Englify
💡 Englify — ingliz tili, sayohat kabi Darslarga qo'shilish uchun ismingiz va telefon raqamingizni @englify_sales accountiga yozib qoldiring ✍🏻 📲 +99855 515 69 69 🌐 https://englify.uz/
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Englify
Channel Englify (@englifyschool) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 53 673 subscribers, ranking 75 in the Linguistics category and 1 387 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 53 673 subscribers.
According to the latest data from 10 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 642 over the last 30 days and by 67 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 30.23%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 13.14% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 16 225 views. Within the first day, a publication typically gains 7 050 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 179.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“💡 Englify — ingliz tili, sayohat kabi
Darslarga qo'shilish uchun ismingiz va telefon raqamingizni @englify_sales accountiga yozib qoldiring ✍🏻
📲 +99855 515 69 69
🌐 https://englify.uz/”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 11 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Linguistics category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | +99 | |||
| 09 September | +98 | |||
| 08 September | +198 | |||
| 07 September | +91 | |||
| 06 September | +76 | |||
| 05 September | +93 | |||
| 04 September | +29 | |||
| 03 September | +108 | |||
| 02 September | +77 | |||
| 01 September | +116 |
| 2 | 👕 Sport brendlarining inglizcha talaffuzi
👕 [nayk] emas...
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 7 500 |
| 3 | 🗿 Ingliz tilida gapirishga to'g'ri kelganda tili aylanmay qoladimi? Bu — amaliyot yetishmasligidan, xijolat tortishdan emas.
Gapirish — bu miyaning alohida ko'nikmasi: bilim bilan gapirish orasida katta farq bor.
🗿 Ko'p odam so'zlarni biladi, lekin ularni tezlikda, tayyorgarliksiz chiqarishga o'rganmagan. Oyna oldida gapirish — aynan shu "chiqarish" mushagini mashq qildiradi.
Bu real suhbatning o'rnini bosolmasligi mumkin. Lekin umuman gapirmagandan ancha yaxshiroq.
#LearnEnglish
🗿 Bugun 2 daqiqa sinab ko'rasizmi? Nima haqida gapirishni rejalashtiryapsiz — izohga yozing😉
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 9 178 |
| 4 | Nega "I wish I have" emas, "I wish I had" deyiladi? | Englify oddiy qilib tushuntiradi👇
😩 Ertaga imtihon, lekin siz haligacha to'liq tayyor emassiz. Do'stingizga xafalik bilan yozasiz.
🇬🇧 "I wish I had more time to study."
🇺🇿 "Tayyorgarlik uchun ko'proq vaqtim bo'lsa edi." (lekin yo'q — hozirgi holatdan afsuslanish)
Bu yerda muhim narsa:
1️⃣ "had" (Past Simple) — lekin bu o'tmish emas! Gap hozirgi vaqt haqida ketyapti — shunchaki hozirgi voqelik xohlagandek emasligidan afsuslanish.
2️⃣ Bu — o'zgarishi mumkin bo'lmagan yoki juda qiyin bo'lgan hozirgi holat haqida.
〰️〰️〰️〰️
🤔 Nega shunchaki "I wish I have more time" demaymiz?
Bu — eng ko'p qilinadigan xato. "Wish" so'zidan keyin hozirgi holat haqida gapirganda hech qachon Present Simple ishlatilmaydi — doim Past Simple keladi, garchi ma'no hozirgi zamonga tegishli bo'lsa ham.
• I hope I have more time" (umid — kelajakda mumkin bo'lgan narsa)
• "I wish I had more time" (afsus — hozir yo'q, va buni o'zgartirolmaysiz).
🧠 wish + ega + Past Simple (hozirgi voqelikdan afsuslanish/orzu qilish)
"I wish I spoke Spanish."
🇺🇿 Ispan tilida gapira olsam edi (lekin gapira olmayman).
"I wish it weren't raining right now."
🇺🇿 Hozir yomg'ir yog'masa edi (lekin yog'yapti).
#OsonGrammatika
Bu yerda ham "was" emas, "were" — Second Conditional'dagi kabi, xayoliy gaplarda barcha shaxslar bilan "were" ishlatish to'g'riroq hisoblanadi.)
💡 "Wish" + Past Simple — hozirgi vaqtda o'zgartira olmaydigan yoki xohlagandek bo'lmagan narsadan afsuslanish yoki orzu qilish uchun ishlatiladi.
✍️ Hozir nimadan afsuslanasiz yoki nimani xohlar edingiz? "I wish I ___" bilan gap tuzing, izohga yozing!
