cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

KitobHouse | Bookblog

📚 Dunyo kitoblari 📚 📚 Kitoblar dunyosi 📚 Inst: instagram.com/kitobhouse Murojaat uchun: @SharifovIlhom

Show more
Advertising posts
392
Subscribers
+1024 hours
+307 days
+3630 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Media files
400Loading...
02
​​#mutolaaxona Odatda elektron va audio kitoblar bilan unchalik chiqisha olmasdim, baribir haqiqiy kitobni his qilib o'qish boshqa, hidi, varoqlari ochilishi sevgi. Lekin ba'zi nashr qilinmayotgan kitoblarni topish muammo, qachondir ko'rib qolsangiz yoningizda shu vaqtda pul bo'lmasa, muzqaymoq ololmagan boladek mo'ltirlab ketasiz. Demak zamonaviy kitob toifalaridan ham foydalanib turish kerak. "Mutolaa" ilovasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, foydalanib ko'rganlar ham ko'p. Har birimiz avtobus va metroda xohlamasak ham telefondan foydalanib ketamiz, bu qandaydir odat bo'lib, qo'l ketib qolaveradi. Shu payt, o'zingizda "kuch" topib "Mutolaa"ga kirib olsangiz, qisqa safardan ham unumli foydalanib olishingiz mumkin. Bugun yo'limda fantast yozuvchi Ayzek Azimovning "Fazodagi mojaro" qisqa hikoyasini o'qib keldim. Bu yozuvchi kitoblarini anchadan buyon qidirib yurardim, ayni muddao bo'ldi. Endi audio kitoblarga o'rganish uchun quloqchin olsam, olam guliston. Bu ilovadan foydalanib ko'rdingizmi? Qaysi kitoblarni o'qib yoki eshitib bo'ldingiz? @kitobhouse
3512Loading...
03
Toʻkis baxt uchun
1740Loading...
04
​​#youtube Youtube uchun ssenariy oyni boshida tayyor bo'lgandi. Uni olib chiqish uchun ozgina mablag' kerak. Oddiyroq olib chiqqani ssenariy va mavzuni qizg'anaman. Ba'zida mukammalikka intilish ham yaxshi emasdek, lekin "bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin". Ozmi-ko'pmi instagram havosidan nafas olib ko'rdim, tarmoqdagi harakatlarim natijasi endi bu tarmoqdan boshqasiga o'tishim kerak deganimda chiqib kelyapti. Instagramda unchalik taniqli bo'lmagandirman, lekin o'zim uchun isbotlashim kerak bo'lgan hammasini qildim. Raqamlardan keyin "K" yozilgan videolar chiqdi, xohlasam hozir ham bunga salohiyatim yetadi. Lekin qoraqozon "K" bilan qaynamaydi, bo'lib hamki kitob yo'nalishini tanladingizmi, bu ancha qiyin. O'zbek vlog sferasida kitob yo'nalishiga qadam bosilmagan, bosilgan qadamlar ham qayergadir borib yo'qolib qolgan. Bir daqiqalik video chiqarish uchun haftalab vaqtim ketadi, 100 lab mavzular orasidan saralab mavzu olib chiqaman. Ura-uraga olib chiqsangiz yoki bitta kitobni varaqlab orqasiga bitta Domlani yoki taniqli kishining gapini qo'yib yuborsangiz qanday ko'rishlar olishini va qancha obunachi qo'shilishini ham bilaman. Lekin vijdon degan "dushman"im borda, nima qilay. Mayli, nolishim ko'payib ketdi. Ssenariy tayyor, oxirgi tiyinimga bo'lsa ham uni chiqaraman. Bularni kimdandir yordam olish uchun yozmadim, shunchalik yurakda borlari. Video chiqandan keyin "like" bilan qo'llab tursangiz eng katta yordam shu bo'ladi 😁. @kitobhouse
2091Loading...
05
#iqtibos Yoʻqotish nima oʻzi? Oʻlimmi..? Mavlono aytadi: - Insonlarni oʻlimiga emas, tugʻilishiga yigʻlanglar. Qashqirlar makoni @kitobhouse
1890Loading...
06
#podcast 2 yildan beri Youtubega kiraman deyman lekin bahonalar qator-qator. Platformada kitob haqida videolar kam, lekin oxirgi vaqtda ularni soni oshib boryapti. Shunday loyihalardan biri Anorbook nashriyoti tomonida qilinayotgan Kitobdosh podcasti. Ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi uchun olinadigan songa taklif qilishgandi. Shu son bugun tayyor qilinib, Youtubega joylanibdi. E’tiborli tomoni kitob muhokamasida nashriyot rahbari Husan aka ham ishtirok etganlar. Albatta koʻring. https://youtu.be/6kEcBaMAbvw
2621Loading...
