en
Feedback
Samadun | 🌻

Samadun | 🌻

Open in Telegram

#Samadun - Go’zal qalblar maskani… Admin @BIII7777

Show more
1 638
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Senga nisbatan qilgan ishlari sababli, hech kimdan gʻazablanma! Aksincha xiyonat qilganlarga tashakkur et, sadoqatni oʻrgatganlari uchun... Yolgʻonchilardan minnatdor boʻl, toʻgʻrilikni ajrata olishni oʻrgatganlari uchun... Seni baxtsiz qilganlarning haqlariga duo qil, senga baxtiyorlikni koʻproq his ettirganlari uchun... Xayot shu sabab yana ham goʻzal, qoralar oqni ajratib bergani uchun...

Baʼzida shunchaki dalda xam insonga kuch beradi. Yoningdaman degan soʼz sabab joning og‘riganda shifo topgandek bo‘lasan, tashvishga tushgan boʼlsang, taskin topasan , yigʼlayotgan boʼlsang tabassum qilishingga sabab boʼladi. Shu birgina «yoningdaman» soʼzini oʼzi kifoya💓

Baʼzida shunchaki dalda xam insonga kuch beradi. Yoningdaman degan soʼz sabab joning og‘riganda shifo topgandek bo‘lasan, tashvishga tushgan boʼlsang, taskin topasan , yigʼlayotgan boʼlsang tabassum qilishingga sabab boʼladi. Shu birgina «yoningdaman» soʼzini oʼzi kifoya💓 TELEGRAM|@UXTIYY1🫶🏼

Odamlar o'rtasidagi muloqot asosan g'iybat va kimningdir xatti - harakatlarini tandiq qilish bilan chegaralanadi. Bu kuzatish meni asta sekin ijtimoiy hayot deb atalmish narsalardan qochishga majbur qiladi. Mening kunlarim yolg'izlikda o'tadi. Ingmar Bergman

АЧЧИҚ ҲАҚИҚАТЛАР • Негадир доим кўнглимизни оғритгандан эмас - кўнглимизга қарайдиган инсонлардан аламимизни оламиз... • Бизни севганларга озор берамизу - севмаган инсонларга пояндоз бўламиз... • Тўғри йўл кўрсатганни ёмон кўрамизу - эгри йўлга бошлаганни ортидан доим қолмаймиз... • Яхши кўрган яқинларимизга, касал биродарларимизга вақтимиз йўғу, етти ёт бегонаникига ошга боришга ҳар доим вақт топамиз... • Оиласи ночорроқ синглимизга ҳар хил бахоналар билан ёрдам бермаймизу лекин - халқни кўзига қозон - қозон ош қилиб зиёфат берамиз... • Ота - онамизни ҳафтада бир бора кўриб келишга фурсат йўқ - аммо улфатлар билан ўтиришга ҳар доим ҳам тайёрмиз... • Аёлимизга бир неча калима ширин сўзимизни аяймизу - лекин кўчадаги аёлларга гўзал калималар орасидан гўзалларини аямаймиз. • Озгина пулимизни йўкотиб қўйсак қанча асабимиз бузилиб хафа бўламизу - аммо хеч кандай бойликка сотиб олиб бўлмайдиган вақтимизни арзимаган  нарсаларга сарфлаётганимизга ачинмаймиз...

Sabr — g'am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; o'z ixtiyori bilan nafsni tiyish; qanoatli bo'lish. Islomda to'g'ri yo'ldan adashmasdan borish uchun kishi o'z mayllarini so'ndirishi lozimligi ta'kidlanadi. Sabrli bo'lish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Hadislarda inson uchun sabrdan yaxshiroq va ulug'roq ne'mat ato etilmagani bayon qilingan. Kishi og'ir paytda bardosh bilan, ne'mat yetganida shukr va yaxshilik bilan sabr qilishi kerak.

Оҳирги кунларда эшитганларимдан энг ажойиби шу бўлди: Ўчирғич қаламга шундай дебди: -Дўстим қалейсан?! -Мен сенинг дўстингмасман, сендан нафратланаман дебди қалам. Ўчирғич ҳайрон бўлиб, нега энди, нега мендан нафратланасан деб сўрабди. Қалам дебдики: -Чунки сен ёзганларимни ўчириб юборасан. -Мен фақат нотўғри бўлганларинигина ўчираман. -Сенга нима?! Сенинг нима ишинг бор?! -Чунки бу менинг вазифам дебди ўчирғич. -Ҳечам, бу сенинг вазифанг эмас дебди қалам. -Мен қилган иш, сен қилган ишдек фойдали дебди ўчирғич… -Асло, ёзган киши, ўчирадиган кишидан ҳар доим устун ва афзалдир дебди қалам. -Нотўғри ёзилганларни ўчириш, тўғри ёзилган нарсалар каби афзалдир дебди ўчирғич. -Сени кундан-кунга кичрайиб бораётганингни кўраяпман дебди қалам. -Ҳар бир хатони тўғирлар эканман, ўзимдан оз-оздан фидо қилиб бораяпман деди ўчирғич. -Мен ҳам кундан-кунга қисқариб бораяпман деди қалам надомат билан. -Ўзимиздан ниманидир фидо қилмасдан туриб, бошқаларга фойдали бўлмоқ мумкин эмас дея тасалли берди ўчирғич. Бироз сўнгра ўчирғич қаламга табассум ила: -Ҳалиям мендан нафратланасанми деб сўради -Бир-биримизга ўхшаш, фидокорлик жиҳатларимиз бор экан, сендан қандай нафрат этайин деб жавоб берди қалам… Демакки… бошқаларнинг бахтли бўлишига ёзиладиган қалам бўла олмасанг, ҳеч йўқ уларнинг маҳзунлигини ўчира оладиган бир ўчирғич бўл…

Насиҳат қилма, насиҳат бўлгин. Гапиришни қўй, амалга ўтгин.  Ўзинг қилмаган яхшиликни бошқаларга айтишдан фойда йўқ.  Амалинг билан сўзинг бир бўлмаса овозингни фақат қулоқлар эшитадию маъносига келганда қалблар кар бўлади. Сен ўзинг шундай камолотга мушарраф бўлгинки, ҳолингни кўрган сўқирлар сендан ибрат олсин. Насихат айтишни қўйгин, ўрнак бўлишга ҳаракат қилгин...

Men uchun eng qadrli narsa-menga ajratilgan vaqt, tabassumim ortida yashiringan ogʻriqni koʻra olish. Erishgan natijalarim va tanlovim uchun samimiy hursandchilik. Butkul befarq boʻlib, oʻz olamimga kirib ketkanimda ham,yonimda qolish istagi. Men soʻramaganimda ham, menga koʻrsatligan mehr va eʼtibor. Yolgʻiz emasligim, katta ahamiyatga ega ekanligim haqida eslatmalar. Va eng asosiysi-barcha kamchiliklarim bilan, borimcha qabul qilinishim.

Bilasizmi, "Odamlar nima deydi?" deb yashashni, hayotimni boshqalarning fikri va xohishiga koʻra shakllantirintirishni toʻxtatganimga ancha boʻldi. Oʻsha ondan beri qalbim va ongim shu qadar xotirjamki... © Go‘kan Kinsun - Taslim boʻlma, moʻjizalar oldinda

Men taniydigan va aql bilan ish qiladigan birgina kishi tikuvchidir. U qachon borsam mening o‘lchovimni yangidan oladi. Qolgan insonlar men haqimdagi eski o‘lchovlarini ishlatishadi. So‘ngra meni o‘sha o‘lchovlariga moslashtirishga harakat qilishadi! ©️Jorj Bernard Shou

Senga o'zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko'p edi, lekin o'sha ogir kunlarda yolg'iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o'zingga suyanib, o'rningdan turmadingmi? To'yib ketgan paytlaring yolg'iz yig'lamadingmi? Sendan sorayapman, nomunosib odamlar uchun o'zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O'zingga oʻzing uchun g'amxo'rlik qil. O'zingni o'zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, oʻzing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o'zing davolaysan. Har doimgidek senga "Yoningdaman" deydiganlar bo'ladi va yana shuncha dardni bir o'zing yengib o'tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga koʻzing tushmaydi, yana o'zingni bag'ringga bosasan... 🌸 O'zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko'p o'zing keraksan.🤝

