cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ODDIY YO'LOVCHI

🧠 Shaxsiy qarashlar, kundalik hayotiy voqealar va tarixiy ma’lumotlar ulashib boriladi. 🚲 Зато не пешком. 👂 Aloqa bot: @BRchaqchaqbot 💸 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/burxonov_lite

Show more
Advertising posts
862
Subscribers
+524 hours
+27 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🔠🅰️🔠🔠🔠 4️⃣ 🔠🔠🅰️🔠🔠 Kanal ochilganiga bugun 4 yil bo’libdi. 2020-yil 17-mayda ochgan ekanman. Shuncha vaqt men bilan birga bo’lib kelgan obunachilarimga tashakkur bildiraman. Bu kanal mening hayotdan hamda kitoblardan o’rgangan bilimlarim hamda dard-u sitamlarim, siyosiy qarashlarim, loyihalarim, yutuqlarim va kamchiliklarimning barchasini ko’rsatib beradi. Bakalavrga kirgan vaqtimda (2018) “Kritik Rovshan” shaklida, undan keyin “Bema’naviyat” (2019) ko’rinishida kanal davom etdi. Hozir kanalim “Oddiy yo’lovchi” bo’lib turibdi. Biz hammamiz hayotning o’nqir-cho’nqirlaridan odimlab, so’ngi manzilga ketayotgan oddiy yo’lovchilarmiz. Biz uchun manzil ham, yo’l ham muhim emas, muhim bo’lgani yo’ldoshlardir. 4 yilingizni mening hayotimni mutolaa qilishga sarflaganingiz uchun tashakkur, qadrdonlarim!
Show all...
Ibn Haldun davlatlar va svilizatsiyalarning taraqqiyot va tanazzul jarayonini tabiiy ravishda amalga oshadigan sikl sifatida tasvirlagan. Davlat va svilizatsiyalar taraqqiyoti negizini "Asabbiya" - "birdamlik" deya ta'riflar ekan, "davlatning qudrati va sivilizatsiyaning rivojlanishi guruhiy birdamlikka bog'liq", - deydi. Asabbiya kuchli bo'lganida davlat va svilizatsiya rivojlanadi. Vaqt o'tishi bilan asabbiya zayiflashib davlat va svilizatsiya tanazzulga uchraydi. Ibn Haldunga ko'ra rivojlanish sikli 3 bosqichdan iborat: 1. Yuksalish (kuchli asabbiya) - bu bosqichda guruhiy birdamlik kuchli bo'lib, davlat va svilizatsiyalar kuchli va barqaror bo'ladi. Bu davrda yangi davlatlar paydo bo'ladi, svilizatsiyalar tez rivojlanadi. 2. Barqarorlik - bu bosqichda davlat va sivilizatsiyalar kuchayib, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. Asabiyya hali ham kuchli bo'ladi, lekin vaqt o'tishi bilan asta-sekin zaiflashishni boshlaydi. 3. Inqiroz (zaif asabbiya) - bu bosqichda asabiyya zaiflashadi, davlat va sivilizatsiyalar ichki nizolar va korrupsiya tufayli inqirozga yuz tutadi. Bu davrda davlatning iqtisodiy va harbiy kuchi kamayadi va oxir-oqibat tanazzulga yuz tutadi. 👉 Oddiy yo'lovchi
Show all...
2-kun: Amaterasu – Quyosh Ma'budasi Bugun ChatGPT-4o bizlarga yapon mifologiyasidan Amaterasu ilohasi haqida ma'lumot beradi. Matnni o'qish uchun bu yerga bosing P.S: Matn sun'iy idrok yordamida yozilgan. Surat Dall-E orqali sun'iy idrok matnlari asosida chizilgan. 👉 Oddiy yo'lovchi
Show all...
2-kun: Amaterasu – Quyosh Ma'budasi

Yapon mifologiyasining yorqin yulduzi, samoviy yorug'likning ramzi va mehribon ma'buda Amaterasu haqida hikoya qilmoqchiman. Uning nomi "Amaterasu-ōmikami" deb ataladi va bu so'z "Samoviy Quyoshning Buyuk Ma'budasi" degan ma'noni anglatadi. Quyosh tasvirini o'zida mujassamlashgan bu ilohiy mavjudot, Yaponiyaning qadimiy manbalarida – “Kojiki” va “Nihon Shoki” asarlarida ulug'vor va tantanali tasvirlangan. Kojiki va Nihon Shoki Kojiki (Qadimiy voqealar kitobi) va Nihon Shoki (Yaponiya yilnomalari) yapon xalqining…

Photo unavailableShow in Telegram
Jadidlar va G'ofur G'ulom, Abdulla Qodiriy va G'ofur G'ulom. Juda ajoyib kombinatsiya bo'libdi. Qodiriyning iqtibosi ham go'zal: "Men to'g'rilik orqasidan bosh ketsa "eh" deydigan yigit emasman". Endi bu kombinatsiyaga Muhammad Yusuf va uning "Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar, Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor", - she'ri yetishmayapti.
Show all...
Ветер веег с юга И луна взошла
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
J.K.Rouling “Harry Potter” to’plamining podpolkovnik Shoki Dolimov tarjimasidagi barcha kitoblarini va nihoyat sotib oldim. Jami 7 ta kitob ekan. Bolalar adabiyotini kattalar ham o’qishi zarur. Chunki bunday janrdagi asarlar insonning ijodiy fikrlarishini o’stiradi, atrof muhitga tanqidiy qarashlarini shakllantirib, muammolarga va vazifalarga noodatiy yechimlar topishga ko’maklashadi. Uyda o’qilmagan kitoblar juda ko’p. 2 yildan buyon deyarli kitob o’qimayapman. Ilmiy asarlarni aytmaganda, badiiy asar umuman o’qimay qo’ydim. Harry Potter to’plami ham yaqin yillarda o’qilsa kerak. Hozircha kitob javonindan o’rin oldi.
Show all...
Seogun mini-serialini tomosha qilgach Yapon madaniyati va uning diniy qarashlariga qiziqishim oshdi. Shu sababli kelgusi 20 kun davomida ChatGPT-4o bizga Yapon mifologiyasi haqida ma'lumot beradi. Quyida Yapon mifologiyasiga kirish haqida ma'lumot olamiz. Yapon mifologiyalariga qiziquvchilarni kanalimizga obuna bo'lishlarini so'rab qolar edik. Chunki yapon mifologiyasi zamonaviy talqinda anime va mangalar orqali qayta jonlantirilmoqda. 1-kun: Yapon Mifologiyasiga Kirish 👉 Oddiy yo'lovchi
Show all...
Yapon Mifologiyasiga Kirish

Yapon mifologiyasi ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, Yapon xalqining diniy e'tiqodlari, afsonalari va madaniyatining asosi hisoblanadi. Bu mifologiya, asosan, ikki asosiy manba - Kojiki va Nihon Shoki kitoblariga tayanib o‘rganiladi. Kojiki Kojiki ("Qadimiy voqealar kitobi") 712-yilda yozilgan bo‘lib, Yaponiyaning eng qadimiy yozma manbasidir. Ushbu kitob yaratilish afsonalari, xudolar va yaratuvchilar, shuningdek, imperatorlar va ularning kelib chiqishi haqida hikoya qiladi. Kojiki uch qismdan iborat: Kamisori…

I jahon urushidagi eng daxshatli janglardan biri Osweic qal’asining olinishi bo’lgan. Qal’a hozirgi Polsha hududida bo’lib, urush davrida ruslar nazorati ostida edi. Qal’ani qo’lga kiritish uchun olmonlar kimyoviy qurol ishlatishni maqsad qilishdi. Shu alfozda nemislar brom va xlor aralashmali gaz tayyorlashdi. Kimyoviy qurollar bilan dastlabki hujumlar natijasida rus askarlari daxshatli darajada og’riq va azob bilan halok bo’ldi. Chunki kimyoviy qurollarga qarshi hali biror chora o’ylab topishmagandi. Kimyoviy qurollar birinchi marta jang maydonlarida qo’llanilayotgandi. Gazdan zaharlangan askarlar og’riqdan baqirar, terilari shilinib tushar, ko’zlari qonar, yuzlari shishib ketardi. Janglarda Vladimir Karpovich korpusi og’riq va a’zoblarga qaramay qarshi hujumga o’tdi. Formasi qonga bo’yalgan, terilari shilinib tushib faqatgina go’shtdan iborat tanalar, yod va o’z qonlariga botirilgan bintlar bilan og’iz-burunlarini yopgancha olmonlarga qarshi hujumga otlandi. Bu jang tarixning qora sahifalarida “o’lik odamlar hujumi” nomi bilan qoldi. Qarshilarida hujumga otlangan “jasadlar”ni ko’rgan nemis askarlari shiddan bilan chekindi. Chekinish davomida askarlarning bir qismi o’zlari kovlagan okoplarning sim to’rlariga ilinib, azobla jon taslim qilishdi. Insoniyat tarixidagi eng daxshatli urush shubhasiz I jahon urushidir. Chunki urushayotgan tomonlar qoidalarsiz va hozirliksiz yangidan yangi urush texnologiyalarining qurboni bo’lishdi. Urushning daxshatli jihati shundaki, jang qilayotgan askarlar har kuni o’limning har xil yuziga guvoh bo’ladi. Daxshatlarning har turlisini ko’radi. Har soniya o’lim bilan yuzlashgan askarlarning insoniylik qiyofalari yo’qolib boradi. XXI asr insonlari bunday daxshatli urushlarga qarshi bo’lmog’i, tinchlik tarafida qat’iy turmog’i darkor. Chunki biz urush maydonida qo’llaniladigan va insoniy boshiga cheksiz azob va uqubatlar solishi mumkin bo’lgan yangidan yangi texnologiyalar sohibimiz. Bunday qurollar insoniyat boshiga qanday kulfatlarni keltirishini bilmaymiz.
Show all...
⚜️ Adabiyot va kitoblarga ixlosmand qalblar uchun, foydali bo'lishi kutilayotgan bloglarni tavsiya etamiz: @burxonov_lite - adabiyot, san'at, mushohada va hech narsa haqida @mutolaa_ustida - kitoblar va estetika uygʻunlashuvi @kitobhouse - Kitoblar dunyosi, Dunyo kitoblari @Ochopat_book - Turkiyadagi ta'lim, kitoblar va hayot @fazodasblog - har sohadan bir shingil @kitobxonyigit — kitoblar haqida fikrlar @kommentolog — kitoblar borasida degustatoringiz @boqiy_darbadarr – kitoblar va she’riyat @gullayotganyurak - afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas @dildora_bookaholic – kitoblar dunyosidan soʻngi xabarlar ‼️ Ushbu bloglarni kuzatib borish, sizni biroz teranroq ma'lumot olishingizga yordam beradi. Bloglarimiz rivoji uchun kanalimizga obuna bo'lishingizdan mamnunmiz, hurmat bilan blog mualliflari
Show all...