cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Aforizmlar🌙

Keling tafakkur qilamiz! Mazkur kanalda siz: Donolar so'zlaridan va asarlaridan iqtiboslarni kuzatib borishingiz mumkin. Biz bilan yuksaling!↗️ Hamkorlik uchun @aforizmlar_owner Guruhimiz @aforizmlarguruhi

Show more
Uzbekistan58 684The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
194
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Alloh taolo aytadi: Bandam, sen Men uchun Men xohlagandek bo'lgin, Men ham sen uchun sen xohlagandek bo'laman. Agar sen Men xohlagan ishda Menga taslim bo'lsang, sen istagan ishingda Men senga kifoya qilaman. Abdulloh domla @oqqoraaforizmlar
Show all...
Kanalimizda Maktab bitiruvchilari bormi?😀Anonymous voting
  • 🙋‍♂️
  • 🙋‍♀️
  • No
0 votes
​​Maylimi biroz vaqtizni olsam? Shunchaki sizdan bir necha sekundlarni sanashizni xohlayman.. 1.. 2.. 3.. 4.. Stop! Hozir dunyoning qayeridadir bitta inson o'ldi.. 1... 2... 3... 4... Stop! Yana dunyoning qayeridadir bitta inson o'ldi.. Har 4 soniyada yer yuzida bitta inson o'ladi.. Do'stim balki keyingi 4 soniya meniki yo siznikidir? Balki 87- 4 soniya eng yaqin insoningiznikidir? Balki 185- 4 soniya yoningizdagi odamnikidir? Lekin har 4 soniyada bitta inson o'ladi.. Ajalni bilmaysiz qachon kelishini, shuning uchun aytib qoling yaqinlaringizga yaxshi ko'rishingizni, keyin armon bo'lib qolmasin... "Sizni yaxshi ko'raman, borizga shukur" deyish uchun 4 soniya yetadi... Qizig'i, Bu 4 soniya bitta insonni hayotdan olib ketishga ham yetadi.. Hozir ayting yaxshi ko'rishingizni, keyin kech bo'lmasin... Bu dunyo ishlari tugamaydi... Balki bu xabarni ertalab, kechqurun yoki yo'lda o'qirsiz... Lekin vaqt hech to'xtamaydi siz qayerda bo'lishingizdan qa'tiy nazar.. 1... 2... 3... 4... @oqqoraaforizmlar
Show all...
Bir faqir aytadi: - Biz uzoq yillar faqat yig'ladik, faqat dard chekdik. Birov e'tibor ham bermadi. Ammo bir marta tabassum qilingan edik, bizni rasmga olib, unga shunday talqin yozdilar: - "Baxtli bo'lish uchun boy bo'lish shart emas"! @oqqoraaforizmlar
Show all...
Qaysi biri?Anonymous voting
  • Tanovul
  • Tanovvul
0 votes
BORIZGA SHUKUR Yaqin insonimizga yaxshi ko'rishimizni ayta olmasak, hech bo'lmasa borliging uchun rahmat deb qo'yaylik... Gohida Hayotning achchiq haqiqatlariga va zarbalariga chidolmasdan yashashni istamayman deymizu, lekin kimdir bu fikrimizdan qaytarishini istaymiz… Kutganimizni ololmasak, sendan menga boshqa hech narsa kerak emas deymiz… Biz aynan istagan insonimizga kerak bo'lmasak, hech kimga kerak emasman deymiz... Yordam so'rashga uyalib, o'zim hal qilaman deymiz… Sen yaxshi do'stsan, deymizu, lekin davomida bundan ham yaqinroq kishi bo'la olasan deyishga qo'rqamiz… Senga ishonaman deymizu, lekin o'yinchoq bo'lib qolishdan qo'rqamiz... Biz juda ko'p keraksiz va be'mani gaplar gapiramiz. Keraklilari esa tilimiz ichida qolib ketaveradi... Har doimgidek jim yashayveramiz. Tuyg'ularingizni yashirmang, ota-onangizni, yaqinlaringizni quchoqlab qo'ying, ularni yaxshi ko'rishingizni ayting. Yaxshi do'st bo'lsa, tez-tez unga buni ta'kidlab turing. @oqqoraaforizmlar
Show all...
Daraxt guli tanasiga qanchalar omonat bo'lsa, siz bilan biz ham bu dunyoga shunchalar omonatmiz. Mana shu omonatlikni qadriga yetaylik. Hozir borib ayting, DO'STIM, seni yaxshi ko'raman, sen menga keraksan, deb hozir ayting. OTAJON siz meni ishongan tog'imsiz, sizni judayam yaxshi ko'raman, deb bugun ayting. ONAJONIM - Farishtam. Yelkamda ko'tarib Hajga olib boray, mehribonim, deb bugun ayting. JIGARLARIM azizimsizlar, deb bugun ayting. UMR YO'LDOSHIM sensiz yarim insonman, deb bugun ayting. FARZANDIM chirog'imsan, deb hozir ayting. ❗️Kim biladi ertaga bu baxt kimga nasib qiladi, kimga esa yo'q. @oqqoraaforizmlar
Show all...
Muhabbatni Ibn Qayyim shunday vasf qiladi: "Suv suvga aralashsa, birini boshqasidan ajratib boʻlmaydi. Ular oʻrtasidagi muhabbat shu darajaga yetadiki, birining ogʻrigʻidan boshqasi alamlanadi". @oqqoraaforizmlar
Show all...
Ikki sevishgandan biri vafot etsa, aslida o'lgan bu dunyoda qolganidir. Jamil Merich @oqqoraaforizmlar
Show all...
Har kim oʻzicha menga doʻst boʻldi, ammo hech kim koʻnglimdagi sirlar bilan qiziqmadi. Jaloliddin Rumiy @oqqoraaforizmlar
Show all...