Hayotim bahori (Gulbahor Yorqinova)
Jon-jonimga singib ketsaydi ilhom, To abad qogʻozdan uzilmas qalam. Yetajakman buyuk samoga illo, Meni qoʻllab tursa Yaratgan egam! ✍️GULBAHOR YORQINOVA https://t.me/Gulbahor_Yorqinova
Show more107
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
Photo unavailableShow in Telegram
Boshlar...
Yolvordim tongacha aytib istigʻfor,
Gunohlarim ezib, qiladi isyon.
Men unsiz yigʻladim, yigʻladim takror,
,,Boʻldi unday qilma"-deydilar oson.
Jahannamda kuyib, kul boʻlsam agar,
Yordamga kelarmi soxta iymonlar.
Gʻussaga botaman gunohim qadar,
Qoʻlimdan tutmaydi nurli insonlar.
Oppoq kafanlarda qoʻysa qabrga,
Bu ulugʻvor tanam men uchun lanat.
Doʻzax azobini berar ajrga,
Bir savobim boʻlsa jannatdan qanot.
Qoʻllarim mixlansa oyoqlarimga,
Bosib, ezib oʻtsa ustimdan toshlar.
Yosh emas, oʻt oqar yanoqlarimga,
Bizni gunohkorlar shu yoʻlga boshlar.
04.04.2022y
✍🏻Gulbahor Yorqinova
@Hayotim_bahori_ijod🥰
Assalomu alaykum. Saharlikka turgan va Bamdod namozlarini ado etib, Qur'on oʻqiyotgan barcha barcha musulmonlar duolaringiz ijobat boʻlsin!
Photo unavailableShow in Telegram
Qanday qarayman...
Yuragimda oʻchmas alamlar qoldi,
Koʻzyoshlarim toʻlib, qalbimda titroq.
Xadiklarim dilga qoʻrquvlar soldi.
Bugun kulgularim sizdan-da yiroq.
Qanday yolgʻon soʻzlay, qandayin alday,
Oʻzim ovutmoqni yoʻqdir imkoni.
Menda ishonchingiz qoldiku qilday,
Endi umidlarni koʻmmoqlik oni.
Mitti kapalakning bir umri kabi,
Ishonch oʻralmoqda oppoq kafanga.
Ketmoqdaman zulmat yoʻllari sari,
Yuragimdagi choʻgʻ oldi alanga.
Xasta quvonchlarga yoʻqdir darmonim,
Azob sochlarini asta tarayman.
Koʻnglimni sindirgan mening armonim,
ONA, koʻzingizga qanday qarayman.
✍🏻Gulbahor Yorqinova
@Hayotim_bahori_ijod🕊️
Photo unavailableShow in Telegram
Kel...
Bulutjon endi kel qoʻllarimdan tut
Osmoningga olib ketaver meni
Qoʻllaringni uzma, qoʻyvormam seni
Azobni unut...
Bulutjon endi kel, qoʻllarimdan tut
Qaygʻulardan qolgan jon-joningdan kech
Oh, meni olovda qoldirmagin hech
Qalbimni sovut...
Bulutjon endi kel, qoʻllarimdan tut
Tomchiga aylanma quvonch boʻlib qol
Bugun koʻzyoshimni dardlarimni ol
Yuragim tobut...
29.03.2022y
✍🏻Gulbahor Yorqinova
@Hayotim_bahori_ijod🕊️
Photo unavailableShow in Telegram
***
Mana alamidan yigʻlaydi osmon,
Quyosh nurlarining rangin oʻchirib.
Koʻzyoshlar ba'zida chorasiz yolgʻon,
Dardning suratini olgan koʻchirib.
Qalblarni ezadi yoshdagi dardlar,
Armonli soʻzlarin qaytadan boshlar.
Nimalarni eslab, kimnidir yodlar,
Faqat bu yomgʻirga yarashar yoshlar.
✍🏻Gulbahor Yorqinova
@Hayotim_bahori_ijod🕊️
Choose a Different Plan
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.