en
Feedback
BBA | Jizzax viloyati bo‘limi

BBA | Jizzax viloyati bo‘limi

Open in Telegram

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo'limining rasmiy kanali. Murojaat uchun bot: @dtm_jizzax_bot

Show more
1 158
Subscribers
-724 hours
-357 days
-5830 days
Posts Archive
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash KORRUPSIYA — KELAJAKKA QARSHI JINOYAT! 💰 Pora berish ham, pora olish ham qonun oldida javobgarli
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA — KELAJAKKA QARSHI JINOYAT!
💰 Pora berish ham, pora olish ham qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi. 🖐 Tanlov o‘z qo‘lingizda: Bir lahzalik foyda va bir umrlik tavqi la’nat... Yoki halol mehnat va yorug‘ yuz! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining
📢 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi test topshiriqlari hamda tashkiliy jarayonini aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 📅 Sana: 2026-yil 9-sentyabr ⏰ Vaqti: 14:00 👩‍🏫 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH: 🔗 registration.ilmiymarkaz.uzRo‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 8-sentyabr, soat 23:00 gacha. ⚠️ MUHIM! Aprobatsiyada ishtirok etish uchun joylar soni cheklangan. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin. 📌 Eslatma: Aprobatsiya sinovida ishtirok etish natijasida sertifikat yoki ma’lumotnoma taqdim etilmaydi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlari bo‘yicha 2026-yil 4-sentyabr kuni o‘tkazilgan ovozli chatning audioyozuvi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim ta
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 FRANSUZ VA NEMIS TILLARIDAN KOMPYUTERDA MOCK TEST — APROBATSIYA 🇫🇷 Fransuz tili va 🇩🇪 nemis tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha kompyuterda diagnostik test sinovlari (Mock test)ning aprobatsiyasi tashkil etiladi. 🗓 2026-yil 8-sentabr kunisoat 14:00 da 📍 Barcha hududlarda — BMBA hududiy bo‘limlarida tashkil etiladi. ‼️ Mazkur test sinovlari kompyuterda o‘tkazilib, ishtirokchilarga fransuz va nemis tillari bo‘yicha test formatini amaliy tarzda sinab ko‘rish imkonini beradi. 👥 Test sinovlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 7-sentabr soat 9:00 ga qadar 🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/ 💻 Test sinovlarida ishtirok etish mutlaqo bepul! 📌 Muhim: Mazkur test sinovi ilk aprobatsiya shaklida tashkil etilmoqda. Ishtirok etish mutlaqo bepul 👥 Ishtirokchilar soni cheklangan! Dastlabki 20 nafar talabgor test sinovlarida ishtirok etish uchun qabul qilinadi. ☎️ Murojaat uchun:+998955156868 📢 Fransuz va nemis tillarini o‘rganayotgan barcha talabgorlarni ushbu ilk aprobatsiya test sinovlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube Telegram

Ikkinchi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari natijalari tayyor
📝 2026-yil 25-avgust kuni Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga ikkinchi mutaxassislik olish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari eʼlon qilindi. 👨‍💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi Oliy ta’lim tashkilotla
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha belgilangan muddat 28-avgust kuni soat 23:59 da o‘z nihoyasiga yetdi. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha tanlov natijalari 2026-yil 3-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi. Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Mustaqillikning_35_yilligi Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 2026-yil 28-avgust kuni Agent
+8
#Mustaqillikning_35_yilligi
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
  2026-yil 28-avgust kuni Agentlikning siyosiy-madaniy, ilmiy-ma’naviy faoliyati sermahsul va muhim voqeliklarga boy bo‘ldi.   Shu kuni belgilangan tadbirlarning avvalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati, uning bugungi kundagi ahamiyati hamda mamlakatimiz hayotidagi o‘rniga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.   Unda mazkur Konstitutsiyaviy qonun bilan belgilangan asosiy vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va qonunning ahamiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.   Ma’ruzada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda mazkur Konstitutsiyaviy qonunning ahamiyati, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va tinchlik-osoyishtalikning qadri haqida fikr yuritildi.   Shuningdek, tadbirlar davomida davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Mustaqillik. Tinchlik. Bunyodkorlik. Shukronalik” shiori ostida ilmiy-ma’naviy uchrashuv ham tashkil etildi.   Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baratov Mirodil Homutovich o‘zining qiziqarli, yangi faktlarga boy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.   Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti, mustaqillikka erishilganlik asriy orzu va bu yo‘lda erk uchun kurashlarning ijobati ekanligi, xalqimizning farovon hayoti va milliy qadriyatlarimizni yanada yuksaltirish tamoyillari hamda bu yo‘lda mehnat qilayotgan xalqimiz hayotini yanada yaxshilash tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.   Tadbirlarning tantanali qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan munosib xizmat qilgan xodimlarni “Mustaqillikning 35-yilligi” ko‘krak nishonlari bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.   Unda faol va munosib xizmatlari bilan sohadagi izchil islohotlarda samarali hissasini qo‘shayotgan xodimlarga “Mustaqillikning 35-yilligi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.   Ko‘tarinki va samimiy ruhda o‘tgan tadbirlarda Agentlik rahbariyati va xodimlar ishtirok etdilar hamda o‘zlarining keyingi faoliyatida katta motivatsiya oldilar. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest #Aprobatsiya2026 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Huquqshunoslik fanidan aprobatsiya 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
+6
#OnlaynTest #Aprobatsiya2026 〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Huquqshunoslik fanidan aprobatsiya
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida huquqshunoslik fanidan sertifikatlash tizimini yo'lga qo'yish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 📆 Mazkur ishlar doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 26-avgust kuni huquqshunoslik fanidan test sinovlarining aprobatsiyasi o'tkazildi. 👥 Test sinovlarining aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, “Onlayn test” axborot tizimi orqali amalga oshirildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqla
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON! Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’l
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON! Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’l
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi 📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan respubli
#Qabul2026
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi
📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨‍💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShSHIR) kiritgan holda bilishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Milliy_sertifikat Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlas
#Milliy_sertifikat
Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ✍️ imtihonning yozma qismi — 24-avgust kuni; 🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi. 🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari olishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⛳ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-08-20-4 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga! Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi: Joriy yilning 22-avgust kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi. Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim. ❗️ Shu munosabat bilan, quyida qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi: Qurilmaga qo‘yiladigan talablar. ⚠️ Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan. ⚠️ Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin. 📍 Respublika bo'yicha SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati: 👉 MANZILLAR Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz. ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

DIQQAT, E"LON! ❗️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bugun 18-avgust ku
DIQQAT, E"LON! ❗️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bugun 18-avgust kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

〰️〰️〰️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-y
〰️〰️〰️
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. 📆 2026-yil 17-avgust kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jizzax politexnika instituti, Toshkent farmatsevtika instituti va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. 👨‍💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 💼 Imtihonda 164 nafar talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. ✅ Test sinovlari natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Chet_tili_malaka_imtihoni 📢 DIQQAT, E'LON! 🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi
#Chet_tili_malaka_imtihoni 📢 DIQQAT, E'LON!
🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil sentyabr oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazilishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili 🇩🇪 Nemis tili 🇫🇷 Fransuz tili 🇹🇷 Turk tili 🇸🇦 Arab tili 🧾 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. 👨‍💻 Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 29-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 30-avgust hisoblanadi. 📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 💼 Muhim: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ⛳ Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. 📎 Eslatma: nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube