en
Feedback
Xurshid Saidmuhammad | Notes

Xurshid Saidmuhammad | Notes

Open in Telegram

🔹Shaxsiy rivojlanish📚 🔹Tarjimalar📝 🔹Topilgan Hikmatlar💭

Show more
997
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-5330 days
Posts Archive
Ovozli suhbat(Live Chat) uchun qaysi vaqt qulay?
Anonymous voting

Salomatmisizlar? Ovozli suhbat uchun bildirilgan pozitiv mumobatlarga tashakkur. Nasib qilsa 23-noyabr kuni chatlashamiz😊 Qaysi vaqt siz uchun qulayligini pastdagi anketada belgilab qo’ysangiz hammaga ma’qul vaqtda o’tkazamiz. 🙋🏻‍♂️

☀️ Har kun biz uchun tuhfa. Yangi kun muborak! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

🤗 Assalomu aleykum azizlar! Hammamizga yangi hafta xayrli kelsin! Shu desanglar, shuncha blog postlar qo’yib biror marta ovozli suhbat (Live Chat) qilmagan ekanman. Nima deysizlar, bir-ikki kun ichida Ovozli suhbat qilamizmi? Qo’shilmoqchi bo’lganlar kommentda + belgilashinglarni so’rayman. Talabga qarab suhbatni tezlashtirib yuboramiz. Hammaga yaxshi kayfiyat! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

💡4️⃣0️⃣ Sinab ko’rib, o’xshamasa yana boshidan boshlashga jasorat topa olishimiz kerak! Suratdagi yovvoyi g’oz Grenlandiya v
💡4️⃣0️⃣ Sinab ko’rib, o’xshamasa yana boshidan boshlashga jasorat topa olishimiz kerak! Suratdagi yovvoyi g’oz Grenlandiya va Shimoliy Evropaning arktik tundralarida ko'payadi. Ona g’oz har gal yirtqichlardan himoya qilish uchun 120 metrdan yuqori bo’lgan baland qoyada tuxum bosadi. Polaponlar tuxumdan chiqishi bilan ularni to’ydirish uchun ona g’oz har gal bolalarini qoyada tashlab, o’zi pastga uchib tushadi va qoyaga qaytib bormasdan yangi tuxumdan ochib chiqqan qushchalarni anashu balandlikdan uchib tushishini kutadi. Uchishni bilmaydigan polaponlar onasiga ergashib 120m balandlikdan sakraydi. Va har gal manashu jasorat bilan hayotini boshlab, o’z bolalaridan ham xuddi shu jasoratni kutadi. Oxir oqibat shunaqa chiroyli va baland parvoz qiladigan qushga aylanadi. Bu shunchaki bir qushning yashashdan bo’lgan maqsadi sari ko’rsatadigan jasoratidan misol edi. Xulosani hammani o’ziga qoldiraman. ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

📚 Yaponiyada Ingliz tilidagi kitoblarning tanlovi juda kam. Kitob do’konlarining kichik burchagiga 20-30ta kitob qo’yib qo’yishadi. Kerakli kitobni topish qiyin. Lekin, ko’p tanlovi bor kitob do’konini topib olsangiz, u yerdan chiqib keyish undan ham qiyin😁 Xullas, 1ta katta bizness jurnal, 2ta bolalar kitobi va 2ta o’zim uchun shaxsiy rivojlanishga oid kitob xarid qilib chiqdim. Bir oyda 1ta yangi kitob olishga odatlaning! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣9️⃣ Yangi haftani rejasiz boshlamang! Oldimizga qo’ygan katta maqsadlarimizni natijaga olib boruvchi instrument - bu kichik rejalarning tuzilishidir. Agar haftalik rejalar qilishingizga muhit halaqit berayotgan bo’lsa, hech bo’lmasa hafta davomida faqat bitta narsaga fokus qilib, shuni oxirigacha tugatishdan boshlang. Kichik yutuqlar to’planib-to’planib ruhiyatingizga ta’sir o’tkazadi va oxiri muhitga ham e’tibor bermay qo’yasiz. ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

Assalomu aleykum hammaga! Salomatmisizlar, bormisizlar? Yangi boshlanayotgan hafta hammaga samadorli kelsin. Hafta boshi bo’lgani sabab, bir savolni hammani o’ziga qoldiraman va o’ylaymanki, bu oddiy savol samaradorligingizni oshiradi: Savol: Yangi hafta uchun rejalarni tuzdingizmi va ular qanchalik reallikka yaqin? Hammaga yaxshi kayfiyat! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣8️⃣ Hamma yaltiragan narsa ham siz o’ylagandek emas! Chet elga borishni va u yerda yashashni - xuddi supermarketdagi chiroyli qadoqlangan, lekin yaroqlilik muddati o’tib ketgan shirinlikka o’xshataman. Bilmay iste’mol qilib qo’yasiz, keyin qorningiz og’rib yuradi. Bu bir oddiygina chetga “surib ketishni” xohlaganlarga bo’lgan qiyos. 3-4 kishining maslahati bilan ko’zingizga chiroyli ko’ringan narsaga darrov katta qiziqish bildirmang. Yaroqlilik muddatini ham qarab qo’yishni unutmang! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣7️⃣ Omadsizlikni tan olmang! Qachonki insonlar o'zlaridagi fundamental fazilatlarni(skills) rivojlantirsa bo'lishiga ishonishsa, muvaffaqiyatsizliklar ularga og'ir va alamli bo'lsa ham, bu ularga “omadsiz” degan statusni berishiga yo'l qo'yishmaydi. 👉 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣6️⃣ Eshitadigan inson bo’ling! Qanchalik band bo'lmaylik, atrofdagilarni eshitish uchun albatta vaqt topish kerak. Juda ham qiynalib turgan kishi muammosini balkim faqat siz bilan ulasha olar, yoki juda ham xursand kishi yutug'ini siz bilan bo'lishgisi kelgandir. Sizni doim ‘’eshitadigan” lider, ota-ona, do'st deb bilishsin. 👉 @lidernotes

