1 638
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
1 638
🌿 Maylimi?
🌝 Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo'llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo'lsang, shunday yoqasan, bo'g'irsoq" deb ayting, Maylimi?
🌝 “Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi?
🌝 Kasal bo'lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko'rmaganday bo'lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi?
🌝 Xato qilib qo'ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so'kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O'zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi?
🌝 Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O'qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi?
🌝 Yig'lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig'lamagin, yagonam, har bir to'kkan ko'z yoshing uchun Allohdan so'ralaman" deng, Maylimi?
🌝 Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi?
1 638
MEHR
Hech kim birovga mehr berishni xohlamaydi~yu, ammo hamma mehr kutib yashaydi.… 🍃
Hamma erki qo‘lida bo‘lishini istaydi~yu, ammo kimgadir kerak bo‘lishlik baxtidan ham bebahra qolishni istamaydi.…🍃
Ibodat qilishga erinamiz-u, ammo ne’matlaridan mahrum bo‘lishni xohlamaymiz.… 🍃
Kimdir bizni baxtli qilishini orzu qilamiz, lekin kimnidir baxtli qilish istagi bizga begona.… 🍃
Har doim MENGA…! deb yashaymiz-u, ammo •MENChI• degan savol xayolimizga ham kelmaydi.... xuddi butun dunyo bizni deyishi kerakdek.… 🍃
Aslida esa, mehr kutishdan oldin mehr berishni, kerak bo‘lishni istashdan oldin nimadir qilish kerakligini, kimdandur baxt umid qilishdan oldin, o‘sha baxt uchun loyiq bo‘lish kerakligini tushunishimiz darkor.🍃
1 638
🌱Odamlarning men haqimda nima deb o'ylashlari menga qiziq emas, sababi o'z hayotimni faqat men bilaman, odamlar emas, men yashayapman o'z hayotimda. Men hammani rozi qilish uchun tug'ilmaganman. Ular istagandek yashamayman! Men aynan men bo'lishim uchun hammadan ajralib turish uchun tug'ilganman!
1 638
Sen dunyoni qanday ko'rasan?
Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan.
Xafa bo'lma, hamma shunday. Misol keltiraman:
1. Ikki yarimta yigitdan xafsalasi pir bo'lgan qiz - hamma yigitlarning dardi bir deb o'ylashni boshlaydi. Faqat bekorchi qizlar bilan gaplashishga o'rganib qolgan bola - yaxshi qizlar qolmadi deb o'ylaydi.
2. Jiyani diplomi bilan ish topa olmasa, farzandiga - ana qara, o'qib nima ham qilarding deydi. Bitta 3 ga o'qigan boyib ketsa, boyib ketish uchun yaxshi o'qish shart emas ekan deb, shuni misol keltirib yuradi.
Dunyo juda katta. Biz tanigan 200-300 ta odam dunyo aholisi tursin O'zbekiston aholising mingdan biri ham emas.
Bu dunyoda ovqat yeyaverib ozadiganlar ham, chiroyli, aqqli bo'laturib 3 marta turmush qurganlar ham, 5 ga o'qib boyib ketgan va boyib ketmaganlar ham, 20 yoshda o'z yo'lini topgan va 40 yoshgacha qidirib yurganlar ham bor. Hayot shunisi bilan qiziq.
Lekin bunday xato fikrlashni to'g'rilashning yo'li bor. Birinchisi Allohning taqdiri azaliga iymon keltirganingni esdan chiqarmasliging.
Ikkinchisi ko'p kitob o'qish. Uchunchisi o'zingdan ancha aqlli va tajribali insonlar bilan ko'p suhbatlashish.
1 638
Nega kayfiyatingiz yo‘q..?
Nimadan tashvishdasiz..?
Nega noshukursiz..?
Qayg‘uyingiz sababi nima..?
Alhamdulillah deyishingizga nima halaqit beryapti?
...Ibrohim Halilulloh singari olovga otdilarmi sizni..?
...Yusuf alayhissalom singari chuqurlarga tashladilarmi..?
... Ayyub payg‘ambar kabi badaningizni yaralar qopladimi..?
...Yaqub alayhissalom kabi sevikli farzand dog‘ida ko‘r bo‘ldingizmi..?
...Yunus alayhissalom singari dengizga tashlab yuborildingizmi..?..
... Nimadan norozisiz..?
...Muhammad sollalohu alayhi vasallam kabi toshbo‘ron qilindingizmi..?
..Poyafzalingiz boshingizdan oqqan qonlarga to‘ldimi..?
...Namoz o‘qiyotganingizda boshingizdan iflos qorin ag‘dardilarmi..?
...Tishingizni sindirdilarmi..?
... Yuzingizga tupurdilarmi..?
...Hamza roziyallohu anhu kabi quloq-burningiz kesildimi..?
...Yuragingiz sug‘urib olindimi..?
...Musayb ibn Umar roziyallohu anhu singari qo‘llaringizni kesdilarmi..?
... Bilol roziyallohu anhu kabi qizigan qumlarga ko‘mib, ustingizga cho‘g‘day toshlarni bostirdilarmi..?
...Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu singari badaningiz qilich va xanjarlar zarbidan ilma-teshik bo‘ldimi..?
...Ali, Umar, Usmon roziyallohu anhum singari xanjarlandingizmi..?
...Unda nega avzoyingiz buzuq..? Nega asabiysiz..?
...Uyalmaymizmi..?
...Agar rizq vajidan bo‘lsa, o‘zingizni bosing...
...Bandalarining rizqi Yaratganning zimmasidadir...
... Qayg‘ursangiz, Allohga loyiq qul, Muhammad alayhissalomga munosib ummat bo‘lolmayotganingizga qayg‘uring...
...Qayg‘ursangiz, insoniylikning o‘ldirilishiga indamay qarab turganingiz vajidan qayg‘uring...
...Qayg‘ursangiz, kichik amallaringizdan quvonib, katta ayblaringizdan g‘ofil qolayotganingizga qayg‘uring...
...Qayg‘ursangiz, o‘zingiz amal qilmayotgan nasihatlaringiz, o‘z hayotingizga tadbiq etilmayotgan loflaringiz vajidan qayg‘uring...
...Oyoqda mustahkam turgan gunohlaringiz, hilviragan tavbalaringiz uchun qayg‘uring...
...Boshqa qayg‘ularga yo‘l bo‘lsin...
...Norozilikning davosi - tavba...
Odam alayhissalom bir xato uchun bir necha yuz yil tavba qilgan edilar.
Bizchi?
Allohim bandasiga toqatidan tashqari qiyinchiliklarni yuklamas. Shu qiyinchiliklar, azoblar bo‘lmasaydi, biz uchun oxiratda xushnudliklar bo‘lmasdi...
1 638
Ayolingiz haqidagi siz bilmagan 2⃣0️⃣ta fakt
1⃣ Ayolingiz mukammal emas, kechirimli bo‘ling.
2⃣ Ayolingiz suyagingizdan yaratilingan. Uni sindirib qo‘ymang.
3⃣ Ayolingiz sizga berilgan ne’matdir. Uni qadrlang.
4⃣ Ayolingiz noyob marvariddir. Dayuslik qilmang, uni rashk qiling.
5⃣ Halolingiz sizning eng yaqin do‘stingizdir. U bilan do‘stona munosabatda bo‘ling.
6⃣ U sizning quvonchingizdir. Uni ranjitmang.
7⃣ Ayolingiz - qadri baland boyligingiz. U bilan go‘zal munosabatda bo‘ling.
8⃣ Ayolingiz sizning rizqingizdir. Uni qadrlang.
9⃣ Ayolingiz shayton emas. Uni tark qilmang.
🔟 Ayolingiz bilan faqatgina yaqinlik paytida emas, balki hayotning har jabhasida yonma-yon bo‘ling. U faqat jinsiy aloqa uchun oldingizda turmaydi.
1⃣1⃣ U sizning dushmaningiz emas. Unga dalda bo‘ling.
1⃣2⃣ Ayolingiz maishiy matoh emas. Oila a’zolaringizning qo‘liga topshirib qo‘ymang.
1⃣3⃣ Juftingiz raqibingiz emas. U bilan raqobatlashmang.
1⃣4⃣ Juftingiz ayol kishi. Uni hurmat qiling.
1⃣5⃣ Ayolingiz eksklyuzivdir. Uni hamma bilan solishtiravermang.
1⃣6⃣ Ayolingizni erkalashlarga muhtojligi bor. Uni zo‘rlamang.
1⃣7⃣ Ayolingiz sizga sodiq. Undan shubhalanmang.
1⃣8⃣ U ahmoq emas. Unga quloq tuting, maslahatlashing.
1⃣9⃣ Ayolingizning yordamingizga ehtiyoji bor. Unga yordam bering, ko‘maklashing.
Va eng muhimi...
2⃣0⃣ Ayolingiz omonatdir va oxiratda Alloh taolo huzurida u haqida so‘ralasiz. U bilan shu hisob haqida unutmagan holda muomala qiling.
1 638
#hayotiy #qarashlarim
Erkak kishi ayoldan ko'p jihatdan ustun bo'la olishi kerak, bo'lmasa ayol o'z ojizaligini his qilmay qo'yadi, bu esa turli muammolarga sabab bo'lishi mumkin.
Sovchi qo'yayotgan yigitlar o'ylab ko'rishi va ular o'z-o'ziga savol berishi kerak "Men unga loyiqmanmi, iymoniga loyiqmanmi ? U namozda, ibodatda, hijobda, iffatini saqlab yuribdi, ilm yo'lidan ketyapti, menchi ? Men unga buyruq bera olishim uchun taqvosidan taqvoyim ustunmi ?" kabi savollar..
Achchiq haqiqat, ko'chada maishat qilib yurgan har bir erkak "yaxshi ayol" xohlaydi... O'zini zinodan tiya olmaydiyu, ammo oilaparvar, iymonli, hech kim bilan gaplashmagan bo'lsin deydi, hijobi ham ularga yaxshigina yoqib tushadi !
Ayolni pulga ko'mib qo'yish qo'lingizdan kelar, ammo aqldachi ? Tafakkurdachi ? Iymondachi ? Sunnatdachi ?
Ba'zida yigitlarning bu harakatini ko'rib ularga "QIZ" emas, shunchaki "XOTIN" kerak ekanda deb o'ylab qolaman...
Turmushga harakat yigitlarga berilgan, qizlardan esa shunchaki qaror qilish. Ba'zida, harakatsiz yigitlarni ko'rib o'zi kim uylanyapti deb o'ylayman... ?
Sizga osonmi bir inson ota-onasi, jigarlaridan vos kechib sizning yoningizda yashashi ? Buni o'ylab, his qilib ko'rganmisiz ? To'ydan oldin uning shartlariga, xohishiga, sizdan talabiga nahotki qiziqmasangiz ? O'zingizni haqqingizni bilibsizu, ayolning haqqini chetga surmadingizmi ?
Vazifamizni unutib qo'ymadikmi ?
1 638
Haqiqiy sevgi kimningdir kamchiliklariga e'tibor bermaslik, koʼz yumish degani emas ,balki uning kamchiliklarining bag'riga otilish, borini boricha qabul qilgan holda sevish demakdir. Kamchiliklarni yashirish yoki ularga e'tibor bermaslik oson ish,eng muhimi ,o'sha kamchiliklar birovniki emas,balki o'zingizniki kabi seva olishingizdir .Demoqchimanki, ko'zning rangi, bo'yi yoki vazni unchalik muhim emas. Zotan, kimnidir chin dildan, samimiy sevsangiz, siz uchun undan mukammal inson bo'lmaydi. Faqat u sizga eng go'zal tarzda qaraydi, faqat u eng ajoyib bir tarzda qo'lingizdan ushlaydi, faqat u eng shirin tabassum qiladi...
1 638
Man – qo‘rqoq otadan botir, ilmsiz otadan dono, yolg‘onchi otadan haqgo‘y farzand dunyoga kelganini ko‘rdim.
Lekin, buzuq onadan hayoli, ilmsiz onadan donishmand, o‘g‘ri onadan to‘g‘ri farzand tug‘ilganini ko‘rmadim.
Millatni yuksaltirishni xohlasak, avvalo ayollarni o‘qimishli qilishimiz kerak.
1 638
Oʻlgandan keyin ikki ehtimol bor:
Yo bundan keyin boshqa dardlaringiz boʻlmaydi,
Yoki dardlar siz uchun endi boshlanadi.
1 638
Бир инсондан сўрашибди:
– Қайси инсонларни яхши кўрасиз?
– Танимаган инсонларимни...
1 638
Boshqalar siz haqingizda nima deyishi mumkinligi haqida umuman oʻylamang!
Baribir gʻiybat qilishadi.
Har qanday hayol haqiqatga aylanishi mumkin.
Faqat yaxshi narsalar haqida oʻylang.
Oʻzingizni seving va asrang.
Goʻzal va sogʻlom boʻlsangiz hammaga keraksiz!
Birovni gʻiybat qilmang.
Doʻstlaringiz koʻp boʻladi.
Seving va seviling.
Hayot zavqli boʻladi.
Hamma narsani talab qilishdan avval berishni oʻrganing, mehrni ham, muhabbatni ham, eʼtiborni ham.
Albatta qaytadi.
Evaziga nimadir qaytarishlarini kutmasdan berishni oʻrganing.
Insonlar bilan shartsiz munosabat oʻrnatish, hayotingizni ancha yengillashtiradi.
Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikki marta aldansangiz, ayb sizdadir!
1 638
🌿 Rasmda dunyo musulmonlari xavas qiladigan oila. Yani Banu Shayba zurriyodlari, sahoba Usmon ibn Talha roziyallohu anhuning bugungi kundagi avlodlari. Ka’baning kaliti to shu kungacha ularning qo‘lida, uni ochish, berkitish va yuvishga shu oila mas’uldir. Rosululloh sollallohu alayhivasallam Makka fath qilingan kuni uning kalitini undan olib yana unga qaytarib berar ekanlar shunday degan edilar:
“Olinglar buni ey Banu Talha, uni sizdan zolimdan boshqa hech kim tortib ololmas. Ey Usmon, Alloh taolo o‘z uyini senga omonat qildi.”🍃
1 638
Dengiz tubida mangu sukunat. Dovullar dengiz ustida g'azablanadi, uning osti sokin. Odamlar dengizdan ko'p narsalarni o'rganishlari mumkin. Tashqarida nima bo'lishidan qat'i nazar, ichingizda xotirjam bo'ling.
1 638
Jim turishliging, bir narsa bilmasligingni ifoda etmaydi. Koʻp gapirishliging esa, koʻp narsani bilishligingni koʻrsatmaydi. Har kimni oʻzing bilan barobar deb bil. Kim boʻlsa boʻlsin, bir insonni kichik bilish (mensimas)lik aqlsizlikdir. Juda buyuk deb bilishlik esa qoʻrqoqlikdir. Jasorat aqldan kelsa, jasoratdir. Aqlsizlikdan kelsa jaholatdir...
1 638
Musulmon bo'lib tug'ilganimdan buyon Islomda menga eng yoqqan masala, bu ayollarga Islomdagi kabi go'zal muomala va o'rnak hech qaysi bir e'tiqodiy qarashlarda o'z aksini topmagan, biroq musulmon kishisi agar shariatni mukammal bilganida edi, ayol kishini urish uyoqda tursin, hatto chertish haqida ham o'ylab qolgan bo'lar edi...
1 638
Alloh taolo sizga soʻragan narsangizni bermasa , oʻzingizga oʻzingiz: "Alloh taolo bergan mana shu holim men uchun eng xayrlisidir"-deyishni oʻrganing...
1 638
«Mendan hech nima chiqmaydi!» deb o‘zingni yo‘q sanama. Sendan ko‘p narsa chiqadi. Hech narsa qo‘lingdan kelmas, kurashish qo‘lingdan kelmas, infoq-ehson qilish qo‘lingdan kelmas, saxargacha tahajjud o‘qiyolmassan, saxarda turib Qur’on o‘qiyolmassan, lekin Seni yaratgan Allohni yaxshi ko‘rolmaysanmi? Senga sunnatini meros qilib qoldirgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ota-onangdan ko‘proq yaxshi ko‘rolmaysanmi? Albatta buni qilish qo‘lingdan keladi. Buni qilgandan keyin, Allohning suyukli bandasiga aylanmaysanmi?! Shafoatga talabgor musulmon bo‘lmaysanmi? Hech nima chiqmaydi mendan deganding? Ko‘r, hech nima emas, yaxshigina mo‘min chiqdi sendan.
© Nuriddin Yildiz hafizahullohning «Hur yurakli yigit» kitobidan
1 638
Shunday qoida bor: ‘‘Biz hammamiz Uning o'zidan nusxa olib va o'ziga monand qilib yaratilganmiz, ammo shuning bilan birga, hammamiz har turli qilib va bir-birimizga òxshamaydigan qilib yaratilganmiz. Ikkita bir xil odam yòq. Ikkisi bir maromda tepuvchi yurak ham yòq. Agar Xudo barcha odamlar bir xil bo'lishini istasa, ularni bir xil qilib yaratgan bo'lar edi. Shuning uchun boshqa insonlarga hurmatsizlik bilan qarash va ularga o'z fikrini majburlab qildirish, Xudoning rejalariga hurmatsizlik bilan munosabatda bo'lishni bildiradi."
1 638
📘Hikmatlar to'plami:
⚡️ Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko‘rishni istashadi.
⚡️ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki baxt qushi egik boshlarga qo‘nmaydi.
⚡️Xaqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...
⚡️Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o‘zingizga qayta yaqinlashtirmang.
⚡️Alloh insonlar yelkasiga, ular ko‘tara olmaydigan yukni tashlamaydi.
⚡️Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag‘allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir.
⚡️Natija niyatingizga bog‘liq ekanligini unutmang.
⚡️ Biz ega bo‘lmagan narsalar bormi? Demak biz uni chin dildan hohlamayapmiz!
