en
Feedback
Abdurauf Fitrat | Jadidlar

Abdurauf Fitrat | Jadidlar

Open in Telegram

Shoir, nosir, dramaturg, publitsist, tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, faylasuf, san'atshunos, olim va ma'rifatparvar jadidchilar! Aloqa - @be_twinkle

Show more
352
Subscribers
-224 hours
+87 days
+1230 days
Posts Archive
Кеча! Бугун! Эртага! Ўзбекнинг ўзлигини, урф-одатларини, миллийлигини, қадриятларини ўрганмоқчи бўлсангиз бизнинг сафимизга қўшилинг! https://t.me/Antropolog_kundaligi

Oh, zolim madaniyat... Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?" pyesasida majburlab erga berilgan va doim eridan zulm ko‘rgan ayolni murojaatini qabul qilgan advokat tilidan: "Oh, zolim madaniyat, bizim turkistonliklarning orasig‘a qachon kelub tomir yoyasan?! Bizda uy tarbiyasi boshlanub, xotun-qizlarimiz ilmu maorif ila nurlanmag‘uncha, bizning oramizda shunday ko‘ngilsiz hollar davom etaversa kerak. Mana bu xotun bechorani erg‘a berg‘on vaqtlarida o‘z xohishi bilan, o‘zining rozilig‘i bilan, o‘zi ko‘rub xohlag‘on eriga bermasdan hayvon kabi kuchlab, qo‘lidan tutub bir zolimning qo‘lig‘a berganlar. Bu mushtipar ma’sumaning butun umri azob-mehnatda, qayg‘u va kulfatda o‘tub dunyog‘a kelg‘oniga-da ming marotabadan pushmon yeb, g‘am zindonida yashag‘on. Mana bizning oramizdan munday ko‘ngilsiz hollarning yo‘q qilmoq uchun butun kuch-quvvatimizning xotun-qizlarimizning o‘qutmoq, maorif va madaniyat ila oshno qilmoq yo‘linda sarf qilmog‘imiz lozimdur. Shundagina bizlar ham boshqa qavmlar orasinda o‘rtoqchasig‘a yashamog‘imiz mumkindur". Manba Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

E'tiqodga aylanmagan g'oyalar, tizimlarning umri qisqa bo'lib, bugun bo'lsa, ertaga bo'lmasligi mumkin. Inson Xudoga, oxiratga ishonmasa, diniy g'oya uning e'tiqodiga aylanmaydi. © Abdurauf Fitrat Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Bizda xotinlarni so‘kish faxr, urib mayib qilishni erkakchilikning fazilati deb bilamiz. Olloh ayolni faqat shahvoniy orzular
Bizda xotinlarni so‘kish faxr, urib mayib qilishni erkakchilikning fazilati deb bilamiz. Olloh ayolni faqat shahvoniy orzularimiz va hayvoniy ehtiroslarimizni bosish uchun yaratgan deb o‘ylaymiz. Baxtsizligimiz va qoloqligimizning eng muhim sabablari ham shundadir. © Abdurauf Fitrat Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Bizni ulamo va eshonlarimiz to‘n kiymakdan, avomlarimiz choyxonalarga chiqub choy ichmakdan va ziyolilarimiz esa Ovrupo kiyumliklaridan va qiymatlik papiro‘slaridan lazzat olurlarki, «adabiyot nima?» desang, javobida yuqorida aytilgancha «ya’ni, masalan»dan boshqa javoblari yo‘qdir... © Abdulhamid Cho'lpon Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

​​Dadam Abdulla Qodiriy bir kuni qora muqovali forschami, turkchami qalin bir kitobni o‘qib o‘tirdilar-da, ma’qul tushdi shekilli, “quloq sol”, deb bu baytni o‘qidilar: Sen tug‘ilgan zamonlar kulardi olam, Sen o‘ldig‘ing zamonlar yig‘lasin olam. – Shoir fikri to‘g‘ri-yu, – dedim men kulib, – biroq o‘lganida olam yig‘laydigan kishi bo‘lish hammaga ham nasib bo‘lavermasa kerak, ada… – Nega? – dedilar dadam mutolaadan ko‘zlarini uzmagan holda. – Bunaqangi kishi bo‘lish qiyin-da. U kishi javobimga e’tiborsiz yana birmuncha vaqt o‘qishni davom ettirdilar, choynakdan piyolaga choy quyib ho‘pladilar. – Hech qiyinchiligi yo‘q. She’rdagi “olam” so‘zi, birinchidan, avvalo, mubolag‘a. Keyin, bunaqangi kimsa bo‘lish uchun zo‘r xoqon, amaldor, boy yoki olim bo‘lish shart emas. Kim bo‘lmasin, u chin inson bo‘lsa bas… Shu choq kimdir chaqirib keldi, dadamning fikrlari bo‘lindi… Habibulla Qodiriy xotiralaridan Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Bilgilkim, hayoting, tomiring, O‘zbegim, kambag‘al qishloqda. Qishloqda chopasan otingni, Chopishing behuda toshloqda. ✍ Cho‘
Bilgilkim, hayoting, tomiring, O‘zbegim, kambag‘al qishloqda. Qishloqda chopasan otingni, Chopishing behuda toshloqda. ✍ Cho‘lpon 1919 👉 @AbduraufFitrat

