en
Feedback
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Open in Telegram

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabar) National university of Uzbekistan Manzil: Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, M Beruniy, 4-uy Rasmiy sayt: nuu.uz Reklama uchun: @zamdekan Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Channel O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU) (@milliy_universitut) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 31 071 subscribers, ranking 6 131 in the Education category and 2 543 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 31 071 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 17 341 over the last 30 days and by 30 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 13.15%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 11.22% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 4 088 views. Within the first day, a publication typically gains 3 489 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 15.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabar) National university of Uzbekistan Manzil: Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, M Beruniy, 4-uy Rasmiy sayt: nuu.uz Reklama uchun: @zamdekan Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sp...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

31 071
Subscribers
+3024 hours
+5597 days
+17 34130 days
Posts Archive
Yangi o’quv yili boshlanishiga ham 18 soatdan ozroq vaqt qoldi talabalar o’zara tanishib olishi yoki O’zMU chatda @nuu_student_s birga vaqt o’tqazishi mumkin. Quiz, Mafia o’yini TTJ va o’qish haqida savollarga javob @studentclubing da. Konkurs ro’yxatdan o’tish tugashiga 8 soat vaqt qoldi. https://t.me/+96Z-iozf5Wo1ODky

#Muhim Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi 🇺🇿 O‘zbekist
#Muhim Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kursga qabul qilingan bakalavriat va magistratura (barcha ta’lim shakli) yo’nalishi talabalarini 7-sentyabr, soat 8.00da universitet hovlisida o’tkaziladigan tantanali bayram tadbiriga taklif etamiz. Ushbu tadbirda universitet rahbariyati talabalarga tanishtiriladi. Rektor va boshqa mehmonlarning qutlov so’zlari tinglanadi. Qisqa konsert dasturi namoyish etiladi. ⏺Bakalavriat (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.   ⏺Bakalavriat (sirtqi): ➖5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi. ____ Magistratura (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ⏺Magistratura (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ⏺Magistratura (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

📌Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar: ➖ o’tgan yili magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochilgan edi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi; ➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning haqiqiy xarajat summasini to‘lasa kifoya. ❓Bu nima degani? Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi. Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kvotaga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 7 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q; ➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni to‘laydi, ikkinchi kursga o‘tganda oddiy kontrakt to‘layman, deb o‘ylashmasin. Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi; ➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan. - Xushnudbek ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

#yangi 1-kurs talabalari uchun o’qishlar va tanishuv darslari boshlanishiga 1 kun qoldi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

📌 Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab beriladi Davlat OTM magistraturasiga kontrakt asosida kirgan xotin-qizlarning stipendiyasiz bazaviy kontrakti to‘liq qoplab beriladi. Tabaqalashtirilgan kontrakt esa qoplanmaydi. 📌Buning uchun 15-sentabrgacha OTM rektori nomiga ariza topshirish kerak. Kech topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

KONKURSDA QATNASHISH UCHUN OXIRGI KUN VA 20+ JOY QOLDI. Qatnashish uchun “Guruhga kirib + qoldiring” 👈ism familya BOSH SOVRIN🏆 1. Amirsoyga tour✈️ 2. Kontrakt 25% 📂 3. 10 ta 6 oylik premium 4. 15.000 stars ⭐️ 5. 20 ta NFT sovg’a🎁 6. 50 ta badiiy kitob🎁 Shulardan biri o’ynaladi va siz yutib olishingiz mumkin!

#yangi 1-kurs talabalari uchun o’qishlar va tanishuv darslari boshlanishiga 2 kun qoldi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

📌Talabalarga eslatma! Oliy ta'lim muassasalarining to'lov-kontrakt pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan:
✅ 25% – 15-sentyabrgacha (1-kurs);
✅ 25% – 1-oktyabrgacha (qolganlari);
✅ 50% – 1-yanvargacha;
✅ 75% – 1-aprelgacha;
✅ 100% – 1-iyulgacha.
☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

📌Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?Oʻqishga qabul qilinganlar uchun: Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi. Oʻqishga kirolmaganlar uchun: Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi. ✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun: Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin. Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

