasligiga ta'lim qanchalik aybdor? Maktab va Oliy ta'limning sifati tushishiga kim aybdor? Fikrlarni yozamiz, menga juda qiziq

Assalamu alaykum, hayrli kech barchaga. Stream qilish uchun youtube kanal ochgan edim, lekin Youtube’da stream qilish uchun kanal obunachilari soni 50 ta bo’lishi kerak ekan. Shunga yordamlaringiz kerak bo’lyabdi, malol kelmasa kanalimga obuna bo’lsangiz, asta sekinlik bilan streamlarni boshlar edik. ⛓ Youtube Agar oramizda kimdadur stream qilish bo’yicha tajriba bo’lsa, men bilan bo’glaninglar. @ali_muhandis

Boykot qildim Falastindagi begunoh yosh bolalar, ayollar va barcha insonlarni nohaq qatl qilinishiga qarshiman. Bu zulmga yordam berayotganlarga boykot qilamiz. Zolimlarni mahsulotini xarid qilmaymiz va ularga yordam bermaymiz. ⛓ https://boykotqildim.com P.S. Videoni albatta ko’ring Manba

Kun tartibi Agar sizda hali kun tartibi bo’lmasa, ishonavering ko'p vaqtingiz behuda ketyabdi. 🗣 Ha, bilaman, quyidagi maslahatlar oddiy ko’rinishi mumkin, lekin menga ishoning ular ishlaydi. 🟠Oddiy narsadan boshlang: bir vaqtda uyquga yotib bir vaqtda uyqudan uyg’oning. Bu kuningiz unumdor o’tishligi uchun birinchi kichik qadam. 🟠Kunlik ishlarni soatma-soat rejalashtiring yoki namoz vaqtlariga qarab rejalashtirsangiz ham bo’ladi. Ish yoki o'qish uchun ertalab, tush vaqti - ovqatlanish va dam olish uchun, kechki vaqt esa - oila, shaxsiy ishlar va hobbi uchun. ❗️Eng muhimi, sportga vaqt ajratishni unutmang, bu juda muhim. 🟠Kun tartibingizni o’zingizga qulay qilib tuzib chiqing va imkon qadar unga amal qiling. Boshida kun tartibingiz ideal bo’lmasligi mumkin, kamchiliklar bo’ladi lekin vaqt o’tishi bilan ideal kun tartibiga erishasiz. ❗️Unutmang, kun tartibingizni juda ko’p ishlar bilan to’ldirib tashlamang. Kutilmagan holatlar uchun joy qoldiring. Siz robot emassiz va ba’zida tanangiz va miyangiz dam olishga muhtoj. Esda tuting, kun tartibingizni yaratib, siz nafaqat unumdorligingizni oshirasiz, balki vaqtingizni qayerga va nima ishlarga sarflayotganingizni aniq bilib olasiz. ☕️ Kuningiz samarali o'tsin @ali_muhandis

Keyingi post qaysi mavzuda bo’lishini xohlaysiz?
Anonymous voting

🫵 O’zingni cho’ktirma! Bir narsani payqadim, ba’zan inson o’ziga o’zi dushmanlik qilar ekan. Biz o'zimizni shubhalar, qo'rqu
🫵 O’zingni cho’ktirma! Bir narsani payqadim, ba’zan inson o’ziga o’zi dushmanlik qilar ekan. Biz o'zimizni shubhalar, qo'rquvlar va o’zimizga bo’lgan ishonchsizlik dengizida cho'ktirar ekanmiz. To’xtang. Bunday qilishni bas qiling. Bunday vaziyatlarda o'rningizdan turib, o'zingizga: «Yetar endi» deyish kerak. 🟠Nimalarga qodir ekanligingizni bilasiz. Siz o’zingizni kuchli va zaif tomonlaringizni ham bilasiz. Bu bilimlarni o’zingizni cho’ktirishga emas, balki yangi «MEN»ni qurishda ishlating. Qo’lingizdan nimalar kelmasligi haqida o'ylash o'rniga, nimani o'zgartirishingiz va yaxshilashingiz mumkinligiga e'tibor qarating. 🟠Kichik qadamlardan boshlang. Har kuni sizni maqsadingizga yaqinlashtiradigan kichik qadam tashlang.
Kichik qadamlar katta o'zgarishlarga olib keladi.
Mukammal vaqt yoki sharoitlarni kutmang - unaqa vaqt hech qachon kelmaydi. 🟠Atrofingizni sizni qo'llab-quvvatlaydigan va sizga ishonadigan odamlar bilan o'rab oling. Ularning ishonchi sizni cho'kish o’rniga orzularingiz tomon suzishingizga sabab bo’lishi mumkin. ❗️Va unutmangki, siz yolg'iz emassiz. Har birimiz qiyinchiliklarni boshdan kechiramiz, lekin ular bizni kuchliroq qiladi. O'zingizni cho'ktirishni to'xtating va orzularingiz tomon suzing. @ali_muhandis

Sehrli raqamlar Pareto tamoyili quyidagilarni aytadi: Natijalarning 80% ga 20% kuch orqali erishsa bo’ladi va aksincha. Sizga
Sehrli raqamlar Pareto tamoyili quyidagilarni aytadi:
Natijalarning 80% ga 20% kuch orqali erishsa bo’ladi va aksincha.
Sizga bir necha misol keltiraman: 1️⃣ Kitoblar Agar siz oz bo’lsada o’zingizni rivojlantirish harakatida bo’lsangiz, unda siz o'qishni yaxshi ko'rasiz. Endi o'ylab ko'ring, o’qigan kitoblaringizni qanchasi sizga haqiqatan ham ta'sir qilgan? Ular ozchilik ekaniga ishonchim komil. 2️⃣ Atrof-muhit 10 ta do'stingiz bo'lsa ham, deyarli barcha vaqtingizni ulardan 2 - 3 tasi bilan o'tkazasiz. 3️⃣ Muammolar Sizda(boshqalar kabi) muammolardan bir nechtasi bor, lekin ulardan atigi 1 - 2 tasi sizning 80% vaqtingizni oladi. Qiziq, shunday emasmi? Bu tamoyil hayotning barcha sohalarida - makroiqtisodiyotdan tortib, sizning kayfiyatingizgacha kirib borgan. Kamroq ishlagan holda ko'proq natija olish uchun siz ushbu qoidani qanday qo'llashni o'rganishingiz kerak, ammo bu alohida post uchun mavzu. ☕️ Kuningiz samarali o'tsin @ali_muhandis