en
Feedback
"STEM SCHOOL" xususiy maktabi

"STEM SCHOOL" xususiy maktabi

Open in Telegram

🏢"STEM SCHOOL" xususiy maktabi - farzandingiz uchun sifatli ta'lim!📚 Частная школа "Stem School" г.Андижан, Бобуршох 24. 📲 @StemAndijan 📞 +998980100035 📞 +998916065646

Show more
878
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+3130 days
Posts Archive
🎓✨ “STEM SCHOOL”da 4-sinflar uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi! ✨ Har bir yakun — yangi boshlanish demak. Bugun 4-sinf o‘quvchilarimiz boshlang‘ich ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi bilim sari yo‘lga dadil qadam qo‘ydilar. Bu yillar davomida ular nafaqat bilim oldilar, balki do‘stlikni, mas’uliyatni, intilishni va orzu qilishni ham o‘rgandilar. Ustozlarining mehr-muhabbati, ota-onalarning ishonchi va o‘zlarining mehnati bugungi quvonchli kunning eng katta sababidir. Aziz o‘quvchilarimiz! Sizni oldinda yanada katta marralar, yangi kashfiyotlar va ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda. Har doim bilimga chanqoq, maqsadingizga sodiq va Vatanimizning munosib farzandlari bo‘lib kamol topishingizni tilaymiz. 💙 Yo‘lingiz doimo yorug‘, qadamingiz esa muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Yangi bosqich muborak bo‘lsin! 🌸 #STEMSchool #SoʻnggiQoʻngʻiroq #4Sinf #Bitiruv #BoshlangichTalim #KelajakLiderlari #SchoolLife #Education #GraduationDay 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

Farzandingiz ta’lim oladigan muhit uning kelajagiga ta’sir qiladi. 🏫✨ “STEM SCHOOL”da yaratilgan zamonaviy sharoitlar, qulay sinfxonalar va rivojlanish uchun keng imkoniyatlarni o‘quvchilarimiz nigohi orqali ko‘ring. Murojaat uchun: ✍️@stemandijan 📞+998980100035 📞+998916065646 📌Manzil: Andijon sh. Boburshoh ko'chasi 24-uy. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

Hurmatli ota-onalar “STEM SCHOOL”ning “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qilamiz. Bu kun davomida siz: ✅ Maktab faoliyati bilan y
Hurmatli ota-onalar “STEM SCHOOL”ning “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qilamiz. Bu kun davomida siz: ✅ Maktab faoliyati bilan yaqindan tanishasiz ✅ Dars jarayonlarini kuzatasiz ✅ Ta’lim dasturi va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olasiz 📅 22-iyun 🕙 Soat 09:00 📍 STEM SCHOOL Murojaat uchun: ✍️@stemandijan 📞+998980100035 📞+998916065646 📌Manzil: Andijon sh. Boburshoh ko'chasi 24-uy. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

🎨✨ O‘quvchilarimiz bilan unutilmas Art Party tashkil etdik! Bolajonlarimiz rang-barang rasmlar yaratishdi. Bunday ijodiy mashg‘ulotlar nafaqat qiziqarli vaqt o‘tkazish, balki bolalarning tasavvuri, mayda motorikasi va kreativ fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. 🧠 Ranglar bilan ishlash bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodalash, ichki hissiy holatini yengillashtirish va kayfiyatini ko‘tarishga yordam beradi. “STEM SCHOOL”da ta’lim faqat darslar bilan cheklanmaydi. Biz har bir bolaning ijodiy salohiyatini kashf etish va rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratamiz. 💙 #STEMSchool #ArtParty #ArtTerapiya #IjodkorBolalar #BaxtliBolalik #KreativTa’lim #STEMSchoolLife 🎨🌈✨ 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

STEM SCHOOL 5-sinf o‘quvchilari yil yakuni hisobot taqdimotida Science, Technology, Math hamda Tarix va Adabiyot yo‘nalishlarida erishgan yutuqlarini namoyish etdilar. Har bir chiqish o‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan qiziqishi, ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va sahnadagi ishonchini yaqqol aks ettirdi. Biz ta’limni faqat darsliklar bilan cheklamaymiz. STEM SCHOOL’da har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini kashf etadi, fikrlaydi, tadqiq qiladi va natija yaratadi. 🌟 Bugungi taqdimotlar — ertangi katta muvaffaqiyatlarning ilk qadamlari. 👏 Aziz o‘quvchilarimizga va ularning fidoyi ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz! #STEMSchool #YilHisoboti #KelajakLiderlari #Science #Technology #Math #Tarix #Adabiyot #SifatliTalim #STEM #FutureStartsHere 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