#Ex_insonlar 🌱Shunday insonlar borki ularni yaqindan taniganingiz sayin hurmatingiz, mehr-muhabbatingiz oshadi, ularning hayotingizda borliklari uchun, ularni sizga ravo koʻrgan Allohimga har kuni qayta va qayta shukronalar keltirasiz, eslaganingizda qalbingiz shunchalar mehrga to'ladiki, uni taʼriflashga birgina soʻzning oʻzi ojizlik qiladi, aytmasangiz ham nima demoqchi ekanligingizni koʻzlaringizdan bilib oladilar, yigʻlasangiz uning ham qalbi ming ming boʻlaklarga boʻlinib ketgandek boʻladi, sizni baxtli koʻrish uchun qoʻlidan kelganini qiladi, siz uchun hatto jonini fido qilishga ham tayyor boʻladi, uning chehrasi koʻz oʻngingizda gavdalanishi bilan yuzingiz, hatto koʻzlaringiz ham tabassumdan porlab ketadi, u hayotingizga kirib kelishi bilan dunyo koʻzingizga ertaklardagidek koʻrinishni boshlaydi... 🌱Shunday insonlar borki, nima uchun hayotimga kirib kelding qaysi qilgan gunohim uchun menga jazo boʻlding degingiz keladi... Ketgan vaqtingiz, kechalari uni deb yigʻlagan koʻz yoshlaringiz, bergan mehringizga achinib ketasiz... Bir narsani aniq bilib oldim judayam qattiq yaxshi koʻrgan inson kun kelib juda ham nafratlanib qolishi hech gap emas ekan... Lekin Allohimga shukurlar boʻlsin shunday insonlar bizga dars boʻlishadi... Ulg'ayishimiz, oqni qoradan ajrata olishimiz uchun uchun biz uchun berilgan hayotning eng muhim darsi... 🌱Eng muhimi insonning oʻtmishi emas, uning kelajagidir... Oʻtmish bizga kelajagimizni qurishimiz uchun dars ekan, shunday ekan o'tmishda qilgan xatolarimizdan keraklicha xulosa qilib, uni kelajak hayotimizda tadbiq qilishni o'rganaylik....

Inson ba’zan oʻz hayotini juda qiyinlashtirib yuboradi. Serial va filmlarda koʻrgan mukammal qomatli ayollarga oʻxshamagani uchun eziladi. Uning sochlari soch yuvish vositasining reklamasidagi nuqsonsiz sochlar kabi emasligidan eziladi. Badavlat oilasi boʻlmagani uchun eziladi. Turmush oʻrtogʻi bilan kinolardagi sevgini his qilmagani uchun eziladi. “Muammo mendami, men biror nimani notoʻgʻri qilyapmanmi?” deb oʻylaydi. “Kun tartibim bir xil uy, ish, bolalar..payti kelsa sochimni tarashga ham vaqtim yoʻq. Bu insonlar hammasiga qanday ulguryapti? Bir xillikning ichida qolib ketgan faqat men-mi?” deb oʻylaydi. Oʻzini tanqid qiladi, ba’zan oʻzidan jaxli chiqadi, ba’zan xafa boʻladi. Uddasidan chiqqan emas, bajara olmagan ishlariga diqqatini qaratadi va eng muhim narsani unutadi. Alloh nasib qilgan boʻlsa 60-70 yil yerda qolasiz. Bundan ortigʻi yoʻq.. Doimiy ravishda “eng yaxshisi”ning, “eng mukammali” ning ortidan quvib, sizda mavjud boʻlgan goʻzal ne’matlarni koʻrolmaslik juda qulay. Bir yil avval istagan, orzu qilgan narsasi hozir qoʻllarida ekanining farqiga ham bormasligi mumkin inson. Yoʻqotganlariga, erisholmaganlariga, bajarolmaganlarigagina diqqat qiladi. Umidsizlikka choʻkadi, negativ hayollarga koʻmiladi. Ijtimoiy tarmoqda koʻrgan mukammal hayotni haqiqat deb oʻylaydi. “Menda bunday emas, demak men normal inson emasman” degan xulosaga keladi. Holbuki, bu buyuk bir yolgʻon. Eng zoʻr robot pilesos, eng qimmat oyoq kiyim, eng yaxshi mashina, eng hashamatli uy—inson erisholmaganlarining jinnisi, erishganining esa nonkoʻridir. Bu— qanchalik haqiqat ekanini tahmin ham qilolmaysiz. Eng yaxshining–yaxshisi bor. Eng yomonining—yanada yomoni ham bor. Hayot shu qadar qisqa-ki, oʻzida bor “yaxshiliklarni” koʻrmay, faqat kamchiliklarga e’tibor qaratish katta adashish. Zavqlanib, boridan mamnun boʻlib yashash uchun haqiqatdan ham vaqtingiz juda oz. Bu vaqtni bekor sarflamang..

