Odam va Olam
Open in Telegram
Ushbu kanalda: - olam va uning tuzilishi; - inson va uning tuzilishi; - kitoblardan iqtiboslar; - ulugʻlardan hikmatlar va tafakkurga undovchi maʼlumotlar bilan ulashib turish niyat qilingan. Xato, kamchilik va takliflar uchun: @OlamOdambot
Show more400
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
June '23
June '23
+3
in 0 channels
May '23
+10
in 0 channels
Get PRO
April '23
+14
in 0 channels
Get PRO
March '23
+54
in 0 channels
Get PRO
February '23
+33
in 0 channels
Get PRO
January '23
+266
in 0 channels
Get PRO
December '22
+19
in 0 channels
Get PRO
November '22
+37
in 0 channels
Get PRO
October '22
+11
in 0 channels
Get PRO
September '22
+16
in 0 channels
Get PRO
August '22
+12
in 0 channels
Get PRO
July '22
+28
in 0 channels
Get PRO
June '22
+18
in 0 channels
Get PRO
May '22
+29
in 0 channels
Get PRO
April '22
+37
in 0 channels
Get PRO
March '22
+39
in 0 channels
Get PRO
February '22
+107
in 0 channels
Get PRO
January '22
+88
in 0 channels
Get PRO
December '21
+47
in 0 channels
Get PRO
November '21
+70
in 0 channels
Get PRO
October '21
+84
in 0 channels
Get PRO
September '21
+54
in 0 channels
Get PRO
August '21
+235
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 06 June | 0 | |||
| 05 June | +1 | |||
| 04 June | +1 | |||
| 03 June | 0 | |||
| 02 June | 0 | |||
| 01 June | +1 |
Channel Posts
#Iqtibos
Shayx Aliy Tantoviy yana aytdi: «Bir kuni oʻzimga oʻzim: «Haqiqatda Alloh seni sevadimi?» deb savol berdim. Keyin eslab koʻrsam, Alloh bandalariga nisbatan muhabbatining sabablarini Oʻz Kitobida zikr qilgan ekan. Savolimga javob topish uchun Allohning Kitobini varaqlay boshladim. Unda: «Taqvodorlarni sevadi» degan maʼnodagi oyat chiqdi. Oʻzimni taqvodorlardan deb hisoblashga jurʼat qila olmadim. Keyin: «Sabr qiluvchilarni sevadi» degan oyatni topdim. Oʻzimda sabr yetishmasligini esga oldim. Soʻngra «Yaxshilik qiluvchilarni sevadi» degan oyatni topdim. Bundan uncha uzoqlashmay qidirishni toʻxtatib qoʻya qoldim. Chunki Alloh meni sevishiga sabab boʻluvchi biror narsa topa olmaslikdan choʻchidim. Bajargan amallarimni tekshirishni boshladim. Qarasam, ularning aksariyati faoliyatsizlik, kamchilik va gunohlarga qorishib ketganini his qildim.
Shunda Allohning «Aniqki, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi» degan soʻzi esimga tushdi. Ana endi shu oyat men va men kabi gunohkorlarga taalluqli ekanini tushundim va Alloh meni ham sevishini istab, «Astagʻfirullohal ʼażiym va atūbu ilayh» deb pichirlay boshladim» (duoning maʼnosi: «Buyuk Allohdan gunohlarimni kechirishini soʻrayman va Unga tavba qilaman»).
“Ulug‘lar shunday yashashgan” kitobidan
👉 @OdamOlam
| 2 | #Iqtibos
Hazrat rohimahullohning “Mo‘minning qalqoni” kitoblarining so‘nggida keltirilgan xulosa rostdan ham kishini o‘yga soladi, mahzun qiladi. Xulosadan parcha:
Ramazonning ruhi, uning foydasi hozir ham dunyo miqyosida yaqqol koʻrinib turibdi. Ramazoni sharif kirishi bilan Islom olami butunlay boshqacha olamga aylanib qoladi. Yaxshiliklar koʻpayib, yomonliklar deyarli yoʻqoladi. Kim boʻlishidan qatʼi nazar, har bir musulmon oʻzini tavbaga, ibodatga uradi. Nomi musulmon boʻlsa-da fojirlikni tark eta olmayotganlar bundan mustasno.