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 9 482 |
| 5 | 🏋️ Sport va mashq qilish haqida gaplashganda ishlatiladigan so'zlar 👇
🔥 Warm-up
Asosiy mashqdan oldin tanani isitish uchun qilinadigan yengil harakatlar.
"Always do a warm-up before lifting weights."
💪 Workout
Mashq, jismoniy tayyorgarlik mashg'uloti.
"I did a 30-minute workout this morning."
🔋 Stamina
Uzoq vaqt charchamasdan harakat qilish qobiliyati, chidamlilik.
"Running every day improved my stamina."
😖 Sore
Mashqdan keyin mushaklarda og'riq, "zirqirash".
"My legs are so sore after yesterday's workout."
😮💨 Out of breath
Nafas qisilishi, hansirab qolish.
"I was out of breath after climbing the stairs."
🎯 Consistency
Izchillik, muntazamlik — sportda eng muhim omillardan biri.
"Consistency matters more than intensity."
#Vocabulary
💬 Bularni hammasi yaxshi, lekin siz ham maktabda shunchaki "playing football" ni tanlaganmisiz?
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 9 526 |
| 6 | Comparative adjectives | Englify oson qilib tushuntiradi👇
🍚 Do'stingiz bilan qaysi osh yaxshiROQligini solishtiryapsiz
🇬🇧 "To'y oshi" is better than that "Samarqand osh", but it's also more expensive."
🇺🇿 "To'y oshi — Samarqand oshidan yaxshiroq, lekin qimmatroq ham"
Bu bitta gapda ikkita turli qoida ishlatilgan:
1️⃣ good → better (emas: "more good")
2️⃣ expensive → more expensive (emas: "expensiver")
〰️〰️〰️〰️〰️
🤔 Nega ba'zan "-er" qo'shiladi, ba'zan "more" ishlatiladi?
Sabab — so'zning uzunligiga bog'liq:
📏 Qisqa so'zlar (1 bo'g'in): oxiriga -er qo'shiladi → tall → taller, fast → faster
📏 Uzun so'zlar (2+ bo'g'in): oldiga more qo'yiladi → expensive → more expensive, interesting → more interesting
⚠️ Va eng ko'p xato qilinadigan qism — istisnolar: ba'zi so'zlar bu qoidaga umuman bo'ysunmaydi, alohida yodlash kerak.
good → better | bad → worse | far → further
#OsonGrammatika
🧠 Qisqa sifat + er | Uzun sifat → more + sifat | Istisnolar: yodlanadi
👨🦱 Qaysi osh yaxshiROQ / yog'liROQ / mazaliROQligini solishtirib izohda yozing👇
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 9 858 |
| 7 | Comparative adjectives | Englify oson qilib tushuntiradi👇
🍚 Do'stingiz bilan qaysi osh yaxshiROQligini solishtiryapsiz
🇬🇧 "To'y oshi" is better than that "Samarqand osh", but it's also more expensive."
🇺🇿 "To'y oshi — Samarqand oshidan yaxshiroq, lekin qimmatroq ham"
Bu bitta gapda ikkita turli qoida ishlatilgan:
1️⃣ good → better (emas: "more good")
2️⃣ expensive → more expensive (emas: "expensiver")
〰️〰️〰️〰️〰️
🤔 Nega ba'zan "-er" qo'shiladi, ba'zan "more" ishlatiladi?
Sabab — so'zning uzunligiga bog'liq:
📏 Qisqa so'zlar (1 bo'g'in): oxiriga -er qo'shiladi → tall → taller, fast → faster
📏 Uzun so'zlar (2+ bo'g'in): oldiga more qo'yiladi → expensive → more expensive, interesting → more interesting
⚠️ Va eng ko'p xato qilinadigan qism — istisnolar: ba'zi so'zlar bu qoidaga umuman bo'ysunmaydi, alohida yodlash kerak.
good → better | bad → worse | far → further
#OsonGrammatika
🧠 Qisqa sifat + er | Uzun sifat → more + sifat | Istisnolar: yodlanadi
👨🦱 Qaysi osh yaxshiroqligini solishtirib izohda yozing👇
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 1 |
| 8 | 🐱🐶 "It's raining cats and dogs"
🤔 Ko'pchilik bu iborani birinchi eshitganda umuman tushunmasligi mumkin.
🎯 Aslida bu — juda kuchli yomg'ir yog'ayotganini bildiruvchi idioma, ya'ni "chelaklab yomg'ir yog'yapti" degani.
Ingliz tilida ko'plab idiomalar so'zma-so'z emas, majoziy ma'noda tushuniladi (o'zimizda ham bundaylari ko'p-ku).
🔥 Xuddi o'zbek tilida "Yomg'ir chelaklab quyyapti" deyilganidek.
#ChoyUstida
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 10 868 |
| 9 | 📅 Bu hafta necha kun ingliz tili bilan shug'ullandingiz?
🧠 Ko'pchilik balki hafta oxirida "umuman yomon o'tmadi" deb o'ylar — lekin aniq raqamga o'girmaguningizcha, bu his aldab qo'yishi mumkin.
"Yomon emas" va "4 kun shug'ullandim" — butunlay boshqa narsa.
🎯 0 kun bo'lsa — Xafa bo'lmang. Hafta tugadi, lekin ertaga yangi hafta boshlanadi. Muhimi — nega 0 bo'lganini tushunish.
🎯 1–3 kun bo'lsa — Boshlanish bor, lekin hali izchillik barqaror emas. Bu me'yoriy holat — ko'pchilik shu bosqichdan o'tadi.
🎯 4–7 kun (25 daqiqadan bo'lsa ham) — Zo'r natija! Tizim ishlayapti — asosiysi, shu ritmni buzmaslik.
📝 Qaysi raqamda bo'lishingizdan qat'iy nazar — bugun kechqurun kamida 5 daqiqa ajrating. Yangi hafta shu kichik qadamdan boshlanadi.
#TurQil
💬 Qancha shug'ullandingiz — 0, 1-3, yoki 4-7mi?
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 11 288 |
| 10 | Reported school - O'zlashtirma gap | Englify oddiy qilib tushuntiradi👇
Do'stingizga "bugun o'qishga bormayman" dedingiz, u buni ustozga qanday aytadi?
🇬🇧 Direct: "I won't go to school today," he said.
🇺🇿 To'g'ridan-to'g'ri: "Men bugun maktabga bormayman," dedi u.
→ Reported: He said (that) he wouldn't go to school that day.
🇺🇿 O'zlashtirma gapda: U o'sha kuni maktabga bormasligini aytdi.
Bu yerda ikkita o'zgarish sodir bo'ladi:
1️⃣ "won't" → "wouldn't" — bu "will"ning o'tmish shakli, zamon bir bosqich orqaga suriladi (backshift)
2️⃣ "today" → "that day" — vaqt so'zi ham suhbat vaqtiga moslab o'zgaradi
〰️〰️〰️〰️
🤔 Nega shunchaki "He said: I won't go to school today" deb qo'ya qolmaymiz?
Bu ham to'g'ri — lekin bu to'g'ridan-to'g'ri nutq (direct speech): so'zma-so'z, qo'shtirnoq bilan, ko'proq yozma matnda uchraydi.
Reported speech esa — aynan do'stingiz ustozga qilayotgani kabi: kimningdir gapini eslab, boshqasiga o'z so'zlaringiz bilan yetkazish. Kundalik suhbatda bu ancha tabiiy eshitiladi.
〰️〰️〰️〰️
🧠 said (that) + ega + would(n't) + fe'l
"I won't come to the party," she said. → She said she wouldn't come to the party.
🇺🇿 "Men ziyofatga kelmayman," dedi u. → U ziyofatga kelmasligini aytdi.
"I will help you tomorrow," he said. → He said he would help me the next day.
🇺🇿 "Ertaga senga yordam beraman," dedi u. → U menga ertasi kuni yordam berishini aytdi.
💡 "Will/won't" — reported speech'da "would/wouldn't"ga aylanadi. Bu ko'pincha kimningdir qarori, rad javobi yoki va'dasini qayta aytib berayotganda ishlatiladi — xuddi do'stingiz ustozga sizning qaroringizni yetkazgani kabi.
#OsonGrammatika
👇 Gaplarni reported speech'ga o'giring
1️⃣ "I am tired," she said.
2️⃣ "I will call you later," he said.
3️⃣ "I don't like coffee," they said.
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 11 369 |
| 11 | 📊 Ishda eshitib qolsangiz ma'nosi nima ekan deb o'ylanmasligingiz uchun #Vocabulary👇
⏰ Deadline
Ish topshirilishi kerak bo'lgan oxirgi muddat.
"The deadline for this project is Friday."
🔥 Burnout
Ishdan haddan tashqari charchash, hissiy va jismoniy tugab qolish holati.
"She took a week off because of burnout."
💬 Feedback
Qilingan ish haqida bildirilgan fikr-mulohaza — ijobiy yoki tanqidiy.
"Can you give me some feedback on my presentation?"
🤝 Networking
Foydali tanishlar va aloqalar orttirish jarayoni.
