en
Feedback
●SUXROB SULTON●🎤

●SUXROB SULTON●🎤

Open in Telegram

She'rlar ijrochisi🎙 Shoir✍️ Eng yangi va eng yaxshi audio, Eng yaxshi ijrolarni shu kanaldan topasiz👉 Murojat uchun: tg @Suxrob_sulton01 Tel +998 90 228 38 99 +998 93 408 38 99 Istagram: https://instagram.com/suxrobsulton91

Show more
232
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-630 days
Posts Archive
❤️❤️❤️SHOHIDA❤️❤️❤️ https://t.me/Suhrob_Sulton09

photo content

••♡••<<<SAYYORA>>>••♡•• https://t.me/Suhrob_Sulton09

photo content

Yana meni qiynagani keldingmi??? Yo baxt bilan siylagani keldingmi? Qodir Qaxxor ✍ Suxrob Sulton 🎙 Yaqinlarga yuborib qo'ying 👇 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Dildorani…. Osmondagi oydan go’zal u, Unga atab gullar olganman. Bir sirim bor aytaman bugun, Dildorani sevib qolganman. Olisda u hech borolmayman, Qo’llaridan men tutolmayman, Sevaman deb hech aytolmayman, Dildorani sevib qolganman. Jonim olar nozlanib kulib, Sevarmikin borimga ko’nib, Ko’zlariga bir bor termulib, Dildorani sevib qolganman. Mast bo’laman shirin so’ziga, Borim beray qora ko’ziga, Nima derkan aytsam o’ziga, Dildorani sevib qolganman. Netay yurak faqat u deydi, Unga yetish oson bo’lsaydi, Xullas do’stlar dardim shu edi, Dildorani sevib qolganman. Qodir Qaxxor ✍ Suxrob Sulton 🎙 https://t.me/Suhrob_Sulton09

