cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ISMOILIY (Valfajr🫀)

Adabiyot boʻyicha doim kuzatib boradigan kanalim: @avatar_lar

Show more
Advertising posts
753
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Umid ber uhlashdan oldin oʻzinga, Balki erta oʻlarman deya. 2023 @valfajr_01
Show all...
*** Qoʻl uzatding vidolashishga Nima uchun yigʻlaysan axir. *** Men kimdan minnatdor boʻlmogʻim kerak Koʻksimni toʻldirgan Sof havo uchun Oʻtib ketgan qizning koʻzlaridagi Kulrang samo uchun Sekin qoʻlimda Erib ketayotgan uchqun qor uchun Men kimdan minnatdor boʻlmogʻim kerak Men nomin bilmagan yulduzlardanmi Paltomdan tuflimdan gʻiz-gʻizlardanmi? *** Kecha ikki qavat edi Bugun uch qavat Ertaga toʻrt qavat Indin besh olti Sanoqsiz daromad Sanoqsiz qavat Oʻsmoqda janoblar oʻsmoqda Yuksalmoqda bizning mamlakat *** Men qashshoqman Shoir boʻlib tugʻilganman Ammo tila tilagingni nima xohlaysan Oʻktoy Rifat @valfajr_01
Show all...
Repost from Muhammad Solih
Photo unavailableShow in Telegram
KITOBLAR Hech qachon o‘lolmas Asli o‘lik bo‘lgan kitoblar, Hidi ham chiqmaydi jasadlaridan Kitob do‘koniga kirsangiz. Haqiqiy kitoblar o‘lishi mumkin, Hidlanishi mumkin Haqiqiy kitobning jasadi. Shu sabab, ularni ko‘mmasa bo‘lmas, Yondirmasa bo‘lmas shu sabab. 1978 Muhammad Solih
Show all...
Бўлсанг ҳам узоқда сен, умр бўйи ахтараман, Нима бўлса бўлсин, сени охир топаман. Сенинг учун ўламан, истасанг ёлвораман, Кел илтимос, тез кел.
Show all...
Kechirim soʻrayman, Sendan gulgʻuncha, Seni shu vatanga ekkanim uchun. 2023
Show all...
Esimda borligida aytib qoʻyay. Men ham vaqtida katta xatolar qilganman. Shulardan bittasi Ahad Qayumni uchta she’riy kitobini oʻqib chiqqanim boʻlgan. Lekin bu xatoni oʻzimcha oqlayman chunki men oʻsha paytda oltinchi sinfni endi tugatgan edim. Yosh edim. Opamni sinfdosh dugonasi opachamga oʻqishga bergan. Oʻshanda birinchi kitobini oʻqiganman. Tushunyapsizlarmi Ahad Qayum qanaqa brend boʻlgan oʻsha paytda. Opamni sinfdosh dugonalari uni rasmlarini, kitoblarini paytida yigʻib yurishardi. Ahad Qayum desa oʻlib qoladiganlari bor ediya. Keyinchalik Urganchga dadam bilan kitob doʻkoniga borganmiz. Shunda dadam kitob tanlayver oʻzinga, men oʻzimga tanlayman deganlar. Shu paytda yana bir katta xatoni qilganman. Ulkan kitob doʻkonidan Ahad Qayumni “Endi sevmayman endi” she’riy kitobini koʻtarib chiqqanman. Dadam uyda Rauf Parfini, Matnazar Abdulhakimni, Omon Matjonni kitoblari bor. Shularni oʻqib koʻr deganlar. Biroq men yoʻq dada mana shuni oʻqiyman deganman. Ahad Qayum bilan yana bir qiziq voqea boʻlgan. Bir kuni Ahad Qayum haqida qaysidir guruhda gap chiqib qoldi. Oʻzimcha uni she’riyati haqida gapirishga tushdim. Bitta qiz men bilan tortishishga kirishib ketdi. U qiz uni matqardi men esa uni fikrlarini inkor qilardim. Bu voqeani koʻp choʻzib oʻtirgim yoʻq. Tortishganimizdan soʻng oradan uch kun oʻtib oʻsha qiz oilasi bilan tushgan rasmni instagram storisiga joyladi. Rasmda Ahad Qayum oʻrtada jilmaygancha turardi. U qiz Ahad Qayumni singlisi edi. Lekin bir-birimizni yomon koʻrib qolmadik. Yiliga bir-ikki yozishib turamiz. Qisqasi shu. @valfajr_01
Show all...
Men bir malham boʻlay, Mayli azizam. Yarang bitganida unutgil meni. 2023 @valfajr_01
Show all...
Siz bormoqchi boʻlgan yoʻlga hali borib boʻlmagan insondan hech qachon maslahat olmang. @valfajr_01
Show all...
Bir kuni kichkina tumanni hokimi yordamchilaridan Rumiyni oʻqiganmisizlar deb soʻrab qoladi. Qarasa hech biri Rumiyni kitobi tugul Rumiyni kimligini ham bilishmas ekan. Shunda hokim har biriga Rumiyni qaysidir kitobini topib oʻqishni topshiriq qilib buyurgan ekan. Yoshligidan adabiyotni sevib oʻqigan dadam bu voqeani menga kulgu aralash qilib aytib berdi va gapini ohirida Rumiyni kitobini topib oʻqidilar ham deylik lekin ular Rumiy nima deyayotganini tushunisharmikin oʻzi deb kuldi. Oʻzimcha oldin Oʻzbekistonda ilmni qadri yoʻq derdim. Dadamni aytib bergan gaplaridan keyin tushundimki. Hokimiyatlarda umrida kitob oʻqimagan Rumiyni kimligini bilmagan odamlar ishlaganidan keyin qanday qilib ilmni qadri boʻlishini. Qisqasi haqiqatni tan olish kerak. Oʻzbekiston kelajagi hech qanaqasiga buyuk emas. Shunchaki nomigagina mustaqil ammo har bitta ishini boshqa bir davlatdan soʻrab ish qiladigan mamlakatdir va bu holat yana yuz yillab davom etaveradi. Aslida bu qora xalq demokratiyaga tayyordir. Ammo bizni chala-savod umrida kitob oʻqimagan siyosatchilarimiz demokratiyaga tayyor emaslar. Bizda muxolif partiyalar yoʻqligi ham amaldorlarimiz demokratiyani yomon koʻrishini va bunga tayyor boʻlishga hech qachon harakat qilmasliklarini koʻrsatib turadi. @valfajr_01
Show all...
Dostoyevskiyni asarlarini sevuvchilarni qattiq hurmat qilaman. Lekin daho yozuvchini qaysidir asarini menga sovgʻa qilishsa hurmatim ikki baravar ortib ketadi. Ohirgi marta uchta qizdan kitob sovgʻa qabul qilib oldim. Eng qizigʻi uchalasidayam sovgʻalari ichida Dostoyevskiyning “Telba” asari borligi. Menimcha tasodif boʻlsa kerak derdimu biroq tasodiflar tasodifan boʻlmaydi deyishardi. Balki haqattan ular mening telbaligimni bilishgani sabab kitob orqali ishora qilishgandir. Iltimos yana kimdir meni telba deb hisoblasa albatta Dostoyevskiyning “Telba” kitobini sovgʻa qilishi mumkin. Men bundan albatta quvonaman. Chunki nafis did egasigina Dostoyevskiyni qaysidir asarini sovgʻa qila olishi mumkin. @valfajr_01
Show all...