Umar Muhandis
Open in Telegram
alien. hckr. chlngr. fndr. bldr. leve Palestina 🇵🇸
Show more1 510
Subscribers
+224 hours
+17 days
+1130 days
Posts Archive
1 509
Kitob o’qish, yozish qobiliyati va fikrlay olish sun’iy intellekt zamonida har qachongidan ko’ra muhumroq.
Odamzot fikrlash qobiliyatini boy bergandan so’ng qullikka mahkum bo’ladi.
Yuqoridagi parcha 1965-yilda Frank Herbert tomonidan yozilgan “Dune” kitobidan olingan
1 509
Yangi sun'iy intellekt modellarni sinash uchun bo'ydoqlarning benchmarki.
Fable'da sinash yoddan ko'tarilibdi, essiz...
1 509
Claude Fable’dan foydalanish uchun Amerika hukumati alohida viza rejimini joriy qilmasa bo’ldi deb turibman…
1 509
microservices
kubernetes
sharding
distributed systems
event-driven architecture
load balancing
ikki yil avval bularni o‘rganmasdan to‘g‘ri ish qilibman...
1 509
“Kelin-kuyov bozori”
Shanxayda qiziq bir konseptga duch keldim.
“People’s Square” parkiga borsam, mahalliy aholi bilan liq to‘la. Dastlab nima bo‘layotganini tushunmadim. Har yerda A4 qog‘ozlar, xitoy tilida yozilgan ma’lumotlar bilan park bo‘ylab terib qo‘yilgan.
Qiziqib, bir xitoylik yigit bilan suhbatlashdim.
Ma’lum bo‘lishicha, bu yer mahalliycha “nikoh bozori” ekan.
Ota-onalar bo‘ydoq o‘g‘il-qizlarining “CV”sini tayyorlab, shu yerga olib kelishar ekan: yoshi, bo‘yi, kasbi, daromadi... Keyin boshqa ota-onalar bilan gaplashib, mos keladigan nomzod topsa, kontakt almashishadi.
Oflayn linkedIn, lekin nikoh uchun.
Ana bo‘lmasa innovatsiya.
Endi bu postni ko‘rib, o‘zbek ota-onalar Shanxayga reys qidirishni boshlasa kerak 🤭
1 509
+1
Emirates’da 5 oydan buyon ishlayotganimga qaramasdan, bugun birinchi bor parvoz qilishim. Ochig’i, yerdan 10k km balandlikda internetga ulanib, bu xabarni yozish meni lol qoldirdi. Odamzot nimalarni o’ylab topmaydiy-a?
1 509
Kuchli shaxsiyat yillar davomida orttirilgan mashaqqatli tajriba, ko’nikma, og’riq, va hayotning past-balandlari orqali shakllanadi. iPhone, Gucci, Rolex, BMW'larni sotib olish orqali emas.
1 509
Yaqin kelajakda “Hayotingizni o’zgartirgan uchta kitob qaysi?” o’rnini “Hayotingizni o’rgartirgan uchta prompt qaysi?” savoli egallasa kerak
1 509
stop overthinking, start acting.
stop consuming, start producing.
stop waiting, start building.
stop doubting, start executing.
stop pity parties, start grinding.
stop fearing, start facing.
stop dreaming, start becoming.
champ.
1 509
Haqiqiy boylik moddiyatda emas, qalbning kengligida.
Tashqi ko’rinish, pul, obro’ e’tibor, bilakdagi quvvat, mashina. Bular hammasi illyuziya. Yuqoridagilar Yaratganga yaqinlashtirmasa, kun kelib sohibini jarlikka qulatadi.
Kishi puldor, ayni damda qalbi tor va ziqna bo’lishi mumkun. Bunday kishi boy hisoblanmaydi. Boshqa bir kishi o’zi g’arib, ayni damda qalbi keng va saxovatli bo’lishi mumkun. Shu kishi aslida boy.
Jamiyat o’rnatgan o’lchovlar bizni aldab qo’ymasin.
1 509
Biz virtual iste’molni odatiy holatga aylantirib qo‘ydik. Ko’chada yurganda podkast tinglash, hammomda yangiliklarni o’qish, sport bilan shug’ullanayotganda musiqa tinglash, taom iste’mol qilayotganda esa Youtube tomosha qilish odatiy hol. Sukunatni doim nimadir to‘ldirib turishi kerak.
O‘z fikrlarimiz bilan, o’zimiz bilan yolg‘iz qolishdan qo‘rqamiz. Ongimiz uchun nafas olishga ham joy qoldirmadik.
Miyaga har xil manbalardan tinimsiz ma’lumot kiravergandan so’ng, o’zimizni lohas va zo’riqqan his qilishimiz tabiiy.
