en
Feedback
𝐒𝐲𝐦𝐨𝐧π₯𝐒_π’π›π«πšπ­π₯𝐒

𝐒𝐲𝐦𝐨𝐧π₯𝐒_π’π›π«πšπ­π₯𝐒

Open in Telegram
1 677
Subscribers
No data24 hours
+57 days
-3730 days
Posts Archive
πŸ”₯ Nafs har doim istaydi. Ammo Allohning rizoligi β€” sabrda yashiringan. πŸ’­ Aql egasi nafsini tiyadi, johil esa unga qul boβ€˜ladi…

Sabr β€” qalbni poklovchi nur, Allohga eltuvchi yoβ€˜ldir. Sabr qilgan banda Allohning yordami va marhamatiga muyassar boβ€˜ladi. β€œAlbatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.” (Baqara, 153) Sabrli yurakda muhabbat abadiy yashaydi. πŸŒ™βœ¨

🌿 Sen harakat qil β€” natijani Allohga topshir. Chunki tavakkul β€” ojizlik emas, balki Yaratganga boβ€˜lgan cheksiz ishonchdir. 🀍 Kim Allohga suyanar ekan, Uning yordami har doim yetarlidir… πŸ•‹ β€œKim Allohga tavakkul qilsa, U unga kifoya qilur.”

β€œAllohim, qalbimni foydali ilm bilan ziynatla, Ruhimni halol rizq bilan oziqla, Va hayotimni Senga olib boradigan amallar bilan toβ€˜ldir.”

β€œAlloh seni rad etmaydi β€” U seni tarbiyalayapti. Har kechikkanda rizq β€” pok qalb uchun tayyorlangan ne’matdir. Berilishdan avval poklanish β€” bu Allohning cheksiz mehridir.”

πŸŒ™ Ba’zida Alloh hayotingizga shunday bir insonni yuboradiki... Uning birgina soβ€˜zi bilan qalbingiz iymonga toβ€˜ladi, Bir tabassumi yuragingizni nurga toβ€˜ldiradi. U bilan suhbat β€” ruhni poklaydi, U bilan sukunat β€” qalbga xotirjamlik baxsh etadi. Uning yonida siz Allohning muhabbatini his qilasiz, Har bir amali β€” yaxshilikka undov, Har bir koβ€˜z qarashi β€” iymonga da’vatdir. 🀍 Bunday inson β€” Allohning bebaho ne’mati. U sabab siz yaxshilikka intilasiz, Iymoningiz mustahkamlanadi, qalbingiz tozalanadi. Uning borligi β€” qalbingiz uchun maktab, Har bir uchrashuv β€” ruhingiz uchun saboq. πŸ“Ώ Allohga shukr qiling, Chunki bunday insonlar β€” hayotingizga ma’no, Qalbingizga nur, yuragingizga Allohni eslatadi.

"Alloh senga shunday quvonch ato etadiki, yuragingdan gβ€˜amni yuvib ketadi… va nega xafa boβ€˜lganingni ham unutib yuborasan." 🌿

πŸ’” Qalbni soβ€˜z emas, yolgβ€˜on vayron qiladi... Yolgβ€˜on gap β€” ishonchni oβ€˜ldiradi, muhabbatni oβ€˜chiradi, qalbni ezadi... Chunki bir marta aldagan kishi, ming bora rost gapirsa ham, yurak uni kechirmaydi.

Haqqoniy doβ€˜st β€” iymon yoβ€˜lida hamroh boβ€˜lib, chin dildan yelkadoshlik qiladigan insondir. U sizning xatolaringizni koβ€˜rsa, ustingizdan kulmaydi, balki samimiy duo qiladi. Orqangizdan gβ€˜iybat qilmaydi, aksincha, qalbingizni himoya qiladi. Agar yiqilsangiz, bahona izlamaydi β€” qoβ€˜lingizdan ushlab, mehr bilan koβ€˜taradi. πŸ“Ώ Alloh rizoligi uchun doβ€˜st tuting, chunki bunday doβ€˜stlik nafaqat dunyoda, balki jannat bogβ€˜larida ham abadiy davom etadi. 🀍

Haqqoniy doβ€˜st β€” iymon yoβ€˜lida hamroh boβ€˜lib, chin dildan yelkadoshlik qiladigan insondir. U sizning xatolaringizni koβ€˜rsa, ustingizdan kulmaydi, balki samimiy duo qiladi. Orqangizdan gβ€˜iybat qilmaydi, aksincha, qalbingizni himoya qiladi. Agar yiqilsangiz, bahona izlamaydi β€” qoβ€˜lingizdan ushlab, mehr bilan koβ€˜taradi. πŸ“Ώ Alloh rizoligi uchun doβ€˜st tuting, chunki bunday doβ€˜stlik nafaqat dunyoda, balki jannat bogβ€˜larida ham abadiy davom etadi. 🀍

πŸ•Š Assalomu alaykum, azizlar! Umid qilamanki, bugun hammangiz sogβ€˜-salomat va xotirjam yuribsiz. πŸ’« Bugun qanday status yozsam ekan, nima haqida boβ€˜lsin deb oβ€˜ylab qoldim... Qalblarga yetadigan, ibratli va yurakni toβ€˜lqinlantiradigan biror soβ€˜z yozgim kelyapti. Siz nima deysiz? Bugungi status nima haqida boβ€˜lsa chiroyli chiqadi? ✨

"Agar Alloh sizdan bir narsani olib qoβ€˜ysa, bu siz uchun zararli boβ€˜lgani uchundir. Chunki Alloh siz bilmagan narsani biladi. Balki U siz uchun undan ham yaxshiroq ne’matni tayyorlab qoβ€˜ygandir..." 🀍