Yosh chol
Open in Telegram
1 102
Subscribers
-124 hours
-77 days
-2230 days
Posts Archive
1 102
Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Ramin Rizoyan va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi bergan intervyudan parchalar. Darajani farqini sezyabsizmi? Qanday qilib bunday futbolchini O'zbekiston xalqining futbol bo'yicha bir vakili sifatida mundialga olib borishgan hayronman. Forslarning har bir futbolchisining nigohida, so'zida, jonini berib maydonda harakat qilishida millatni sevish, Vatanni sevish ko'rinib turadi. Mana sababi qayerda Eronning dunyoda juda katta o'rni borligini, buyuk davlat ekanligini.
Forslarning yana bir juda kuchli hujumchisi Sardor Azmun Dubay amiri bilan ko'rishgan fotosi sabab mundialga chaqirilmagan edi. Eron hokimiyati tepasi mullalardan tozalansa, hokimiyat almashsa, eronliklar ozod bo'lsa, davlat sifatida yanada ham to'liq potensialga erishadi.
Eslatib o'taman Eron guruhda 3 ta o'yinning hech birida yutqizmadi. Belgiya ustidan deyarli g'alabaga erishdi. O'zbekiston esa 3 ta o'yinda 11 ta gol o'tkizib yubordi.
@yosh_chol
1 102
Bu o'zbek futboli haqida fikrlarim. Bu qarashlarim hozir ham o'zgarmagan. Oxirgi marta 2019-yilgi Osiyo kubogida Avstraliya bilan o'yinni ko'rgan edim, penaltilar seriyasida yutqizgan edik. Juda alam qilgan edi. Bugun esa Jahon chempionatida Vatanimning muhtasham bayrog'ini ko'rib ko'zimga yosh keldi.
Qaysidir amaldorlar, ayrim korrupsioner haromxo'rlar, Vatan nima ekanligini bilmaydigan tamagirlar sabab ko'nglingiz Vatandan sovib qolmasin. Ular vaqti-soati bilan tozalab tashlanadi. Insonlar kelib ketadi, Vatan esa abadiy qoladi.
@yosh_chol
1 102
Asl oltinga vaqt ta'sir qilmaydi, temir-tersaklar esa vaqt o'tishi bilan zanglab, yo'q bo'lib ketadi.
@yosh_chol
1 102
Bu 4 yil oldingi fikrim. Hozir ham deyarli shunaqa, faqat bu safar Ispaniya ikkinchi o'rinda. Boshqa hech qanday o'zgarish yo'q.
- Argentina
- Ispaniya
- Braziliya
- Osiyoning 3 termasi (Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron)
@yosh_chol
1 102
Men esa 12 yoshimda emas 10 yoshimda o'ylab topgan imzoyim bilan yashab yuribman. Musobaqalarda shaxmatni yozib o'ynardik, oxirida imzo qo'yish kerak edi.
1 102
Repost from Yosh chol
Xitoyning yuksalishi nimadan boshlangan edi?
Kambagʻallikni yengishdan to dunyoning birinchi raqamli iqtisodiyotiga aylanish daʼvosiga qadar atigi 40 yil. Xitoy buni qanday uddaladi?
Manba: Kunuz
@yosh_chol
1 102
Ayollar xitoy yozuvida yozilgan kvant mexanikasi kitobiga o'xshaydi. Men xitoy tilini ham, kvant mexanikasini ham tushunmayman.
@yosh_chol
1 102
Repost from Yosh chol
Balki dunyo go'zallarga to'ladir, balki ularning soni sanoqli. Balki sen ham aslida go'zal emasdirsan, bexabarman. Ko'zim sendan boshqani ko'rmasa qayerdan ham xabarim bo'lsin.
@yosh_chol
1 102
Jurnalist, yozuvchi, shoir, tarjimon, sobiq deputat, parlament a'zosi va siyosatchi Karim Bahriyev 64 yoshida bu yorug' olamni tark etibdi. G'oyibdan ustozim edi rahmatli. Karim Bahriyev endi yo'q, jismonan o'ldi. Lekin u kabi erksevar yigitlar oramizda ko'p, xavotir olmang.
Innaa lillahi va innaa ilayhi roji'un.
@yosh_chol
1 102
Muhtasham bayroq. Ikkala bayroqdan ham foydalanaversak bo'ladi o'zi. Vatandoshlik hissi ancha oshadi.
@yosh_chol
1 102
Repost from Niyatga bog'liq
Keling, Muhammad (s.a.v) Cola dan oling...