🔥 “STEM SCHOOL”da yana bir yutuqlar mavsumi! O‘quvchilarimiz va ustozlarimizning mehnati o‘z samarasini bermoqda. IELTS xalq
+6
🔥 “STEM SCHOOL”da yana bir yutuqlar mavsumi! O‘quvchilarimiz va ustozlarimizning mehnati o‘z samarasini bermoqda. IELTS xalqaro imtihonidan navbatdagi yuqori natijalar qo‘lga kiritildi! 📌 7.5, 7.0 va 6.0 kabi natijalar — bu muntazam mehnat, sifatli ta’lim va kuchli ustozlar jamoasining mahsuli. Tabriklaymiz! Har bir natija ortida katta intilish, sabr va fidoyilik bor. Sizlar bilan faxrlanamiz va bundan ham yuksak marralarni zabt etishingizga ishonamiz! #STEM #STEMSSCHOOL #IELTS #IELTSNatijalari #ProudOfOurStudents #SuccessStory 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

🎓 Farzandingizning kelajagi bugungi tanlovingizdan boshlanadi! Hurmatli ota-onalar, agar siz farzandingiz uchun zamonaviy, sifatli va natijaga yo‘naltirilgan ta’lim maskanini izlayotgan bo‘lsangiz, sizni “STEM SCHOOL”ning “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qilamiz. Bu kun davomida siz: ✅ Maktab faoliyati bilan yaqindan tanishasiz ✅ Dars jarayonlarini kuzatasiz ✅ O‘qituvchilar bilan suhbatlashasiz ✅ Ta’lim dasturi va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olasiz Farzandingizga bugundan kuchli poydevor yarating! 📅 10-iyun 🕙 Soat 09:00 📍 STEM SCHOOL Murojaat uchun: ✍️@stemandijan 📞+998980100035 📞+998916065646 📌Manzil: Andijon sh. Boburshoh ko'chasi 24-uy. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

🇬🇧 Ingliz tiliga chuqurlashtirilgan 1-sinf o‘quvchilarimiz qisqa vaqt ichida nafaqat o‘qish va yozishni, balki ingliz tilida erkin muloqot qilishni ham o‘zlashtirdilar. 📚 Tilni o‘rganish yodlashdan emas, amaliyotdan boshlanadi. Shu sababli darslarimizda o‘quvchilar ingliz tilida fikrlash, gapirish va o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirib boradilar. 🚀 Farzandingiz ham ingliz tilida erkin muloqot qiladigan, o‘ziga ishongan va zamon bilan hamnafas avlod safidan joy olishini istasangiz, STEM SCHOOL siz uchun to‘g‘ri tanlov! Qabul davom etmoqda. O‘rinlar soni cheklangan. Murojaat uchun: ✍️@stemandijan 📞+998980100035 📞+998916065646 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

📣"STEM SCHOOL" xususiy maktabida INGLIZ TILIGA CHUQURLASHTIRILGAN 1-SINFGA QABUL BOSHLANDI! 💫 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 ❗️1-
📣"STEM SCHOOL" xususiy maktabida INGLIZ TILIGA CHUQURLASHTIRILGAN 1-SINFGA QABUL BOSHLANDI! 💫 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 ❗️1- sinfga qabul uchun kerakli hujjatlar: ✅Ota-onalarning pasport nusxasi; ✅Bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi; ✅Bolaning sog'lig'ini to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma; ✅Bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli foto surati. Shoshiling, 2026-2027 o'quv yili uchun qabul boshlandi! Farzandingiz kelajagiga bugundan mustahkam poydevor qo‘ying,joylar soni cheklangan! Murojaat uchun: ✍️@stemandijan 📞+998980100035 📞+998916065646 📌Manzil: Andijon sh. Boburshoh ko'chasi 24-uy. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

“STEM SCHOOL”da bugun 9–11-sinf o‘quvchilarimiz matematika va SAT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z prezentatsiyalarini tayyorlab, bilim va iqtidori bilan barchani hayratda qoldirishdi ✨ Har bir chiqish ortida katta izlanish, mantiqiy fikrlash va o‘z ustida ishlash mujassam. O‘quvchilarimiz mavzularni chuqur tahlil qilib, auditoriya oldida erkin va ishonch bilan chiqish qilishdi 📚🎤 Biz o’quvchilarni nafaqat yuqori natijalarga yo’naltirqmiz, balki, o‘z fikri, bilimini erkin namoyon qila oladigan yoshlar bo‘lib shakllanishiga ham e’tibor qaratamiz 🚀 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

Qurbon hayiti muborak! 🌙✨ Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik, baraka va mehr olib kirsin. Yaqinlaringiz bilan birga sog‘lik, quvonch va baxtli onlar sizni hech qachon tark etmasin. Farzandlarimiz qalbida ezgulik, oqibat va insoniylik tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lsin! Farzandlarimiz ilm-ma’rifatli, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetsin! 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

💫"STEM SCHOOL" xususiy maktabida Ingliz tiliga chuqurlashtirilgan o'zbek va rus 1-sinflar uchun qabul boshlandi! ✨ Farzandingizning ilk maktab qadami ishonchli va muvaffaqiyatli bo‘lishini istaysizmi? Unda "STEM SCHOOL" maktabga tayyorlov sinflari sizni kutmoqda ❤️ 🔹 kuchli ingliz tili muhiti 🔹 savodxonlik va mustaqil fikrlash 🔹 matematika va mantiqiy tafakkur 🔹 zamonaviy STEM yondashuvi 🔹 mehribon va tajribali ustozlar kutmoqda. Har bir dars — bolalar uchun yangi kashfiyot, har bir kun esa yangi imkoniyat 🌱 ✨ Farzandingiz kelajagiga bugundan mustahkam poydevor qo‘ying! Qabul davom etmoqda, joylar soni cheklangan. ✍️Murojaat uchun: @stemandijan 📞+998980100035 📞+998916065646 📍 Адрес: г. Андижан, ул. Бобуршох, дом 24 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

🔥 “STEM SCHOOL”da qaynoq natijalar! 14 nafar o‘quvchimiz CEFR imtihonidan B2 natijasini qo‘lga kiritdi! 🌟 Bu natijalar orti
+4
🔥 “STEM SCHOOL”da qaynoq natijalar! 14 nafar o‘quvchimiz CEFR imtihonidan B2 natijasini qo‘lga kiritdi! 🌟 Bu natijalar ortida tinimsiz mehnat, kuchli tayyorgarlik va katta ishonch bor. Har bir sertifikat — o‘quvchilarimizning o‘z ustida ishlagani va maqsad sari dadil borayotganining isboti. 📚✨ Biz uchun eng katta faxr — o‘quvchilarimizning yutuqlari. “STEM SCHOOL”da natijalar an’anaga aylangan! 🚀 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

photo content
+8

O‘quvchilarimiz 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira maydoniga tashrif buyurishdi. Bu tashrif orqali ular jasorat, fidoyilik va tinchlikning qadrini yana bir bor his qilishdi. Ajdodlar xotirasiga hurmat — kelajak avlod tarbiyasining muhim qismidir. 🌿 Xotira barhayot, qadriyatlar esa avloddan avlodga davom etadi. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

“STEM SCHOOL”da “BALLI QIZLAR” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda o‘quvchi qizlarimiz onalari bilan birgalikda faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar. Dastur davomida milliy raqslar, an’anaviy qo‘l ishlari, tikuvchilik va pazandachilik yo‘nalishlari, jumladan, mevalarni estetik tarzda taqdim etish hamda aqliy-mantiqiy savol-javoblar orqali qizlarimizning har tomonlama salohiyati sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, onalar va qizlar hamkorligida osh tayyorlash jarayoni tadbirga o‘zgacha iliqlik va milliy ruh bag‘ishladi. Ushbu tanlov nafaqat iqtidorlarni yuzaga chiqarish, balki oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

2-sinf o‘quvchimiz “IRN” Matematika va Ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida yuqori natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni egalladi hamda OLTIN medal bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq o‘quvchimizning izchil mehnati, bilimga bo‘lgan qiziqishi va ustozlarimizning fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir. Mazkur natija asosida o‘quvchimiz yoz mavsumida Turkiya davlatiga 1 haftalik bepul sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “STEM SCHOOL” jamoasi bunday iqtidorli o‘quvchilarimiz bilan faxrlanadi va ularning kelgusi yutuqlariga ishonch bildiradi. Kelajak — bilimli yoshlar qo‘lida. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z bilim va iqtidorlarini ham yorqin namoyon etishdi. Science darslarida olgan nazariy bilimlari amaliy ko‘rgazmalar orqali taqdim etilib, bolalarning izlanuvchanligi va ilmga bo‘lgan qiziqishi yana bir bor yaqqol ko‘rindi. 🔬✨ Osh musobaqasi esa kunning eng qiziqarli va unutilmas qismiga aylandi. Har bir jamoa o‘z mahorati, hamjihatligi va ishtiyoqi bilan ajralib turdi. Bu jarayonda faqat taom tayyorlanmadi, balki ota va farzand o‘rtasidagi mehr, hurmat va birdamlik yanada mustahkamlandi. 🍲 Mazkur tadbir barchaga iliq xotiralar, samimiy lahzalar va ko‘tarinki taassurotlar ulashdi. 🌟 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube

“STEM SCHOOL”da “Otalar kuni” tadbiri o‘ziga xos iliq muhit, samimiylik va milliy ruh bilan o‘tdi. Bu kun nafaqat bayram, balki ota va farzand o‘rtasidagi yaqinlikni yanada mustahkamlovchi unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. 👨‍👧‍👦 O‘quvchilar o‘z otalari bilan birgalikda osh tayyorlash jarayonida ishtirok etib, jamoaviylik, hamkorlik va qadriyatlarimizning go‘zal namunasini ko‘rsatishdi. Har bir qozonda faqat osh emas — mehr, e’tibor va faxr tuyg‘usi ham qaynadi. 🍲 Milliy o‘yinlar, xususan arqon tortish va boshqa xalqona bellashuvlar esa tadbirga alohida shukuh bag‘ishlab, barcha ishtirokchilarni birlashtirdi. Kulgu, raqobat va birlik uyg‘unlashgan ushbu jarayon barchaga zavq ulashdi. 📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube