Dilmurod Nabiyev
Open in Telegram
904
Subscribers
+124 hours
+17 days
-130 days
Posts Archive
Repost from Qarshi davlat universiteti
+9
#HokimOlimpiadasi
Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan 4 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Qashqadaryo viloyati hokimi olimpiadasi”ning joriy yilgi g‘oliblari taqdirlandi.
Bu yil olimpiadada 15 ming nafardan ortiq maktab bitiruvchisi ishtirok etib, 30 nafar iqtidorli yosh g‘olib deb topildi. Shundan fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 9 nafar o‘quvchi Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz talabalikka qabul qilindi.
Tantanali marosimda Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov yoshlarni bilim olish, mehnatsevarlik va o‘z ustida tinimsiz ishlashga da’vat etdi. Madaniy chiqishlar esa yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Bizni kuzatingTelegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
#JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!
🏆 Qarshi davlat universiteti jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini samimiy muborakbod etadi.
⚽️ Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va yorqin g‘alabalar tilaymiz.
🤝 Biz birgamiz! Yangi O‘zbekistonning g‘ururi va faxri bo‘lgan milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lsin!
👉@rektor_qarshidu
Repost from Qarshi davlat universiteti
Hurmatli hamkasblar va aziz talabalar!
Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Bu kunda Vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga cheksiz hurmat bajo keltiramiz. Ular ko‘rsatgan jasorat va matonat barchamiz uchun ibrat maktabidir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor
Bizni kuzatingTelegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Repost from Qarshi davlat universiteti
+8
#xizmat_safari #tanishuv
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Vazir o'rinbosari Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev hamrohligida universitetda sifatli ta’lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, Xorijiy tillar va Tibbiyot fakultetlari o‘quv binolari, Turizm amaliyot markazi, Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi, universitet qoshidagi 240 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti ko‘zdan kechirildi.
Bizni kuzatingTelegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Qadrli talaba-qizlar!
Sizlarni nufuzli “Vazir kubogi” musobaqasida qo‘lga kiritilgan yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklayman. Mamlakatimizning 14 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan ushbu musobaqada sizlarning matonat, jipslik va yuksak mahorat namoyon etganingiz alohida tahsinga loyiq.
Bu g‘alaba nafaqat universitetimiz, balki xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Sizlar sog‘lom turmush tarzi, kuch va irodaning yorqin namunasini ko‘rsatdingiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, yangi zafarlar va ulkan yutuqlar tilayman!
Hurmat bilan,
Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev
👉@rektor_qarshidu
+9
⚡️“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”: QarDUda musobaqalar jarayoni ko‘zdan kechirildi
Sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va tashkilot bosh kotibi Oybek Qosimov universitetda talabalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi bilan tanishdilar.
Mehmonlar universitetda o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning stol tennisi bo‘yicha saralash bahslarini kuzatib, talabalarning tayyorgarligiga e’tibor qaratdilar. Ma’lumot o‘rnida, mazkur olimpiada sportning 7 turi (basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol) bo‘yicha aprel–iyun oylarida uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan. Hozirda boshqa sport turlari bo‘yicha ham musobaqalarning universitet bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Tashrif asnosida ishchi guruhi a’zolari universitetning “Lochin” futbol klubi va voleybol jamoasi a’zolari bilan uchrashib, yosh sportchilarning rejalari va erishgan yutuqlari yuzasidan samimiy muloqot qildilar.
👉@rektor_qarshidu
Repost from Qarshi davlat universiteti
#rektor_tabrigi
Muhtarama onaxonlar! Munis va mehribon ayollar!
Avvalo, sizlarni hamda universitetimizning barcha xotin-qizlarini go‘zallik, nafosat va mehr-muruvvat ayyomi — 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ayolni e’zozlash, unga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy va olijanob qadriyatlardan biridir. Darhaqiqat, hayotimizga mehr, ezgulik va go‘zallik olib kiradigan, oilalarimiz fayzu barakasini ta’minlaydigan ham aynan siz, muhtarama ayollarsiz. Biz qaysi kasbda, qaysi lavozimda faoliyat yuritmaylik, qalbimizdagi ezgu fazilatlar, mehr-oqibat va insoniylik tuyg‘ulari uchun siz, mehribon ayollardan umrbod minnatdormiz.
Aziz va qadrli opa-singillar!
Bahor nafasi bilan kirib kelayotgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Xonadonlaringizdan fayzu baraka, qalbingizdan quvonch va shukuh arimasin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor
Bizni kuzatingTelegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
BITIRUVCHILAR BANDLIGI – YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHIDIR
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BITIRUVCHILARIGA REKTOR MUROJAATI
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan ochiq muloqotida “mehnat bozorini 2030-yilga qadar raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish, yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish, bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, hududlarning imkoniyatlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish” masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilab berildi.
Yuqoridagi topshiriq va vazifalar ijrosidan kelib chiqib, bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta’minlash uchun universitetda barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Joriy o‘quv yilida universitetni jami 3529 nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Shundan 1859 nafari kunduzgi, 1399 nafari sirtqi ta’lim shakli va 271 nafari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari hisoblanadi. Kelajakda Sizlarning ish bilan bandligingizni ta’minlash bo‘yicha universitetda aniq va ustuvor vazifalar belgilab olingan.
