XOVOSIM HAVASIM | Rasmiy Kanal
Open in Telegram
🌐xovos-tuman.uz Rasmiy sahifalarimiz facebook.com/Ховос-тумани-ҳокимлиги-102898732083454 instagram.com/xovos_tuman_hokimligi https://www.youtube.com/channel/UCenhlaWkicR1ATTyXeBz39w Murojaat uchun: @Xovos_axborotxizmati Ishonch telefoni: 67 364-66-05
Show more1 530
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
+9
Navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi
Xovos tumanida aholi muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullar o'tkazilmoqda.
Xususan, bugun Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev boshchiligida tumanning Karvonsaroy mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida yo'llangan murojaatlarning aksariyati tomorqalarni suv bilan ta'minlash, ichki yo'llar ta'miri, tibbiyot, moddiy yordam va ishga joylashtirish masalalarida bo'lib, bir qator muammolar shu joyning o‘zida o'z yechimini topdi.
Bundan tashqari, bazi murojaatlar joyiga chiqilgan holda o'rganildi va muammolarni bartaraf qilish bo'yicha aniq rejalar belgilandi. Yechimi vaqt talab etuvchi murojaatlarni ijobiy hal erish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3191 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!
➤ Oqoltin tumanidan 450 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 415 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 295 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 113 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 422 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 503 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 107 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 446 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 109 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 8 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 323 ta (ko'rish)
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Xovos tumanida mahalla yoshlari oʻrtasidagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» musobaqalariga start berildi
Xovos tumanida anʼanaviy tarzda mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan «DXX kubogi» musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi.
Tumanning 28 ta mahallasidan shakllantirilgan futbol va mini futbol jamoalari ishtirokida qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Joriy yilgi musobaqa dasturiga qizlar jamoalari oʻrtasida ham futbol bahslarini oʻtkazish yangilik sifatida kiritildi.
Sport tadbir ochilish marosimida ishtirok etgan tuman sektor rahbarlari musobaqa yoshlarning doimiy sport bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qoʻllab-quvatlash maqsadida oʻtkazib kelinayotganini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilashdi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Inson manfaati – oliy qadriyat!
«Inson manfaati». Bugun bu tamoyil shunchaki balandparvoz gap emas, davlat organlari oldiga qo‘yilgan eng asosiy talablardan biri, xalq bilan muloqot qilishning bosh g‘oyasiga aylandi.
Shu nuqtai nazardan, bugun Xovos tumani hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev tumandagi xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazib, aholining murojaatlarini tingladi.
Unda, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida yo'llangan murojaatlarning aksariyati tibbiyot, kadastr, bank krediti, moddiy yordam va ishga joylashtirish masalalarida bo'lib, bir qator muammolar shu joyning o‘zida o'z yechimini topdi.
Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, vaqt talab etuvchi murojaatlar belgilangan tartibda bartaraf etilishi fuqarolarga tushuntirildi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Sirdaryo viloyatidan 44 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!
➤ Oqoltin tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 9 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 3 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 2 tа (ko'rish)
e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Abdusamat Saidvaliyev gaz taʼminotida oʻzgarayotgan narxlar va bir oylik isteʼmol bazaviy meʼyorlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
"Xovosobod" MFYda hamkorlikdagi profilaktik suhbat o'tkazildi
Xovos tumani "Xovosobod" MFY da 9252 harbiy qism harbiy xizmatchilari mahalla aholisi bilan profilaktik suhbat o'tkazdi.
Profilaktik suhbatda migratsiya hamda Davlat chegarasi toʻgrisidagi yangi tahrirdagi qonunning mazmun mohiyati yig‘ilganlarga tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar suhbat yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Repost from Sirdaryo.uz
Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Душанбе шаҳрига етиб борди
Пойтахт аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон кутиб олди.
Telegram | Facebook | Instagram
🏆 "Yosh chegarachilar" ko'rik tanlovining viloyat bosqichi g'olibligi ham Xovoslik o'quvchilarga nasib qildi
Bugun Guliston shahrida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda harbiy qism qo‘mondonligi, Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik sport musobaqasining Sirdaryo viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g’olib boʻlgan 5 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida faxrli
1-oʻrinni Xovos tumani 16-maktabning "Sarhad" jamoasi qo'lga kiritdi
Maktab jamoasi hamda o'quvchilarni g'alaba bilan chin qalbdan muborakbod etamiz
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Sirdaryoda umumta'lim maktablari o'rtasida "Yosh qutqaruvchi" musobaqsining viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandiSirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi,Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar ta'lim boshqarmasi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada yoshlar jamoaviy yutuq hamda turli nominatsiyalar uchun kurash olib borishdi. Musobaqani baholab borgan malakali harbiy xizmatchilar hamda mutaxassislarning hulosasiga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi: 1-o‘rin Xovos tumanining "Madad" jamoasi; 2-o‘rin Mirzaobod tumanining "Qalqonlar" jamoasi; 3-o‘rin Oqoltin tumanining "Burgutlar" jamoasiga nasib etdi. G'oliblarga tashkilotchilarning diplom, kubog va qimmatbaho sovg‘alari tantanaliu topshrildi. 📲Rasmiy sahifalarimiz: Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Xovos tumanida ipak qurti boqishga kirishildi
Joriy yilda Xovos tumani pillakorlari tomonidan 76 tonna "kumush tola" xirmonini yaratish rejalashtirilgan.
Pillachilik mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri, qolaversa, yengil sanoatning muhim xom ashyosi hisoblanadi. Shu bois ham yurtimizda pillachilikni rivojlantirish, sifatli pilla yetishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ipak qurti boqish, pillachilik sohasida o‘ziga xos tajriba maktabi shakllangan Xovos tumanida joriy yilda 1 ming 287 quti ipak qurti parvarishlanib, 76 tonna pilla xomashyosi yetishtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Xovos tumanida ipak qurti boqishga kirishildi
Joriy yilda Xovos tumani pillakorlari tomonidan 76 tonna "kumush tola" xirmonini yaratish rejalashtirilgan.
Pillachilik mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri, qolaversa, yengil sanoatning muhim xom ashyosi hisoblanadi. Shu bois ham yurtimizda pillachilikni rivojlantirish, sifatli pilla yetishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ipak qurti boqish, pillachilik sohasida o‘ziga xos tajriba maktabi shakllangan Xovos tumanida joriy yilda 1 ming 287 quti ipak qurti parvarishlanib, 76 tonna pilla xomashyosi yetishtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 267 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!
➤ Oqoltin tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 31 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 12 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 14 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 22 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 24 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 67 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 10 tа (ko'rish)
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube
