Ilmiy boʻlim yangiliklari NamDPI
Open in Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limining telegram sahifasi. Murojaat uchun: +998999888431
Show more1 430
Subscribers
+4124 hours
+697 days
+17930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+110
in 6 channels
August '26
+153
in 9 channels
Get PRO
July '26
+53
in 6 channels
Get PRO
June '26
+77
in 9 channels
Get PRO
May '26
+54
in 6 channels
Get PRO
April '26
+55
in 6 channels
Get PRO
March '26
+87
in 8 channels
Get PRO
February '26
+71
in 9 channels
Get PRO
January '26
+66
in 9 channels
Get PRO
December '25
+32
in 2 channels
Get PRO
November '25
+227
in 7 channels
Get PRO
October '25
+110
in 3 channels
Get PRO
September '25
+50
in 9 channels
Get PRO
August '25
+62
in 5 channels
Get PRO
July '25
+57
in 11 channels
Get PRO
June '25
+36
in 1 channels
Get PRO
May '25
+116
in 10 channels
Get PRO
April '25
+152
in 23 channels
Get PRO
March '25
+29
in 8 channels
Get PRO
February '25
+53
in 1 channels
Get PRO
January '25
+47
in 4 channels
Get PRO
December '24
+44
in 1 channels
Get PRO
November '24
+121
in 4 channels
Get PRO
October '24
+143
in 6 channels
Get PRO
September '240
in 7 channels
Get PRO
August '24
+18
in 6 channels
Get PRO
July '240
in 4 channels
Get PRO
June '24
+23
in 2 channels
Get PRO
May '240
in 5 channels
Get PRO
April '240
in 2 channels
Get PRO
March '24
+25
in 1 channels
Get PRO
February '240
in 2 channels
Get PRO
January '24
+61
in 3 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +24 | |||
| 08 September | +42 | |||
| 07 September | +13 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +4 | |||
| 04 September | +7 | |||
| 03 September | +6 | |||
| 02 September | +8 | |||
| 01 September | +5 |
Channel Posts
+9
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
NAMDPIda PATENT-AXBOROT QIDIRUVIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
🤩 Namangan davlat pedagogika institutida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning intellektual mulk obyektlari, patentlash jarayonlari hamda patent-axborot bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi.
➡️ Seminarda institutning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Javohir Abdiraxim o‘g‘li, Ilmiy-innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo'limi rahbari Xudoyqulov Shavkatjon Soyibjonovich, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” direktori Sagdullayev Baxodir Toxirovich, direktor o‘rinbosari Raxmanov Sunnatilla Ablayarovich, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi boshlig‘i O‘rinboyev Abdujalil Jahongir o‘g‘li, Namangan viloyati filiali bosh maslahatchisi To‘xtamirzayev Shoxjaxon Baxodirjon o‘g‘li, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
➡️ Seminar davomida patent-axborot qidiruvining maqsad va vazifalari, patent ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, ochiq axborot manbalari, milliy va xalqaro patent platformalarida axborot izlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
➡️ Shuningdek, Xalqaro patent tasnifi (XPT), uning patent hujjatlarini tasniflash va qidirishdagi ahamiyati, xalqaro patent bazalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda WIPO PatentScope platformasida patent-axborot qidiruvini amalga oshirish tartibi amaliy misollar asosida tushuntirildi.
➡️ Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, patentlash, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish hamda ilmiy ishlanmalarni patentlash imkoniyatlari bo‘yicha mutaxassislardan zarur tavsiyalar oldilar.
➡️ Mazkur seminar institutda ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
#NamDPI #Patent #IntellektualMulk #IlmiyTadqiqot #Innovatsiya
| 2 | #Tabrik
PhD dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Mo‘minova Muxayyo Usmanovnaning 13.00.07-Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy oʻrta ta’lim maktablari faoliyatini tashkil etishda strategik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash majlisida 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
💐👏 Institut jamoasi nomidan Muxayyo Usmanovnani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 4 061 |
| 3 | 📋 OAK ro'yxati — TO'LIQ jadval (1704 ta jurnal)
O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarorlari bilan tasdiqlangan "Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxati" — 2017–2026 yillar oralig'idagi barcha 1704 ta jurnal bitta jadvalda.
📁 Jadvalda nimalar bor:
— 24 fan sohasi (fizika-matematikadan islomshunoslikkacha);
— Har bir jurnalning nomi, joylashuvi, muassasasi va holati;
— Xalqaro nashriyotlar va ma'lumotlar bazalari ro'yxati (alohida varaqda);
— Nashr geografiyasi va umumiy statistika (alohida varaqlarda).
📁Jadvalni "Turi" ustunida 3 xil turlar bor:
— 🟢 Milliy — O'zbekistondagi nashrlar;
— 🟣 MDH — Rossiya, Belarus, Qozog'iston va boshqa MDH davlatlari nashrlari;
— 🔴 Xorijiy — AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa xorijiy nashrlar.
📁Jadvalni "Holati" ustuniga ALOHIDA E'TIBOR bering!
Jadvalda jurnalning "Aktiv" ekanligini tekshirmasdan tanlash — eng ko'p uchraydigan xato. Bazada quyidagi 7 xil status mavjud:
✅ Aktiv — hozir amalda, OAK bazasida mavjud;
🆕 Qo'shildi — ro'yxatga yangi kiritilgan;
🔁 O'zgartirildi — shartlari yangilangan;
❌ Chiqarildi — ro'yxatdan olib tashlangan (2026-yil 10-iyun qarori bilan ko'plari shu holatda);
⛔️ Oldin chiqarilgan — allaqachon amal qilmaydi;
🔀 Aralash (ba'zilari chiqarilgan) — ayrim jurnallar bir nechta fan tarmog'i (masalan, tarix, iqtisodiyot, pedagogika) bo'yicha ro'yxatga olingan, lekin turli ixtisosliklar bo'yicha holati boshqa-boshqa: bir yo'nalishi "Aktiv", boshqasi "Chiqarildi" bo'lishi mumkin — shu sababli jadvalda "Aralash" deb ko'rsatilgan ;
♻️ Qo'shildi (avval chiqarilgan) — bir marta chiqarilib, keyin qayta ro'yxatga qaytarilgan.
⚠️ MUHIM YANGILIK: 2026-yil 10-iyun qaroriga ko'ra, xalqaro indekslash tizimlari ro'yxati keskin qisqartirildi — ResearchGate, Index Copernicus, CrossRef, SCImago, DOAJ kabi ko'plab tanilgan bazalar OLIB TASHLANDI. Hozirda amalda faqat Web of Science, Scopus, JCR (A toifa) va bir nechta ixtisoslashgan bazalar (AGRIS, CAS, GeoRef, PubMed va bosh.) qoldi.
Batafsil — jadvalning "Xalqaro nashriyotlar" varag'ida.
📌 Rasmiy manba: https://oak.uz/pages/31738 — O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy sayti
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 4 402 |
| 4 | #Mustaqil_izlanuvchi #Suhbat
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGORLAR BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI
🤩 Namangan davlat pedagogika institutida 2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan va hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun belgilangan tartibda suhbat jarayoni o‘tkazildi.
🔹 Suhbat davomida talabgorlarning tanlagan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha bilim va salohiyati, ilmiy izlanish olib borishga tayyorgarligi, tadqiqot mavzusining dolzarbligi hamda ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi baholandi.
🔹 Suhbat jarayoni tegishli mutaxassislar va ilmiy kengash a’zolari ishtirokida tashkil etilib, talabgorlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
⚫️Eslatma: Suhbat natijalari bilan talabgorlar daraja.ilmiy.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 4 065 |
| 5 | 📢📢📢📢📢 #MALAKAVIY_IMTIHON
🤩 Namangan davlat pedagogika institutida kuzgi sessiyalar uchun quyidagi fanlardan malakaviy imtihonlar uchun onlayn hujjatlar qabul qilish boshlandi:
➡️ 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi;
➡️ 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo'yicha);
➡️ 13.00.03 - Maxsus pedagogika;
➡️ 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Pedagogika yo’nalishida tadqiqot olib borayotganlar uchun fanlar farqi:
➡️ Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi;
➡️ Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat;
➡️ Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi fanlaridan.
📨 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
➡️ Pasport nusxasi (Fayl nomi: Pasport. Familiya_Ismingiz.pdf);
➡️ Diplom nusxasi (Fayl nomi: Diplom. Familiya_Ismingiz.pdf);
➡️ Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka) (Fayl nomi: Obektivka. Familiya_Ismingiz.pdf)
➡️ Boshqa tashkilotlardan keluvchilar uchun tadqiqot olib borayotgan muassasadan yo’llanma xat (Fayl nomi: Xat. Familiya_Ismingiz.pdf);
➡️ Pedagogika yo’nalishida qo'shimcha fanlar farqidan imtihon topshiradiganlar uchun, qo'shimcha fanlar farqini belgilovchi OAK dan kelgan xat (Fayl nomi: Xat_ Familiya_Ismingiz.pdf); ➡️ OAK blyutennida mavzu e'loni (blyuttendan kesib olingan holati) yoki mavzu muhokama qilingan Ilmiy Kengash bayonnomasidan ko'chirma (Fayl nomi: Mavzu. Familiya_Ismingiz.pdf);
🏛 Asosiy ish joyi Namangan davlat pedagogika instituti bo‘lmagan malakaviy imtihon jarayonlarida qatnashib, muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar 5 ish kunida har bir topshirgan malakaviy imtihon fani uchun INN: 309 732 958 - SHXR: 400 110 860 144 017 094 100 072 002 hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 50% (220 000 so‘m) miqdorida to‘lov amalga oshirishlari kerak.
❕ Asos: Institut Kengashining 2024-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig'ilish qarori.
📆 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil
8-sentabrdan 30-sentabrgacha (shu kuni ham).
📝 Hujjatlarni quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
13.00.03 - Maxsus pedagogika
13.00.08-Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi
Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi
Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 4 082 |
| 6 | #Ilmiy_yutuq
Namangan davlat pedagogika instituti professorining maqolasi Q2 toifadagi jurnallarda chop etildi!
Jahon miqyosida e'tirof etilgan "Scopus" bazasining 2-kvartiliga (Q2) kiritilgan "International Academic Journal of Science and Engineering (IAJSE)" nomli xalqaro ilmiy jurnalida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika nazariyasi va tarixi yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Habibullayeva Muxlisaning ilmiy maqolasi nashr etildi.
🗣 Quyidagi havolalar orqali maqolalar bilan tanishishingiz mumkin:
➡️ Habibullayeva Muxlisa - https://iaiest.com/iaj/index.php/IAJSE/article/view/IAJSE1374
💐 Habibullayeva Muxlisani ushbu yuksak ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 3 803 |
| 7 | #Ilmiy_yutuq
Namangan davlat pedagogika instituti professorining maqolasi Q2 toifadagi jurnallarda chop etildi!
Jahon miqyosida e'tirof etilgan "Scopus" bazasining 2-kvartiliga (Q2) kiritilgan "Journal of Wireless Mobile Networks, Ubiquitous Computing, and Dependable Applications (JoWUA)" nomli xalqaro ilmiy jurnalida Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori DSc Xo‘jamberdiyeva Shaxnoza Ko‘paysinovnaning ilmiy maqolasi nashr etildi.
🗣 Quyidagi havolalar orqali maqolalar bilan tanishishingiz mumkin:
➡️ Xo‘jamberdiyeva Shaxnoza Ko‘paysinovna - https://jowua.com/wp-content/uploads/2026/07/2026.I2.042.pdf
💐 Shaxnoza Ko‘paysinovnani ushbu yuksak ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
Mazkur ilmiy yutuq Namangan davlat pedagogika institutida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi hamda ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, ushbu muvaffaqiyat institutimizning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 3 248 |
| 8 | 🟦🟦🟦
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika institutining quyidagi professor-oʻqituvchilari ilmiy darajalari tasdiqlandi.
🗣 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga:
🎖 Yuldashev Og'abek Komiljon o'gli
🎖 Abduraxmonova Gulasal Ravshanovna
💐 Institut jamoasi nomidan professor-oʻqituvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 3 465 |
| 9 | #Respublika_konferensiya #NamDPI
🙄 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 9-oktyabr kuni “Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar” mavzusida respublika konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
📑 KONFERENSIYA YO'NALISHLARI:
1-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalar: imkoniyatlar va istiqbollar.
2-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va pedagogik yondashuvlar.
3-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik va metodik asoslari.
4-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’lim sifatini ta’minlash, pedagog kadrlar salohiyati va ta’lim-tarbiyaning amaliy yechimlari.
5-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limda yangi avlod darsliklari: muammo va yechimlar.
🔵 Anjuman tili: o‘zbek, qozoq, ingliz, rus tillari.
✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: https://t.me/Anjuman_namdpi
🔝 Murojaat uchun tel: +998906272296
⏰ Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 8-oktyabr
✍️ Har bir maqolaga DOI raqam beriladi, Google Scholar, Zenodo DOI, OpenAIRE, ResearchBib bazalariga hamda https://journal.namspi.uz/ va https://smartquillpublishing.uz saytlariga indekslanadi, mualliflarga elektron to‘plam hamda sertifikat taqdim etiladi.
➡️ Maqolalar 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Tahririyat tomonidan qabul qilingan maqolalar 7 ish kuni ichida nashr etiladi. Nashrdan so‘ng mualliflarga maqolaning saytga joylashtirilgan URL manzili (havolasi), DOI raqami, maqolaning alohida PDF nusxasi hamda elektron sertifikati taqdim etiladi.
🙄 Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilmoqda.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 4 253 |
| 10 | #tanlov
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
✅Hujjatlarni qabul qilish muddati:
Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. | 740 |
| 11 | #Respublika_konferensiya #NamDPI
🙄 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni “Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida respublika konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
📑 KONFERENSIYA YO'NALISHLARI:
1⃣-yo‘nalish. "Maktabgacha ta’lim sifatini ta'minlashning zamonaviy paradigmalari."
2⃣-yo‘nalish. "Pedagogika, ta’lim menejmenti va innovatsion o‘qitish texnologiyalari"
3⃣-yo‘nalish. "Maktabgacha ta’limda milliy tarbiyani jahon andozalari bilan boyitish strategiyalari"
4⃣-yo‘nalish. "Kadrlar salohiyati va boshqaruv siyosati: kelajakka investitsiya"
5⃣-yo‘nalish. "Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda hamkorlikka asoslangan pedagogik yondashuvlar: xalqaro tajriba va istiqbollar"
6⃣-yo‘nalish. "Maktabgacha ta’limda inklyuziv muhitni shakllantirish: imkoniyatlar, muammolar va xalqaro tajriba"
🔵 Anjuman tili: o‘zbek, qozoq, ingliz, rus tillari.
✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi:https://t.me/NamDPI_Anjuman
🔝 Murojaat uchun tel: +998936500599
⏰ Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 24-sentyabr
✍️ Har bir maqolaga DOI raqam beriladi, Google Scholar, Zenodo DOI, OpenAIRE, ResearchBib bazalariga hamda https://journal.namspi.uz/ va https://smartquillpublishing.uz saytlariga indekslanadi, mualliflarga elektron to‘plam hamda sertifikat taqdim etiladi.
➡️ Maqolalar 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Tahririyat tomonidan qabul qilingan maqolalar 7 ish kuni ichida nashr etiladi. Nashrdan so‘ng mualliflarga maqolaning saytga joylashtirilgan URL manzili (havolasi), DOI raqami, maqolaning alohida PDF nusxasi hamda elektron sertifikati taqdim etiladi.
🙄 Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilmoqda.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 6 710 |
| 12 | 📣📣📣📣📣
#Mustaqil_izlanuvchilikka_suhbat
🤩 Namangan davlat pedagogika institutiga https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yilning 3-sentabr kuni soat 09:00 da suhbat tashkil etiladi.