🍀Oʻylab koʻrsam men boʻlmasam ham yer aylanaveradi, shamol esaveradi, daryo oʻz yoʻnalishi boʻylab oqaveradi, quyosh doim chiqadigan tomonidan chiqaveradi, insonlar mensiz ham yashayverishadi... Oʻlim haq kun kelib bu dunyoni barchamiz tark etamiz... Yaxshi nom va yaxshi amallarimiz qoladi bizdan, dilozorlik qilib koʻngillarni ogritishdan ne foyda aytingchi? Bas bugun ózimizga soʻz beramiz, ranjitganlarimizdan uzr soraymiz, ranjiganlarimizni esa shu ondayoq kechirib yuboramiz, kelishdik-aa...☀️ Men biroz boʻlsada yengil tortdim chunki bu hayotda men ranjigan va ranjitgan insonlar talaygina...❤️ Toʻgʻri ulardan ayni damda uzr soʻray olmayman ammo hafa boʻlgan insonlarimni kechirdim Alloh ham ularni kechirsin...

Qaniydi och qorin ovqatga ehtiyoj sezgan kabi bizni qalblarimiz ham ilmga kitobga ehtiyoj sezsa!!! Xozir zamon shundayki butun umrimizni ijtimoiy tarmoqlarga sarflavomiz. O'zingizga savol bering bir kunda shu tarmoqlarga qancha vaqtingizni sarflaysiz? Endi bir o'ylab ko'rin shu ketgan vaqtingizni hech bo'lmasa yarmini kitob o'qishga sarflasangiz nima bo'ladi? Kallangiz ishlab ketadimi? Xavotir olmang bu kalla ishlatish uchun berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarga kirmang emas kiring faqat hamma narsani o'z me'yori bo'ladi. Me'yordan oshirib yuborsangiz faqat o'zingizga ziyon qilasiz! Bekorchi vaqtimizni ijtimoiy tarmoq uchun emas balki biron narsani o'rganish uchun sarflaylik😊

Hayotimdagi o'zgarish nuqtasi bu - televizor ko'rishni to'xtatib, kitob o'qishni boshlaganim. Agar kitob o'qimasdan, televizor va telefon orqali bir tiyinga qimmat narsalarni tomosha qilib vaqtimizni behuda sarflar ekanmiz. Maqsadlarimiz orzuligicha qolib ketadi va fikrlash doiramiz kengayish o'rniga tobora kichiklashib boraveradi.... Xulosa o'zingizdan.

Baxtni ishlab chiqarmay turib iste’mol qilishga haqqimiz yo‘q.

#iqtibos Hayotimdan ketib meni o‘zidan qutqargan hammaga tashakkur. Og‘ir bir darddan tuzalgan bemordek yengilman. Yo‘qliging
#iqtibos Hayotimdan ketib meni o‘zidan qutqargan hammaga tashakkur. Og‘ir bir darddan tuzalgan bemordek yengilman. Yo‘qligingiz mo‘jizaviy darmon ekan. ©️Mirach Chag‘ri Oqtosh - Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar💫

Xudo bor! Umid yo‘q boshqa hech kimdan, Bir boshli umr ham oniylik tushdek, Uchib ketayapsan sen ham qalbimdan, Daftar varog‘idan yasalgan qushdek! Sen ham o‘lganing yo‘q so‘zingdan qaytib, Men ham bibbinoyi yuribman yashab. Qolib ketayapsan eski daftarda, Yozib bo‘linmagan she’rimga o‘xshab. Nachora, bizlarga shu ekan taqdir, Kimga ravo ekan ishqning jamoli. To‘kishdan boshqaga yaramas kimdir, Ichilmay qolingan qahva misoli. Hammaga ham nasib etmas bu tuyg‘u, Obdon qiynamasa, ishqligi bekor. Tunga chidamasak, tonglar qaydayu, Qishda yashamasak, kelgaymi bahor! Bu oddiy falsafa, anglamay nechun, Kim oyoq ostida, kimlardir falak. Shirinni qadriga yetmoqlik uchun, Achchiqni ham chaynab turmoqlik kerak! Malika Salimova