cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Сайхунобод хабарлари

🇺🇿 Сайхунобод тумани ва Сирдарё вилояти, ҳамда Республикага оид расмий хабар ва янгиликлар канали Таклиф ва мурожаатлар учун: 📲 +998 91 502-86-03 🤖 @SayxunobodXabarlariBot ✍️ @SayxunobodAdmin

Show more
Advertising posts
1 757
Subscribers
+824 hours
+87 days
-1630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Sirdaryo viloyati sektor rahbarlari Sayxunobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar bilan tanishdi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov hamda viloyat prokurori Savid Imatov tomonidan kundalik ish-reja asosida Sayxunobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi. Jumladan, masʼullar birgalikda Sayxunobod tumani IIB xodimlari tomonidan tungi xizmat oldi yo‘riqnoma berish jarayonlari bilan tanishib, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida masʼul rahbarlar hamda profilaktika inspektorlariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng tuman IIB binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyatini o‘rganilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda eng samarali vosita ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman mutasaddilariga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallalarda jinoyatlarni oldini olish maqsadida, amalga oshirilayotgan keng qamrovli "ijtimoiy profilaktika" tadbirlarini yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Show all...
Sayxunobodning chekka mahallasida kurash mahorat maktabi ochildi Kurash sport turi keng ommalashgan Sayxunobodning Paxtaobod mahallasida viloyat prokuraturasi va tuman hokimligi tashabbusi bilan kurash mahorat maktabi tashkil qilindi. Uning ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat prokurori Savid Imatov, tuman mutasaddilari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Maktab shu hududdagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi negizida tashkil etilgan boʻlib, barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 150 nafar sportchi oʻz mahoratini oshirish imkoniyatiga ega. Tadbir doirasida “Viloyat prokurori kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 100ga yaqin yosh kurashchilar 3 vazn toifasida oʻzaro bellashdi. Yakunda gʻoliblar medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
01:48
Video unavailableShow in Telegram
Internet tarmogʻida aqidaparastlik, radikalizm va ekstremistik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqatish yoki saqlash boʻyicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan boʻlib, bunday holatlarga duch kelsangiz yoki ular haqida muayyan maʼlumotga ega boʻlsangiz, Ichki ishlar organlarining “102” xizmati yoki “1102” raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz soʻraladi. Sizning murojaatingiz anonim saqlanishi kafolatlanadi. Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
TQD_MUROJAAT_FULL~1.mp410.13 MB
Яқинда неваралар билан туман кутубхонасига бордик. Кутубхона ходимлари бизни жуда катта қувонч, ажойиб кайфият билан кутиб олдилар. Мана шундай қалби гўзал, меҳри дарё касб эгаларига қанча қанча тасаннолар айтсак кам. Илмингизни оллох бунданда зиёда қилсин, дейман. Касб кориизни баракасини берсин илохим. У ерда бир ёшлари улуғ онахон диққатимизни тортдилар. Қўлларида бир даста бадиий асарлар. Жуда ҳавас қилдим ва ибрат олинг деб сиз маҳалла нуроний бувижонларига тавсия қиламан.ҲУРСАНОЙ ОНА. ОФАРИН сизга. "Бешикдан то қабргача илм изла"деб бежиз айтишмаган, албатта. Мен уларни невараларимга ибрат олинг деб кўрсатдим. Китоб~бу сеҳрли олам дунёси. Инсонийлигимизни, қадриятларимизни, керак бўлса ЎЗИМИЗНИ, ЎЗЛИГИМИЗНИ йўқотиб қўймаслик учун, бизга фақат КИТОБ ёрдам беради, албатта, азизлар. 📚💝🌸🍃📚💝🌸🍃📚📚 Сайхун.Турон.2024.10.07 Кимиё бинтуЭргашбой.
Show all...
Мана яна бир обод хонадон. Шодлик маҳалла Тенгали кўчада истиқомат қилаётган Ҳўжярова Зайнаб онахон ховли ва том орқа ободлиги кўзни қувонтиради. Барча турдаги мева ва сабзавот маҳсулотлари оилавий даромадга мадад бўлса, ховли уй атрофидаги гўзал гулзорлар баҳри дилингизга ором бағишлайди. Албатта бундай нуроний бувижонларни ибрат учун намуна  қилсак арзийди. Зайнаб онахон,дугона, хорманг~толманг. Неваралар билан барча эзгу ниятларингиз амалга ошсин. Раҳмат каттакон сизга. 💐🍃🌸💝📚❤️
Show all...
Вилоят ҳокими хориждаги сирдаёрлик ёшлар билан онлайн мулоқот қилди Бугунги кунга қадар маҳаллаларда хонадонман-хонадон ўтказилган хатлов давомида вақтинча ишлаш ва ўқиш мақсадида хорижда бўлиб турган 4 минг 973 нафар ёшларнинг баланси шакллантирилган. Улар билан мунтазам онлайн шаклда алоқа йўлга қўйилди. Шу тариқа муаммо ва таклифлар ўрганилиб, 385 нафари миграциядан қайтарилди ва 342 нафарини бандлиги таъминланди. Бу борадаги ишларни узвий давом эттириш мақсадида вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев чет элда ишлаётган ва таҳсил олаётган сирдарёлик ёшлар билан видеоконференц алоқа орқали мулоқот ўтказди. Мулоқот жуда самимий ва конструктив руҳда ўтди. Ёшлар ўз фикр ва таклифларини билдириб, уларни амалга оширилишида фаол иштирок этишга тайёрлигини айтишди. Ҳоким эса ҳар қандай ташаббусни инобатга олиши ва қўллаб-қувватлашини билдирди. Давоми... Telegram | Facebook | Instagram
Show all...
📑Ayni damda Komiljon Mullajanov navbatdagi shaxsiy qabuli bo'lib o'tmoqda. Aholining muammo va murojaatlarini tez va manzilli o‘rganish bo'yicha shaxsiy qabullar muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan tuman aholisining murojaatlari tinglandi. Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov tomonidan joriy yilning 12-iyul kuni tuman markazidagi "Yoshlar xiyoboni"da aholi murojaatlari bo'yicha shaxsiy qabul o'tkazildi. Murojaatlarning 10 tasi shu joyning o‘zida qanoatlantirildi, qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi tegishli korxona tashkilotlar nazoratiga olindi. Ayrimlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi. Telegram I Web-site I Facebook
Show all...
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.