65:3
Open in Telegram
Manfaatli bo’lsa Allohdan, xato kamchiliklar bo’lsa kaminadan deb biling Manbaa bilan oling! Sizdan nima ketadi? Baribir post egasi siz emassiz-ku) Birovni mehnatini qadrlang! Admin🇪🇬🇺🇿
Show more251
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1630 days
Posts Archive
251
Qori akam Husayn Buxoriy bilan bog'liq bir voqea bor, yozaymi yo'qmi deb anchadan beri o'ylayabman
251
قل يا أيها الكافرون
لا اعبد ما تعبدون
ولا انتم عابدون ما اعبد
ولا انا عابد ما عبدتم
ولا انتم عابدون ما اعبد
لكم دينكم ولى دين!
251
+1
بسم الله الرحمن الرحيم
Абу Молик Ашъарий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Сизлардан бирингиз тонг отганида:
أَصْبَحْنَا وَأَصْبَحَ الْمُلْكُ للهِ رَبِّ العَالَمِينَ. اللهُمَّ أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذَا اليَوْمِ فَتْحَهُ وَنَصْرَهُ وَنُورَهُ وَبَرَكَتَهُ وَهُدَاهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهِ وَشَرِّ مَا بَعْدَهُ
«Асбаҳнаа ва асбаҳал мулку лиллаҳи роббил ъаламийн. Аллоҳумма ас`алука хойра ҳазал йавми фатҳаҳу ва насроҳу ва нуроҳу ва барокатаҳу ва ҳудаҳу ва аъузу бика мин шарри маа фийҳи ва шарри маа баъдаҳ», деб айтсин. Сўнгра кеч кирганида ҳам худди шундай десин»,дедилар. (Маъноси: “Биз ҳам, мулк ҳам оламлар парвардигори Аллоҳники бўлган ҳолда тонг оттирдик. Эй Раббим, бу куннинг яхшисини, фатҳ бўлишини, ғалабасини, нурини, баракасини, ҳидоятини сўрайман. Ва Сендан бу куннинг ва бу кундан кейингисининг ёмонлигидан паноҳ тилайман”). Абу Довуд ривоятлари. @misryuz
251
Chet elga o'qishga, ishlashga ayollarni yolg'iz jo'natib yuborishlariga qarshiman. Qanday qilib ota, aka-uka, amaki, tog'alar o'z qizlari, singillari, opalari, jiyanlarini yolg'iz jo'natib yuborishadi hayron qolaman. O'qitmoqchimisiz yurtingizda sharoit qilib bering, chet elda o'qitmoqchimisiz mahram bilan jo'nating, siz bilmaysiz u yerda nimalar qilib yurganini.
Turkiyaga borib kelgan bir tanishim bilan gaplashib qoldim. Bir muddat o'sha yerda ishlabti keyin deport bo'libti. Aka deyabti
Faxsh shu darajada avj olgan, faxsh shunchalik arzon. Bir kuni ishxonadagilar bilan o'tiradigan bo'ldik, katta xo'jayinlar o'zbek foxishalarini chaqirtirishdi. Menga mashina berib ularni olib kelishimni aytti. Aytilgan manzilga bordim, mashinaga 3 ta o'zbek ayol o'tirdi. Ular suhbatlashishyabti men uyalib ketyabman.Ayollar nima haqida gaplashganini aytmay qo'ya qolay.
Bir ayolni ovozi tanish eshitildi, ne ko'z bilan qarayki qishloqdagi do'stimning onasi ekan. Qo'llarimga qaltiroq yugurdi, butun badanim muzlagandek bo'ldi. -uka nechinchi yilsiz? Qayerdansiz? deb mendan so'rayabti. Meni tanib qolmasin deb yuzimni buryabman. Ularni manzilga yetkazdim-u mashinani egasiga berib uyimga kettim.Bularni eshitib meni qaltiroq bosti, qo'llarim ishga bormay bir oz shok xolatta daxshatta qotib qoldim, o'zbekligimdan uyalib kettim. Ba'zi oilalarni eshitganman, eri uyda o'tiradi, hech qayerda ishlamaydi, ona Turkiya yo boshqa chet davlattan pul jo'natadi. Nima ish qiladi desa tadbirkor. Ha, o'ngga chapga yurmasdan o'qib ishlab yurgan ayol qizlar ham bordir, lekin ular ojiza. Ali roziyallohu anhu Fotima onamizning soyasini ham qizg'onganlar, biznikilarga nima bo'lyabti? Erkak g'ururi qayerda qoldi? Oila boshlig'i degan nom qani? Bilmadim balki xato fikrlayotgandurman lekin mahramsiz jo'natish, nazoratsiz qoldirish noto'g'ri deb o'ylayman. Afsus... @misryuz
251
Bugungi suhbatga kelganlar bormi?
Tashkilotchilardan Alloh rozi bo'lsin, ham yig'ladik ham kuldik. Ustozimiz Yorqinjon domlani Alloh rahmatiga olsin!
251
Metroda coca cola reklamasiga ko'zim tushdi. Nima emish "dunyo qorbobodek mehribon insonlarga muhtoj" mush
Nega qorbobo? O'zi qorbobo kim? Bolalarni aldash uchun to'qilgan bir qahramon xolos, agar qahramon deb bo'lsa uni.
251
Misrdaligimda ustoz bilan tushlik va kechgi taomni birga qilish ko'p ko'p nasib qilgan alhamdulillah!
Va doyim birga nonushta qilishni istar edim. Men uchun bu yetishib bo'lmasdek tuyulardi. Chunki, kim ham ertalabdan ustozini uyiga boradi, birga nonushta qilish uchun yo bir joyda yashash kerak yo birga safarga chiqish kerak.
Alloh
أدعوني أستجب لكمdegan. Qarangki, Misrdan kelgan ustozimiz kecha kechqurun qo'ng'iroq qilib -ertaga bomdoddan keyin shayx Husaynni oldiga meni oborib kel, dedi. Quvonchim ichimga sig'may ketti, yuzimga tabassum yugurdi. Bugun birga nonushta qilish nasib qildi alhamdulillah! @misryuz
251
Nega metroda poyezd ketgandan keyin tepadagi vaqt no'ldan boshlanadi🤔
Hech qiziqib ko'rganmisiz? Javobini biladiganlar yozvorilar
