en
Feedback
Otabek Sobitov

Otabek Sobitov

Open in Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Raisi O'zLiDeP Siyosiy Kengashi a'zosi https://otabeksobitov.uz/

Show more
1 501
Subscribers
-124 hours
-47 days
-25630 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+3
in 1 channels
August '26
+16
in 0 channels
Get PRO
July '26
+1 168
in 1 channels
Get PRO
June '26
+47
in 3 channels
Get PRO
May '26
+37
in 5 channels
Get PRO
April '26
+23
in 2 channels
Get PRO
March '26
+111
in 3 channels
Get PRO
February '26
+12
in 3 channels
Get PRO
January '26
+21
in 0 channels
Get PRO
December '25
+27
in 0 channels
Get PRO
November '25
+48
in 0 channels
Get PRO
October '25
+23
in 1 channels
Get PRO
September '25
+18
in 0 channels
Get PRO
August '25
+12
in 0 channels
Get PRO
July '25
+161
in 0 channels
Get PRO
June '25
+27
in 3 channels
Get PRO
May '25
+30
in 1 channels
Get PRO
April '25
+24
in 1 channels
Get PRO
March '25
+145
in 49 channels
Get PRO
February '25
+40
in 2 channels
Get PRO
January '25
+19
in 0 channels
Get PRO
December '24
+28
in 1 channels
Get PRO
November '24
+31
in 0 channels
Get PRO
October '24
+25
in 2 channels
Get PRO
September '24
+29
in 1 channels
Get PRO
August '24
+19
in 0 channels
Get PRO
July '24
+14
in 1 channels
Get PRO
June '24
+12
in 2 channels
Get PRO
May '24
+28
in 3 channels
Get PRO
April '24
+32
in 3 channels
Get PRO
March '24
+27
in 1 channels
Get PRO
February '24
+35
in 3 channels
Get PRO
January '24
+51
in 6 channels
Get PRO
December '23
+46
in 3 channels
Get PRO
November '23
+53
in 1 channels
Get PRO
October '23
+271
in 2 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September0
09 September0
08 September+1
07 September0
06 September0
05 September0
04 September+1
03 September+1
02 September0
01 September0
Channel Posts
🗣 “Saraishyq Upgrade 2026” — yangi avlod uchun xalqaro platforma 🇺🇿🇰🇿Qozog‘istonning Atirau shahrida 8–10-sentabr kunlar
+3
🗣 “Saraishyq Upgrade 2026” — yangi avlod uchun xalqaro platforma 🇺🇿🇰🇿Qozog‘istonning Atirau shahrida 8–10-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan “Saraishyq Upgrade 2026” xalqaro yoshlar forumida ishtirok etdim. ⏺Forum doirasida yoshlar diplomatiyasi, kreativ sanoat, xalqaro hamkorlik va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha panel muhokamalari va tematik sessiyalarda qatnashdik.
✈️Shuningdek, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar bilan fikr va tajriba almashib, yangi loyihalar hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildik.