07
#atama Xolokost Yuqoridagi postda Xolokost atamasiga ko'zingiz tushgandir. Bu so'z qanday ma'noni anglatishini ko'rib chiqsak. Xolokost so'zi "yondirilgan qurbonlik" ya'ni yoqib o'ldirilgan, kuydirilgan ma'nolarda keladi. Ingliz tilida "holocaust" tarzida yoziladigan atama "holocaustum" ko'rinishida lotincha Bibliyada qo'llanilgan. Atama birinchi marta Divezislik Richard tomonidan 12-asrda ishlatilgan. 1910-yildan boshlab ingliz matbuotida Arman Genotsidi va Rossiyadagi fuqarolar urushi davridagi Yahudiylarni yo'q qilish harakatlarini yoritishda qo'llanila boshlangan. O'tgan asrning o'rtalarida Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Eliezer Viesel o'z kitoblarida atamadan keng foydalangan. Umuman olganda bu so'zda ommaviy qirg'inlar va genotsidlarni ifodalash uchun foydalaniladi. Zamonaviy ingliz tilida esa bosh harflar bilan yozilgan Xolokost so'zi 2-jahon urushida fashistlar tomonida yahudiylarga nisbatan uyushtirilgan genotsidni bildiradi. 2005-yili BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida 27-yanvar Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni deb elon qilingan. Insoniyat Xolokost so'zini umuman ishlatmasligini tilagan bo'lar edim, lekin ko'rayapmizki bu so'zga ehtiyoj hali davom etayapti. @kitobhouse
2360Loading...
08
#mem
2511Loading...
09
Tushlikdan keyin qanaqadir tadbirga keldik. Boshida koʻrgazma va tadbirlarga borishga qiziqardim, kitob oluvchilar bilan muloqot qilib kelaman deb oʻylardim. Lekin chuchvarani xom sanabman. Kitob oluvchidan, hisobot uchun rasmga tushuvchilar koʻp. - Kitoblar bilan rasm tushamiz. - Kitob olib tur, oʻqiyotgandek boʻlsin. - Kitoblar bilan rasmga olib qoʻying. - Kitoblarizni olib turamiz rasm tushgani. Xullas, oʻsha gap… p.s: yaxshi ham soqolimni olmay kelibman @kitobhouse
2820Loading...
10
​​#mulohaza Kitobga yo'q deymiz. Hozirgi ish joyimda bir hodisani ancha vaqt kuzatib yurdim. Omborni tozalovchi opa borlar, ishlari juda yaxshi. Ertalab kelib hamma joyni chiroyli tozalab qo'yadilar. Tushlikkacha ishlari qolmaydi, shunda 2 soatcha bo'sh bo'lib, telefonda "Botir Qodirov kimning o'g'il?" degan videolarni ko'rib o'tiradilar. Omborda deyarli yo'q kitobning o'zi yo'q. Har qanday mavzuda kitoblar topiladi. Aynan shu kitoblar qatoriga kirib biror marta kitob olganlarini yoki bizdan so'raganlarini ko'rmadim. Ish ko'p, charchaydi deyishingiz mumkin, lekin bo'sh qolgan vaqtlari ham anchagina, yana shu telefondagi mavzular. Kitob o'qish uchun muhit va imkoniyat muhim emasligini tushundim. Kitob o'qimaslikka umuman foydali mashg'ulotlar bilan shug'ullanmaslikka qancha bahona topsak, shuncha kelib chiqaveradi. Ombor joylashgan binoda 3 ta qorovul navbatchilik bilan ishlashadi. Kunlari deyarli bo'sh o'tadi, ulardan ham birortasi kelib "Qanday kitoblaring bor?" deb so'rashmagan. Shunchaki telefonga yoki televizorga termulib vaqtlarini o'tkazishadi. Hech bo'lmaganda 1 oyda 2 yoki 3 kitobni tugatib qo'yishlari mumkin edi, ehh. Kitobning qiymatini tushunib olgunimizcha qancha yillar kerak bilmadim? @kitobhouse
2701Loading...
11
#yanginashr Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin. @akademnashr @kitobhouse
2210Loading...
12
⚜️ Adabiyot va kitoblarga ixlosmand qalblar uchun, foydali bo'lishi kutilayotgan bloglarni tavsiya etamiz: @burxonov_lite - adabiyot, san'at, mushohada va hech narsa haqida @mutolaa_ustida - kitoblar va estetika uygʻunlashuvi @kitobhouse - Kitoblar dunyosi, Dunyo kitoblari @Ochopat_book - Turkiyadagi ta'lim, kitoblar va hayot @fazodasblog - har sohadan bir shingil @kitobxonyigit — kitoblar haqida fikrlar @kommentolog — kitoblar borasida degustatoringiz @boqiy_darbadarr – kitoblar va she’riyat @gullayotganyurak - afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas @dildora_bookaholic – kitoblar dunyosidan soʻngi xabarlar ‼️ Ushbu bloglarni kuzatib borish, sizni biroz teranroq ma'lumot olishingizga yordam beradi. Bloglarimiz rivoji uchun kanalimizga obuna bo'lishingizdan mamnunmiz, hurmat bilan blog mualliflari
1331Loading...
13
​​#adib O'zbek kitobxonlariga tanish bo'lmagan yozuvchi asli ismi Jozef Levinkopf bo'lgan Yeji Koshinskiy haqida suhbatlashamiz. 1933-yil 14-iyunda Polshaning Lodzi shahrida yahudiy oilasida Jozef dunyoga keladi. Urush boshlangan vaqtda natsistlarning yahudiylarga nisbatan olib borgan genotsididan uning oilasi boshqa qishloqlarga qochishga majbur bo'lishadi, ana shunda uning familiyasini Koshinskiyga o'zgartirishadi. Urushdan keyin Jozef Lodz universitetini tamomlab, Polsha Fanlar akademiyasida Tarix va sotsiologiya institutida assistent bo'lib ishlaydi. 1957-yilda AQSHga ko'chib o'tib, Kolumbiya universitetida tahsil oladi. 1965-yilda o'zining birinchi romani "Rangin qushcha" asarini e'lon qiladi. Qiziq tomoni asarlarini e'lon qilishni boshlaganda Jozef Novak taxallusini ishlatgan. Uning asarlarida urush davridagi xolokost sezilib turardi, ayni bolalik davrida qirg'inlarni ko'rgan adib o'z kitoblariga ularni ko'chirgan deyish mumkin. Asarlari: 1960 — The Future in Ours, Comrade 1962 — No Third Path 1965 — The Painted Bird 1968 — Steps 1971 — Being There. 1973 — The Devil Tree 1975 — Cockpit 1977 — Blind Date 1979 — Passion Play 1982 — Pinball 1988 — The Hermit of 69 th Street 1992 — Passing By (asarlarni o'z nomicha berishga qaror qildim). Koshinskiy 1969-yilda "Qadamlar" kitobi uchun AQSH Milliy mukofotiga loyiq ko'riladi. 1991-yil 2-may kuni adib o'zini barbituralar bilan zaharlab, joniga qasd qiladi. 2023-yil tarjimon Mirzohid Muzaffar tomoni "Rangin qushcha" asari o'zbek tiliga o'giriladi va Zabarjadmedia nashriyoti tomonida nashr etiladi. Shu kitobni o'qish jarayonidaman, o'qib bo'lib albatta taqriz yozaman. Ancha kitoblar yig'ilib qoldi taqrizni kutayotgan. @kitobhouse
3411Loading...
