TURON UNIVERSITETI
Open in Telegram
🏛 Turon universitetining rasmiy axborot kanali Hujjat topshirish uchun: https://t.me/TU_hujjattopshirish_bot https://qabul.turonuniversity.uz Biz bilan yorqin kelajak sari muhim qadam! ☎️ Murojaat uchun: +99875 220 00 25
Show more5 318
Subscribers
+1024 hours
+2677 days
+85930 days
Posts Archive
5 318
#istiqlol35 #yangiózbekiston
😄 Turon universitetida talaba-yoshlarning qalbida vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan "35 yoshing muborak!" mavzusida ochiq darslar o‘tkazilmoqda.✔️ Mashg‘ulotlar davomida yoshlarning yoshiga mos huquq va burchlari, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hamda sadoqat tamoyillari haqida tushunchalar berilmoqda.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
+6
✍️✍️✍️✍️✍️
😄 1-KURS TALABALARI UCHUN SARALASH VA BILIM DARAJASINI ANIQLASH TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI
📢 Bugun, 9-sentabr kuni Turon universitetining Davolash ishi hamda Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun saralash va bilim darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi.
📝 Test jarayonida talabalarning boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, shuningdek, tibbiyot ta’limi uchun muhim bo‘lgan fundamental fanlar biologiya va kimyo bo‘yicha bilim va salohiyati baholandi.
🪕 Mazkur sinovlarning asosiy maqsadi har bir talabaning bilim darajasini aniqlash, mavjud bilim va ko‘nikmalarni tahlil qilish hamda kelgusidagi o‘quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun zarur yo‘nalishlarni belgilashdan iborat.🔥 Bugungi sinov talabalarning yangi bilimlar olamiga tashlagan ilk muhim qadamlaridan biri. Zero, mustahkam fundamental bilim malakali shifokor bo‘lish sari qo‘yilgan eng muhim poydevordir! ✔️ Turon universitetida har bir talabaning bilim va salohiyatini rivojlantirish, sifatli ta’lim olishiga munosib sharoit yaratish yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
+4
#MuzeygaTashrif
😄 TURON UNIVERSITETI 1-KURS TALABALARI “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYIDA
📢 Turon universitetining Tarix hamda Psixologiya yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari professor-o‘qituvchilar A. Pardayev va Y. Normirzayev boshchiligida Qarshi shahrida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.
👥 Tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixining murakkab va mashaqqatli davrlari, qatag‘on yillarida begunoh jabr ko‘rgan yurtdoshlarimizning hayoti va taqdiri, shuningdek, ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.🗒 Muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, eksponatlar va turli ma’lumotlar talabalarga o‘tmish saboqlarini chuqurroq anglash, milliy tariximizga hurmat bilan qarash hamda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash imkonini berdi. ✔️ Bunday ma’rifiy tashriflar talabalarning tarixiy tafakkurini boyitish, ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va tarixiy merosimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
5 318
5 318
5 318
5 318
5 318
5 318
+6
✍️✍️✍️✍️✍️
😄 TURON UNIVERSITETI 1-KURS TALABALARI UCHUN “MUSTAQILLIK DARSLARI” DAVOM ETMOQDA
📢 Turon universitetida 1-bosqich talabalari ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda.
🗒 Darslar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida o‘tkazilib, unda O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.📌 Mashg‘ulotlar davomida talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, xalqimizning tarixiy merosiga e’tibor va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Shuningdek, talabalar Turon universitetida ta’lim olishi uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishtirilmoqda. Universitetdagi ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.✔️ “Mustaqillik darslari” yosh avlodga istiqlolning qadr-qimmatini anglatish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy tadbirdir.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5 318
🎉🎉🎉🎉🎉
🌟 Tug'ilgan kuningiz bilan!
👍Bugun Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Qosimova Gavhar Islomovnaning tavallud kuni!
🔹Hurmatli Gavhar Islomovna!
🔺Sizni Turon universiteti jamoasi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etadi!
✨ Talabalarimizning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilayotgan mehnatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
+3
✍️✍️✍️✍️✍️
😄 TALABALAR UCHUN TANISHTIRUV DARSLARI DAVOM ETMOQDA!
📢 Turon universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlarida talaba-yoshlarni universitet hayoti, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan tanishtiruv darslari davom etmoqda.
