"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"
Open in Telegram
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi, "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", Admin: https://t.me/Mansur_Bekpulatovich Сайт. www.indep.uz
Show more549
Subscribers
-124 hours
-37 days
-130 days
Posts Archive
Repost from MinInnovation
#infografika
Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш стратегиясининг 2022 йилдаги асосий кўрсаткичлари инфографикада ☝️☝️
@mininnovation
📣📣📣OBUNA-2023
✅Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» hamda "Innovator" jurnallariga 2023-yil uchun obuna mavsumi davom etadi!
✍️«Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, empirik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.
🖊Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.
⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!
📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.
📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.
📞(99899) 373-90-35, (99888) 007-55-92
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#InnoWeekUz2022
📣📣📣Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi YILNING ENG INNOVATSION tadbiri — "InnoWeek.uz-2022" Innovatsion g'oyalar haftaligi 17-21-oktyabr kunlari o'tkazilishini e'lon qiladi.
❇️"InnoWeek.uz-2022" qiziqarli uchrashuvlar va tadbirlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Haftalik doisrasida o'tkaziladigan tadbirlarda biz bilan bo'ling!!!
‼️17-21-oktyabr kunlari "InnoWeek.uz-2022" Inovatsion g'oyalar haftaligida innovatsiyalar olamini kashf qiling!
Manzil: Innovatsion rivojlanish vazirligi (Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 7).
Facebook I Telegram I Web I Instagram
🧐Bu so'zlar o'rtasidagi farq haqida bilarmidingiz?
Tipografiya — kitob, gazeta va turli xil nashrlarni bosib chiqaradigan bosmaxona.
Tipografiya — kompyuterda terilgan matnni jozibali qilish uchun ularni tartibga solish san'ati va texnikasi.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
✔️Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Innovatsion rivojlanish vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan maktablarda “Mustaqillik darsi” oʻtkazilishi belgilangan.
✔️Shu munosabat bilan “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” qoshidagi “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” hamda “Innovator” jurnallari bosh muharrirlari Hilola Saloyeva va Sevara Abdullayevalar tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan 90-maktabning 10-11 sinf oʻquvchilari uchun maʼnaviy va maʼrifiy tadbir trening tarzda tashkillashtirildi.
▶️Batafsil ma'lumot
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#OAV_biz_haqimizda
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" qoshidagi "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" hamda "Innovator" jurnallari bosh muharrirlari tomonidan Chilonzor tumani 90-umumta'lim maktabining 10-11-sinf o'quvchilari uchun ma'naviy va ma'rifiy tadbir trening tarzda bo'lib o'tdi.
▶️"Toshkent" kanali lavhasida
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Mintaqaviy iqtisodiyot" nomli darslik chop etildi.
✅“Mintaqaviy iqtisodiyot” fani bo‘yicha mazkur darslik shu fanning fan dasturi bo‘yicha barcha mavzular yoritilgan. Unda ushbu fanning prospekti, mavzular bo‘yicha matn annotatsiyalari va ular bo‘yicha oxirgi yangiliklar, fan bo‘yicha testlar, fanga doir video ma’ruzalar va videoroliklar, talabaning semestr davomidagi mustaqil ishiga oid toishiriqlar, glossariylar hamda tavsiya etiladigan elektron jurnallar va internet saytlar bayon qilingan.
✅Ushbu darslik talabalar o‘quv mashg‘ulotlarida va ulardan so‘ng mavzularni mustaqil ravishda chuqur o‘zlashtirishiga uslubiy ko‘maklashish orqali, ularning amaliy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#bu_qiziq
Ananaviy tarzda chop etilgan eng yirik kitob Antuan de Sent-Exuperi qalamiga mansub "Kichik Shahzoda" asarining braziliya tilidagi nusxasidir. Uning uzunligi 3,08 metr, kengligi 2,01 metrni tashkil etadi. Bu kitob 2007-yil sentyabr oyida Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tgan kitob ko‘rgazmasida namoyish etildi.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Mikroiqtisodiyot II" nomli darslik chop etildi.
✅Darslikdа bоzоr iqtisоdiyoti shаrоitidа glоbаllаshuv shаrоitidа istе’mоlchilаr tаlаbining o‘zgаrishi, nоаniqlik shаrоitidа qаrоr qаbul qilish, shuningdеk, istе’mоlchi tаnlоvidа аfzаl ko‘rish vа nаflilik tаmоyillаri, bоzоr tаlаbi vа muvоzаnаtlilik, ishlаb chiqаrish хаrаjаtlаrini minimаllаshtirish, firmа vа tаrmоq tаklifi, ijtimоiy fаrоvоnlik nаzаriyasi vа tаshqi sаmаrа (ekstеrnаliyalаr) hаmdа ijtimоiy nе’mаt vа аssimmеtrik ахbоrоt bilаn bоg‘liq nаzаriy vа аmаliy mаsаlаlаr yoritilgаn.