14
​​#kitobhouse 5 ta frontda xizmat Ancha vaqtda buyon yozaman deyman qo'l tegmaydi. Aytiladigan gaplar, yoziladigan xulosalar anchagina yig'ilib qolgan. Hozir 5 ta frontda xizmat qilishgan to'g'ri kelyapti. 1. Asaxiy.uz kompaniyasi Bu asosiy ish joyim va sevib ishlaydigan ishim, iyun oyida ish boshlaganimga 1 yil bo'larkan. Birinchi kitob do'konda ishladim, kitob sotuvchilik esa eng yaxshi kasb men uchun, hozir esa Asaxiy omborida ta'minot bo'limidaman, kitob do'kon kichkinalik qildik shekilli, ana bo'lmasa deb kitoblar omboriga keldim, qoldim. Xullas ishimni sevaman. 2. @KitobHouse blogi Ozmi-ko'pmi men tanitgan va muhabbat bilan bajaradigan ishim, hayotimning bir qismi. "KitobHouse aka" bo'lib shakllantirgan blogim. Qaysidir ma'noda meni men qilgan. Blog bo'yicha yaxshi yangilik, Youtube uchun ssenariy yozib tugatdik, oy oxirigacha birinchi videomiz chiqib qoladi, nasib qilsa. Birinchi video nima haqida bo'ladi deb o'ylaysiz? 3. @Kitob\_house online kitob do'koni Kichik bir biznescha, lekin mening erinchoqligim sababli rejalari ortda qolayotgan ishim. Yaqinda bu ishda yangilik qildik, Burhoniddin ukamiz instagram orqali yozib bir yaxshi taklif berdilar. Online do'kon uchun @kitob\_housebot ni ish tushirdik, endi kitoblarni oson buyurtma qilish mumkin, hozir botga 150 dan ortiq kitoblar yuklangan, bemalol kirib buyurtma berish mumkin. Botni takomillashtirilib borilyapti. 4. Shaxsiy rivojlanish Ancha vaqtdan buyon qiziqqan sohamda o'qishni boshlayapman, ya'ni Marketing. Umuman bu soha haqida o'qib, yangiliklarni kuzatib boraman. Blogimda ham bilganimcha anchagina foydalanganman. Endi esa mutaxassis sifatida maydonga qadam tashlaymiz. Bu soha bo'yicha yangicha rejamiz bor, agar biz o'ylagan natijalarni bersa yil oxirida e'lon qilaman. 5. Sizlarga yangilik Hozircha bu ish haqida aytmay turaman, natijalarimiz chiqishi bilan sizlar bilan albatta baham ko'raman. Kitob sohasidan uzoqlashmadik 😎. Xullas, shunaqa yangiliklar p.s: qadrdon do'stimiz telegramga ham qarab qo'ying degandilar, shu kunlarda yozish niyatim bor edi, endi ularni sabablari bilan doimiy holatiga o'tamiz. @kitobhouse
3301Loading...
15
#ha Endi mahallangizga sport maydonchasini o'zingiz sovg'a qilishingiz mumkin! Birinchidan, boshlanishini o'qib yuragim biror random bo'lsa kerak deb o'yladi. Qayta yana o'qidim ozgina tushunmadim, demak bizga sport maydonchasi qurib berilmaydi, ya'ni o'zi qilinishi kerak bo'lgan ish qilinmaydi. Ovoz to'plash uchun yana oftobda sarg'ayish kerak. O'zing uchun o'l yetim dunyo. Kurashlarga to'la hayotimizga yana bir kurash qo'shildi. @kitobhouse
3990Loading...
16
#men Oxirgi vaqtda juda ham sovuqqon boʻlib boryapman. Yaxshilikni ham, yomonlikni ham oddiy boʻlishini kerak boʻlgan ishdek qabul qilyapman. Foydami yoki zarar? Bilmayman, lekin shunday boʻlishi kerak boʻlyapti. Unda ortqi ham kam ham emas. Maqsadlarga erishish uchun yaxshi yoʻl shudir balki? Sizning his-tuygʻularingiz olamga qiziq emas, botindan koʻra sirt muhimdek. @kitobhouse
4330Loading...
17
Media files
10Loading...
18
Media files
490Loading...
19
#mem @kitobhouse
1 5064Loading...
20
Qahramonlarni taniyapsizmi?
4981Loading...
21
Media files
5082Loading...
22
Media files
5022Loading...
23
Media files
4171Loading...
24
#taqdimot Tadbirlar ketma-ketligi davom etadi. Koʻpchilikka tanish “Mutolaa” loyihasining taqdimotiga taklifnoma kelibdi, bu uchun alohida raxmat. Tadbir davomida Javlon Jovliyening “Qoʻrqma” kitobi asosida ishlagan film premyerasi ham boʻlib oʻtarkan. Xullas, bunday joylardan qolib boʻlmaydi. @kitobhouse
4261Loading...
25
Rasmiy tadbirlardan keyin biz kutgan kitob savdo yarmarkasi e’lon qilindi. Borishni unutmang, koʻrishib qolarmiz. @kitobhouse
3550Loading...
26
Media files
2892Loading...