#Iqtibos_time Agar tezroq natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, yolg’iz harakat qiling! Agar uzoq va davomli natijaga erishmoqchi
#Iqtibos_time Agar tezroq natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, yolg’iz harakat qiling! Agar uzoq va davomli natijaga erishmoqchi bo’lsangiz, birdamlikda harakat qiling! (Tarjimasi shunaqaroq bo’lishi kerak😊) @wisdommadeeasy 👉@lidernotes

💡3️⃣5️⃣ Qanday informatsiyasi iste’mol qilyotganingizni filtrlang! “O’zbekcha kontentlar trash (ahlat)ga to’lib ketdi” kabi
💡3️⃣5️⃣ Qanday informatsiyasi iste’mol qilyotganingizni filtrlang! “O’zbekcha kontentlar trash (ahlat)ga to’lib ketdi” kabi fikrlarga yuqoridagi rasmda kerakli javobni berib qo’yilgan. Shunchaki qo’shimcha qilmoqchi bo’lgan maslahatim - hech kim sizga majburlab ko’rsatmayapti o’sha ahlat kontentlarni. Yoki bekordan bekorga sizning lentangizda chiqib kelmayapti. Filtrlashni o’rganing, filtrlashni boshlang. Ozgina miyyaga havo boradi shunda. 👉 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣4️⃣ Tez-tez ta’til olib turing! Qaysi vaqtda o'zingiz uchun ta'til e'lon qilishingiz juda muhim. Chunki, ish va shaxsiy hayot sizni o'zingiz bilmagan holda charchatib qo'yadi. Vaqti-vaqti bilan qisqa ta'tillar juda muhim. Rahbarlarimdan biri aytgandi:
“doim menda eng kamida yarim yillik ta’til rejalarim tuzilgan bo’ladi va shu meni har kuni yaxshi kayfiyatda ishga borib kelishimga yordam beradi.”
👉 @lidernotes

#Iqtibos_time “Fokus inkor qilish bilan boshlanadi, konsentratsiya bilan yaxshilanadi va davomiylik bilan mukammallashadi!” “
#Iqtibos_time “Fokus inkor qilish bilan boshlanadi, konsentratsiya bilan yaxshilanadi va davomiylik bilan mukammallashadi!” “Atom odatlar” 👉 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣3️⃣ Ba’zan bilmay boshlash foydali! Inson psixologiyasi shu darajada ehtiyotkorlikni birinchi o'ringa qo'yadiki, agar aqlimizdagi biror yangilikni boshlash bizga foydadan ko'ra qiyinchiliklar yoki zararlar olib kelishini oldindan bilsak katta ehtimol bilan shu ishni boshlamaymiz. Atrofimizdagi katta yutuqlarga erishgan insonlar esa boshida ko'p narsani bilmay boshlashgan bo'ladi. 👉 @lidernotes

Assalomu aleykum azizlar! Bismillah, deb anchadan beri boshlamoqchi bo’lib yurgan bir ishni boshladim. Instagramda qisqa videolar orqali shaxsiy rivojlanish, liderlik va bizness coaching(kouching) mavzularida sizlarga foydali bo’ladigan kontentlarni ulashib borishni maqsad qildim. Sizlardan esa shundoq Instagram sahifamga shu link 🔗 INSTAGRAM 🔗 orqali o’tib, OBUNA bo’lib va KOMMENTlaringiz bilan qo’llab-quvvatlab yuborishingizni so’rayman! Men esa bir-biridan qiymatli videolar joylashga VA’DA beraman! Mehringiz uchun oldindan rahmat! 👉 @lidernotes

#101Maslahat 💡3️⃣2️⃣ Hozir boshlashingiz uchun nima halaqit qilyapti?! Mukammallikni kutib o’tirish - bu bizning eng ashaddiy dushmanimizdir. Rivojlanish doim mukammallikdan yaxshiroqdir! Haftalab, oylab yoki yillab mukammallikka intilib yurganingizda, boshqa tengdoshingiz har kuni ozginadan bo'lsa ham rivojlanib oldinlab ketyapganini unutmang! Bugunoq boshlang! 👉 @lidernotes

#Iqtibos_time “Bir kun tongda uyg’onasan va anglab yetasanki, doim qilmoqchi bo’lgan ishlaring uchun vaqt qolmagan bo’ladi. S
#Iqtibos_time “Bir kun tongda uyg’onasan va anglab yetasanki, doim qilmoqchi bo’lgan ishlaring uchun vaqt qolmagan bo’ladi. Shunday ekan, hoziroq, bugunoq boshla!” ©️ Novelist Paulo Coelho 👉 @lidernotes