"He met his business partner through networking."
🧠 Multitasking
Bir vaqtning o'zida bir nechta vazifani bajarish.
"Multitasking can actually make you less productive."
🕒 Overtime
Belgilangan ish vaqtidan tashqari qo'shimcha ishlash.
"I worked overtime to finish the report."
📈 Promotion
Lavozim yoki maoshning ko'tarilishi.
"She got a promotion after two years at the company."
💬 Ish joyida yana qaysi so'zlarni tez-tez eshitasiz? Izohga yozing — keyingi ro'yxatga qo'shib qo'yamiz!
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 10 976 |
| 12 | Dam olish kunlarida tomosha qilish uchun 2 ta kino
#Elementary darajasida bo'lsangiz — shu kinolar siz uchun ideal.
🏛 Night at the Museum (2006)
📺 comedy/family/fantasy · 👉 [Trailer]
Muzeyda tungi qorovul bo'lib ishga kirgan yigit — tunda barcha eksponatlar jonlanishini bilib qoladi. Qiziqarli, tez syujet, sodda va tushunarli dialoglar — yangi so'zlarni kontekst orqali eslab qolish oson.
〰️〰️〰️〰️
📓 Diary of a Wimpy Kid (2010)
📺 comedy/family · 👉 [Trailer]
O'rta maktabga endi ketgan bolaning kundalik hayoti — do'stlik, maktab, oilaviy voqealar haqida kundalik shaklida hikoya. Bolalarcha, kundalik so'zlashuv tili — maktab mavzusidagi so'z boyligini oshirish uchun juda mos.
#KinoKor
💬 Ikkalasidan qaysi birini avval ko'rasiz? Izohda ayting — birga muhokama qilamiz.
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 12 629 |
| 13 | "Dars qilishga kuchim yo'q" — tanish gapmi?
✅ Buning uchun ham yaxshi usul bor — ayniqsa kunduz kuni band, kechqurun hech narsaga kuchingiz qolmaydigan bo'lsa.
5 daqiqa qoidasi
Uxlashdan oldin, telefonni qo'lga olib Instagram/TikTok skroll qilish o'rniga — shu 5 daqiqani ingliz tiliga bag'ishlang: bitta qisqa video ko'ring, bitta audio eshiting, yoki bugun eshitgan 3 ta yangi so'zni ovoz chiqarib takrorlang.
🗿 Nega ishlaydi?
"5 daqiqa juda oz-ku" deb o'ylashingiz mumkin. Lekin miya aynan uxlashdan oldin olingan ma'lumotni tunda faol saqlaydi (xotira konsolidatsiyasi) — kun davomidagi charchoq bu jarayonga xalaqit bermaydi. Ya'ni bu — kunning eng "arzon", lekin eng samarali 5 daqiqasi.
Bu sizni bir kechada native qilmasligi. mumkin. Lekin har kuni uzliksiz davom etsa — aynan shu narsa natija beradi.
#LearnEnglish
Bugun kechqurun shu 5 daqiqada nima qilmoqchisiz — video ko'rasizmi, so'z takrorlaysizmi?
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 12 304 |
| 14 | 📚 Reading'da doim past ball olyapsizmi? Sababi sizda emas, siz ishlatgan usulda bo'lishi mumkin.
📖 Matnni o'qiysiz, lekin ma'nosi "qochib ketadi". Savolga javob qidirganda esa taxmin qilishga majbur bo'lasiz — tanish holatmi?
Bu — Reading'dagi eng ko'p uchraydigan muammo, va tasodifiy emas: ma'lum sabablari bor.
🎥 Videoda aynan shu sabablarni va ularni tuzatish uchun nima qilish kerakligini ko'rsatib berdik — reading'ni "chidab o'qish"dan "tushunib o'qish"ga aylantiradigan amaliy yechimlar bilan.
Videoni ko'rish: 👇
📹 Reading kuchaytirish uchun bu videoni ko'ring
#YouTube
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 11 895 |
| 15 | 🤔 Nega "If I am rich" deyolmaymiz? | Second Conditional
💭 Do'stlaringiz bilan o'tirib, xayoliy orzular haqida gaplashyapsiz — "agar men falon joyda bo'lsam" degan gaplarni ingliz tilida aytmoqchisiz;
🇬🇧 "If I won the lottery, I would travel around the world."
🇺🇿 "Agar men lotereya yutib olsam, dunyo bo'ylab sayohat qilardim."
Bu yerda ikkita qism bor:
1️⃣ Won (Past Simple) — lekin bu o'tmish emas! Bu — hozirgi yoki kelajakdagi xayoliy, imkonsizga yaqin holat.