Hadis nima? Hadis bu Payg'ambarimizning aytganlari, fe'l-atvorlari, axloqlari va turli yillarda shariatga oid aytgan so'zlari bular hadis deb nomlanadi. Ularga amal qilish esa Sunnatdir. Hozirgi kunda hadislarga amal qilishni va o'zi amal qilayotgani aytishadi, o'rgatishadi. Buning uchun siz hadislar yodlashingiz, ularni yodda tutib amal qilishingiz kerak. Biroz qiyindir sizga, lekin aslida juda oson.
Bir ishni qilishga qaror qildingiz, yoki qilayotganingizda yoningizda Allohning Rasuli borligini hayol qiling. Allohning so'nggi payg'ambari siz bilan.
"Muhammad (s.a.v) bugun mening mehmonim bo'ladi, ertaga uyimga keladi". Deb tasavvur qiling. (Man hayotiy emas hayoliy tushuntiryabman. Misol tariqasida, bir fikr berish uchun gapiryabman).
Deylik, Muhammad (s.a.v) ertaga kechga uyingizga keladigan bo'lsa bu oqshom bilan ertangi oqshom bir xil bo'ladimi? Bo'lmaydi. Misol uchun muzlatkichdan muzdek Colani olib:
- Ey Rasululloh, muzdek Coca Cola dan oling... - deysizmi?
Demaysiz. Qilmaysiz bunday. Nega? Uyalasiz, desalarki
"- Bu kimning nimasi, ichsa bo'ladimi, nimalar bor ichida, Halolmi harommi?" Javob berolmaysiz...
Yokida uydagi ayolingiz yoki bolalaringiz odobi, axloqi, turishi-o'tirishi, gapirishi kechagi oqshom bilan bir xil bo'ladimi? Bo'lmaydi!
Bir qo'shning ruxsatsiz kelib, so'roqsiz uyga kirib, o'tirib, gapirib, kerakli keraksiz va hattoki oila o'rtasida gaplashilmaydigan mavzulardan gaplashasizmi?
Nima bo'ldi? Nega o'zgardik? Nega o'zgaryabsiz? Nega o'zgarishga majbur bo'lyabsiz? Chunki u vaqtda iymon bilan vijdoningiz bir-biriga to'qnash kelishni boshlaydi. Aytilganlar bilan qilinayotganlar orasida ba'zi bir "muammolar" bor. Shu sabab o'zimizga qarab boshlaymiz.
O'zgarish uchun Rasululloh uyimizga kelishi shart emas. Shunchaki har kuni bir ishni qilishdan oldin, yoki qilayotgan vaqtda Muhammad (s.a.v) yoningizdadek hayol qilish va shunday vaziyatda siz qanday harakat qilardingiz shuni tushungan holatda harakat qilishingiz kerak.
Shunda siz hech qachon o'zgarishga hojat sezmaysiz...
@niyatgabogliq
1 102
Repost from Yosh chol
4-5 yoshligimda bobom va buvim saharlik uchun uyg'onganlarida men ham ularga qo'shilib saharlik qilib olar edim. Ertalab nonushtani ham paqqos tushirar edim, o'sha vaqtlari 4 mahal ovqatlanganman menimcha. Ramazon bilan shunday ajoyib xotiralar bor menda. Hammangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin!
1 102
Rimda Tunisdan ish axtarib kelgan bir o‘spirinni ustidan benzin quyib yoqib yubordilar...
TUNISLIK BOLA
Afsus, razolatga botdi bu ochun,
Aybni yaratganga to‘nkamoq nechun.
Senga o‘t qo‘ydilar bir ermak uchun,
Rimga nega kelding tunislik bola?
Bilaman, sen uchun parcha non qahat,
Zamin mozor bo‘lsa, Afrika lahad.
O’t qo‘ysa, o‘t qo‘ysin o‘z eling faqat,
Rimga nega kelding tunislik bola?
Bu shundoq manzilki, do‘stni yovlaydi,
Ota o‘z farzandin avrab tovlaydi.
Bu yurtning sayyodi odam ovlaydi,
Rimga nega kelding tunislik bola?
Shundoq holga kelmish qadimiy Lotin,
Bulg‘alar sharafin, bulg‘alar zotin,
Chumolicha ko‘rmas odam hayotin,
Rimga nega kelding tunislik bola?
Ha, olov ostida butkul yer yuzi,
Tutunga to‘lmoqda odamzod ko‘zi,
Yonib ketmasaydi zaminning o‘zi,
Rimga nega kelding tunislik bola?
Abdulla Oripov she'ri (1984-yil)
Dadaxon Hasanov musiqasi
@yosh_chol
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