✅Darslik оliy o‘quv yurtlаrining mаgistrаturа tа’lim bоsqichi 5A230102 - Iqtisоdiyot (tаrmоqlаr vа sоhаlаr bo‘yichа) mutахаssisligi tаlаbаlаrigа mo‘ljаllаngаn. Darslikdаn оliy o‘quv yurtlаrining prоfеssоr-o‘qituvchilаri, аmаliyotchi mutахаssislаr, dоktоrаntlаr vа tаyanch dоktоrаntlаr hаmdа mustаqil izlаnuvchilаr hаm fоydаlаnishlаri mumkin.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#bu_qiziq
Har yili dunyoda 755,755 ta yangi kitoblar nashr etiladi. 2017-yilning o‘rtalaridan boshlab xozirgacha dunyo bo’yicha 134,399,411 kitoblar nashr etilgan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Menejmentning tadqiqot usullari" nomli darslik chop etildi.
✅Mazkur darslikda boshqaruvni rivojlantirishda tadqiqotlarning orni, menejment tadqiqotlarida umumilmiy va rasmiy-mantiqiy usullar, boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etish metodologiyasi, menejmentda aniq (maxsus) tadqiqot usullari, menejmentda tadqiqotlarni rejalashtirish va tashkil etish, menejmentda tadqiqotlarning samaradorligi yoritilgan bolib, u 5А230201-Menejment (tarmoqlar va sohalar boyicha) magistratura mutaxassisligining “Menejmentning tadqiqot usullari” fanidan darslik sifatida tavsiya etiladi.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#bu_qiziq
Mark Tvenning "Missisipidagi hayoti" (1882) asari tarixchilar tomonidan nashriyotga yuborilgan, yozuv mashinasi yordamida to‘liq nashr etilgan dastlabki kitob hisoblanadi.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Mehnat bozori iqtisodiyoti" nomli darslik chop etildi.
✅Ushbu darslikda "mehnat bozori" tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari, segmentlari, shakllanishi, tartibga solinishi, rivojlanishi batafsil bayon qilingan; mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tahlil etish va istiqbollashtirishda qoʻllaniladigan zamonaviy balans, marketing, sotsiologiya va ekonometrika usullari aks ettirilgan.
✅Darslik iqtisodiy ta’lim yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarining bakalavrlari, magistrantlari, professor-oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqotchilariga moʻljallangan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#bu_qiziq
Eng birinchi nashr etilgan kitob — bu Gutenberg Injili bo‘lib, u 1453-yilda Johannes Gutenberg tomonidan chop etilgan. Gutenberg Injili va matbuoti orqali kitob sanoatida inqilobiy o’zgarish sodir bo’lgan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.
✅O‘quv qo‘llanmaning maqsadi talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish uchun dars o‘tishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar bilan tanishtirish, ma’ruza, amaliy, seminar darslarini tashkil etish, o‘quv jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish, fanni o‘rganishning ko‘rgazmali, axborot ta’minoti asosida maxsus fanlardan dars o‘tish malakasini hosil qilish bo‘yicha bilim berishdir.
✅Ushbu o‘quv qo‘llanma "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" fan dasturi va ishchi dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, magistraturaning barcha yo‘nalishi talabalari, “Kasb ta’limi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanuvchilar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.
✅O‘quv qo‘llanmaning maqsadi talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish uchun dars o‘tishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar bilan tanishtirish, ma’ruza, amaliy, seminar darslarini tashkil etish, o‘quv jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish, fanni o‘rganishning ko‘rgazmali, axborot ta’minoti asosida maxsus fanlardan dars o‘tish malakasini hosil qilish bo‘yicha bilim berishdir.
✅Ushbu o‘quv qo‘llanma "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" fan dasturi va ishchi dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, magistraturaning barcha yo‘nalishi talabalari, “Kasb ta’limi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanuvchilar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#bu_qiziq
Dunyodagi birinchi roman XI asrda yozilgan bo’lib, u Yaponiyalik Murasaki Shikibu qalamiga mansub “Genjining hikoyalari” asaridir. Asl nusxada deyarli birorta qahramonlarning nomlari keltirilmagan. Ular Heian davridagi yapon sudining qoidalaridan kelib chiqqan holda lavozimi bilan atalgan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Makroiqtisodiy siyosat" nomli darslik chop etildi.
✅Ushbu darslikda makroiqtisodiy siyosat va uning yo‘nalishlari keng yoritilgan. Unda pul-kredit va budjet-soliq siyosati amal qilishining qonuniyatlari, tarkibiy o‘zgarishlar siyosatining asosiy ko‘rinishlari, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatning dolzarb masalalari yoritib berilgan.
✅Mazkur darslik magistratura bosqichidagi 5A230103- “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