🥀TOGʻ BO‘L O‘GʻLIM Yaxshilarga ergash doim, Osmonlardek tog' bo‘l o‘g‘lim. Quyosh kabi mehr tarat, Arslon kabi shoh bo‘l o‘g‘lim. Do‘stlaringa vafoli bo‘l, Siring elga aytma o‘g‘lim. Yo‘lbars kabi chiqqin yo‘lga, Hech izinga qaytma o‘g‘lim. Yolg‘onchilar ko‘p hayotda, Yolg‘on qo‘lin tutma o‘g‘lim. Nomard do‘stlar otar chohga, Undan najot kutma o‘g‘lim. Sinov kelsa yengilmagin, To‘siqlarda tosh bo‘l o‘g‘lim. Shaytonga hech teng bo‘lmagin, Gʻururinga bosh bo‘l o‘g‘lim. Yiqilganga yelka tutar, Asqar tog‘day tog‘ bo‘l o‘g‘lim. Vatan sendan ko‘p naf kutar, Shu yurt uchun sog‘ bo‘l o‘g‘lim. Ushbu she'r Jafarbekning tug'ilgan kuni munosabati bilan barcha oila a'zolari tomonidan tabriknoma tariqasida aytildi Maktuba SHAYDO✍ Suxrob Sulton 🎙 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Man g'aribni qiynaysan ayt yana qancha? Oshiqlaring yoningda yurar bir qancha. Mayli ular yoningda yursa ham doim, Ular mendek sevolmas seni sevgancha. Seni jondan sevdim Dildora Menga sen ber imkon bir bora. Agarda sevgimni rad etsang. Mening qalbim bular vayrona. Orzu og'ushida ortingdan qolmay, Kun buyi soyangdan ayrila olmay, Bedorman vaslingni ko'rmasam bir zum, Ruxsat ber yoningda bir umr bo'lay. Seni jondan sevdim Dildora Menga sen ber imkon bir bora. Agarda sevgimni rad etsang. Mening qalbim bular vayrona. Ko'zlaringni olib qochma go'zalim, Nigohim bildirsin seni sevganim, Baxt ostonasidan o'tamiz bir kun. Yo'q demagin mening yolg'iz Dildorim! Suxrob Sulton ✍ Suxrob Sulton 🎙 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Sudlashamizmi? Vaqting bo’lsa, qaysarim, bugun, Sud zalida uchrashamizmi? Jonga tegding, boshqa choram yo’q, Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi? Sizni qattiq sevaman deysan, Sizga borim beraman deysan, Sevmaysiz deb yurakni yeysan, Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi? Majnuningman, sen esa layli, Yashayapman sevging tufayli, Guvohlaring olib kel, mayli, Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi? Seni desa samo quchaman, Mingta go’zal qizdan kechaman, Ishon, aniq yutib chiqaman, Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi? Netay? Boshqa choram qolmadi, Kelgin, bugun ko’rishamizmi? Seni sira yengib bo’lmadi, Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi? Qodir Qaxxor ✍ Suxrob Sulton 🎙 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Sog’inganim Osmondagi oydan go’zal, Menga nazar qilmaysanda. Suratingga termulib zor, Sog’inganim bilmaysan-da. O’jarliging bas qil yetar, Seni ko’rsam dardim ketar, Yuragim ham isming aytar, Sog’inganim bilmaysan-da. Bag’ritoshim mehr bergin, Chaqirganda yetib kelgin, Holim xarob axir ko’rgin, Sog’inganim bilmaysan-da. Yuribsanda o’ynab-kulib, Sen o’zingni o’zing sevib, Men yuribman yonib-kuyib, Sog’inganim bilmaysan-da. Ko’zlaringni shaydosiman, So’zlaringni adosiman, Kulgularing gadosiman, Sog’inganim bilmaysan-da. Baxtli qilay imkon bersang, Menga yetar kulib tursang, So’zlarim rost, gulim, bilsang, Sog’inganim bilmaysan-da. Qodir Qaxxor ✍ Suxrob Sulton 🎙 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Qarab to’ymaydigan… Orzularim armon bo’lmasaydi, yor. Qo’llaringni tutsam edi, ey dildor. Boshqachasan, senga sira to’ymayman, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Xasta yuragimga davo o’zingsan, Bizdeklarga sira parvo qilmaysan, Bir gap aytay, hatto o’zing bilmaysan, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Yarashadi o’rab yurgan ro’moling, Qayda seni aytgin, shirin hayoling? Malikadek sening husn-u jamoling, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Sovchilikka qachon borsinlar onam, Yorim bo’lgin nozlar qilmay, janonam, Qanday seni sevmay axir, yagonam, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Seni ko’rsam darddan xolis bo’lgayman, Hali senga aytar so’zlarim bisyor. O’zgalarga bergim kelmaydi seni, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Qodir Qaxxor ✍ Suxrob Sulton 🎙 https://t.me/Suhrob_Sulton09

727136481_1.mp34.48 MB

Bir hovli chetida ona yig'laydi Ezib bag'ri dilimni alam tig'laydi Bir safda turarlar do'st u akalar Qo'llarida uyg'onmas bola uxlaydi Taqdirning achchig'i boshingdami? Ayriliq dushmani qoshingdami? Hamma gap shu yigirma ikki yoshingdami Qo'llarida uyg'onmas bola uxlaydi Mehr daryosida bir umr oqdim Bag'riga o'zimni doimo otdim Bugun jigarim seni yo'qotdim Qo'llarida uyg'onmas bola uxlaydi Kelding u dunyoda nimalar olding? Tosh yuraklarga goh mehrni solding. Nahot do'stim endi Armon bo'lding Yig'ladim qabringda toshday qotdim Mayli jigarim jannatiy bo'lgin Savobu mehr iymonga to'lgin Biz seni unutmaymiz shuni sen bilgin Yig'ladim qabringda toshday qotdim Ushbu she'r yoshlikdagi sinfdoshim. Do'stim Sardorning xotirasiga bag'ishladim. Oxirating obod bo'lsin do'stim🤲 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Ijodimni vaqtinchalik tugatgandim. Do'stimni xotirasi uchun ijro qilindi🎙