27
Musiqa yozish, videolar suratga olish, kitoblar tarjima qilish, kuni bilan kitoblar o'qishni xohlaydi bu ko'ngil. Lekin o'ylab qarasam, bu ishlar bilan shug'ullansam, pulsiz qolib ketar ekanman. Gap shundaki, musiqa yozishni o'zi yetarli emas — to'xtab qolmaslik, uni targ'ib qilishda davom etish kerak. Shunda... Shunda qachondir bundan nimadir chiqadi, ijod pul olib kelishni boshlaydi. Lekin bungacha bo'lgan davrni nimadir qilib o'tkazish kerak. Video suratga olib, YouTube`ga joylashni boshlasangiz ham shunga o'xshash holat. Qanchalik ajoyib kontent qilmang, blog sizni boqa boshlashi uchun ancha vaqt kerak bo'ladi. Kitob tarjima qilib, nashriyotdan gonorarni olaman deb o'ylaysiz. Buni o'rniga, haftalab nashriyotga yalinib yurasiz, pulni hech bo'lmaganda bir qismini beringlar deb. Och va pulsiz qolib ketgach, boshqa kitob tarjima qilmayman deb va'da berasiz o'zingizga. Chunki o'zingizni, oilangizni nimadir bilan boqishingiz kerak. Balki, bo'ydoq bo'lganimda "och rassom" rejimida yashayvergan bo'larmidim. Lekin oilali odam bunday qila olmaydi. Chunki siz endi faqat o'zingiz uchun javobgar emassiz. Xullas, bu narsalar haqida o'ylagach, tushuna boshlar ekansiz — bunday intellektual mehnat faqat cho'qqiga yetgandagina (mashhur bo'lib ketgach, deylik) foyda keltiradi. Lekin hozir biz yashayotgan davrda pulsiz yashab bo'lmaydi. Shuning uchun ham odamlar oddiygina va zerikarli bo'lsa ham, har kunlik ishini qilishda davom etaverishadi. Shuning uchun ham hozir hech kimni moddiy foyda keltirmaydigan ishga vaqti yo'q. Kun kechirish kerak... Olindi: @ThePerfectionist p.s: ayni kunlarda jismoniy mehnatdan charchab ijod qilishni xohlab yurganimda o'zimga ko'p savollar beryapman, yuqoridagilar faqat men bilan sodir bo'lmiyapti ekan, moddiylik va ijodkorlik orasida qolib ketganga o'xshayman. @kitobhouse
3210Loading...
00:56
Video unavailableShow in Telegram
😁 2👍 1🔥 1
​​#mutolaaxona Odatda elektron va audio kitoblar bilan unchalik chiqisha olmasdim, baribir haqiqiy kitobni his qilib o'qish boshqa, hidi, varoqlari ochilishi sevgi. Lekin ba'zi nashr qilinmayotgan kitoblarni topish muammo, qachondir ko'rib qolsangiz yoningizda shu vaqtda pul bo'lmasa, muzqaymoq ololmagan boladek mo'ltirlab ketasiz. Demak zamonaviy kitob toifalaridan ham foydalanib turish kerak. "Mutolaa" ilovasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, foydalanib ko'rganlar ham ko'p. Har birimiz avtobus va metroda xohlamasak ham telefondan foydalanib ketamiz, bu qandaydir odat bo'lib, qo'l ketib qolaveradi. Shu payt, o'zingizda "kuch" topib "Mutolaa"ga kirib olsangiz, qisqa safardan ham unumli foydalanib olishingiz mumkin. Bugun yo'limda fantast yozuvchi Ayzek Azimovning "Fazodagi mojaro" qisqa hikoyasini o'qib keldim. Bu yozuvchi kitoblarini anchadan buyon qidirib yurardim, ayni muddao bo'ldi. Endi audio kitoblarga o'rganish uchun quloqchin olsam, olam guliston. Bu ilovadan foydalanib ko'rdingizmi? Qaysi kitoblarni o'qib yoki eshitib bo'ldingiz? @kitobhouse
Show all...

