en
Feedback
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Open in Telegram

Muxlislar sahifasi

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Channel Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid (@hasanhusayn) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 17 803 subscribers, ranking 4 536 in the Religion & Spirituality category and 4 471 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 17 803 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -87 over the last 30 days and by 30 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 31.38%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 14.64% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 5 587 views. Within the first day, a publication typically gains 2 606 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 92.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Muxlislar sahifasi

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

17 803
Subscribers
+3024 hours
-217 days
-8730 days
Posts Archive
So‘zimiz yana Hasanxon ustoz haqlarida Xabaringiz bor, ustoz «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasiga keldilar. Suhbat bosh
So‘zimiz yana Hasanxon ustoz haqlarida Xabaringiz bor, ustoz «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasiga keldilar. Suhbat boshlanishidan avval odatdagidek, uchrashuvning rejasi, nimalar bo‘lishi, nima gap gapirishlari kerakligini so‘rab, bilib oldilar. Nashriyotda kun ora suhbat borligi uchun majlislar zali band edi. Shu sabab tanlovning xatmonasini do‘konning kutubxonasida o‘tkazishni reja qildik. Ustozga shuni bildirib: «Ustoz, uzr, zal bandligi uchun joyni do‘konga qilgandik. Do‘konda esa odam biroz ko‘proq ekan. Sizga noqulay emasmi?» desak: «Hechqisi yo‘q. Siz nima desangiz, shu», dedilar. Do‘konga tushdik, tayyorlangan joyga ustozni taklif qilib, o‘zim nari ketmoqchi edim: «Siz ham o‘tiring. Men birdan gapirib ketmay, nimadir deb, tadbirni ochib bering», deb qoldilar. Bu paytda uzr aytish, hijolat bo‘lish va hokazolar yaramaydi. Xo‘p bo‘ladi, deb, dovdirab, nimadirlar degan bo’ldim. So‘ng so‘zni ustozga topshirdim. Aslida ustozga shunchaki sovg‘ani berib, duo qilib bersangiz, deb iltimos qilgandik. Ustoz esa avval 10 daqiqa chiroyli suhbat qilib, keyin hadyani taqdim qildilar. Xoslarning tanloviga savol tuzish uchun Hasanxon ustozning «Hazratni xotirlab» ko‘rsatuviga bergan intervyularini tinglarkanman, hazratning sodda, kamtarliklariga misol qilib keltirgan bir voqeadan ta’sirlandim. Ustoz aytyaptilar:
«Hazratni bir to‘yga aytishdi. Men birga bordim. Borsak, vaqt o‘tib ketgan, odamlar sekin-sekin tarqayotgan payt ekan. To‘y egasi sodda ekan, hazrat bilan so‘rashib, keldi-ketdi uchun tayyorlangan stolga taklif qildi. Ba’zi odamlar bor, to‘rga chiqmasa, g‘ashi keladi. Ammo hazratda «Shu yerga o‘tiramizmi?» degan ikkilanish ham bo‘lmadi, ko‘rsatilgan joyga o‘tirdilar».
Hasanxon ustoz odatda to‘rda o‘tirib, katta-katta sahnalarda nutq so‘zlaydigan imomlardan. Ayniqsa oxirgi paytlar ko‘p gurunglarga (podkastlarga) boryaptilar, hammalari ustozni chiroyli joyga taklif qilyapti, zo‘r muomalalarini qilyapti. Nashriyotga kelganlarida ham doim to‘rda, savlat to‘kib o‘tiradilar. Ammo kecha unday bo‘lmadi. Do‘konning bir chetiga, bezatilmagan, chiroyli sharoit qilinmagan bir joyga ustozni taklif qildik. Ustoz esa xuddi o‘zlari hazratni ta’riflaganlaridek, zarracha bo‘lsa ham, «Shu yerda o‘tiramizmi?» degan ikkilanishni zohir qilmadilar. Balki o‘zlaridan 20 yosh kichkina bir odamga «Siz nima desangiz, shu» deb iltimosimizga labbay dedilar. Ustoz «Hazratni xotirlab» ko‘rsatuviga bergan intervyularining yana bir joyida hazratni odamlar bilan muomala qilishlarini eslab o‘tganlar:
«Nashriyotda yo biror joyda tadbir bo‘lsa, hazrat kelib, tashkilotchilar bilan gaplashardilar: «Men qayerga o‘tiray? Nimani gapirishimiz kerak? Tadbir qanday bo‘lyapti?» va hokazo. O‘zlari hammasidan xabardor bo‘lib tursalar ham shunday so‘rardilar. Ya’ni ustoz-shogird aloqasini yana ham mustahkamlardilar, o‘zaro suhbatlashishni yo‘lga qo‘yardilar. Bitta o‘zlari yakka-tanho bo‘lib olmasdilar, odamlar bilan birga bo‘lardilar».
Endi o‘ylab ko’rsam, bu borada ham Hasanxon ustoz o’z murabbiylarining yo‘lidan yurarkanlar, ular qilgan ishni qilib, odamlarga xayr ulasharkanlar. Haqiqiy shogirdlik ham shu aslida. Ustozning yaxshi amallarini davom ettirish, bu bilan ustoziga xayr borib turishini ta’minlash. Hasanxon va Husaynxon ustozlarning bugungi kunda kuzatayotganimiz ulug‘ maqomlari balki mana shunday xokisorliklari, samimiyliklari ortiga yashiringandir. Botinlarida bori zohirda ko‘rinadi, mashaalloh. Bizlarni ham ularga o‘xshashimizni nasib qilsin! Bejiz axloq eng maqtalgan narsa emas-da… @hasanhusayn