Assalomu alaykum Qadrli kuzatuvchilarim. Hammaga hayrli kech. Sizlarga murojatim bor. Noma'lum vaqtga qadar ijodni to'xtatmoqchiman. Negadir ijodga ijroga bo'lgan qiziqishlar o'lib boryapti. Sizlarga kattakon rahmat. Qaytganda ko'rishguncha😉😊😔 ✊✊✊

🎄 Янги йил бу... Бугун, 31-декабрь йилнинг сўнгги куни — Янги йил байрамини кутиб олиш куни. Бугун энг кўп жаранглайдиган самимий дил изҳорларига йўғрилган севимли тароналаримиздан бирини биргаликда тинглаймиз (яқинларга улашинг) Батафсил 👉🏼 https://t.me/Suhrob_Sulton09

Men Yaxshiman Onajon xavotir olmang ☺️ Suxrob Sulton 🎙 Reaksiya bosib qo'yish esdan chiqmasin 👍❤️ Yaqinlarga yuborib qo'ying 👇✅ https://t.me/Suhrob_Sulton09

Men yaxshiman ona havotir olmang Olis safarlarga ketdima qarang, Do‘stlarim deydilar sog'indi Onang. Yuripman mana musofir bo
Men yaxshiman ona havotir olmang Olis safarlarga ketdima qarang, Do‘stlarim deydilar sog'indi Onang. Yuripman mana musofir bo‘lib, Men yaxshiman Onajon xavotir olmang Qadringiz yana ham bilinib qoldi, O‘g'lingiz o‘zgarib quyilib qoldi, Hechkimga bildirmay yig'lab ham oldi, Men yaxshiman Onajon xavotir olmang. Tushlarimga kirasiz holimni so‘rab, Yana erkalaysiz boshimni silab, Tangridan uzoq umrimni tilab, Men yaxshiman Onajon xavotir olmang. Yigitman axir kunim ko‘chada, Sog'inib bedorman bazan kechada, Ishlashim kerakku yoshim avjida, Men yaxshiman Onajon xavotir olmang. To‘g'ri tan olaman biroz soddaman, Yaxshidan yomon ko‘p buni bilaman, Bu xayot qonuni sabr qilaman, Men yaxshiman Onajon xavotir olmang. Kimlar uchun masqaraboz man ona... Kulishadi handon qotib qotib Kimgadir akaman, kimgadir uka Hayotim to'la sarbozman ona Men yaxshiman Onajon xavotir olmang ..

MAYLIMI? ​​Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor, Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi? Sizga kichikkina iltimosim bor: Bir shirin tabassum qiling, maylimi? Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda, Yashamoq kerakkan yorug’ olamda. Hech nima demang-u, faqat shu damda, Bir shirin tabassum qiling, maylimi? Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir, Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir, Dilim hotirjammas, shu sabab hozir, Bir shirin tabassum qiling, maylimi? Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor, Ko’klamga umrbod bo’lay intizor, Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor, Bir shirin tabassum qiling, maylimi? Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun, Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun, Shu onda, xabarim o‘qib, men uchun, Bir shirin tabassum qiling, maylimi. Suxrob Sulton 🎙 Reaksiyalar kutib qolaman ❤️👍 Yaqinlarga yuborib qo'ying 👇✅ https://t.me/Suhrob_Sulton09

🔠🔠🔠🔠🔠🔠 Singillarning eng Go'zali mening Malika singlim 🧚 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🎙 Reaksiya bosib qo'yish esdan chiqmasin 👍❤️ Yaqinlarga yuborib qo'ying 👇 https://t.me/Suhrob_Sulton09 📱📱📱📱📱📱📱