Yangi o’quv yili to’lov kontrakt miqdori bakalavriyat hamda magistratura uchun! ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
+4
Yangi o’quv yili to’lov kontrakt miqdori bakalavriyat hamda magistratura uchun! ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

#diqqat #2026 #2027 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti 2026-2027 yilgi o’quv yili uchun kontrakt narxlar
#diqqat #2026 #2027 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti 2026-2027 yilgi o’quv yili uchun kontrakt narxlari e’lon qilindi. Barcha fakultet hamda yo’nalish kontrakt narxlarini nuu.uz saytidan bilib olishingiz mumkin. ☑️ O’zbeksiton Milliy universiteti

#qabul2026 #super_kontrakt ⚡️ O'zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi 🇺🇿 2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq qo‘shimcha ravishda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi. 🎓 Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin. Tanishing 👉 Super kontrakt miqdori 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universitetining 2026/2027-o'quv yilida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish 👉 QIYMATI Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori'ga muvofiq to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

#yangi 1-kurs talabalari uchun o’qishlar va tanishuv darslari boshlanishiga 3 kun qoldi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

📌 Talabalar stipendiyasi 7 foizga oshib 609 548 so'm etib belgilandi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

❓Joriy yilda ham magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari byudjetdan to’lab beriladimi? ✅Qisqa javob: ha, to’lab beriladi. 📝Batafsil javob: Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat oliygohlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu tartib barcha davlat oliygohlari, jumladan, Davlat boshqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi. ❗️Kontraktni qoplab berish uchun talabgor oliygoh rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha kontrakt.edu.uz saytidan ariza bilan murojaat etadi. ⛔️ Tatbiq etilmaydi: — 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga; — tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga; — qo‘shma taʼlim uchun; — xorijiy va nodavlat oliygohlar uchun; — qo’shimcha kvota uchun. ℹ️Ma’lumot uchun: magistraturada o‘qiydigan HAMMA talaba-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi. Ayrimlar faqat kam taʼminlangan ayollarga to‘lanadi, deb tushunayotgan ekan. Yo‘q, unaqa emas. Milliarderning qiziga ham, ehtiyojmandning qiziga ham, umuman HAMMAGA davlat tomonidan birdek to‘lab berilaveradi. Faqat 15-sentyabrgacha ariza berish kerak bo‘ladi. Masalan, qaysidir boy inson magistraturada o‘qiydigan qiziga kontrakt to‘lab berishini davlatdan so‘rashga xijolat bo‘lib, o‘zi to‘lashni istasa, unda bemalol o‘zi to‘lashi mumkin. Ariza bermay qo‘ya qoladi xolos. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

Barcha konkurs ishtirokchilari ro’yxati guruhi shu yerda! @soxtatv 👈 Hozircha o’z jamoangiz reaktsiya bosib turing!

📌 Toshkentda ijarada turadigan talabalarga 440 ming, viloyatlardagilarga esa 220 ming so‘m to'lab beriladi! 🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan. ▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi. 🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (440 ming so‘m); 🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming so‘m). ❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. 📝 Talaba my.gov.uz portali orqali ushbu xizmatdan foydalanib, ariza yuborishi mumkin. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

⚡️ Kelasi yildan ehtiyojmand oilalar farzandlariga o'quv markazlarga maxsus vaucherlar beriladi Bu haqda prezident ishtirokidagi selektorda ma'lum qilindi. Kelgusi yildan ehtiyojmand oilalar reyestriga kirgan oilalarning farzandlari uchun quyidagi xarajatlar vaucher orqali qoplab beriladi: ➖ Davlat va xususiy bog‘cha badali; ➖ O‘quv markazi to‘lovi; ➖ Yo‘lkira xarajatlari; ➖ Oliygohdagi yotoqxona to‘lovi. 📌 Muhim: Vaucher 12 oy muddatga beriladi va oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham o‘z kuchida qoladi. ☑️ O’zbekiston Milliy universiteti

#soon Konkurs qabuli uchun 25 ta joy qoldi Magistr, Bakalavr va har qanday universitet talabalari qatnashsa bo’ladi! https://t.me/+96Z-iozf5Wo1ODky