✅Bunday xalqaro platformalar yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. 🔹otabeksobitov.uz

2
🇺🇿🇷🇸O‘zbekiston–Serbiya munosabatlarida yangi bosqich 💬 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi i+4
🇺🇿🇷🇸O‘zbekiston–Serbiya munosabatlarida yangi bosqich 💬 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va amaliy loyihalarni kengaytirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. ⏺Tashrif doirasida Prezidentimiz Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan yuzma-yuz hamda kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazib, savdo-iqtisodiy, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, farmatsevtika, turizm, AKT, raqamlashtirish va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. ⏺Muzokaralar yakunida mehnat migratsiyasi, transport, bojxona, hududlararo hamkorlik, erkin savdo, qayta tiklanuvchi energetika, farmatsevtika, turizm, raqamlashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. 📈Shuningdek, qo‘shma biznes forumida ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi. Savdo hajmini oshirish, mahsulotlar turini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. ⏺Tashrif doirasida Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berilgani esa ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin munosabatlarning o‘ziga xos ramziga aylandi. 🏅Yana bir muhim e’tirof — Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan davlatimiz rahbariga mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak davlat ordenining topshirilishi bo‘ldi. ✅Prezidentimizning ushbu tashrifi O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochish va mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 🔹otabeksobitov.uz
148
3
🗣Yangi O‘zbekiston yoshlari bilan yangi marralar sari 💬 Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida+3
🗣Yangi O‘zbekiston yoshlari bilan yangi marralar sari 💬 Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etdim. ⏺Tadbir davomida universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalari, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birga yangi o‘quv yilining boshlanishi va Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy muloqot qildik. ⏺Fursatdan foydalanib, barcha talabalarni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan muborakbod etib, ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ilm olish yo‘lida muvaffaqiyat va ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tiladim. ✅Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchi. Ularning bilimi, intilishi va tashabbusi mamlakatimiz kelajagini belgilaydi. 🔹otabeksobitov.uz
141
4
🗣Yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha muhim muloqot 💬 Bugun Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish bo‘yicha+3
🗣Yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha muhim muloqot 💬 Bugun Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish bo‘yicha GIZ mintaqaviy loyihasi rahbari Stefan Buchmayer bilan uchrashdim. ⏺Muloqot davomida yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar o‘rtasida zo‘ravon ekstremizmning oldini olish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. 💬Shuningdek, ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish, yoshlar uchun yangi loyihalarni amalga oshirish va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik. ✅Ishonamanki, bunday muloqotlar yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini yanada takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 🔹otabeksobitov.uz
159
5
🗣Siyosiy partiyalar muloqoti: yangi tashabbuslar sari 💬 Bugun Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” siyosiy partiyala+3
🗣Siyosiy partiyalar muloqoti: yangi tashabbuslar sari 💬 Bugun Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” siyosiy partiyalari muloqoti doirasida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Xitoy mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdim. ⏺Mazkur nufuzli muloqotning ilk bor Xitoy hududidan tashqarida — qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani alohida ahamiyatga ega. ⏺Konferensiya davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, siyosiy partiyalararo aloqalarni mustahkamlash hamda iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 💬Shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda xalqaro tajribadan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdik. ✅Bunday xalqaro platformalarda ishtirok etish yosh parlamentariylar uchun yangi tajriba va bilimlarni egallash, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yoshlar manfaatlarini ilgari surish uchun muhim imkoniyatdir. 🔹otabeksobitov.uz
170
6
🗣Yoshlar ovozi: xalqaro minbarda yangi tashabbuslar 💬 Samarqand shahrida davom etayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh p+3
🗣Yoshlar ovozi: xalqaro minbarda yangi tashabbuslar 💬 Samarqand shahrida davom etayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida ikkinchi kun tadbirlarida ham ishtirok etdim. ⏺Kun davomida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning ishtiroki”, “Noaniq kelajak sharoitida yoshlarning iqtisodiy huquqlari va bandligini ta’minlash” kabi dolzarb mavzulardagi sessiyalarda qatnashib, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar yuzasidan fikr almashdik. ⏺Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlarning siyosiy huquqlarini ta’minlash, ularning jamoat va siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish hamda zo‘ravonlikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. 💬Xalqaro maydonda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yosh parlamentariylar bilan ochiq muloqot qilib, tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. 🔹otabeksobitov.uz
163
7
➡️Самарканд объединяет молодых парламентариев мира 💬 В газете «Народное слово» опубликована статья председателя Молодёжного
➡️Самарканд объединяет молодых парламентариев мира 💬 В газете «Народное слово» опубликована статья председателя Молодёжного парламента при Законодательной палате Олий Мажлиса Отабекходжи Собитова под названием «Самаркандская конференция: молодёжь — не наблюдатель, а активный участник реформ». ⏺В статье рассматриваются вопросы активного участия молодёжи в проводимых в нашей стране реформах, её роли в парламентской деятельности, а также дальнейшего повышения политической активности молодых людей. 📌Особое внимание уделено XII Глобальной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза, проходящей в Самарканде, её международному значению и новым возможностям для молодых парламентариев. 🔹otabeksobitov.uz
155
8
➡️Yoshlarning siyosiy faolligi — taraqqiyot omili 💬 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Ota
➡️Yoshlarning siyosiy faolligi — taraqqiyot omili 💬 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitovning “Samarqand konferensiyasi: Yoshlar – islohotlarning kuzatuvchisi emas, faol ishtirokchisi” nomli maqolasi “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etildi. ⏺Maqolada yoshlarning mamlakatimizdagi islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki, parlament faoliyatidagi o‘rni hamda yoshlarning siyosiy faolligini yanada oshirish masalalari haqida fikr yuritadi. 💬Shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi, uning xalqaro ahamiyati va yosh parlamentariylar uchun yangi imkoniyatlari haqida so‘z boradi. 🔹otabeksobitov.uz
137
9
🗣Yosh parlamentariylar Samarqandda: hamkorlik va yangi tashabbuslar 💬 Bugun Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning+3
🗣Yosh parlamentariylar Samarqandda: hamkorlik va yangi tashabbuslar 💬 Bugun Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasida ishtirok etdim. ⏺“Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari jam bo‘ldi. 💬 Konferensiya doirasida inson huquqlari, yoshlarning siyosiy ishtiroki, ijtimoiy adolat, raqamli xavfsizlik, ta’lim va munosib mehnat, yosh ayollarning siyosiy faolligi hamda parlamentlarning global muammolarni hal etishdagi o‘rni kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik. 📌Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. ✅Bunday nufuzli xalqaro maydonda yosh parlamentariylar bilan tajriba almashish, fikr va tashabbuslar bilan bo‘lishish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash biz uchun katta imkoniyat. 🔹otabeksobitov.uz
171
10
Ёш депутатлар нима билан шуғулланиши керак? ◽️ Самарқанддаги глобал конференцияда Қонунчилик ҳузуридаги Ёшлар парламенти раис
