Mustashriqotun (اللغة العربية)
Open in Telegram
Arab tilini o'rganishimizdan asosiy maqsad Allohning Kalomini o'rganish bo'lsin! Kanaldan ma'lumot olinganda manba koʻrsatilsin! Ikkinchi kanal: @mustashriqotun Diniy savollar uchun ⤵️ https://savollar.islom.uz Murojaat uchun: @taallama_bot
Show more625
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Assalomu alaykum va rahmatulloh
Ayol-qizlar uchun yana arab tili harflari oʻrgatiladigan bepul guruh ochish niyatidaman. Darslar telegram guruhga tashlanadi.
📌Har darsda vazifalar beriladi.
Ketma-ket 3 marta vazifa topshirmagan talaba guruhdan chetlatiladi.
🤨 Vazifalarni vaqtida topshirishga va'da bera olsangiz @taallama_bot ga ism-familyangizni yozib qoldiring🥰
Repost from N/a
Assalomu alaykum
"Target" oʻquv markaziga administrator va rus tilida dars oʻtadigan maktabgacha tayyorlov (почемучка) oʻqituvchisi kerak.
Oʻquv markazimizda hamma sharoitlar bor.
Bizning ahil va inoq jamoamizga qoʻshilishni istasangiz bizga qoʻngʻiroq qiling👇
+998909172676
+998998692676
P.S.: "Mustashriqotun" bilan birga bir jamoada ishlashni xohlamaysizmi?🙃😁
Men amaliyot oʻtayotgan xususiy maktab haqida batafsil 👇
https://youtu.be/Of_7EZHfThA
Repost from Azon Global — Муқобил ахборот-таҳлилий канали
🫥Hayoli ayol mana shunaqa bo‘ladi...
Abdulloh ibn Abbos roziyollohu anhu shogirdlari Ato ibn Abi Raboh rohimahullohga dedilar:
- Senga jannat ahlidan bo‘lgan ayolni ko‘rsataymi?
- Ha, ko‘rsating.
- Bu ayol Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib dedi:
"Ey Allohning Rasuli! Mening tutqanoq kasalim bor. (Kasalim qo‘ziganda) uyoq-buyog‘im ochilib qolayapti. Men uchun Allohga duo qilsangiz".
Nabiy alayhissalom unga dedilar:
"Agar xohlasang sabr qil, senga jannat bo‘ladi. Agar xohlasang duo qilaman, Alloh senga ofiyat beradi".
Ayol dedi:
"Mayli sabr qilaman. Ammo ochilib qolayapman. Allohdan ochilib qolmasligimni so‘rab duo qilsangiz".
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uni duo qildilar.
Ayol tez-tez tutqanoq bilan og‘rib turar edi. Dardi kelganida yerga yumalab hijobi yechilib ketar, ba’zida avratlari ochilib qolar edi. U darhol qalblar va badanlar tabibi tabibi bo‘lmish Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga shoshildi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam uning oldida tezda shifo topishi yoki sabr qilib jannatga erishishini tanlash ixtiyorini qo‘ydilar.
Bu hukm mana shu ayolga xos bo‘lgan bir voqea.
Aslida bemor inson uyda shifo qidirmasdan kasalligiga savob kutib o‘tirishi mumkin emas. Nabiy sallollohu alayhi va sallam davolanishga amr qilganlar.
Ayol juda mohir ekan. Ne’matlari ham, balolari ham tezda yo‘q bo‘ladigan foniy dunyoni qo‘yib abadiy dunyoning saodatini tanladi.
"Ammo ochilib qolayapman".
Ayol hushi o‘zida bo‘lmasa-da, boshi yoki avrati ochilib qolishidan qo‘rqayapti. Bugun hushi o‘zida bo‘lsa ham ochiq avratidan uyalmaydigan, qomatining bilinib turishidan tortinmaydiganlar bir talay.
Singlim! Hijob faqatgina sochni yashirish uchun emas. Sen sochlarini ovqatga tushishidan qo‘rqadigan oshpaz emassan.
Yoki sterilizatsiya uchun amaliyot oldidan sochini yashirib oladigan tibbiyot hamshirasi emassan.
Biz hijobli ayol bilan ochiq ayolning o‘rtasini faqatgina uning sochlarini yashiradigan bir bo‘lak mato ajratadi deb o‘ylaydigan bo‘lib qoldik.
Hijob avvalo ibodatdir. Hijob badanni yashiradigan, uni sifatlamaydigan, uni ko‘rsatmaydigan libosdir. Uning shartlari topilmas ekan, u hijob hisoblanmaydi. U havoyi nafs libosiga aylanadi. Ibodatlar shariat aytganidek bo‘lmog‘i lozim.
Soch yashirilsa-da, ammo bo‘yin yoki quloq ko‘rinib tursa, boshda ro‘molu ammo tor va badanga yopishgan shim yoki shaffof ko‘ylak kiyilgan bo‘lsa bu haqqoniy emas, "modnыy" hijob bo‘ladi. Endi erkaklarning burnini qitiqlaydigan atirlar va makyajlar haqida so‘ramang.
Aziz va mo‘’tabar singillarim!
Allohdan taqvo qiling! Siz bu dinni kelajakdagi qizlarimizga yetkazish uchun o‘z gardaningizga olgansiz. Siz namunasiz!
Abdulqodir Polvonov
Manba: Azon.uz
Repost from N/a
Abituriyent 🧕 bormi?
Ingliz tili grammatikasini 0 dan boshlab individual oʻrgataman. DTM imtihoniga tayyorlayman.
Ilm olishda shijoatli, tirishqoq, talabchan boʻlsangiz kursga yozilish uchun @taallama_bot ga yozing.
(IELTS emas)
Faqat 1ta oʻquvchi olinadi
Repost from N/a
Assalomu alaykum va rohmatulloh
Ta’tilda oʻzimni mashgʻul qilmoqchiman)
40 yoshgacha boʻlgan ayollarga arab tili grammatikasidan dars oʻtaman.
2 tagina ayolga vaqtim yetadi deb oʻylayapman, chunki dars individual (yakka) boʻladi.
Savollaringiz boʻlsa batafsil maʼlumot uchun @taallama_bot ga yozing
Аёл бўлганим учун ҳар хил сабаблар туфайли кўплаб аёллар билан мулоқотда бўламан.
Аёлларнинг кўпчилиги қизини ўқитиш истагида эканини айтади. Бундан хурсанд бўламан, албатта.
Бироқ улар ҳамиша сўзини қуйидагича давом эттиради:
— Қиз бола ўқиса яхши-да. Замонни кўряпсиз-ку. Эртага эрининг қўлига қараб қолмасин, дейман. Ўзини уддаласин, харажатларни бемалол ўзи қоплай оладиган бўлсин, деб ният қиламан.
Шунингдек, келин олиш режасидаги аёллар ҳам ўқимишли қиз қидираётганини айтишади. Уларнинг сўзи ҳам худди юқоридаги алфозда давом этади:
— Пайпоққаям, памперсгаям ўғлимдан пул сўрайвермайди, дейман-да. Ўқимишли қиз ўзини ўзи уддалайди-да...
Бу сўзлар ва жамиятимиз аҳволи "Амаллар ниятга боғлиқ" эканлигини яна бир бор тасдиқ этаётгандек...
Қаерга қарама, "ўзини уддалаётган" аёлга кўзинг тушади. Бири ҳамшира, бириси ўқитувчи, бири бозорда савдо қилса, наригиси мардикорликка чиқади.
Эҳҳҳ, дейсан, наҳотки одамлар ўз жигарбанди-қизига шундай юкни раво кўрса. Ахир аёл учун ўзини ўзи уддалаш қандай оғир эканини наҳотки билмайсиз?!
Ўзини ўзи уддалаётган аёллар билан яқинроқдан танишиб, дардига қулоқ тутиб кўринг. Юзи кулса-да, кўзлари кулмайди. Лаби табассум қилса-да, чеҳраси ғамгин.
Қизингизни ўқитманг, демайман. Ўқитинг, албатта, ўқитинг!
Лекин зинҳор ўзини ўзи уддалаши учун эмас!
Қизингизни дунёга теран назар сола олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Қизингизни турмушдаги ҳар хил ҳолатларда тўғри қарорлар қабул қилишни ўрганиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Фарзандларига тўғри тарбия бера олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Ҳар хил ҳолатларда турмуш ўртоғига яхши маслаҳатчи бўла олиши учун, ҳалол-ҳаромни фарқига бора олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Ваниҳоят, илми ўсиб, юқоридаги ишлардан ҳам ортиб қолгудек бўлса, жамият ривожига ҳам ҳисса қўша олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Ўзини уддалаб яшашни ҳеч бир аёлнинг бошига солмасин. Уни отаси уддаласин, эри таъминотини қилсин, кексайганида болалари ардоғида бўлсин.
Асло ўзини ўзи уддаламасин аёл...
©️Гавҳар Насруллоҳ
Assalomu alaykum
Texnik xato boʻlgani sababli yangi kanal ochishga majbur boʻldik.
Arab tilida oʻqish-yozishni oʻrganishni xohlovchilar @taallama_uz ga ulanib olishingiz mumkin.
Repost from Muslim Ismoil C2
Oisha raziyollohu anho aytadilar: "Men rosululloh sollallohu alayhi va sallamga: Ey rosulalloh, agar laylatul qadr kechasi qay kecha ekanligini bilsam, nima deb duo qilay dedim, shunda u zot:
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
(Allohim, o‘zing afv etuvchisan, afv etishni sevasan, bas meni afv etgin)deb ayting deb javob berdilar".
"Ramazon tuhfasi" tanlov
1-o'rin. Tafsiri Hilol, Mamlakatlar tanazzuli sabablari, Baxtiyor oila, Qalb iffati, Men, Muso - fir'avn o'ldira olmagan payg'ambar, Atom odatlar.
iBooKdan 1 oylik 10% vaucher, Tirilishdan 15% vaucher
2-o'rin. Saodat asri qissalari, Buyuk shaxmat taxtasi, Iymon, Sir, Har ayol Hojardir, Halqa
iBooKdan 1 oylik 7% chegirma, Tirilishdan 10%
3-o'rin. Payg'ambarlar tarixi, Ijtimoiy odoblar, 1984, Lider shaxsiyati, Mukoshafatul qulub
iBooKdan 1 oylik 5% chegirma, Tirilishdan 7%
4-o'rin. Eng sharafli ummat, Ilon Mask, Peshonamdagi nur
5-o'rin. Men, Olim yetishtirgan onalar, Alibaba
6-o'rin. Men Robiya, Qanday buyuk bo'lishgan, Dunyoni tebratgan 7 buyuk shaxs
7-o'rin. 6 daqiqa, Yong'in, Istiqlol jallodlari
8-o'rin. Good to great (Yaxshidan buyukka), Imomning maniken qizi, Ilm olish sirlari
9-o'rin. Noldan birga, Nasroniy atirguli, Ulamolar nazdida vaqtning qadri
10-o'rin. Factfulness, Barbarossaning 101 tilsimi, Ramazon hikmatlari
11-o'rin. Sir, Rasululloh ramazonda
12-o'rin. Qalb iffati, Mohi Ramazon muborak
13-o'rin. Mahzun bo'lma, Ramazonda 30 dars
14-o'rin. Alloh sevgisi, Tushunaman, ammo so'zlasha olmayman
15-o'rin. Haqiqiy saodat, Choliqushi
16-o'rin. Yulduzli tunlar, Ikigai
17-o'rin. Qanday buyuk bo'lishgan, 1985
18-o'rin. Jinoyat va jazo, Devona
19-o'rin. Namozda xushu, Morrining seshanba darslari
20-o'rin. Fenomenal xotira, Rasululloh madrasalari
21-o'rin. Buyuk shaxmat taxtasi
22-o'rin. Lider shaxsiyati
23-o'rin. Atom odatlar
24-o'rin. Otamdan qolgan dalalar
25-o'rin. Men
26-o'rin. Har ayol Hojardir
27-o'rin. Sir
28-o'rin. Qalb iffati
29-o'rin. Muso - fir'avn o'ldira olmagan payg'ambar
30-o'rin. Olim yetishtirgan onalar
Tanlovda ishtirok etish uchun👇
https://t.me/ramazon_tuhfasi_bot?start=2049409484
Hamma qatnashganlarga ibookdan Ramazon oyida 7% chegirma. Har bir qöshilgan odam uchun 5 ball beriladi.
Repost from N/a
Assalomu alaykum
Xususiy maktabga boshlangʻich sinfdagi bolalarga ingliz tili oʻqituvchisi kerak. (Talabalar ham ishlashi mumkin)
📍Sebzor, "Gʻafur Gʻulom" metrosiga yaqin joyda joylashgan
Murojaat uchun👇
@taallama_bot
Repost from N/a
بسم الله الرحمن الرحيم
Arab tili 🙌
🌐 BMTning 6 tilidan biri va 26 davlatning rasmiy tili
🗺 dunyo tillari ichida eng mukammali va jozibadori
🗣 400 milliondan ortiq so'zlashuvchilariga ega
📖 Qur'oni karim va hadis tili
♻️ 12 million atrofida so'zga ega ekan (bir o'zingiz yodlab o'rganishingiz mushkul🫣)
Biz bilan HAR KUNLIK arabcha testlarni yechib LUG'AT BOYLIGINGIZNI OSHIRIB BORING!
1 kunda--> 15 ta
1 oyda----> 450 ta
1 yilda----> 5 400 ta so'z!
Yomon emas-a 😉
Bizdan xolis xizmat 🙌
Manfaatli deb topsangiz bu ilmni boshqalar bilan ham bo'lishishni unutmang! 📲
https://t.me/arabtililugatsozkalimatest
Repost from Azon Global | Tezkor
Қуръонни мустақил ўргансам бўладими?
CАВОЛ:
Мен араб ҳарфларини биламан. Қуръони каримни мустақил ӯргансам бӯладими ёки устоз керакми?
ЖАВОБ:
Араб ҳарфларини билишнинг ўзи Қуръонни мустақил ўқишга кифоя қилмайди. Қуръони карим бирор устозга ўқиб бериш орқали ўқилади. Устоз ундаги хатоларни айтиб беради. Имом Суютий "Қуръонни устоз қўлида ўқишга барча даврларда амал қилиниб келинади" деган. Шунинг учун ҳозирги кунимизда алҳамдулиллаҳ, жойларда Қуръон курслари ташкил этилган. Мана шу жойларда устозларда ўқиш тавсия қилинади. Валлоҳу аълам.
Манба: Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази
© AzonUZ ахборот-таҳлилий портали
Repost from Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
Nega arab tilida harakatsiz (e'robsiz) yoziladi?
Arab tilida boshlangʻich darajadan o'rtaga ketayotgan o'quvchida tabiiyki savollar paydo boʻlishni boshlaydi: "Nega arablar "فَاطِمَةٌ" deb yozishni o'rniga "فاطمة" deb yozishadi? Axir birinchisi yaxshi va qulayku?"
🔠 Arab tilidagi harakatlar (e'robni) o'zbek tilidagi " g' "," o' " va "i" harflariga qiyoslab o'rganib chiqsak. Bizda ko'pchilik ushbu harflarni ustidagi harakatini qo'ymasa ham, "O'rindiq, g'oz" kabi soʻzlarni ma'nosini tushunaveradi. Aytmoqchimanki, kundalik shunchalik koʻp ko'rganimizdan, bu soʻzlarni harakati tugul hatto baʼzi harflarini tushurib qoʻysak ham bemalol oʻqib ketaveramiz...
🌴Arablarda ham xuddi shunday: ular ham bu soʻzlarga juda koʻp duch kelishadi va harakatsiz ham bemalol o'qib ketaverishadi. Masalan: birinchi ko'rayotgan odam "مولف" so'zini o'qiy olmasligi mumkin, lekin bu so'zga bir necha marta ishi tushgan odam uni "مُؤَلِّفٌ" soʻzi ekanligini yaxshi bilib oladi.
Arab tilida harakatsiz soʻzlarni yaxshi o'qiy olishni yechimi: koʻproq lugʻatlar bilan ishlash va amalda qoʻllash😉
🔗 @arobiyya_uz
Repost from QURAN.UZ
Қуръон тиловатида дангасалик қиларкансиз, қуйидаги яхшиликлардан маҳрум бўлишингиз мумкин, ўйлаб кўринг:
- Бир жуз (пора) ўқиш юз минг ҳасанот;
- Бир саҳифани тиловат қилишга беш минг савоб;
- Қуръонни ҳаммасини хатм қилганда ҳосил бўладиган уч миллион савобга эришишдан маҳрум бўласиз.
«Аллоҳ истаган кишиларига бир неча баробар қилиб беради». («Бақара» сураси, 261-оят)
@quranuz_kanali
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