Jadid arboblarimizdan biri Cho‘lpon ishtirokidagi tarixiy lavhalar. XX asr 30 yillari. Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

EL Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Niyati bo‘lakcha, amali mavhum. Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin, Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini. Mashrabni osadi va orqasidan Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Botini chirkinlik, zohiri sodda – O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati. Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam. Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida, Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam. Gʻalati elat bu, g‘alati el bu, Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang. Tag‘in, dardlarini eshitayin deb Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!! ©️ Xayrulla Hamidov Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Yoshlar kuniga bag’ishlangan tadbirga keldik. Jadidlar old qatorda ekanligi ko’zni quvontirdi.
Yoshlar kuniga bag’ishlangan tadbirga keldik. Jadidlar old qatorda ekanligi ko’zni quvontirdi.

Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim. O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim. Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal, Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al! Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et. Qilolmasang shu ishlarni, Sening uchun xo‘rlikdir bu... Yiqil, yo‘qol, ket! ✍ Fitrat Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin!🌙 Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Abdulla Qodiriy uy muzeyiga qilgan sayohatimizdan lavhalar Ulashing 👉 @AbduraufFitrat
+8
Abdulla Qodiriy uy muzeyiga qilgan sayohatimizdan lavhalar Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jism-u tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor. © Abdurauf Fitrat Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz! © Mahmudxo‘ja Behbudiy Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

«Boburnoma» kanali ma’murlari sun’iy intellekt yordamida o‘zbek yozuvchisi, dramaturg va publisist, zamonaviy o‘zbek she’riyati asoschilaridan biri Abdulhamid Cho‘lpon obrazi hamda uning «Ko‘ngil» she’rini gavdalantirdi. Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Очарчилик йилларида 1917 йил Россия, шу жумладан Туркистондаги очарчиликлар катта йўқотишлар билан кечганди. Иқтисодий қийинч
+3
Очарчилик йилларида 1917 йил Россия, шу жумладан Туркистондаги очарчиликлар катта йўқотишлар билан кечганди. Иқтисодий қийинчилик йиллари дастлаб Қўқон шаҳар думаси раисининг ўринбосари, сўнгра Мухториятнинг озиқ-овқат ишлари бўйича вазири бўлиб фаолият юритган Обиджон Маҳмудов Қўқон шаҳар ва унинг атроф ҳудудларига дон маҳсулотларини келтиришда катта амалий ишлар кўрсатган. Юқоридаги кўрсаткичларда Қўқон уездига О.Маҳмудовнинг саъй-ҳаракатлари билан 1917 йилнинг сўнгги уч ойи ва 1918 йил бошларида келтирилган дон маҳсулотлари ҳақида маълумотлар кўрсатилган. 📑 «Водийнома» илмий журналининг 2021 йил 1 сонидан. @jadidlar

⚡️⚡️⚡️Bir guruh o’zbek ziyolilari o’zlarini NEOJADID deb e’lon qildilar Bu o’zbek jamiyati uchun juda katta hodisaga aylanishi mumkin. Albatta, o’qing va tarqating!👇 “Neojadidlar kim? Ularning maslagi nima? Albatta ushbu konseptual matnda neoJadidlik maslagiga oid barcha o‘ylab yurgan g‘oyalarni qamrab ola olmadik. Hammasi oldinda... Muhimi ushbu matn bilan o‘zimizni neojadidlar deb e'lon qilmoqdamiz. NeoJadidlik maslagi haqida (lotin alifbosida) Неожадидлик маслаги ҳақида (кирилл алифбосида)” Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

⚡️⚡️⚡️Bir guruh o’zbek ziyolilari o’zlarini NEOJADID deb e’lon qildilar Bu o’zbek jamiyati uchun juda katta hodisaga aylanishi mumkin. Albatta, o’qing va tarqating!👇 “Neojadidlar kim? Ularning maslagi nima? Albatta ushbu konseptual matnda neoJadidlik maslagiga oid barcha o‘ylab yurgan g‘oyalarni qamrab ola olmadik. Hammasi oldinda... Muhimi ushbu matn bilan o‘zimizni neojadidlar deb e'lon qilmoqdamiz. NeoJadidlik maslagi haqida (lotin alifbosida) Неожадидлик маслаги ҳақида (кирилл алифбосида)” Ulashing 👉 @AbduraufFitrat

Jadidchilik mavzusida davom etamiz. Ushbu mavzuda tayyorlangan ko’rsatuv va unda aytilgan bahsli fikrlar, ko’tarilgan dolzarb masalalar albatta bizning e’tiborimizda bo’lishi kerak. Bu harakat muhokamada, uni doimiy o’rganishda bo’lishida xursandmiz. 😝 P/s. Videoni 1,5-2 x tezlikda ko’rishni maslahat beramiz. Ulashing 👉 @AbduraufFitrat https://www.youtube.com/live/NUa0SGmxw-s?feature=share