Ramazon oyida har kim qoʻlidan kelganicha yaxshilik qilishga urinadi. Barcha, hatto yomonlar ham oʻzini yomonlikdan olib qochadi. Boshqa vaqtda namoz oʻqimaydiganlar ham roʻzani tutib, namoz oʻqishga kirishadi, tarovehga qatnab qoladi. Xullas, musulmon olami bir kechada yaxshilik tomon burilib qolganga oʻxshaydi.
Ramazoni sharifning odamlarga koʻrsatgan va koʻrsatayotgan bu taʼsiri, foydasi juda yaxshi. Ammo nima uchun bu oliymaqom holat faqat Ramazonda boʻladi? Nima uchun Ramazonda olingan ruhiy holat yanagi Ramazongacha davom etmaydi? Aslida bu Ramazonda hosil qilingan taqvo, fazilatlar va oliymaqom ruhiy holat kelasi Ramazongacha davom etishi kerak-ku?!
👉 @OdamOlam | 0 |
| 3 | #Olam
Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻyganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini koʻrmadingmi?!
(Luqmon, 29)
👉 @OdamOlam | 0 |
| 4 | #Odam
Hech bir sabab boʻlmasa-da Allohga hamd ayt! Chunki U senga shunday marhamat koʻrsatyaptiki, "Alhamdulillah" deyishingga doim sabab bor.
👉 @OdamOlam | 0 |
| 5 | #Iqtibos
Inson o‘zining yaratilish hikmati haqida ozgina tafakkur qilib ko‘rsin! Insonga hayot berib, uni ona qornidan yorug‘ dunyoga chiqargan, uni yo‘qdan bor qilgan kim?! Albatta, Alloh! Shunday bo‘lgach, inson ana shu Zotga shukr qilib, Unga Imon keltirib, Uning toat-ibodatini qilmaydimi?!
Inson bu dunyodagi hayotini yakunlaganidan keyin uni vafot ettiradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, o‘lim kelmasidan avval odam bolasi o‘zini o‘nglab, Allohga itoatda bo‘lmaydimi?!
O‘lganlarni qiyomat kuni yana qaytadan tiriltiradigan, ularni hisob-kitob qiladigan, amallariga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson o‘sha oxirat kuniga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘lmaydimi?!
Dunyo hayotining haqiqati shu bo‘lgach, insonlar U Zotga iymon keltirib, ibodat qilishlari, Uning bergan neʼmatlariga shukr qilib hayot kechirishlari kerak. Ammo, ming afsuski, ko‘pchilik insonlar bunday qilishmaydi, Allohga noshukr bo‘lishadi. Uning yo‘liga yurmay Parvardigorlariga isyon va itoatsizlik qilishadi. Mo‘minlikning asl mohiyati esa ana shundaylardan bo‘lib qolmaslik, qalbini iymon nurlari bilan nurafshon qilib, Allohga asl bandalik qilishdadir!
“Ulug‘lar shunday yashashgan” kitobidan | 0 |
| 6 | #Odam
Mo‘minlik, to‘rt mucha sog‘ligi, aql butligi - katta ne’matlar bilan birgalikda katta mas’uliyat hamdir.
Allohim, bizga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga Oʻzing yordam bergin!
👉 @OdamOlam | 0 |
| 7 | No text... | 0 |
| 8 | #Odam
#Tafakkur
Xursandchilikda tabassum qilamiz, mahzunlikda yigʻlaymiz. Xushxabar eshitsak sevinamiz, qalbimiz ogʻriganda oʻkinamiz. Ajoyib inson zoti!
Shu hislar yuzimizda aks etishi uchun xizmat qilayotgan muskullar haqida hech oʻylab, tafakkur qilib koʻrganmizmi?
