en
Feedback
"Sharg'unko'mir" AJning rasmiy telegram kanali

"Sharg'unko'mir" AJning rasmiy telegram kanali

Open in Telegram

Ushbu rasmiy kanalda mamlakatimizda va korxonada ro'y berayotgan yangiliklar, o'zgarishlar, e'lonlar va qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi. Murojaat uchun: @Shargunkumir @shargunkumir_anticor Rasmiy kanal: t.me/sharguncoal

Show more
698
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-830 days
Posts Archive
“Sharg`unkumir” AJda 2026–2028 yillarga mo`ljallangan Jamoa shartnomasi tasdiqlandi. “Sharg`unkumir” AJda xodimlarning mehnat
+2
“Sharg`unkumir” AJda 2026–2028 yillarga mo`ljallangan Jamoa shartnomasi tasdiqlandi.   “Sharg`unkumir” AJda xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjat — 2026–2028 yillarga mo`ljallangan Jamoa shartnomasi tasdiqlandi.   Jamoa shartnomasini tasdiqlashga bag`ishlangan yig`ilishda korxona rahbariyati, kasaba uyushmasi vakillari hamda mehnat jamoasi a’zolari ishtirok etdi.   👉 Batafsil ➡️

📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026
📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori bilan davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi. 🔍Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari davlat xaridini boshlashdan oldin tovar, ish yoki xizmatning o‘rtacha bozor narxini Maxsus axborot portalidagi Narxlar moduli orqali o‘rganadi. 🎛Natijada o‘rtacha bozor narxi va asoslangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma (e-ma’lumotnoma) shakllantiriladi. Davlat xaridlari esa mazkur e-ma’lumotnomada belgilangan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan narxda amalga oshiriladi. 📊 Narxlar moduli avvalgi xaridlar va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni yagona tizimda jamlaydi. Shuningdek, u: - yetkazib beruvchilardan elektron takliflar olish; - o‘rtacha, eng yuqori va eng past narxlarni avtomatik hisoblash; - narxlar keskin farq qilganda qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantirish imkonini beradi. 📄 Qarorga muvofiq, dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha Narxlar moduli sun’iy intellekt asosida mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari hamda narxlar dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Sunʼiy intellekt orqali oʻrtacha bozor narxi aniqlanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirib boriladi.

«Sharg`unko`mir» AJ Kasaba uyushma qo`mitasi raisi M. X. Danayevning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi mun
«Sharg`unko`mir» AJ Kasaba uyushma qo`mitasi raisi M. X. Danayevning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jamiyat ishchi-xodimlariga bayram tabrigi

«Sharg`unko`mir» AJ Kasaba uyushma qo`mitasi raisi M. X. Danayevyning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi mu
«Sharg`unko`mir» AJ Kasaba uyushma qo`mitasi raisi M. X. Danayevyning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jamiyat ishchi-xodimlariga bayram tabrigi

“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M. A. Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M. A. Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ishchi-xodimlar va barcha yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M. A. Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munsabati bilan i
“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M. A. Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munsabati bilan ishchi-xodimlar va barcha yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

"Sarhisob qiladigan bo‘lsak 2025-2026-yillar Surxondaryo yili bo‘ldi"
- Prezident. Prezidentimiz raisligida kuni-kecha mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida 50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt ishga tushirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatidan ishga tushirilgan “Uzun AgroStar” MChJning agrokompleks majmuasidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berib, Prezidentimizga surxondaryoliklarning minnatdorliklarini yetkazdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’k
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hiss
Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi. Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir. Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil,
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,
– dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda. Facebook|Instagram|X

So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘s
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi. O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi. Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi! Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning
Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!
– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Prezidentimiz inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topsh
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi Prezident Shavkat Mirziyoye
Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni ulug‘ va mo‘’tabar ayyom – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Batafsil: https://uza.uz/posts/900549 Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi | Youtube | Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❗️Xодимларнинг «больничный» пуллари Baraka картасига ўтказилади 📑 Вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик нафақаси тайинланган ходимл
❗️Xодимларнинг «больничный» пуллари Baraka картасига ўтказилади 📑 Вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик нафақаси тайинланган ходимларга маблағ Baraka ижтимоий картасига ўтказилади. 🔷 Карта мавжуд бўлмаган тақдирда, Baraka мобил иловаси орқали автоматик равишда виртуал карта очилади. Виртуал карта очиш учун банкка бориш талаб этилмайди.

⚠️ Диққат эълон! 📢 🔴 19-декабр куни, 🕚 Соат 15:30 да "Шарғункўмир" АЖда соҳада амалга оширилаётган сўнги янгиликлар ҳамда
⚠️ Диққат эълон! 📢 🔴 19-декабр куни, 🕚 Соат 15:30 да "Шарғункўмир" АЖда соҳада амалга оширилаётган сўнги янгиликлар ҳамда фуқароларнинг жамиятга бўлган турли мурожаатларини тинглаш юзасидан онлайн мулоқот бўлиб ўтади. 🛜 Мулоқот онлайн аудио чат орқали савол-жавоб шаклида бўлиб ўтиши режалаштирилган. ✅ Онлайн мулоқотга қуйидаги ҳавола орқали уланишингиз мумкин: https://t.me/sharguncoal?livestream=6909232207551f16b8 Ҳурматли фуқаролар ўзингизни қизиқтирган саволларга ушбу чат орқали жавоб олишингиз мумкин. "Шарғункўмир" АЖнинг расмий телеграм каналида янгиликларни кузатиб боринг. http://t.me/sharguncoal