⏺Talabgorlar o'zlari bilan olib kelishlari kerak bo'lgan hujjatlar:
➡️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport);
➡️ Ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi;
➡️ Ilmiy rahbar rozilik xati;
➡️ Ilmiy rahbar ma’lumotlari (pasport, INN raqam, ilmiy darajasi va unvoni);
➡️ Dissertatsiya mavzusiga oid chop etilgan 1 ta maqola hamda 2 ta tezis (DSc talabgorlar uchun 3 ta maqola 2 ta tezis);
➡️ Dissertatsiyaning 1-bobi (qog’oz variantda), (hujjatlarni yig'ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi) olib kelishlari, shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so'raladi.
Ilmiy rahbar rozilik xati NAMUNA
Eslatma: har bir izlanuvchi suhbat vaqtidan 10 – 20 daqiqa oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.
Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi 2-qavat.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 777 |
| 13 | 📢📢📢📢📢
#NamDPI
#2027_Imtihon_dasturlari
Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga kirish imtihonlari dasturlari e’lon qilinmoqda.
Eslatma: Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda boshqa zarur ma’lumotlar bo‘yicha qo‘shimcha e’lonlar Namangan davlat pedagogika institutining rasmiy axborot kanallarida e’lon qilib boriladi:
➡️ NamDPI rasmiy telegram sahifasi: https://t.me/namspii
➡️ Ilmiy bo’lim rasmiy telegram sahifasi: https://t.me/Namdpi_Ilmiy
➡️ Institut rasmiy veb-sayti: https://namspi.uz/uz
👉 2027-yil uchun Namangan davlat pedagogika institutiga ajratilgan Oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari bilan tanishing 👈
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 5 195 |
| 14 | OTMlarning ilmiy salohiyatini oshirish va innovatsion faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Jahongir Musayev tomonidan Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, tegishli bo‘lim boshliqlari, shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligining Namangan viloyati bo‘linmasi xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning avgust oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Salomov O‘ktam Rahimovichning Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, hududdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor yil yakuniga qadar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini yuksaltirish, innovatsion ishlanmalar sonini ko‘paytirish, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida spin-off korxonalarini tashkil etish va ularning sonini ko‘paytirish masalalariga qaratildi.
Xususan, oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish, patentlangan va tijoratlashtirish salohiyatiga ega ishlanmalar asosida spin-off korxonalar tashkil etish, mavjud korxonalar faoliyatini rivojlantirish hamda ularning ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga yo‘naltirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida viloyatdagi har bir oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha mas’ul prorektorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud natijalar, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Yig‘ilish yakunida har bir oliy ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, ilmiy salohiyatni oshirish, innovatsion loyihalarni ko‘paytirish hamda yangi spin-off korxonalarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
👉 @IRB_Namangan | 1 711 |
| 15 | 📣📣📣📣📣
#Mustaqil_izlanuvchilikka_suhbat
🤩 Namangan davlat pedagogika institutiga https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yilning 3-sentabr kuni soat 09:00 da suhbat tashkil etiladi.
⏺Talabgorlar o'zlari bilan olib kelishlari kerak bo'lgan hujjatlar:
➡️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport);
➡️ Ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi;
➡️ Ilmiy rahbar rozilik xati;
➡️ Ilmiy rahbar ma’lumotlari (pasport, INN raqam, ilmiy darajasi va unvoni);
➡️ Dissertatsiya mavzusiga oid chop etilgan 1 ta maqola hamda 2 ta tezis (DSc talabgorlar uchun 3 ta maqola 2 ta tezis);
➡️ Dissertatsiyaning 1-bobi (qog’oz variantda), (hujjatlarni yig'ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi) olib kelishlari, shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so'raladi.
Ilmiy rahbar rozilik xati NAMUNA
Eslatma: har bir izlanuvchi suhbat vaqtidan 10 – 20 daqiqa oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.
Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi 2-qavat.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 6 781 |
| 16 | #tanlov
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
✅Hujjatlarni qabul qilish muddati:
Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. | 962 |
| 17 | #Tabrik
DSc dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Botirova Sevara Mamurovna 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Germenevtik tafakkurda nutq va muloqot odobi shakllanishining falsafiy jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot ishi falsafa fanlari doktori (DSc), professor Xusanov Bahodir Ergashevich ilmiy rahbarligida bajarilgan.
Ilmiy himoya 2026-yil 19-avgust kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.F.22.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash yig‘ilishida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy-metodologik asoslari hamda ilmiy va amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Tadqiqot doirasida ilgari surilgan ilmiy xulosalar, nazariy qarashlar va erishilgan natijalar Ilmiy kengash a’zolari tomonidan munosib baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Botirova Sevara Mamurovnaning dissertatsiya ishi Ilmiy kengash a’zolarining 100 foiz ovozi bilan muvaffaqiyatli himoya qilingan deb topildi.
💐👏 Institut jamoasi Sevara Mamurovnani ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi zafarlar, ulkan muvaffaqiyatlar va mustahkam sog‘lik tilaydi!
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 5 251 |
| 18 | #qabul_2027_kvota
#NamDPI
👍 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrugʻi bilan 2027-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim qabul kvotalari tasdiqlandi.
🇺🇿 Respublika miqyosida jami 4 840 ta o‘rin ajratilib, ular 234 ta ilmiy va taʼlim tashkiloti kesimida taqsimlandi.
🤩 Namangan davlat pedagogika institutiga jami 21 ta o‘rin ajratildi. Jumladan:
🔹 doktoranturaga (DSc) — 2 ta;
🔹 tayanch doktoranturaga (PhD) — 16 ta;
🔹 maqsadli tayanch doktoranturaga (PhD) — 3 ta.
📚 Institutda qabul kvotalari 9 ta ixtisoslik bo‘yicha belgilangan.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 4 128 |
| 19 | ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
doktoranturaga — 540 ta.
Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar | 1 744 |
| 20 | ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Namangan davlat pedagogika instituti hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali hamkorligida joriy yilning 25-avgust kuni "Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari" mavzusidagi II an’anaviy Respublika miqyosidagi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📑 Konferensiya quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
1⃣-yo‘nalish. Sun’iy intellekt, dasturlash, raqamli ta’lim texnologiyalari va muhandislik innovatsiyalari;
2⃣-yo‘nalish. Pedagogika, ta'lim menejmenti va innovatsion ta'lim texnologiyalari;
3⃣-yo‘nalish. Filologiya, xorijiy tillar va zamonaviy lingvistik tadqiqotlar;
4⃣-yo‘nalish. Tabiiy va aniq fanlar, ekologiya hamda barqaror rivojlanish;
5⃣-yo‘nalish. Ijtimoiy fanlar, huquq va zamonaviy jamiyat taraqqiyoti;
6⃣-yo‘nalish. Inklyuziv ta'lim: zamonaviy yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar;
7⃣-yo‘nalish. Iqtisodiyot, menejment, moliya va tadbirkorlik;
8⃣-yo‘nalish. Tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, san'at va arxitektura sohalarida fanlararo innovatsion yondashuvlar;
9⃣-yo‘nalish. Psixologiya, sotsiologiya, falsafa hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va rivojlanish istiqbollari;
💬 Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz, qozoq.
Maqolalar quyidagi ba’zalarda indekslanadi:
– Zenodo doi,
– Google scholar,
– Open AIRE,
– journal.namspi.uz
– smartquillpublishing.uz.
➡️ Maqolalar 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. To‘plam nashr etilganidan so‘ng mualliflarga maqolaning saytga joylashtirilgan URL manzili (havolasi), DOI raqami, maqolaning alohida PDF nusxasi hamda elektron sertifikati taqdim etiladi.
✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: https://t.me/NamDPI_Anjuman
👤 Murojaat uchun tel: +998936500599
✅ Dedlayn – 20.08.2026-y (soat 18:00 ga qadar).
✅ Nashr muddati – 25.08.2026-y.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi | 1 312 |