Ajabo, bir necha hislarni mukammal yetkazib beradigan muskullarga ega va shu hislarni koʻzlar bilan payqab ajratib oladigan inson zotini qarang!
Va oʻzlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki koʻrmayapsizlarmi?!
(Zoriyot surasi, 21-oyat)
Shubhasiz, har bir maxluqning mukammalligi Xoliq boʻlgan Zot ulugʻligiga dalolat qiladi!
👉 @OdamOlam | 0 |
| 9 | VIDEO: Face Test
Hissiy holatlarning ifodalanishi | 0 |
| 10 | #Olam
Qor uchqunlari va qor kristallari bir-biriga oʻxshash bo‘lib, kristall — muzning bir zarrasi, qor uchquni esa koʻp kristallar birlashmasidir.
Qor kristallari bulutlardagi suv bugʻlari muzlashi natijasida hosil boʻladi.
Qor uchqunlari ham, bulutlarda, suv tomchilari muzlab, muz zarralariga aylanganda hosil boʻladi.
Bulutdagi suv bugʻi muz zarrasiga yigʻilib uni olti qirralik prizma shakliga kelishiga sabab boʻladi. Soʻng, uning shoxchalari shakllanib yanada murakkab koʻrinishga keladi. Ushbu jarayondan keyin ham qor uchqunlari noyob holga kelgunga qadar yana oʻzgarishlarga uchraydilar.
Ikki murakkab shakldagi bir-biriga oʻxshash qor uchqunlari deyarli topilmaydi.
Yuqoridagi videoda 35 xil shakldagi mavjud qor uchqunlaridan 8 tasini koʻrishingiz mumkin.
Manbalar asosida tayyorlandi
_
Mitti qor uchquniga-da shunchalar bezak berib qo'ygan Robbing haqida gumonga borasanmi, odamzod?
👉 @OdamOlam | 0 |
| 11 | #Iqtibos
Sizga bir kasallik haqida maʼlumot bermoqchiman. Koʻnikib qolish kasalligi... Notoʻgʻri oʻqimadingiz, bu bir kasallikdir. Simptomlari deyarli yoʻq, juda pismiq bir kasallik. Allohning neʼmatlariga koʻnikib qolish qalb kasalliklaridan biridir.
Boshlanishi:
1. Allohning neʼmatlarini bir neʼmat ekanligini unutib, goʻyo bir erishilgan, ishlab topilgan haqdek moliklik (egalik) qilish.
2. Uyga kirib kelgan kishi oilasining sogʻ-salomat koʻrishiga koʻnikib qolish. Ularni sogʻ-salomat koʻrib turgani uchun hamd aytlmaslik.
3. Bozorga borib savatini, sumkasini toʻldirib kelib, uyga kelganida bu neʼmatlarni Berganni eslab ham qoʻymaslik. Shukur qilish keraqligini zarra qadar his qilmaslik. Goʻyo hamma narsa gʻoyatda normal, bular uning tabiiy haqqidek.
4. Har tong uyqudan uygʻonib sogʻligi joyida, bir ogʻrigʻi yoʻq, ammo shukri ham yoʻq, hamdi ham yoʻq.
Agar siz bulardan birini yashayotgan boʻlsangiz, allakqachon koʻnikib qolish kasalligiga chalinib boʻlibsiz. Uyga kirganingda Alloh senga ota-ona, bola-chaqa, sogʻlik neʼmatini bergan boʻlsa, hamd ayt. Hayotingni neʼmatlarga koʻniktirib qoʻyma. “Qandaysan?” – degan kishiga, “Qanday boʻlardik, har kungi ahvol”, – dema. Sanab tugatib boʻlmaydigan neʼmatlar ichida suzib yuribsan. Alloh u neʼmatlarni har on yangilab, har on dolzarb qilib turibdi. Bu uchun senga shukurni farz qilgan. Qancha-qancha insonlar sening kabi edi, ammo bir tong dahshat ichida uygʻondi.
Qancha-qancha insonlar boy edi, bir tong qarzga botgan holda uygʻondi. Qancha insonlarning koʻzlari ochiq edi, bir tong koʻzlari koʻr holda uygʻondi. Alloh ularga bergan neʼmatlarini yangilamadi.
Sening neʼmatlaring esa har tong yangilanmoqda. Solih amallar ishlash uchun bu neʼmatlar, albatta, lozim.
“Fantom og‘rig‘i” kitobidan | 0 |
| 12 | #Shaxsiyatlar (2)
Malkolm Iks (Malcolm X) — qora tanli kishilarning haq-huquqlari himoyachisi, irqchilikka qarshi kurash olib borgan diniy-siyosiy arbob, shuningdek, afroamerikaliklar jamiyatida Islomni keng yoyilishiga sababchi boʻlgan qahramon shaxs.
Oʻzining yuqoridagi intervyusida “Malkolm, sen Haj safari davomida haqiqiy birodarlik hisini sezganingni aytgan eding (shu haqida gapirib bersang)” degan soʻrovga u quyidagicha javob beradi:
Men Makka shahrida Haj ibodatini amalga oshirayotib Hajda boʻlgan barcha musulmonlarda haqiqiy, asl birodarlikni koʻrganim haqida aytgan edim. Irqlari (tana ranglari) farq qilishiga qaramay Islomning bu kishilarga oʻtkazgan taʼsiri mening eʼtiborimni tortdi va agar Amerika xalqi ham Islomni oʻrgansa, Islom musulmonlar orasida irqchilikni yoʻq qilgani kabi, shoyad, ulardan ham qisman bu illatni yoʻqotsa degan fikrda edim. Haj safarim davomida men, ular Amerikada boʻlganlarida “oq tanli” deb muomala qilinadigan oq tanli musulmonlar bilan yaqin aloqada boʻldim, ammo oʻsha musulmonlar oʻzlarini “oq tanlilar” deb ajratib olishmagan edi. Ular oʻzlarini insoniyat oilasining bir aʼzosi sifatida koʻrishar, va shu sabab ham odamzodning boshqa qatlamiga oʻz oila aʼzolaridek muomalada boʻlishar edi. Amerikadagi oʻzini “oq tanli” deb nomlaydigan kishining muomalasidan farqi oʻlaroq musulmonlarda boshqacha qarash, boshqacha muomala va boshqacha muhit mavjud edi. Shuning uchun men aytdimki: “Agar Islom (musulmonlarga) shunday (mezon oʻlaroq) taʼsir oʻtkazgan boʻlsa, ehtimol Amerikadagi oq tanli kishi Islomni oʻrgansa unga ham xuddi shunday taʼsir oʻtkazadi”.
👉 @OdamOlam | 0 |
| 13 | Malkolm Iks (Malcolm X) — qora tanli kishilarning haq-huquqlari himoyachisi, irqchilikka qarshi kurash olib borgan diniy-siyosiy arbob, shuningdek, afroamerikaliklar jamiyatida Islomni keng yoyilishiga sababchi boʻlgan qahramon shaxs.
Oʻzining yuqoridagi intervyusida “Malkolm, sen Haj safari davomida haqiqiy birodarlik hisini sezganingni aytgan eding (shu haqida gapirib bersang)” degan soʻrovga u quyidagicha javob beradi:
Men Makka shahrida Haj ibodatini amalga oshirayotib Hajda boʻlgan barcha musulmonlarda haqiqiy, asl birodarlikni koʻrganim haqida aytgan edim. Irqlari (tana ranglari) farq qilishiga qaramay Islomning bu kishilarga oʻtkazgan taʼsiri mening eʼtiborimni tortdi va agar Amerika xalqi ham Islomni oʻrgansa, Islom musulmonlar orasida irqchilikni yoʻq qilgani kabi, shoyad, ulardan ham qisman bu illatni yoʻqotsa degan fikrda edim. Haj safarim davomida men, ular Amerikada boʻlganlarida “oq tanli” deb muomala qilinadigan oq tanli musulmonlar bilan yaqin aloqada boʻldim, ammo oʻsha musulmonlar oʻzlarini “oq tanlilar” deb ajratib olishmagan edi. Ular oʻzlarini insoniyat oilasining bir aʼzosi sifatida koʻrishar, va shu sabab ham odamzodning boshqa qatlamiga oʻz oila aʼzolaridek muomalada boʻlishar edi. Amerikadagi oʻzini “oq tanli” deb nomlaydigan kishining muomalasidan farqi oʻlaroq musulmonlarda boshqacha qarash, boshqacha muomala va boshqacha muhit mavjud edi. Shuning uchun men aytdimki: “Agar Islom (musulmonlarga) shunday (mezon oʻlaroq) taʼsir oʻtkazgan boʻlsa, ehtimol Amerikadagi oq tanli kishi Islomni oʻrgansa unga ham xuddi shunday taʼsir oʻtkazadi”. | 0 |
| 14 | Malkolm Iks (Malcolm X) — afroamerikaliklar jamiyatida Islomni keng yoyilishiga sababchi boʻlgan qahramon shaxs. | 0 |
| 15 | Assalomu alaykum!
Quyidagi havolalarni ustiga bosib, kanalimizga avvalroq joylangan maqola va tarjimalar bilan tanishishingiz mumkin:
• Paxtali tayoqchalar aslida quloq tozalagichlarmi?
• Goʻdakning jinsi erkak kishiga bogʻliq
• Chaqaloqlarda soʻrish refleksi
• Inson tanasidagi eng kichik suyak
• Dunyodagi eng katta jonzot — koʻk kitning yuragi haqida siz bilmagan 5 maʼlumot
• “Ularni goh oʻngga, goh chapga agʻdarib tururmiz.”
• “Odam bolalaridan barcha kishi uch yuz oltmish boʻgʻim bilan yaratilgan…”
• “...koʻksini xuddi osmonga koʻtarilayotgandek, tor va tang qilib qoʻyadi”
• Qor uchqunlari
• Asalari haqida nima bilasiz?
• Inson tanasidagi eng kichik muskul
• Barmoq uchlari nimasi bilan oʻziga xos?
• Tafakkur...
• Embriolog olim Keyt Murning xolis e'tirofi
Foydali deb topsangiz yaqinlaringiz bilan ham ulashing! Alloh manfaatli qilsin!
👉 @OdamOlam | 0 |
| 16 | #Olam
Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yoʻq. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermagʻfirat Zotdir.
(Isro surasi, 44-oyat) | 0 |
| 17 | #Iqtibos
Gohida farishta ham rashk qiladigan darajada yaxshi ishlarni qilamiz. Gohida esa holimizga dev ham kuladi. Hayot shunday: goh yiqilib, goh turib, davom etaveradi. Yiqilsak kulmang, gʻalaba qilsak maqtamang. Zero, inson haqiqiy maqtovga vafotiga qadar iymon bilan yashay olsagina sazovor boʻladi.
«Majolisi Hakimul umma» kitobidan | 0 |
| 18 | #Shaxsiyatlar (1)
Mashhur embriolog olim Keyt Murning xolis e’tirofi | 0 |
| 19 | #Shaxsiyatlar
Xolis e'tirof
Keyt Mur Kanadaning (Ontariyo) Toronto universitetida jarrohlik fakulteti, anatomiya kafedrasining faxriy professorlaridan boʻlgan. U Amerika klinik anatomlari assotsiatsiyasi asoschilaridan biri hamda “Amaliyotga yoʻnaltirilgan anatomiya” va “Amaliy anatomiya asoslari” kabi anatomiya faniga oid mashhur kitoblarning hammuallifi hamdir.
1980-yili doktor Mur Qirol Abdulaziz universitetida anatomiya va embriologiya fanlaridan maʼruza (leksiya) berish uchun Saudiya Arabistoniga taklif qilinadi. Ushbu safar davomida Qirol Abdulaziz nomidagi Embriologiya fani Qoʻmitasi, professorga Qurʼoni Karimning inson paydo boʻlishi va uning embriologik rivojlanishi haqidagi oyat va hadislarni ilmiy tahlili uchun murojaat qiladi.