Ёш депутатлар нима билан шуғулланиши керак? ◽️ Самарқанддаги глобал конференцияда Қонунчилик ҳузуридаги Ёшлар парламенти раиси Отабек Собитов ёш депутатларнинг роли ҳақида фикр билдирибди. 📑 Унинг айтишича, 2024 йилги сайловларда 200 га яқин ёшлар вакиллик органларига сайлангани яхши, лекин энди бу ишончни натижа билан оқлаш шарт. 📌 Яъни ёш депутат фақат ёшлар мавзусида эмас, балки бюджет, бандлик, экология, рақамлаштириш ва ҳудудларни ривожлантириш каби жиддий масалаларда ҳам ташаббус кўрсатиши керак. Шунингдек, Собитов дунё бўйича 500 миллиондан ортиқ ёшлар можаро ҳудудларида яшаётганини эслатиб, ёшлар муаммоларни шунчаки чекада кузатиб турмаслиги, қарор қабул қилиш жараёнида фаол бўлиши лозимлигини айтган. ❌ Анжумандан кутилаётган асосий натижа сифатида эса, турли давлатлардаги ёш парламентарийлар ўртасидаги алоқалар форумдан кейин ҳам тўхтаб қолмаслиги ва қонунчилик бўйича доимий ишловчи ҳамкорлик тармоғи тузилиши кераклигини кўрсатган. 🧑‍🦲 @deputatlar_nima_deydi саҳифасини кузатиб боринг
160
11
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik — Поздравление уча
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik — Поздравление участникам XII Всемирной конференции молодых парламентариев Межпарламентского союза Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
111
12
🗣Mustaqillik yillarida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar 💬 UzReport TV telekanali uchun Mustaqillik yillarida, ayniqsa,
🗣Mustaqillik yillarida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar 💬 UzReport TV telekanali uchun Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik hamda yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtiroki haqida intervyu berdim. ⏺Bugun yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimiz taraqqiyotida faol ishtirok etishiga xizmat qilmoqda. 📹Intervyu bilan batafsil ushbu videoda tanishishingiz mumkin. 🔹otabeksobitov.uz
165
13
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi! Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 🔹otabeksobitov.uz
181
14
🗣Yangi ilmiy monografiyam nashrdan chiqdi! 💬 Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotl
🗣Yangi ilmiy monografiyam nashrdan chiqdi! 💬 Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli va xalq manfaatiga xizmat qiladigan yosh rahbar kadrlarni shakllantirish hamda qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. ⏺Ana shu dolzarb masalalar yuzasidan olib borgan ilmiy izlanishlarim natijasi — “Yangi O‘zbekistonda yosh rahbar kadrlarni lavozimlarga tayinlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” nomli ilmiy monografiyam nashrdan chiqdi. ⏺Monografiyada yosh rahbar kadrlarni tanlash va lavozimlarga tayinlash jarayonida ularning nafaqat bilim va kasbiy salohiyati, balki liderlik qobiliyati, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, mas’uliyati hamda boshqaruv kompetensiyalarini hisobga olish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. 📌Ushbu ilmiy mehnatim samarali davlat boshqaruvini shakllantirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yangi avlod rahbarlarini tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarga kichik bo‘lsa-da, ilmiy hissa bo‘lishiga umid qilaman. ➡️Yangi O‘zbekistonning kelajagi — bilimli, fidoyi, zamonaviy fikrlaydigan va xalq manfaatini o‘z faoliyatining asosiy mezoni deb biladigan yosh rahbarlar qo‘lida! 🔹otabeksobitov.uz
235
15
“Biyigul” fojiasi Kecha Mustaqillik bayrami tantanasida yangragan Shomurod baxshining “Biyigul” termasi dahshatli fojia turtk
“Biyigul” fojiasi Kecha Mustaqillik bayrami tantanasida yangragan Shomurod baxshining “Biyigul” termasi dahshatli fojia turtkisi bilan yaralganini bilasizmi? Terma muallifi Shomurod baxshining otasi Tog‘ay baxshi 1932-yilda Sibirga surgun qilinadi. Baxshining onasi 6 farzandi bilan erining ketidan poyezdga chiqib, Novosibirskkacha boradi. Shunda Shomurod ona qo‘lida 7 oylik chaqaloq edi. Qaqshatqich iqlimga issiq o‘lkadan birdan borib qolgan och-yupun vujudlar dosh berolmaydi. Novosibirskda −42 daraja sovuqda onasi vafot etadi. Shomurod baxshi 9 oylik chaqaloq — onadan yetim qoladi. Otasi lagerda, bolalar esa “detdom”larga tarqatib yuboriladi. U yerda Shomurodga Tumanov Aleksandr deb nom berishadi. Tili ruscha chiqadi. Onasi bilan birga sho‘rlik ona tilidan ham ayrilgan edi. 