en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe 👈

ProRector dasturida ishlash

ProRector dasturida ishlash

Open in Telegram

ProRector дастурида ҳақида маълумотлар. Сайтимиз: www.prorector.uz Гурухимиз: @ProRectorGroup

Show more
3 620
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Ассалому алайкум. Ҳурматли устозлар!!! ProRector дастури фойдаланувчилари 3600 дан ошди. Ушбу муваффақият муносабати билан тез орада дастурга Бонус сифатида ҳамма учун фойдали бўлган янги функцияни тақдим этамиз!

🚀 ProRector 2026 — Dars jadvalini tez va oson tuzing! 📌 2026–2027 o‘quv yili uchun eng qulay yechim: ✅ 3 500+ maktab O‘TIBDO‘ lari tanlovi; ✅ To‘liq o‘zbekcha, sodda va ishonchli; ✅ Excel yuklash: Dars taqsimotini yuklang va darhol dars jadvalini shakllantiring! Excelda tayyorlagan dars taqsimotingizni bepul yuklab dasturni sinab ko'rishingiz mumkin! 🔗 Havolalar: 🌐 Sayt: www.prorector.uz 💬 Guruh: @ProRectorGroup Videolar: @ProRectorChannel

Ассалому алайкум. Ҳурматли устозлар. Кимни дастури ишламай қолса, қуйидагиларни синаб кўриш тавсия қилинади: 1.Интернетга бошқа усулда уланиб кўринг. Хусусан телефонни точка доступини ёқиб интернетга уланиб дастурни қайта ишга тушуринг. 2. Антивирус дастурини вақтинча тўхтатинг ёки бутунлай ўчириб юборинг. Сўнгра компютерни қайта ёқиб дастурни ишга туширинг. 3. Юқоридагилар иш бермаса, дастурни бошқа компютерга ўрнатинг ва қайта рўйхатдан ўтинг. Бунда фио, тел рақам аввалги сафаргидек ёзилиши керак. Изоҳга эса компютер алмашди деб ёзинг. Эски тўлов чекини юклаб рўйхатдан ўтинг. Мурожат учун: @islomov86

🌸 1-октябрь — Ўқитувчилар ва мураббийлар куни! 🌸 Ҳурматли устозлар! Сизларни барчангизни касб байрамингиз — Ўқитувчилар ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этамиз! 🎉 Ёш авлодга таълим ва тарбия беришдек шарафли ва масъулиятли меҳнатингиз, сабр-тоқатингиз ва фидойилигингиз учун чуқур миннатдорчилик билдирамиз. Сизларга мустаҳкам соғлик, оилавий хотиржамлик, бахт-саодат ва касбий фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилаймиз! 🌷 Ҳар бир дарсингиз самарали, ҳар бир шогирдингиз ютуғи эса сиз учун қувончли натижа бўлсин! Байрамингиз муборак, азиз устозлар! 💐 — ProRector жамоаси

ProRector - dasturida dars jadvallarini o'qituvchilarga va sinf raxbarlariga TelegramBot orqali yuborish haqida. @PRTimetableBot

Assalomu alaykum, hurmatli Ustozlar! ProRector dasturiga kirayotganingizda "Dasturning yangi versiyasi topildi, yuklab olasizmi?" degan so'rov chiqsa albatta yangilab olish tavsiya qilinadi! Bunda saqlab qo'ygan ma'lumotlaringiz o'chib ketmaydi va litsenziyangiz saqlanib qoladi yani boshqa to'lov qilmaysiz! Ko'pchilik xali ham ancha eski versiyalarni ishlatishmoqda. Yangi versiyalarda yangi imkoniyatlar mavjud bo'ladi!

📢 ProRector'da yangi imkoniyat! Endi ProRector dasturi orqali o‘qituvchilarga ularning shaxsiy dars jadvallarini, sinf rahbarlariga esa o‘z sinfining dars jadvalini Telegram orqali yuborish mumkin! 📲 🔹 Qanday ishlaydi? Buning uchun maktab o‘qituvchilari Telegram orqali @PRTimetableBot botiga ulanib olishlari kerak. 1️⃣ Telegram'da @PRTimetableBot botini oching va /start buyrug‘ini yuboring. 2️⃣ Bot sizga Telegram ChatID raqamingizni taqdim etadi. 3️⃣ Olingan ChatID raqamini ProRector dasturida tegishli o‘qituvchini tahrirlash oynasiga kiritib qo‘ying. Shundan so‘ng ProRector ushbu o‘qituvchiga uning dars jadvalini Telegram orqali yuborishi mumkin bo‘ladi. 👨‍🏫 O‘qituvchilar — o‘z dars jadvalini Telegram orqali oladi. 👩‍🏫 Sinf rahbarlari — biriktirilgan sinfinining dars jadvalini Telegram orqali oladi. ⚡️ Bir marta sozlang — dars jadvali kerakli xodimlarga Telegram orqali yetkaziladi! 🤖 Bot: @PRTimetableBot ProRector — dars jadvalini tuzish va boshqarish yanada qulay! 🌐 Saytimiz: www.prorector.uz

Hurmatli ustozlar, kim dars jadvalini ProRector dasturi yordamida tuzishda qiynalayotgan bo'lsa, tayyorlagan dars jadvali *.prrx kengaytmali faylini @islomov86 ga yuborishi mumkin. Imkon qadar yordam beramiz!

🎉 3 500+ marra munosabati bilan MAXSUS AKSIYA va barcha foydalanuvchilarimizga SOVGA! Aziz Ustozlar, 3 500 dan ortiq muassasalar bizga ishonch bildirgani munosabati bilan bayramona aksiyani o‘tkazishga qaror qildik! ⚡️ Yangi foydalanuvchilar uchun: Faqat 31.12.2026 sanaga qadar ProRector dasturini 20% chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin! 🎁 Avval sotib olgan doimiy foydalanuvchilarimiz uchun-chi? Biz sizning ishonchingizni juda qadrlaymiz! Shuning uchun allaqachon dasturimizdan foydalanayotgan barcha mijozlarimizga Bonus sifatida 2-kompyuterga 6 oylik litsenziya bepul taqdim etiladi! Buning uchun 2-kompyuterga dasturni o'rnatish va ro'yxatdan o'tishda avvalgi ma'lumotlarni va eski to'lov chekini yuklash hamda izohga "Ikkinchi kompyuter uchun" degan gapni qo'shib yozib qo'yish kerak bo'ladi! Rivojlanishimizda biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat!

🚀 Navbatdagi ulkan marra: 3 500+ foydalanuvchi! Aziz jamoamiz va kanalimiz a'zolari - Hurmatli Ustozlar! Ushbu yilda ham Prorector dasturidan foydalanuvchilar soni 3 500 nafardan oshganini mamnuniyat va katta xursandchilik bilan e'lon qilamiz! 🌟 Bu shunchaki raqamlar emas — bu bizga bo'lgan ishonchingiz, birgalikdagi mehnatimiz va to'xtovsiz rivojlanishimiz natijasidir. Bizni tanlaganingiz va safimizda ekanligingiz uchun har biringizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Biz bilan birga bo'lganingiz uchun rahmat! Oldinda sizni yanada ko'p yangiliklar, qulayliklar va katta imkoniyatlar kutmoqda. Biz o'sishda va yanada yaxshilanishda davom etamiz! 💥 Do'stlaringizni ham safimizga taklif qiling va yangiliklarni kuzatib boring!

Hurmatli ustozlar, kimda dasturni rivojlantirish bo‘yicha takliflar yoki uni ishlashi bo‘yicha eʼtirozlar bo‘lsa @islomov86 profiliga yozishingiz so‘raladi.

Assalomu alaykum, Hurmatli Ustozlar! Darsturni yangi versiyasi chiqganda yangilab olishlaring tavsiya qilinadi. Bunda qo'shimcha to'lov qilinmaydi va saqlab qo'ygan ma'lumotlaringiz o'chib ketmaydi. Biz sizlar uchun dasturni takomillashtirishda davom etamiz!

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! ProRector dasturining yillik litsenziyasi bo'yicha quyidagi variantlardan qaysi biri sizga ma'qul keladi?
Anonymous voting

ProRector - dars jadvali tuzish dasturida 2026 yilda quyidagi ishlar bajarildi: 1. O‘zimiz fofdalanadigan dasturlash texnologiyasining litsenziyasini sotib olidik; 2. Serverni kuchaytirdik (qimmatroq serverga o‘tdik); 3. Dasturga 33 ta tilga moslashtirdik va natijada chet ellik mijozlar bilan ishlay boshladik; 4. Dastur dizayni zamonaviy va qulay ko‘rinishga keltirildi. 20 dan ortiq dizaynlar ishlab chiqildi. 5. 0,5 soatli darslarni avtomatik joylash agoritmi takomillashtirildi; 6.Sinflardagi oknolarni minimallashtirish algoritmi takomillashtirildi; 7.Ro‘yxatlarni qidirish va tez tanlash imkoni yaratildi; 8. Dasturni ro‘yxatdan o‘tkazib berish vaqti tezlashtirildi (1-5 daqiqa); 9. Dars jadvalni rangli chop etish imkoni yaratildi; 10. Soliq to‘lab qonuniy faoliyat yuritish yo‘lga qo‘yildi.

Assalomu alaykum, Hurmatli ustozlar! ProRector - dars jadvali tuzish dasturimizga Telegram Bot qo'shish kerak deb hisoblaysizlarmi? Bunda dars jadvalini o'qituvchining o'ziga bot orqali yuborish mumkin bo'ladi. So'raganimning sababi hozirgi kunda turli botlar shundog'am ko'payib ketdi. Buning uchun har bir o'qituvchi o'sha botga ulanib olishi kerak (ortiqcha ishday tuyulyapti menga)! Yoki, maktabning telegram guruhiga dars jadvalini o'zlaring tashlab qo'yishlaring yetarlimi? Telegram bot bilan ovora bo'lmasdan dasturni boshqa funksiyalarini kuchaytirishga e'tiborimizni qarataylikmi?

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Dasturdan foydalanmoqchi bo'lganlar ProRector dasturining yangi versiyasini o'rnatib olishlari kerak bo'ladi. Bunda avval tayyorlagan ma'lumotlari o'chib ketmaydi! To'lov uchun karta raqamlari hamda litsenziya narxi "Ro'yxatdan o'tish" oynasida yozilgan. To'lov qilingandan so'ng 5-10 daqiqada dastur faollashadi!!! Murojat uchun: @islomov86

photo content

Maktubning o‘zbekcha tarjimasi: ​Dizyon dobrzi (Xayrli kun) Erkinjon aka! ​Sizga ProRector dasturi uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildirmoqchi edim. U menga dars jadvalini tuzishda juda katta yordam berdi. Dasturning imkoniyatlaridan shunchaki hayratdaman, garchi hali hammasini kashf etib ulgurmagan bo‘lsam kerak :) Amaldagi litsenziya muddati tugagach, hamkorligimiz davom etishiga umid qilaman. ​Yana bir bor rahmat va hurmat bilan, ​Urshula Vilechek. Полшалик харидорнинг дастур юзасидан билдирган фикрлари.

🎓 ProRector — Maktablar uchun avtomatlashtirilgan dars jadvali tuzish dasturi Dars jadvalini tuzishdagi murakkablik va ortiq
🎓 ProRector — Maktablar uchun avtomatlashtirilgan dars jadvali tuzish dasturi Dars jadvalini tuzishdagi murakkablik va ortiqcha vaqt yo'qotishlarga chek qo'ying! Dastur orqali o'qituvchilar va sinflar darslarini tez, aniq hamda qulay tarzda shakllantiring. 💻 Litsenziya tarifi (1 ta kompyuter uchun): ▫️ 1 yillik: 110 000 so‘m ▫️ 2 yillik: 220 000 so‘m ▫️ 3 yillik: 330 000 so‘m Diqqat! 1 so'm to'lamasdan Excelda tayyorlangan taqsimotingizni yuklab, dars jadvalini tuzib oling! To'lovni esa, dastur ma'qul kelsa keyin amalga oshiring! 📞 Murojaat uchun: +998 91 679 96 77 🌐 Batafsil ma'lumot: www.prorector.uz