«O‘zlikka qaytish» xatmonasi!
✔️ Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan o‘tkazilgan «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasi. 🌐 YouTube orqali tomosha qiling: https://youtu.be/JavuH5HmRsk @hasanhusayn

«Astoydil bo‘ling»
2021-yil edi. Hasanxon ustozning YouTube’da bir qancha suhbatlari turar, har birining davomiyligi bir necha soat, ularda olam-olam ma’nolar, ilmlar yotar, ammo ko‘rishlar soni kam edi. Ba’zi suhbatlar hatto mingta ham ko‘rilmagan bo‘lardi. O‘zimizcha bu suhbatlarni, unda aytilgan ilmlarni qanday qilib odamlarga yetkazsak ekan deb o‘ylab yurardik. Yaqinlarimiz bilan maslahat qilib, suhbatlardan muhim nuktalarni kesib qo‘ysak-chi, shunda uzoq suhbatlarni eshitishga qunt qilolmaganlar hech yo‘q shu qisqa videolarni ko‘rishadi degan qarorga keldik. O‘zidan madad so‘rab, @hasanhusayn sahifasiga jiddiyroq e’tibor berishni boshladik, ustozlarning suhbatlarini qisqa-qisqa qilib, chiroyli suratda ulashib borishni boshladik. Shunday kunlarning birida Hasanxon ustozdan xabar kelib qoldi. Hozir ustoz bilan yozishmamizga qarasam, 2021-yilning 23-sentyabr kuni ekan. Xabarni ochib qarasam, sahifamizga joylangan bir xabarni yuboribdilar. Ketidan xabarda imloviy xato o‘tganini aytib, to‘g‘rilab qo‘yilsa bo‘lar ekan, deb yozibdilar. Odatda biror kim sizga xatoingizni aytsa, xafa bo‘lasiz, yoqmaydi, qandaydir nafsga og‘ir keladi. Ammo o‘shanda ustozdan bu dakkini eshitib, xursand bo‘lib ketgandim. Hozir sahifamizda salkam 18 ming odam bo‘lsa, u paytda hali 1000 ta ham obunachi yo‘q edi. Ya’ni shu kichik, ojizona, kamtarona yuritadigan sahifamizga ustoz a’zo ekanliklarini, undagi xabarlarni kuzatib borishlarini bilib, xursand bo‘lib ketdim. Xatoni to‘g‘rilashni aytdim-da, fursatdan foydalanib, ustozga xabar yubordim: «Ustoz, iltimos, duo qilsangiz. Sizning, ukangizning ilmlaringizni qo‘ldan kelgancha odamlarga yetkazishga harakat qilyapmiz». Ustoz xabarimga ushbu javobni yubordilar:
«Alloh kuch-quvvat bersin, yana ham ziyoda qilsin. Astoydil bo‘lavering».
Mana shu ikki og‘iz so‘zlaridan ruhlanib, bundan keyin qiladigan ishlarimizda – kamtarona harakatlarimizda o‘zgacha bir kuchni sezardik. Sahifamizda bundan oldin bo‘lib o‘tgan «Shamoilul-Muhammadiya», «Arba’ini Navaviy», o‘tgan yilgi Rab’iul avval oyida bo‘lib o‘tgan, qolaversa, yaqinda nihoyasiga yetgan «O‘zlikka qaytish» tanlovlarida ham ustozning yuqoridagi so‘zlari doim dalda bo‘lib keldi. Jamoamizda bir nechta yigit bor, barchalari hech bir haqsiz, oylik maoshsiz ko‘ngilli bo‘lib yordam berib kelishadi. Ular ham ustozning o‘sha gaplaridan ulush olgandek. Doim xizmatga shay. Alloh taoloning yerdagi valiylarini ko‘ring-a? Bir og‘iz so‘zi bilan odamlarga kuch-quvvat berar, doim ma’naviy ko‘makchi boʻlar, qanchadan qancha odamlarning qalbiga xursandchilik, sokinlik ulashishga qodir ekan. Yakuniga yetgan «O‘zlikka qaytish» tanlovining ham asosiy tashkilotchisi, bosh-qosh bo‘lgani, barcha ishlarimizning zamirida turgan ham aslida ikkala ustozlar, xossatan, Hasanxon ustoz ekanliklarini bildirib qo‘yish uchun ushbularni qoralagan bo‘ldik. Alloh taolo aziz ustozlarimizning umrlarini ziyoda qilsin! Ilmlaridan manfaat olib, hayotimizga tatbiq qilishni, bizlarning ham farzandlar-u avlodlarimizdan ustozlardan Alloh taoloning xos bandalari chiqishini nasib qilsin! @hasanhusayn