🎉 6👍 2
​​#youtube Youtube uchun ssenariy oyni boshida tayyor bo'lgandi. Uni olib chiqish uchun ozgina mablag' kerak. Oddiyroq olib chiqqani ssenariy va mavzuni qizg'anaman. Ba'zida mukammalikka intilish ham yaxshi emasdek, lekin "bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin". Ozmi-ko'pmi instagram havosidan nafas olib ko'rdim, tarmoqdagi harakatlarim natijasi endi bu tarmoqdan boshqasiga o'tishim kerak deganimda chiqib kelyapti. Instagramda unchalik taniqli bo'lmagandirman, lekin o'zim uchun isbotlashim kerak bo'lgan hammasini qildim. Raqamlardan keyin "K" yozilgan videolar chiqdi, xohlasam hozir ham bunga salohiyatim yetadi. Lekin qoraqozon "K" bilan qaynamaydi, bo'lib hamki kitob yo'nalishini tanladingizmi, bu ancha qiyin. O'zbek vlog sferasida kitob yo'nalishiga qadam bosilmagan, bosilgan qadamlar ham qayergadir borib yo'qolib qolgan. Bir daqiqalik video chiqarish uchun haftalab vaqtim ketadi, 100 lab mavzular orasidan saralab mavzu olib chiqaman. Ura-uraga olib chiqsangiz yoki bitta kitobni varaqlab orqasiga bitta Domlani yoki taniqli kishining gapini qo'yib yuborsangiz qanday ko'rishlar olishini va qancha obunachi qo'shilishini ham bilaman. Lekin vijdon degan "dushman"im borda, nima qilay. Mayli, nolishim ko'payib ketdi. Ssenariy tayyor, oxirgi tiyinimga bo'lsa ham uni chiqaraman. Bularni kimdandir yordam olish uchun yozmadim, shunchalik yurakda borlari. Video chiqandan keyin "like" bilan qo'llab tursangiz eng katta yordam shu bo'ladi 😁. @kitobhouse
Show all...

👍 9 5😢 2🔥 1
#iqtibos Yoʻqotish nima oʻzi? Oʻlimmi..? Mavlono aytadi: - Insonlarni oʻlimiga emas, tugʻilishiga yigʻlanglar. Qashqirlar makoni @kitobhouse
Show all...
9
#podcast 2 yildan beri Youtubega kiraman deyman lekin bahonalar qator-qator. Platformada kitob haqida videolar kam, lekin oxirgi vaqtda ularni soni oshib boryapti. Shunday loyihalardan biri Anorbook nashriyoti tomonida qilinayotgan Kitobdosh podcasti. Ibn Ja’far Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi uchun olinadigan songa taklif qilishgandi. Shu son bugun tayyor qilinib, Youtubega joylanibdi. E’tiborli tomoni kitob muhokamasida nashriyot rahbari Husan aka ham ishtirok etganlar. Albatta koʻring. https://youtu.be/6kEcBaMAbvw
Show all...
Buxoro tarixi - Kitobdosh - 4-son

🔥 11 6👍 3
#atama Xolokost Yuqoridagi postda Xolokost atamasiga ko'zingiz tushgandir. Bu so'z qanday ma'noni anglatishini ko'rib chiqsak. Xolokost so'zi "yondirilgan qurbonlik" ya'ni yoqib o'ldirilgan, kuydirilgan ma'nolarda keladi. Ingliz tilida "holocaust" tarzida yoziladigan atama "holocaustum" ko'rinishida lotincha Bibliyada qo'llanilgan. Atama birinchi marta Divezislik Richard tomonidan 12-asrda ishlatilgan. 1910-yildan boshlab ingliz matbuotida Arman Genotsidi va Rossiyadagi fuqarolar urushi davridagi Yahudiylarni yo'q qilish harakatlarini yoritishda qo'llanila boshlangan. O'tgan asrning o'rtalarida Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Eliezer Viesel o'z kitoblarida atamadan keng foydalangan. Umuman olganda bu so'zda ommaviy qirg'inlar va genotsidlarni ifodalash uchun foydalaniladi. Zamonaviy ingliz tilida esa bosh harflar bilan yozilgan Xolokost so'zi 2-jahon urushida fashistlar tomonida yahudiylarga nisbatan uyushtirilgan genotsidni bildiradi. 2005-yili BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida 27-yanvar Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni deb elon qilingan. Insoniyat Xolokost so'zini umuman ishlatmasligini tilagan bo'lar edim, lekin ko'rayapmizki bu so'zga ehtiyoj hali davom etayapti. @kitobhouse
Show all...
Xolokost

👍 7🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#mem
Show all...
😁 13👍 1🔥 1
Tushlikdan keyin qanaqadir tadbirga keldik. Boshida koʻrgazma va tadbirlarga borishga qiziqardim, kitob oluvchilar bilan muloqot qilib kelaman deb oʻylardim. Lekin chuchvarani xom sanabman. Kitob oluvchidan, hisobot uchun rasmga tushuvchilar koʻp. - Kitoblar bilan rasm tushamiz. - Kitob olib tur, oʻqiyotgandek boʻlsin. - Kitoblar bilan rasmga olib qoʻying. - Kitoblarizni olib turamiz rasm tushgani. Xullas, oʻsha gap… p.s: yaxshi ham soqolimni olmay kelibman @kitobhouse
Show all...
😢 11👍 2

😢 13 4👍 2🔥 2