📅 Bugun talaba-yoshlar universitetning zamonaviy kutubxonasi hamda ATM markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Tashrif davomida talabalar kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, elektron va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ATM markazlarida yaratilgan sharoitlar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.✔️ Bunday tanishtiruv mashg‘ulotlari talabalarning universitet muhitiga tezroq moslashishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda ta’lim jarayonini yanada mazmunli tashkil etishiga xizmat qilmoqda.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
+6
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
😄 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
📢 Bugun, 8-sentabr kuni Turon universitetida yangi o‘quv yilini mazmunli boshlash, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ularni yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida 1-kurs talabalari uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
✅ Tadbirda universitet rektori, professor L. Yoziyev hamda universitet rahbariyati ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi.🗒 Darslar davomida talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va yangilanish jarayonlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda zamonaviy ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
📄 Shuningdek, yoshlarga Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida bilimli, tashabbuskor va mas’uliyatli avlod bo‘lib kamol topish muhimligi ta’kidlandi.✔️ “Mustaqillik darslari” talabalarning qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirib, yangi o‘quv yilini katta maqsad va ezgu intilishlar bilan boshlashga ruhlantirdi.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
🎉🎉🎉🎉🎉
🌟 Tug'ilgan kuningiz bilan!
👍 Bugun Turon universiteti Tibbiyot fakulteti tyutori Tursunova Feruza Turayevnaning tavallud kuni!
🔹Hurmatli, Feruza Turayevna!
✨ Sizni Turon universiteti jamoasi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etadi.
🔺Talabalarimizning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilayotgan mehnatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
🌐 Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK
5 318
+4
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
😄 TURON UNIVERSITETIDA 1-BOSQICH TALABALARI OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
📢 Turon universitetida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlash, talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish maqsadida 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
👥 Uchrashuv davomida ota-onalar bilan samimiy va ochiq muloqot olib borilib, farzandlarining universitetdagi ilk qadamlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.🗒 Shuningdek, universitetda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim va maishiy sharoitlar, auditoriyalar, infratuzilma hamda ijara masalalari yuzasidan ota-onalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. 💬 Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirib, universitet mas’ullari bilan bevosita fikr almashdilar. Bunday ochiq muloqotlar ota-ona, talaba va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
5 318
+4
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
😄 TURON UNIVERSITETIDA YANGI O‘QUV YILI “MUSTAQILLIK DARSI” BILAN BOSHLANDI
📢 Yangi o‘quv yilining ilk kunida Turon universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega Mustaqillik darslari tashkil etildi.
✅ Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy va beqiyos ahamiyati, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bugungi keng ko‘lamli islohotlar hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha fikr yuritildi.👥 Ayniqsa, yoshlarning Vatan taraqqiyotidagi o‘rni, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi hamda Yangi O‘zbekistonning munosib kelajagini barpo etishdagi mas’uliyati xususida samimiy suhbatlar olib borildi.
📌 Darslar jarayonida “Mustaqillik siz uchun nimani anglatadi?”, “Mustaqillik va biz!”, “Talabalik maktublari” kabi mavzularda tayyorlangan videolavha va kontentlar namoyish etilib, talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil qilindi.✔️ Talabalar o‘z fikr va qarashlarini bildirib, mustaqillikning inson hayoti, yoshlar kelajagi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bayon etdilar.
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
5 318
5 318
+6
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️
😄 TURON UNIVERSITETIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” TADBIRI HAMDA MUSTAQILLIK DARSLARI TASHKIL ETILDI
📢 Bugun, 7-sentabr kuni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostidagi tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
🗒 Tadbirda Turon universiteti rektori, professor L. Yoziyev so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, yoshlarni sifatli ta’lim olish, ilm-fan va innovatsiyalarga intilish, universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorladi.👥 Tadbir doirasida universitetimizning 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi tashkil etilib, ularning talabalik hayotidagi ilk qadami munosib nishonlandi. 📌 Yangi o‘quv yilining ilk kunida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Unda istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimiz taraqqiyoti va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. ✔️ Turon universiteti jamoasi barcha talabalarimizga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaydi!
Bizning sahifalar⭐️TELEGRAM / ⭐️INSTAGRAM / ⭐️YOUTUBE / ⭐️FACEBOOK