😍 «Oʻzlikka qaytish» tanlovi gʻolibiga umraga yoʻllanma berildi! Bugun Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid ustozlarning s
+9
😍 «Oʻzlikka qaytish» tanlovi gʻolibiga umraga yoʻllanma berildi!
Bugun Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid ustozlarning suhbatlari asosida tashkil qilingan «Oʻzlikka qaytish» nomli tanlovining mutlaq gʻolibi taqdirlandi. Majlis «Hilol-nashr» nashriyotining bosh doʻkonida boʻlib oʻtdi. Hadyani topshirish uchun Qurʼoni Karim xodimi ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid tashrif buyurdilar. Shuningdek, tanlov gʻolibasi va ularning oila aʼzolari, yaqinlari uchrashuvda hozir boʻlishdi. ✨ Avvalo ustoz tanlovdan koʻzlangan maqsad, bu kabi tanlovlarning foydasi va bugungi kunda zarur ekani haqida qimmatli maʼlumotlar bilan boʻlishdilar. 🎁 Shundan soʻng hamkorimiz tomonidan taqdim qilingan, tanlovning gʻolibi uchun tayyorlangan maxsus hadya — umra yoʻllanmasini ustozning oʻzlari gʻolibamizga topshirdilar. Uchrashuv xayrli duolar bilan yakunlandi.
Alloh taolo gʻolibamizga umrani muborak qilsin! Muqaddas safardan onadan yangi tugʻilgandek gunohlardan pok boʻlib qaytishlarini nasib qilsin! 🤲
* Tadbir videosi tez orada taqdim qilinadi, inshaalloh @hasanhusayn

🎉 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining mutlaq gʻolibasi aniqlandi! Bugun tanlovimizning barcha bosqichlarida kuchli 10 talikka kir
🎉 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining mutlaq gʻolibasi aniqlandi!
Bugun tanlovimizning barcha bosqichlarida kuchli 10 talikka kirganlar oʻrtasida soʻnggi musobaqa boʻlib oʻtdi. ✔️ Bu galgi tanlovda savollar 19 tani tashkil qildi. Ular orasida 5 ta savolga 2 ball berildi. Ular: 4, 9, 12, 14, 17.
🥳 Yakuniy natijaga koʻra, qariyb 1 yil davom etgan «Oʻzlikka qaytish» tanlovida Hamida Bobonazarova mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar! Gʻolibamiz hamma savolga toʻgʻri va toʻliq javob berib, 24 ballni qoʻlga kiritdilar.
Bugungi musobaqaning javoblarini ushbu havoladan koʻrishingiz mumkin. Alloh taolo bu tanlovda oʻrgangan ilmlarimizga amal qilishni nasib qilsin! Farzand va avlodlarimizdan ham ikkala ustozimizga oʻxshagan din, Vatan xodimi, Qurʼon ahllarini chiqarsin! Omiyn! 🤲
😊 Gʻolibamizni ertaga 14:00 da «Hilol-nashr» nashriyotining bosh doʻkonida kutamiz. Oila aʼzolaringiz, yaqinlaringizni ham taklif qilishingiz mumkin.
@hasanhusayn

❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.
G'olib tez orada eʼlon qilinadi
@hasanhusayn