➡️Batafsil saytda o'qing
Qarshi davlat universiteti
rektori D.Nabiyev

Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch bo‘lgan yoshlarimiz uchun yangi imkoniyat eshiklari ochib berilgan kun
—
День, когда перед нашей молодежью, являющейся экономической, социальной и политической силой, распахнулись новые двери возможностей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
—
Глава нашего государства провел открытый диалог с молодежью.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
—
В резиденции «Куксарой» состоялся диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный поддержке ее инициатив.
#Mirziyoyev #muloqot #yoshlar #tashabbuslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ta’ziya
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, taniqli matematik olim Gulmirza Xudoyberganov 80 yoshida vafot etdi.
Ustoz ko‘p yillar davomida ilm-fan va ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib, yuzlab shogirdlar kamol topishiga hissa qo‘shdi. Uning fidoyiligi, yuksak ilmiy salohiyati, halolligi va insoniy fazilatlari hamkasblari hamda shogirdlari qalbida chuqur hurmat uyg‘otgan edi.
2001–2005-yillarda Qarshi davlat universiteti rektori sifatida faoliyat olib borib, oliygohning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va tashkiliy tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim islohotlarni amalga oshirdi.
U 1995-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” unvoni, 2001-yilda “O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishoni, 2021-yilda esa “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Qarshi davlat universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Ustozning yorqin xotirasi, boy ilmiy merosi qalblarimizda abadiy saqlanadi.
👉@rektor_qarshidu
Repost from Qarshi davlat universiteti
Ta’ziya
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, taniqli matematik olim Gulmirza Xudoyberganov 80 yoshida vafot etdi.
Ustoz ko‘p yillar davomida ilm-fan va ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib, yuzlab shogirdlar kamol topishiga hissa qo‘shdi. Uning fidoyiligi, yuksak ilmiy salohiyati, halolligi va insoniy fazilatlari hamkasblari hamda shogirdlari qalbida chuqur hurmat uyg‘otgan edi.
2001–2005-yillarda Qarshi davlat universiteti rektori sifatida faoliyat olib borib, oliygohning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va tashkiliy tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim islohotlarni amalga oshirdi.
U 1995-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni, 2001-yilda “O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishoni, 2021-yilda esa “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Qarshi davlat universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Ustozning yorqin xotirasi, boy ilmiy merosi qalblarimizda abadiy saqlanadi.
Bizni kuzatingTelegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
#jarayon
Ayni paytda 2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlar (magistrantlar) orasidan munosiblarini tanlab olish boʻyicha maxsus tanlov komissiyasining suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi uchun Qarshi davlat universitetidan 3 nafar magistrantlar ishtirok etmoqda.
👉@rektor_qarshidu
Repost from Qarshi davlat universiteti
#Xushxabar #TarixiyVoqea
⚡️Qarshi davlat universiteti Lochin klubi Proligada!
Qarshi davlat universiteti jamoasi uchun quvonchli yangilik — universitetning Lochin futbol klubi 2026-yildan boshlab Proliga musobaqalarida ishtirok etadi.
Ma’lumki, 2025-yil 9-dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshi shahriga tashrif buyurib, Qarshi davlat universiteti hududida barpo etilayotgan stadionda o‘rganish ishlarini olib borgan edi. Shuningdek, joriy yilning 7-aprel kuni Qarshi davlat universiteti va Liga o‘rtasida memorandum imzolanib, unda belgilangan yo‘nalishlar asosida Lochin klubi tizimli faoliyat olib bordi hamda debyut mavsumidayoq futbol jamoatchiligi e’tiborini qozona oldi.
O‘tgan davr mobaynida Lochin klubi Proligada ishtirok etish uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirdi. Yakuniy bosqichda universitet rektori Dilmurod Nabiyev tomonidan Lochin klubining 2026-yildan e’tiboran Proligada ishtirok etishini kafolatlovchi rasmiy xat Ligaga taqdim etildi. Universitet jamoasi tomonidan Liga talablari bosqichma-bosqich bajarilgani inobatga olinib, Lochin klubi Proliga ishtirokchilari safiga qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi mavsumda Birinchi ligada debyut qilgan “Lochin” jamoasi O‘zbekiston kubogida Surxon va Andijon kabi Superliga klublarini musobaqadan chiqarib yuborib, 1/8 finalgacha yetib bordi. Shuningdek, Birinchi ligada ham munosib ishtirok etib, pley-off bosqichiga chiqdi.
Аyni paytda universitet sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida oliygoh hududida joylashgan stadionni yirik uchrashuvlarga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, Liga talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy va muhtasham stadion barpo etilmoqda.
Loyiha doirasida zamonaviy tribunalar, sun’iy qoplamali yugurish yo‘lagi hamda ikki qavatli ma’muriy bino qurilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda 1400 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu mo‘jaz arena joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qarshi davlat universiteti jamoasini ushbu muhim yutuq bilan tabriklaymiz va “Lochin” klubiga Proligadagi debyut mavsumida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
—
Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X