Professor Keyt Mur milodiy yettinchi asrda nozil boʻlgan Kalomning bir necha oyatlaridagi ilmiy aniqlikni koʻrib lol qolgan edi.
“Oxirgi uch yil davomida Saudiya Arabistoni, Jidda shahrida joylashgan Qirol Abdulaziz nomidagi Embriologiya fani Qoʻmitasi bilan Qurʼon va Sunnatdagi inson paydo boʻlishi va uning embriologik rivojlanishi haqidagi oyat va hadislarni ilmiy tahlil qilishda koʻmaklashib, ishlab keldim. Boshlanishiga, hali embriologiya fani paydo boʻlmasidanoq milodiy yettinchi asrda nozil boʻlgan oyatlarning aniqligidan hayratga tushdim.”, - deydi professor Mur.
Qohira shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyada professor oʻz ilmiy tadqiqot ishini taqdim qilar ekan nutqining soʻnggida quyidagilarni soʻzladi: “Qurʼoni Karimda zikr qilingan embrion va homila rivojlanishi bosqichlari musulmon talabalariga (ularga dars berish jarayonida) oʻqitilishi kerak, sababi u maʼlumotlar ona qornidagi goʻdak rivojlanishining eng zamonaviy tushunchalariga muvofiq keladi. Shuningdek, bu musulmon doktor va hamshiralar oʻz bemorlariga insonning rivojlanishini Qurʼon oyatlari bilan tushuntirish imkonini beradi. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) 7-asrda inson rivojlanishi haqidagi bu maʼlumotlarga ega emas edi, sababi maʼlumotlarning aksari 20-asrga qadar oʻz tasdigʻini topmagan edi. Muhammadga bu ilm barcha narsani - bizning qanday rivojlanishimizdan tortib, qanday yashashimiz va qay tarzda faoliyat yuritishimizgacha biluvchi Zotdan ato etilgan, deb, xulosa qilgan musulmonlar haqdirlar.”
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, 1983-yili Professor Keyt Murning embriologiyaga doir “Rivojlanayotgan odam” kitobining Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlikda maxsus (Qurʼon oyatlari bilan sharhlangan) islomiy nashri chop etilgan. Ushbu islomiy nashrni tayyorlash davomida unga Shayx Abdulmajid az-Zindoniy va boshqa olimlar koʻmaklashgan. Kitob asl ingliz tilidagi nusxasi bilan raqobatlashishini oldini olish uchun sotuvga chiqarilmagan, balki islomiy kutubxonalar uchun moʻljallangan.
👉 @OdamOlam | 0 |
| 20 | VIDEO: #Olam
Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman. Albatta, agar bilsangiz, bu ulugʻ qasamdir. (Voqi'a, 75-76-oyatlar)
Bu oyati karima oʻn toʻrt asrdan koʻproq muqaddam nozil boʻlganligi hammaga maʼlum. Oʻsha paytda odamlar yulduzlar haqida sodda tushunchaga ega edilar, ularning hajmi, soni, joylashishi, bir-biridan uzoqligi, harakati haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Falakiyot ilmi rivojlanib, turli asboblar ixtiro qilinib, ular vositasida ochilgan juda koʻplab kashfiyotlar Qurʼon oyatlarining ulugʻligini tasdiqladi. Sonsiz-sanoqsiz yulduzlar aniqlandi. Boshqa ajoyibotlar oʻrganildi. Bularning hammasi ushbu qasam bekorga emasligini tasdiqladi.
Alloh taolo ulugʻ narsa bilan qasam ichadi va qasam bilan muhim narsani tasdiqlaydi. Ushbu oyatlarda yulduzlarning joylari bilan qasam ichishdan maqsad Qurʼoni Karimni tasdiqlashdir.
“Tafsiri Hilol”dan | 0 |