📣 «O‘zlikka qaytish» tanlovining g‘oliblari o‘rtasidagi musobaqasi savollari
- 11:26 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi; - Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi; - Tahrirlangan, ikkinchi joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi; - Ism-familiyangizni javoblar bilan birga yuboring; ❗️ Javoblarni bitta matnda yuboring; ✔️ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi.
1. Hasanxon ustoz Muhammad Yusuf hoji dada shayx hazratlarining muvaffaqiyatlari sabablaridan biri deb qaysi ishni aytganlarini eslaydilar? 2. Hasanxon ustoz shayx hazratlarining vodiydagi marosimlarning tartibga tushishiga sabab bo‘lgan 3 ta ishlarini sanaydilar. Birinchisi, marosimning vaqtini me’yorga keltirish. Ikkinchisi, dolzarb mavzuni topib gapirish. Uchinchisi qaysi ish? 3. «Solihlar haqidagi hikoyalar Allohning qo‘shinlaridan bir lashkardir. Alloh qalblarni fath qilishga solihlarning siyratlarini lashkar qilib yuboradi». Ushbu iqtibos kimga tegishli? 4. Nimaga g‘ayratimiz tez so‘nib qoladi? Masalan, falonchidek mashhur bo‘laman, deymiz. Malol kelib qolganda, bo‘lmasam bo‘lmabman-da, deb qo‘yaveramiz. Buning sababi nima? Javobni Husaynxon ustoz keltirgan qoida bilan yuboring. 5. Husaynxon ustoz shayx hazratlaridan qalbni poklash uchun zikr so‘raganlarida istig‘for aytishni tavsiya qilib, istig‘for ma’lum adadga yetganda qalb yuviladi, degan ekanlar. Zikrning adadi nechta va sharti qanday edi? 6. Shayx hazratlarining asarlari ichida ta’lifi 2 oyda tugagan, tahririga esa 150 bet uchun 5 oy ketgan kitoblari qaysi? 7. «Necha marta o‘qisam, har safar yangi ma’no olaman». Shayx hazratlari nima haqida kimga bu gapni aytganlar? 8. Muhammad Yusuf hoji dadaning vafotlaridan avvalgi so‘nggi gaplari nima bo‘lgan edi? 9. Husaynxon ustoz «Oltin silsila»dagi ba’zi hadislar borasida hazratga mulohazalar bildiradilar. Hazratga bu mulohazalar ma’qul keladi. O‘shanda Ramazon oyi edi. Bir oy davomida mulohazalar ustida birgalikda ishlaydilar. Keyinchalik bir yig’ilishda hazrat ko‘pchilik oldida: «Sizlar uchun bu Ramazon qanday kechdi, bilmadim-u, men bilan Husanxonga xuddi Makka fathidek bo‘ldi!» degan ekanlar. Ustoz «Oltin silsila»ning qaysi juzidagi hadislarga mulohaza bildirgandilar? 10. Farzandini zo‘r tarbiya qilishni xohlagan, uni Allohga xodim bo‘lishini istagan ota-ona eng birinchi navbatda nima qilishi kerak? 11. «80 yoshida ilmdan yangi narsa o‘rgansa, 8 yoshlik boladek xursand bo‘lardi». Ushbu ta’rif kimga qarata aytilgan? 12. Hasanxon va Husaynxon ustozlar Qur’oni Karimni studiyada o‘qib beradilar. Oradan vaqt o‘tadi, lekin ruxsat tegavermaydi. Shu orada Hasanxon ustoz hazratdan ruxsat haqida so‘raydilar. Shayx hazratlari nima deb javob beradilar? 13. Hazratning ayollari hoji ona hazratning buyuk bo‘lib yetishishlaridagi bir qancha sabablarni sanaganlar. Ulardan eng birinchisi deb nimani aytganlar? 14. Hasanxon ustoz shayx hazratlari bilan bog‘liq ikkita ish armon bo‘lib qolganini aytadilar. Birinchisi «Xislatli hikmatlar sharhi» kitobiga dastxat ololmaganliklari edi. Ikkinchisi qaysi? 15. Ikkala ustozning to‘ylarida bir xizmatni bajargan odamga «Xizmat haqqingizni beraylik», deyilganda, u odam: «Haqqimiz hazratning duolari bilan to‘landi» deb, hech narsa olmagan ekan. Bu odam qaysi xizmatni qilgandi? 16. Shayx hazratlari haftaning 4 kunida domlalar bilan dars qilardilar. Shu bilan birga, turli xonadonlarga borsalar, u yerlarda ham dars tashkil qilib qo‘ygandilar. Xonadonlardagi ana shunday darslarda qaysi ikki kitob o‘qib tugatilgan? 17. Shayx hazratlari o‘zlarining qilgan ishlarini eslamasdilar, ammo birovning kichik ishini olqishlardilar. Hazrat Husaynxon ustozning birinchi marta qilgan bir ishlarini maqtab, «10 yildan beri qilib kelayotganlarnikidan yaxshi», degan ekanlar, to‘y-ma’rakalarda ham ustozning shu ishlarini eslab, boshqalarga aytib yurgan ekanlar. U nima ish edi? 18. Hasanxon ustoz shayx hazratlarining: «Muharrir o‘zimizdan chiqmasa, yolchimas ekanmiz», deganlarini eslab, hazratning muharrirlik borasida nimadan ko‘ngillari to‘lmasligini aytganlar? 19. Hasanxon ustoz suhbatlarida shayx hazratlarining muvaffaqiyatlariga zamin bo‘lgan narsa deb, nafsni yengib jilovlash, «men»ni sindirishni aytadilar. Buni bir nom bilan nima deb ataydilar? @hasanhusayn

📣 Ertaga «O‘zlika qaytish» tanlovi g‘oliblari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tadi
Ishtirokchilar, diqqat qiling, quyida musobaqa haqida ma’lumotlar beriladi.
- Savollar 19 ta;
- MUHIM! Bu musobaqada avvalgilaridan farqli ravishda savollar ichida 5 tasiga 2 ball beriladi, qolganlariga 1 ball beriladi. Shuni inobatga olib, imkon qadar hamma savolga aniq, to‘g‘ri javob yozishingizni tavsiya qilamiz;
- Tanlov 11:00 da boshlanadi. Javoblarni yuborish uchun 30 daqiqa vaqt beriladi;
- Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi;
- Har qanday holatda tahrirlangan javoblar qabul qilinmaydi. Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi;
- Bu musobaqada g‘olib bitta bo‘ladi;
- G‘olib bo‘lgan ishtirokchi ertaga 14:00 dan kechikmay Toshkent shahridagi «Hilol-nashr» nashriyotining bosh do‘koniga kelishi kerak;
Yana savollaringiz bo‘lsa, izohda yozishingiz mumkin. 😊 @hasanhusayn

🎁 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining soʻnggi bosqichi gʻoliblariga sovgʻalar joʻnatilyapti! ✔️ Oʻtgan kuni tanlovimizning 11-bos
🎁 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining soʻnggi bosqichi gʻoliblariga sovgʻalar joʻnatilyapti!
✔️ Oʻtgan kuni tanlovimizning 11-bosqichi boʻlib oʻtib, natijalar aniqlandi. Rasmda ushbu bosqichda gʻoliblarga beriladigan hadyalar bilan tanishishingiz mumkin. 😊
📌 «Rayan abayas», «Malika style», «Saffroon», «Context brand» jamoasining libos va roʻmollari, «Tafsiri Hilol», «Hikmatlar ensiklopediyasi» kitoblari ushbu sovgʻalarni oldin olmagan eng yuqori oʻrin egalariga berildi.
🎉 Gʻoliblarni tabriklaymiz! Alloh taolo oʻrganayotgan ilmlarga amal qilishimizni nasib qilsin! 🤝 Hamkorlarimiz: «Milliy books», «Nasim kutub», «Qamar», «Moziy», «Malika style», «Context brand», «Rayan abayas», «Saffroon.uz» Hadyalari yetib borganlar, rasmlarni shu xabar izohiga yuborishingiz mumkin 😊 @hasanhusayn

«Ishlarning eng yaxshisi oz bo‘lsa-da bardavom bo‘lganidir» ✨ «Oʻzlikka qaytish» tanlovining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtganda
+8
«Ishlarning eng yaxshisi oz bo‘lsa-da bardavom bo‘lganidir»
«Oʻzlikka qaytish» tanlovining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtgandan soʻng shaxsiyga kelgan xabarlardan biri.
Alloh taolo oʻrgangan ilmlarimizga amal qilishni, bu yoʻlda bardavom boʻlishni hammamizga nasib qilsin! 🤲
@hasanhusayn

🎉 «O‘zlikka qaytish» tanlovi g‘oliblari o‘rtasida musobaqa! Xabaringiz bor, kecha «O‘zlikka qaytish» tanlovining so‘nggi bos
🎉 «O‘zlikka qaytish» tanlovi g‘oliblari o‘rtasida musobaqa!
Xabaringiz bor, kecha «O‘zlikka qaytish» tanlovining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Alloh taolo o‘rgangan ilmlarimizga amal qilishni nasib qilsin! 🤩 Endi esa xos doirada yana bir kichik tanlov o‘tkaziladi. Bu tanlovda «O‘zlikka qaytish»ning barcha 11 ta bosqichida kuchli o‘ntalikka kirgan g‘oliblar qatnashadi. Tanlov shartlari odatdagidek, quyida havola qilinadigan ikkita suhbat vazifa bo‘ladi. 6-avgust kuni 11:00 da savollar @hasanhusayn sahifasiga joylanadi. Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi. Eng tez va to‘g‘ri javob yo‘llagan bitta ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. G‘olibni ajoyib hadya kutyapti!
✔️ Vazifa qilingan suhbatlar: - Hasanxon Yahyo Abdulmajid — «Hazratni xotirlab» ko‘rsatuviga berilgan intervyu - Husaynxon Yahyo Abdulmajid — «Hazratni xotirlab» ko‘rsatuviga berilgan intervyu
Vaqtni boy bermay hoziroq tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin. 😊 * G‘oliblar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan. Bizda kontakti topilmagani uchun * belgisi bilan ajratilgan g‘oliblar @hasanhusaynadmin profiliga aloqaga chiqishini iltimos qilamiz. @hasanhusayn

📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichi natijalari aniqlandi ✔️ Rasmda ushbu bosqichda hadyalarga ega boʻlgan 10 ta ish
📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichi natijalari aniqlandi
✔️ Rasmda ushbu bosqichda hadyalarga ega boʻlgan 10 ta ishtirokchi keltirilgan. G‘oliblarga tez orada aloqaga chiqamiz. Bayram arafasi bo‘lgani uchun hadyalar 2-sentabr chorshanba kuni jo‘natiladi, inshaalloh. 😊 🔥 Quyida ushbu bosqichning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/On-birinchi-bosqich-savol-va-javoblari-08-28
Alloh taolo tanlovda ishtirok etgan barchaning olgan ilmlari amalga ham koʻchishini nasib qilsin!
@hasanhusayn

❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.
Natijalar tez orada eʼlon qilinadi
@hasanhusayn

📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqich savollari
- 11:26 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi; - Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi; - Tahrirlangan, ikkinchi joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi; - Ism-familyangizni javoblar bilan birga yuboring; ❗️ Javoblarni bitta matnda yuboring; ✔️ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi.
1. Bu narsa ulamolarning qalbidan hikmatni yo‘qotadi. Kishidan hikmat ketsa, ilm zoye bo‘ladi va ziyoniga ishlaydi. U narsa nima? 2. Ali roziyallohu anhu qalb haqida aytib, kishi qalbida nimani saqlasa, nimani yashirsa, bir kun kelib u oshkor bo‘ladi, deydilar. Qalbdagi narsa qanday oshkor bo‘ladi? 3 Sunnatni faqat surat deb bilish, sunnatda faqat suratga berilish dinni buzadi. Haqiqiy sunnat qanday bo‘ladi? 4. Hozir hijriy hisob bo‘yicha Rabi’ul avval oyi davom etyapti. Bu oyda siyratga doir ko‘plab voqealar sodir bo‘lgan. Shubhasiz, ular orasida eng ulug‘i Rasululloh alayhissalomning tavalludlaridir. Ustoz «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida Rabi’ul avval oyida siyratdagi yana qaysi mashhur voqea sodir bo‘lganini aytadilar? 5. «Arba’in» suhbatida qalb fasod bo‘lishiga asosiy 7 ta sabab borligi aytiladi. 1. Kibr. 2. Odamlarni tahqirlash. 3. Va’z-nasihatdan ta’sirlanmaslik. 4. Allohdan g‘aflatga o‘tganda rohatlanish. 5. Solihlar suhbatidan qochish. 6. Haqiqatni yomon ko‘rish. Yettinchisi qaysi? 6. Rasululloh alayhisslaom Xiro g‘orida taxannus ibodatini qilarkanlar, eng ko‘p nimaning g‘amini qilganlari «Shifo» suhbatida aytiladi? 7. Umar ibn Abdulaziz Nahl surasidagi yaxshilik va yomonlik, harom va haromni o‘zida jamlagan oyatni bir holatda o‘qishni joriy qilganlar. Bugungi kunda ham aksar domlalar, jumladan, shayx hazratlarining farzandlari ustoz Ismoil domla ham bu oyatni o‘sha holatda o‘qiydilar. U qaysi holat edi? 8. Imom Juvayniy rohmatullohi alayhga yangi kiyimni yuvib, keyin kiyadigan odamlar haqida aytildi. Imomning qattiq jaxllari chiqib, bunday qilish kimlarning ishi ekanini aytadilar? 9. Qo‘shniga yaxshilik qilish haqiqiy musulmonlikning belgisi. O‘ziga istagan narsani odamlarga ham istash nimaning belgisi? 10. Qalb kasalliklari qanday tuzatiladi? Ustoz «Arba’in» suhbatida qalb kasalliklarini tuzatishning birinchi yo‘li qalb ilmini o‘rganish deb aytadilar. Gaplari davomida qalb ilmini o‘rganish uchun eng zo‘r qo‘llanma deb nimani aytadilar? 11. Banda Alloh qismat qilib bergan narsaga rozi bo‘lsa, odamlarning eng behojati bo‘ladi. Banda Alloh harom qilgan narsalardan uzoq bo’lsa, unga qanday maqom beriladi? 12. Hasan Basriy kishi taqvodorlarning taqvosiga erishish uchun nima qilish kerakligini aytganlar? 13. «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida ustoz onalari opoqdadalaridan halol luqma haqida so‘raganlarini eslaydilar. Opoqdadalari nima deb javob berganlarini ayting 14. G‘azab yomon narsa. Hadislardan birida «G‘zab qilma» deb ham aytilgan. Ammo «Arba’in» suhbatida ustoz g‘azabning bitta foydasi borligini aytadilar. U foyda nima edi? 15. Oisha onamiz Rasululloh alayhissalom qaysi ikki surani o‘qimay uyquga yotmasliklarini aytganlar? @hasanhusayn

#tanlov 📣 Bugun 11:00 da «Oʻzlikka qaytish» tanlovning 10-bosqichi oʻtkaziladi.
Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi;
Tanlovga chet eldan turib qatnashsa ham boʻladi (ammo agar gʻolib boʻlsangiz, hadyalarni Oʻzbekistondagi vakilingiz qabul qilib olishlari kerak);
Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtilmaydi, erkak va ayollar qatnashishlari mumkin, yosh chegaralanmagan;
Javobni yuborish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi;
Javobni xohlasangiz yozma, xohlasangiz qogʻozga yozib, uni rasmga olib yuborishingiz mumkin;
Javoblarni yuborishda konspektdan foydalansangiz boʻladi (ammo kompyuter yoki telefonga konspekt qilgan boʻlsangiz, «qidirish», «nusxalash» kabi xizmatlardan foydalanish mumkin emas);
Tahrirlangan javob qabul qilinmaydi;
❗️ Diqqat qiling! Gʻoliblarni aniqlashda eng tez va toʻgʻri javob yuborgan dastlabki 10 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Shu sababli keyingi javoblar alohida tekshirilmaydi.
@hasanhusayn

📣 Ertaga 11:00 da «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichi boʻlib oʻtadi @hasanhusayn
📣 Ertaga 11:00 da «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichi boʻlib oʻtadi @hasanhusayn

✔️ Namuna savollarning javoblari
1 (Risalatul-mustarshidiyn). Ustoz «Risalatul-Mustarshidiyn» suhbatida qalbda bir sifat bo‘lmagani uchun ko‘p musibatlar yuzaga kelishi, oiladagi aksariyat urush-janjallar ham ana shu sifatning yo‘qligi uchun bo‘lishini aytadilar. U qaysi sifat? Javob: Rizo – rozilik Manba: 04:10 2 (Risalatul-mustarshidiyn). Alloh taologa muhabbat bilan, rozilik bilan taslim bo‘lish ubudiyatdir. Ibodat nima? Javob: Tashqi a’zolarning Alloh taologa bo‘ysunishi Manba: 18:00 3 (Risalatul-mustarshidiyn). Banda kuchi yetmasdan gunoh qilib qo‘yib, keyin darrov tavba qilib, Allohga qaytsa, gunohi kechiriladi. Qanday gunoh qilgan bandaning kechirilishi qiyin, qat’iy tavba qilmasa, kechirilmasligi mumkin? Javob: Gunohni xotirjam qilsa Manba: 23:15 4 (Risalatul-mustarshidiyn). «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida ustoz bir necha odamlar nafsini yenga olmayotganidan shikoyat qilib kelishganini aytadilar. Ularga javoban nima uchun yenga olmayotganlari va yenga olish uchun nima qilish kerakligini aytadilar? Javob: O‘zlarining kuchiga ishonishayotgani uchun yengga olishmayapti. Allohdan yordam so‘rasa, yengga olishadi Manba: 28:30 5 (Risalatul-mustarshidiyn). «Risalatul-Mustarshidiyn» suhbatida hazrati Imom Abu Hanifa rohmatullohi alayhning laqablaridan biri qoziq ekani aytilgan. Nima uchun bunday nomlanganlar? Javob: Namozda qiyomda ko‘p turganlari uchun Manba: 52:00 6 (Qur’on bilan tanishuv). «Alloh sizlarni adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar ishlardan hamda zulmkorlikdan qaytarur». Ushbu oyat haqida Abdulloh ibn Mas’ud nima degan edilar? Javob: «Boshqa hech bir oyat bu oyatchalik o‘zida yaxshi va yomonni, halol va haromni jamlamagan» Manba: 40:20 7 (Qur’on bilan tanishuv). «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida hanafiy mazhabga ko‘ra Qur’on qiroat qilmoqchi bo‘lgan odam qaysi ishni qilishi mustahab ekani aytiladi? Javob: A’uzuni aytishi Manba: 44:20 8 (Arba’in). Ustoz «Arba’in» suhbatida taloqning sunnati borligi, u ayol poklangandan keyin unga qovushmay taloq berish ekanini aytadilar. So‘ng taloqda ham bid’at borligini aytadilar. Eng keng taraqalgan bid’at ayol uzrli bo‘lsa ham, homilador bo‘lsa ham taloq qo‘yishdir. Taloqdagi yana bir keng yoyilgan bid’at ish qaysi? Javob: Birdagina 3 taloq qo‘yish Manba: 02:40 9 (Arba’in). Ulamolar qanday odamning yuzida nuri bo‘lmasligini aytganlar? Javob: Aqiydasi buzuq odamning Manba: 01:56:20 10 (Arba’in). Ustoz «Arba’in» suhbatida qalbni kasal qiladigan ishlardan biri fitna ekanini aytadilar. Fitna faqat siyosiy narsa emas, iymonda shubhaga soladigan so‘z-ishlar ham, dinda odamni chalg‘itadigan narsalar ham, buzuq e’tiqodlar ham fitna. Ustoz bugungi kunda qalbga eng ko‘p zarar qiladigan fitna deb nimani aytadilar? Javob: Fahsh-buzuqliklar Manba: 02:09:10 @hasanhusayn

✔️ Namuna savollar
Quyida «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichiga vazifa qilingan suhbatlardan namuna savollarni keltiramiz. Olayotgan bilimlaringizni sinab koʻrishingiz mumkin. ❗️ Eslatib oʻtamiz, bular namuna savollar, xolos. Biror nimani hal qilmaydi. Tanlov savollari 30-avgust kuni 11:00 da joylanadi.
1. Ustoz «Risalatul-Mustarshidiyn» suhbatida qalbda bir sifat bo‘lmagani uchun ko‘p musibatlar yuzaga kelishi, oiladagi aksariyat urush-janjallar ham ana shu sifatning yo‘qligi uchun bo‘lishini aytadilar. U qaysi sifat? 2. Alloh taologa muhabbat bilan, rozilik bilan taslim bo‘lish ubudiyatdir. Ibodat nima? 3. Banda kuchi yetmasdan gunoh qilib qo‘yib, keyin darrov tavba qilib, Allohga qaytsa, gunohi kechiriladi. Qanday gunoh qilgan bandaning kechirilishi qiyin, qat’iy tavba qilmasa, kechirilmasligi mumkin? 4. «Risalatul-mustarshidiyn» suhbatida ustoz bir necha odamlar nafsini yenga olmayotganidan shikoyat qilib kelishganini aytadilar. Ularga javoban nima uchun yenga olmayotganlari va yenga olish uchun nima qilish kerakligini aytadilar? 5. «Risalatul-Mustarshidiyn» suhbatida hazrati Imom Abu Hanifa rohmatullohi alayhning laqablaridan biri qoziq ekani aytilgan. Nima uchun bunday nomlanganlar? 6. «Alloh sizlarni adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar ishlardan hamda zulmkorlikdan qaytarur». Ushbu oyat haqida Abdulloh ibn Mas’ud nima degan edilar? 7. «Qur’on bilan tanishuv» suhbatida hanafiy mazhabga ko‘ra Qur’on qiroat qilmoqchi bo‘lgan odam qaysi ishni qilishi mustahab ekani aytiladi? 8. Ustoz «Arba’in» suhbatida taloqning sunnati borligi, u ayol poklangandan keyin unga qovushmay taloq berish ekanini aytadilar. So‘ng taloqda ham bid’at borligini aytadilar. Eng keng taraqalgan bid’at ayol uzrli bo‘lsa ham, homilador bo‘lsa ham taloq qo‘yishdir. Taloqdagi yana bir keng yoyilgan bid’at ish qaysi? 9. Ulamolar qanday odamning yuzida nuri bo‘lmasligini aytganlar? 10. Ustoz «Arba’in» suhbatida qalbni kasal qiladigan ishlardan biri fitna ekanini aytadilar. Fitna faqat siyosiy narsa emas, iymonda shubhaga soladigan so‘z-ishlar ham, dinda odamni chalg‘itadigan narsalar ham, buzuq e’tiqodlar ham fitna. Ustoz bugungi kunda qalbga eng ko‘p zarar qiladigan fitna deb nimani aytadilar? @hasanhusayn

📣 Hurmatli tanlov ishtirokchilari!
Mana, «O‘zlikka qaytish» tanlovining so‘nggi bosqichiga ham 3 kun vaqt qoldi. O‘rgangan ilmlarimiz amalimizga ham ko‘chishini nasib qilsin! ✔️ 11-bosqich o‘tgandan so‘ng tanlovning barcha — boshidan oxirigacha bosqichlarida kuchli 10 talikka kirgan g‘oliblar o‘rtasida kichik tanlov o‘tkaziladi. G‘olibni ajoyib hadya kutyapti.
Shunday ekan, so‘nggi 11-bosqichda kuchli 10 talikka kirishga harakat qiling. G‘oliblar qatorida bo‘lib, yakuniy tanlovda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiriting. 😊
📆 Eslatib o‘tamiz, 11-bosqich 30-avgust kuni 11:00 da bo‘lib o‘tadi. @hasanhusayn

«O‘zlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichiga 7 kun qoldi @hasanhusayn
«O‘zlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichiga 7 kun qoldi
@hasanhusayn