😢😢😢 Shomurodning otasi Tog‘ay baxshi urush payti jangga borib, qahramonlik ko‘rsatadi. 1945-yili ota urushdan qaytgach, oilasi bilan ko‘rishishga ruxsat beriladi. 1948-yilda Tog‘ay shoir oqlanadi va oila bir yerga jamlanadi. Shomurod Vatanga qaytadi. Va 17 yoshida ona tilini o‘rgana boshlaydi. 17 yoshida o‘zbek tilini, yana qipchoq shevasida o‘rgangan tug‘ma shoir shunaqangi go‘zal termalar yaratadi, dostonlar aytadiki, hamma lol. “Go‘ro‘g‘li”, “Ravshanxon” turkumlariga yangi jilo, hayot beradi. “Biyigul”, “Guldana” kabi go‘zal termalar ijod qiladi. Baxshichilik, bilasiz, asosan improvizatsiya bilan yaraladi. Deyarli voyaga yetganida o‘rgangan tilida bunday go‘zal san’at asarlari yaratish — bu fenomen! O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod Tog‘ayev ana shunday benazir daho edi, rahmatlik. Endi bevosita “Biyigul” termasiga qaytsak. Asarda bir nechta qiziq so‘z va obrazlar bor. Masalan: Jigit o‘lgur Mekkam chol, Retibamni sindirding. Otam olib berib edi, Nasibamdan ayirding — deyiladi. “Retiba” nima? Shoir G‘ulom Mirzo bu so‘zni arabcha rutba — martaba so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lib, “manzil” (Vatan), “nom”, “rizq” ma’nolarini anglatishini aytgan. Demak, shoir “Vatanimdan va nomimdan ayirding”, “rizqimni yurtimdan uzding” demoqda. Mekkam chol kim? Ayrimlar shoirning otasi Tog‘ay baxshini sovet ma’murlariga chaqib, tuhmat qilib, nohaq jazolanishiga sabab bo‘lgan insonning ismi Mahkam bo‘lgan, baxshi shu odamni Mekkam deb shevada aytyapti, deyishadi. Shoir G‘ulom Mirzo esa boshqa talqinni beradi. Makkam — mahkam, ya’ni po‘lat (stal) so‘ziga ishoradir, deydi. Ya’ni “Mekkam chol” deya baxshi Stalinni qarg‘aydi: Jigit o‘lgur Mekkam chol, Jashamagur Mekkam chol, Ko‘klamagin Mekkam chol… Bu millionlab qatag‘on qurbonlarining dili va tilidagi qarg‘ish edi. Tug‘ma shoir Shomurod baxshi yurt-el dilidagi dardni, xalqning hasrati va fojiasini ta’sirli kuylab, hammani yig‘latdi. Bugun, 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. “Biyigul” — qatag‘on qurboni haqidagi shoh asar. Biyigul deb shoir o‘z onasi haqida kuylaydi. Asarda qatag‘onning eng katta qurboni - ona. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1930–40-yillar oralig‘ida SSSRda 4 milliondan ortiq odam hibsga olingan. Eng avjiga chiqqan Katta terror davrida (1937–38-yillar) 1,5 million inson hibs qilindi. Qariyb 700 mingi otib tashlandi. Bu kuniga 900–1000 kishi otilganini anglatadi. Qatag‘on yillari O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 37 mingdan ortiq kishi hukm qilinib, qamoq va lagerlarga jo‘natilgan, qariyb 7 ming kishi otib tashlangan (1937–38-yillar atrofidagi Katta terror davrida — atigi bir necha yil ichida!) Keling, bugun ular haqiga, ular qatori Shomurod baxshining Sibir qahratonida, balki o‘zi yemay, o‘zi kiymay, nonu issiq kiyimini farzandlariga ilinib, shahid bo‘lgan onasi Tojihol Shukurova haqqiga duo qilaylik. Joylari jannatda bo‘lsin. “Biyigul” to’liq versiyasi bu yerda: https://youtu.be/mvt5Y3y7Bxs?si=Z_3sadGQEuMldmIM @shahnozxon
142
16
🗣Aziz yurtdoshlar! 💬 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakb
🗣Aziz yurtdoshlar! 💬 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! ⏺Bugun Yangi O‘zbekiston Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida izchil islohotlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va yangilanishlar yo‘lidan dadil bormoqda. Inson qadri, xalq farovonligi va yosh avlod kelajagiga qaratilayotgan e’tibor mamlakatimiz taraqqiyotining muhim poydevoriga aylanmoqda. 🔘Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bizni yanada katta maqsadlar sari ruhlantirmoqda. 🔹Biz, yoshlar esa ushbu ishonchga munosib bo‘lib, bilimimiz, tashabbusimiz va fidoyiligimiz bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishimiz lozim. ✅Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, Otabekxo‘ja Sobitov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi 🔹otabeksobitov.uz
145
17
🗣Kelgusi o‘n yillik — milliy yuksalish davri 💬 Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat m