2️⃣ Would travel — agar shart bajarilsa, nima bo'lishi mumkinligi (natija).
〰️〰️〰️〰️
🤔 Nega hozirgi zamonda emas o'tgan zamonda gapiramiz "If I win the lottery, I will travel" demaymiz?
Bu ham to'g'ri gap — lekin boshqa ma'no beradi. Bu First Conditional: real, mumkin bo'lgan holat (masalan, chindan lotereya chiptangiz bor).
Second Conditional esa — chiptangiz yo'q, shunchaki xayolan orzu qilyapsiz. Ya'ni imkonsizga yaqin yoki juda kam ehtimolli vaziyat uchun ishlatiladi.
〰️〰️〰️〰️
🧠 If + Past Simple, ... would + fe'l
"If I had more time, I would learn three languages."
🇺🇿 Agar ko'proq vaqtim bo'lsa, uchta til o'rgangan bo'lardim.
"If she were the president, she would change the education system."
🇺🇿 Agar u prezident bo'lganida, ta'lim tizimini o'zgartirgan bo'lardi.
(Qo'shimcha ma'lumot: "she was" emas, "she were" — xayoliy gaplarda barcha shaxslar bilan "were" ishlatish rasmiyroq va to'g'riroq hisoblanadi.
Kundalik nutqda "was" ham eshitiladi, lekin yozma/rasmiy tilda "were" afzal.)
💡 Second Conditional — hozirgi yoki kelajakdagi xayoliy, imkonsizga yaqin vaziyatlar uchun: If + Past Simple, ... would + fe'l.
#OsonGrammatika
✍️ Agar 1 million dollaringiz bo'lsa, nima qilardingiz? "If I had 1 million dollars, I would ___" — gapni davom ettirib, izohga yozing!
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 12 954 |
| 16 | Bugundan maktab boshlandi...
😊 Maktab o'quvchilarini tabrilkaymiz (battar bo'linglar 😈)!
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 18 379 |
| 17 | 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin!
🖼 35 yil oldin bir xalq — o'z yo'lini, o'z ovozini, o'z kelajagini tanladi.
Bugun biz o'sha kelajakni yaratayotgan avlodmiz.
💙 Englify jamoasi nomidan barchangizni tabriklaymiz.
🤎 Mustaqillik kuningiz muborak bo'lsin! | 17 830 |
| 18 | Gap tashish
🗣 Reported speech - biron bir odam nima deganini boshqalarga aytish. Mana shu mavzuni biroz takrorlab olamiz.
😉 Uning indirect hamda direct turlari bor. Hozir faqatgina indirect turi haqida gaplashamiz.
👦 I'm going to learn English
➡️He said (that) he is going to learn English.
🤔 Siz indirect speech'da fe'l 1 ta zamon ortga qaytishini eshitgan bo'lsangiz kerak.
Lekin ba'zida inglizlarning o'zi ham gapirayotganda unday qilmaydi. Ya'ni 1 ta zamon ortga surmaydi. Yuqoridagi videoda ham bunga guvoh bo'lishingiz mumkin.
🙏 Ushbu grammatikani ishlatgan holda qiziqarli gaplar yozib qoldiring!
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish | 17 800 |
| 19 | "Say" va "Tell" nimasi farq qiladi? | Englify oddiy qilib tushuntiradi👇
Ikkalasi ham "aytmoq" degani. Lekin ko'pchilik aralashtirib yuboradi.
〰️〰️〰️〰️
🗣 Say — kimga aytilayotgani ko'rsatilmaydi:
"He said he was tired."
🇺🇿 U charchaganini aytdi.
"What did she say?"
🇺🇿 U nima dedi?
〰️〰️〰️〰️
👤 Tell — kimga aytilayotgani aniq ko'rsatiladi:
"He told me he was tired."
🇺🇿 U menga charchaganini aytdi.
"Tell her the truth."
🇺🇿 Unga haqiqatni ayt.
〰️〰️〰️〰️
⚠️ Eng ko'p qilinadigan xatolar:
❌ He said me he was tired.
✅ He told me he was tired.
❌ He told he was tired.
✅ He said he was tired.
😄 Eslab qolish uchun:
"Tell" doim kimgadir qaratiladi — shaxs kerak.
"Say" esa kimga aytilishi shart emas — faqat gap.
#OsonGrammatika
💬 Endi siz gap tuzib ko'ring!
👨🏻💻 Admin bilan bog'lanish
📱 @englifyschool | 19 189 |
| 20 | Video message | 20 730 |
