O’zlikni izlab
Open in Telegram
26.01.2021 Islomiy kitoblar, statuslar, biznes kitoblar, biznes treninglar... Manfaatli postlar sizni kutmoqda😊 Jannat sari yo'l🌱 @Jajji_qalblar_rasmiy
Show more494
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-2230 days
Posts Archive
Бугун Арафа
🕌 Ато раҳимаҳуллоҳ: "Агар арафа кунининг оқшомида ўзинг билан холи қолиш (яъни, холи қолиб дуо қилиш) имкони бўлса, уни амалга ошир", дедилар.
Имом Аҳмаднинг "Зуҳд" асаридан.
Изоҳ: У Арафа куни аср намозидан то шом намозининг азонигача бўлган фурсат оралиғидир.
🤲 АРАФА КУНИ ДУОСИ
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: "Дуонинг энг яхшиси арафа кунидаги дуодир. Мен ва мендан олдинги Пайғамбарлар айтган сўзнинг энг яхшиси "Лаа илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ъала кулли шайин қодийр" деб айтишдир", деганлар.
✈️Саҳифаларимизга обуна бўлинг ва улашинг!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
✅Telegram
✅Instagram
✅Facebook
✅Facebook
✅YouTube
@jaxongirga_yordam
Uz card: 5440 8103 7220 7380
Низамов Кахрамон(Дадалари)
☎️(91)413-79-97 (Лайло опа оналари)
АЗИЗ САХИЙЛАР ЖАҲОНГИРЖОН УКАМИЗГА ҚЎЛДАН КЕЛГАНЧА ЁРДАМ БЕРАЙЛИК ИЛТИМОС.АҲВОЛЛАРИ ЖУДА ЁМОН,ТАЛОҚЛАРИ ШИШГАН,ЖИГАРЛАРИ ЁМОН,ҚАЙСИДИР ШИФОКОР АНКОЛОГИЯ ДЕБ ҲАМ ТАШҲИЗ ҚЎЙГАН.ҲОЗИРДА АНИҚ ТАШҲИЗ ЙЎҚЛИГИ УЧУН ҲАМ ҲИНДИСТОНГА ОЛИБ БОРИШМОҚЧИ.
ИЛТИМОС БЕФАРҚ БЎЛМАЙЛИК АЗИЗЛАР ҲАММАЛАРИНГИЗДАН АЛЛОҲИМ РОЗИ БЎЛСИН…
Repost from Rovi Talk
Sabablar - 100
Kutish - 0
Men nima qila olaman? - 100
Boshqalar nima qilyapti? - 0
Tan olish - 100
Ayblash - 0
Odamlar bunchalar ham xudbin òzining hurmatini deb boshqalarning his-tuyģulari ,ichki kechinmalari bilan ishi bòlmas ekan) ulardan òrganib ham turish kerak bunday xislatlarni🫠
Repost from Rovi Talk
“ODAMLAR NIMA DEYDI?” degan gapni ishlatayotgan odamlarni aslida odamlar bilan umuman ishi yo’q.
Bunday odamlarni o’zlari bajarmoqchi bo’lgan ishlari uchun hech qanday sabab, xohishlarini amalga oshirish uchun bahona, maqsadlariga erishish uchun qiladigan ishi qolmaganidan “ODAMLAR NIMA DEYDI?”, - degan gapni boshlaydi.
Bunday gapni gapirgan odamlarga uzun va qisqa javoblar bor. Ikkalasini ham sinab ko’rganman, to’liq ishlagan.
Avval uzun javobdan boshlasam:
- Mana buni qilmaysanmi? Buni ko’rsa odamlar nima deydi?
- Odamlar men biror muammoga kirganda nimadir qilib berdimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar men kasal bo’lsam tuzatib qo’ydimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar meni biror ishimni hal qilib berdimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar pulsiz qolsam menga “O’zinga kelib ol” deb pul berdimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar farzandlarimni tarbiyalab berdimi, ularni ilmli qilib berdimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar shuncha keraksiz to’yga sarflagan pulimga rahmat deb farzandlarimni baxtli qilib berdimi yoki yana orqadan sasishda davom etyaptimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- O’sha odamlar qizimni baxtli bo’lishi uchun nimadir qildimi, uni uyida janjal bo’lsa hal qilib berdimi, himoya qildimi, bolasi kasal bo’lib qolsa tuzatib berdimi, kuyovimni ichkilikdan, xotinbozlikdan qutqarib berdimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar o’g’limni nervinniyligini tuzatib berdimi? Vaholangki, men shu odamlar nima deydi deb uni ko’pchilikni ichida jazolaganman.
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar men uchun savobini berdimi, gunohimni oldimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
- Odamlar Xudoni oldida men uchun javob beradimi?