🗣Kelgusi o‘n yillik — milliy yuksalish davri 💬 Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqini katta e’tibor bilan tingladim. 📌Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi.” 📌Bu davrni xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi bilan bunyod etish oldimizdagi eng muhim vazifalardan biridir. 🔹Kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltirish, ta’lim va tibbiyotni rivojlantirish, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar asosida transformatsiya qilish, suv va ekologiya masalalarini hal etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, mahallalar imkoniyatini kengaytirish hamda tinchlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan 7 ta milliy dastur amalga oshirilishi belgilandi. ⏺Ayniqsa, yoshlar uchun bilim, zamonaviy kasb va yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilayotgan e’tibor bizni yanada katta mas’uliyat bilan harakat qilishga undaydi. 🇺🇿Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar faqat kuzatuvchi emas, balki bu buyuk o‘zgarishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi kerak. 🔘Oldimizda katta maqsadlar, katta imkoniyatlar va katta mas’uliyat turibdi. 🔹otabeksobitov.uz
220
18
🗣“Yosh siyosat yetakchilari” — yangi avlod liderlari uchun yangi maydon 💬 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi+3
🗣“Yosh siyosat yetakchilari” — yangi avlod liderlari uchun yangi maydon 💬 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi doirasida yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, liderlik salohiyatini oshirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yosh siyosat yetakchilari” dasturiga rasman start berdik. ⏺Dastlab Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida pilot loyiha sifatida amalga oshiriladigan ushbu dastur doirasida yoshlar siyosiy jarayonlar va davlat boshqaruvi, liderlik, jamoa bilan ishlash, notiqlik, muzokara olib borish, siyosiy tahlil va strategik fikrlash kabi yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. ⚡️Maqsadimiz — siyosatga qiziqadigan, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor va yetakchilik salohiyatiga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratish va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirish. ✅Ishonamanki, “Yosh siyosat yetakchilari” dasturi orqali o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishga intilayotgan ko‘plab yoshlarni kashf etamiz. 🔹Agar siz ham siyosiy faol yoshlar qatoriga qo’shilmoqchi bo’lsangiz yoshsiyosatchi.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va “Yosh siyosat yetakchilari” dasturida ishtirok eting! ➡️Yoshlar — nafaqat kelajagimiz, balki bugungi taraqqiyotimizning ham faol ishtirokchilaridir. 🔹otabeksobitov.uz
238
19
🗣 “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” — yoshlar bilan ochiq muloqot 💬 Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini+3
🗣 “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” — yoshlar bilan ochiq muloqot 💬 Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvda ishtirok etdim. ⏺Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda faol yoshlar bilan birgalikda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashdik. 💬Suhbat davomida yoshlarning taklif va tashabbuslarini tingladik. Ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ✅Bugungi yoshlar — Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, ertangi taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. 🔹otabeksobitov.uz
176
20
🗣Milliy g‘urur — yoshlar qalbidagi buyuk kuch 💬 Yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik r
🗣Milliy g‘urur — yoshlar qalbidagi buyuk kuch 💬 Yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. ⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: — Yoshlarni milliy g‘urur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy g‘urur — insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-g‘ayratga to‘ldiradigan qudratli kuch. Milliy g‘ururi bor odam hech qachon yengilmaydi. ⏺Milliy g‘urur — bu shunchaki tuyg‘u emas. Bu o‘zligimizni anglash, buyuk tariximiz va ajdodlarimiz merosidan faxrlanish, Vatan kelajagi uchun mas’uliyat hissini tuyishdir. ✅Milliy g‘ururi yuksak yoshlar — Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchi va buyuk kelajagining bunyodkorlaridir! 🔹otabeksobitov.uz
221