en
Feedback
𝐒𝐲𝐦𝐨𝐧π₯𝐒_π’π›π«πšπ­π₯𝐒

𝐒𝐲𝐦𝐨𝐧π₯𝐒_π’π›π«πšπ­π₯𝐒

Open in Telegram
1 677
Subscribers
No data24 hours
+57 days
-3730 days
Posts Archive
✨ Unutma, bu dunyo abadiy emas. Mol, mansab va shuhrat bir kun yoβ€˜qoladi. Ammo iymon, solih amal va sof niyat β€” abadiy sarmoyadir. 🀍 Qalbini pok tut, niyatini toza qil va har ishda Alloh rizosini koβ€˜zla. Chunki Allohning rizosi β€” eng katta baxt va eng goβ€˜zal mukofotdir. πŸŒ™

✨ Doβ€˜st tanlashda hushyor boβ€˜l! Zero, insonning yoβ€˜li β€” uning hamrohiga qarab belgilanadi. Bulbul seni gul tomon yetaklasa, qargβ€˜a axlat sari olib boradi. 🌿 🀍 Shunday ekan, qalbingni pok qiladigan, seni Allohga yaqinlashtiradigan insonlar bilan yur.

πŸ•ŠοΈ Bugun qalbingni pokla, tilingni esa zikr va duo bilan bezat… Chunki Juma β€” qalbni tozalovchi, ruhni yuksaltiruvchi muborak kundir. 🀍 Juma muborak boβ€˜lsin, azizlar! Alloh har bir duoyingizga ijoba qilsin, qalbingizni tinchlik va iymon nuri bilan toβ€˜ldirsin!

✨ Qalbingni iymon bilan toβ€˜ldir, uni sabr bilan bezat. Unutma, Allohning va’dasi haqdir. Jannat seni kutmoqda 🀍🌿

🀍 Haqiqiy muhabbat – faqat his-tuygβ€˜u emas, uning asosi imon va ixlosdir. πŸŒ™ πŸ’ž Sevgi β€” bir-birini tushunish, hurmat qilish, mehr va e’tibor berishdir. Ogβ€˜ir damlarda qoβ€˜llab-quvvatlash, yonma-yon turishdir. 🌿 Ammo eng goβ€˜zali β€” har qanday holatda ham Alloh uchun sodiq qolishdir. πŸ•Œ Zero, Alloh rizosidagi muhabbat β€” barcha muhabbatlardan pok va abadiydir. πŸƒπŸ€

✨ Sevmoq goβ€˜zalmi yoki sevilmoq? Agar Alloh uchun boβ€˜lmasa β€” na sevmoq goβ€˜zal, na sevilmoq… πŸƒβ€οΈβ€πŸ©Ή

✨"Ba’zan inson hech kim bilan gaplashishni istamaydi… Ammo qalb Allohga yuzlanishni xohlaydi. Unga dardni aytish uchun soβ€˜z shart emas – sukut ham duo, koβ€˜z yosh ham ibodatdir. 🀍"

✨ **β€œAziz birodarim! Hech qachon namozni qazo qilmang. Bugun sizga Alloh huzurida sajda qilish ne’mati berilgan, ammo qabrlarda yotgan millionlab insonlar bu imkonni orzu qiladi-yu, endi qaytarib ololmaydi. Hayot juda qisqa, vaqt esa oltindan ham bebaho. Namoz β€” bandani Parvardigoriga eng yaqinlashtiruvchi ulugβ€˜ ibodatdir. Shukr qilib, tiriklikda namozni vaqtida ado etishga odatlanaylik. Chunki ertangi kun kafolatlangan emas. πŸ€β€**

✨ β€œHaqq yoβ€˜ldan hech qachon qaytma. Odamlar seni kamsitishi mumkin, ammo Alloh seni izzat va sharaf bilan yuksaltiradi. Zero, Unga tavakkal qilib sabr qilgan bandani hech kim xoβ€˜rlay olmaydi.” 🀍

✨ β€œAllohga suyanib yashagan qalb hech qachon yiqilmaydi. Chunki Unga suyanish β€” eng katta kuch, eng goβ€˜zal taskindir.” 🀍