- Bilmayman (yoki yo’q deydi, yoki men qayerdan bilaman…)
Unda nimaga men oilamni qiynab, farzandlarimni azoblab, ota-onamni zorlatib, turmush o’rtog’imni odam o’rnida ko’rmasdan “ODAMLAR NIMA DEYDI” deyishim kerak?
Bu gaplarni aytish oson emas, lekin ayta olsangiz bu gaplarni gapirgan odam qaytib sizga bu mavzuda gapira olmaydi. Hech bo’lmasa yarmini ayting, hop mayli 3 donasini ayting. Shu ham yetarli bo’ladi.
Qisqa javob:
- Mana buni qilmaysanmi? Buni ko’rsa odamlar nima deydi?
- Alloh nima deydi? (yoki Xudo nima deydi? Yana bir variant Xudo bu to’g’risida nima degan?)
Aqli bo’lgan har qanday odam shu joyda to’xtaydi, agar to’xtamasa uzun javobga o’taverasiz.
Ishoning, bir dona mana shu gap sizni 70-90% pulingizni, 90% dan ko’proq asabingizni, 90% dan ko’p sog’lig'ingizni saqlab qolishga yordam beradi.
Shundan keyin o’sha o’zini maqsadi uchun sizga “ODAMLAR NIMA DEYDI” deyotgan odam asl maqsadini yoki asl yuzini, o’zi kim ekanligini ko’rsatishni boshlaydi.
Ha aytgancha, “Xudo nima deydi?” deyishdan avval, bu borada nima deyilganini ham o’rganib oling.
@rovitalk | Instagram | YouTube
Repost from Orifon.uz
Зулҳижжа ойининг дастлабки ўн кунининг фазилати
Аллоҳ таоло Қуръони Каримда шундай марҳамат қилади:
وَالْفَجْرِ وَلَيَالٍ عَشْرٍ وَالشَّفْعِ وَالْوَتْرِ
«Тонгга қасам. (Зулҳижжа ойидаги аввалги) ўн кечага қасам. Жуфт ва тоққа қасам» (Фажр 1-3 оятлар). «Жуфтга қасам» даги «жуфт»дан мурод, зулҳижжа ойининг ўнинчи куни, «тоқ»дан мурод эса тўққизинчи кунидир (Баёнул Қуръон, 12 - бет).
«Дуррул мансур»да бир неча санадлар билан ривоятлар келтирилган бўлиб, унда Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам оятдаги «ўн кечага қасам»дан зулҳижжанинг ўн куни, «тоқ»дан эса, зулҳижжанинг тўққизинчи куни, «жуфт»дан эса, зулҳижжанинг ўнинчи куни ирода қилинган, деганлар (Хитоботул аҳком, 146 бет).
عن أبي هريرة رضي الله عنه أنَّ النبي صلى الله عليه وسلم قال "ما مِنْ أيام أحَبُّ إلى الله أن يُتعبَّدَ له فيها من
عَشْرِ ذي الحجة ، يَعْدِلُ صيامُ كل يوم منها بصيام سنة ، وقيامُ كلِّ ليلة منها بقيام لَيْلةِ القَدْر"
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ибодат қилинадиган бирор кун зулҳижжанинг ўн кунидан Аллоҳ таолога маҳбуб эмас. Ундаги ҳар бир куннинг рўзаси бир йилга баробардир. Ундаги ҳар бир кечада туриш қадр кечасида туришга баробардир» (Термизий ва Ибн Можа ривоятлари).
ЭРТАДАН ЗУЛХИЖЖА ОЙИНИ БИРИНЧИ КУНИ, (28--МАЙ) ҒАФЛАТГА ҚОЛМАЙЛИК!!!
♻️🌸♻️🌸♻️🌸♻️
♻️🌸♻️🌸♻️🌸♻️
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Дўстларингизга ҳам улашинг!
@orifonuz
Repost from Orifon.uz
ЗУЛ ҲИЖЖА ОЙИ ФАЗИЛАТИ ҲАҚИДА. САЛОҲИДДИН ДОМЛО.
РЎЗА ТУТУВЧИЛАР УЧУН 28- -МАЙ ЗУЛ ҲИЖЖАНИ 1 ЧИ КУНИ САҲАРЛИК ВА ИФТОРЛИК ВАҚТЛАРИ.
ТОШКЕНТ ВИЛ. С. 3,10...ИФТОР. 19,50
БУХОРО ВИЛ С. 03,20. .ИФТОР. 20,05
♻️🌸♻️🌸♻️🌸♻️
♻️🌸♻️🌸♻️🌸♻️
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Дўстларингизга ҳам улашинг!
@orifonuz
