cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🍫🧸☞ 𝙎𝙃𝙀𝙍𝙇𝘼𝙍 𝙈𝘼𝙆𝙊𝙉𝙄 ☜🧸🍫

Yangi kanal: 05.05.2023 SHER BO‘LSA BUMMALOL MUROJAT QILAVURILAR Реклама: @Alijon_akeng

Show more
Tajikistan2 868The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
753
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-16330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ona sizdek kim sevdi meni? Sevdim dedim yuzin burdilar Tik qaddimni yerga urdilar Bedor qilib yallo yurdilar Ona sizdek kim sevdi meni? Do‘stim bisyor podsho bo‘lsam gar Suyganimga kerak tillo-zar ''Eh ko‘nglim-a bo‘lding darbadar'' Ona sizdek kim sevdi meni? Qiziq emas yorga hasratim Do‘stga kerak faqat davlatim Ketar bir-bir ketsa savlatim Ona sizdek kim sevdi meni? Jonim og‘rib bo‘g‘zimda zardob Kundan-kunga ahvolim xarob Borin bergan bir oliyjanob Ona sizdek kim sevdi meni? Peshonamda har kun parvona Baxtim tilab baxtdan begona Bu dunyoda yolg‘iz-yagona Ona sizdek kim sevdi meni? Mening xaddim bir siqim tuproq Nima kerak bundan ortiqroq ''Dunyo sevdi'' dedim-a biroq Ona sizdek kim sevdi meni? Ona sizdek kim sevdi meni?
Show all...
🌟🍃XOTIRA...                       Birinchi prezidentimiz                 Islom Abdug'anievich Karimov             xotiralariga bag'ishlanadi. Ho'rsinadi, ko'ngillar mahzun, O'tdi qancha bahor, yozu qish. Necha yil-ki, sizsiz bu ochun, Nishonlaydi, bu kunni homush.. Boqib, nurli suratingizga, Sog'ingan dil izlaydi, taskin. Ehtiromlar, qutlovlar sizga, El yodida yashaysiz har kun Siz tufayli chiqdi, o'zbegim, Mustaqillik, degan taxtiga. Ozod bo'lib, tanti, bek elim, Yetdi, yillar kutgan baxtiga. Aytardingiz, samimiy, kulib, "Men sizlarni yaxshi ko'raman." Der edingiz, "Aziz xalqimga, Kerak bo'lsa, jonim beraman..." "SHu vatanning barcha bolasi, Mening o'g'il-qizim", derdingiz. Doim yonib, ular ertasin, Kelajagin g'amin yerdingiz.. Siz o'stirgan nihollar gullab, Bugun meva bera boshladi. O'gitlaringiz ila shahdam, Ulug' yo'lda qadam tashladi.. Qani edi, hayot bo'lsangiz, Yursaydingiz, davronlar surib. Elim, yurtim deb, chekkan barcha, Zahmatlarning rohatin ko'rib.. Afsus qismat qilmaskan shafqat, Abadiymas, dunyoda inson. Yaxshiliklar qolarkan faqat, Ezgu ishlar o'lmas, hech qachon.. Islom ota, ey buyuk sarbon, Jannatlarda bo'lsin, joyingiz. Unutmaymiz, sizni hech qachon, Yuraklarda mangu nomingiz... ANSORA
Show all...
Meni qo'ldan chiqardingiz. Kulib kelsam, qovoq uyib, Yuragimni siqardingiz. Kuyib keting, endi kuyib, Meni qo'ldan chiqardingiz. Qalbingizni zarang qilib, Bizni boshni garang qilib, Yuravering tarang qilib, Meni qo'ldan chiqardingiz. Qadrim sizga poshna emas, Qalbim sizga oshno emas, Ko'nglim endi tashna emas, Meni qo'ldan chiqardingiz. Men oshiqman "afsus" degan, Qiz qalbidan tosh qazigan. Ko'ngil berdim boshqasiga, Meni qo'ldan chiqardingiz. Qadrim o'lar endi qaytsam, Hamma kular endi qaytsam, Kelasizmi, to'yga aytsam?, Meni qo'ldan chiqardingiz. Ko'zlarimga quyildi suv, Yuzlarimda yugirdi duv. Uylanyapman. Hullas gap shu, Meni qo'ldan chiqardingiz.        
Show all...
Quchog‘ingda jon beray mayli. Sevsang meni ishqimda yonib, Senga deya gul teray Layli. Kel shu kecha visolga qonib, Quchog‘ingda jon beray mayli. Tundek qaro ko‘zinga bir dam. Chukib ketsam bilinmas hech kam. Shu oxirgi kunim bo‘lsa ham. Quchog‘ingda jon beray mayli Jonim fido bo‘lsin joninga Yo‘q demagin boray yoninga Singib ketib ruh-u taninga Quchog‘ingda jon beray mayli Chetga surib bitmas kamlarni Ko‘p eslarsan ushbu damlarni Unutgancha barcha g‘amlarni Quchog‘ingda jon beray mayli Yondirayin umringning shamin To‘ldirayin dunyoning kamin Hech unutmay busalar ta'min Quchog‘ingda jon beray mayli Ayla meni kishandan holos Chulg‘ab olsin kuchli ehtiros Hurkak ohu, lablari gilos Quchog‘ingda jon beray mayli Istaklaring men uchun farmon Visoling bu jonimga darmon Quchsam seni qolmagay armon Quchog‘ingda jon beray mayli Yomg‘ir bo‘lib suv quyay gulga Yodda qolsin ishqimning sayli Yonib bitay aylanib kulga Quchog‘ingda jon beray mayli ✍ ANSORA
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
XOTIRA KUNI MUBORAK BULSIN. UTIB KERGAN YAQINLARIMIZNI XOTIRLASH ESDAN CHIQMASIN. 🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲
Show all...
Ikkinchi jaxon urushi FAXRIYSI Partizan Xoshimov Otajon xotirasiga bagʻishlab Farzandlari Xoshimova Alomatxon  Buyurtmasiga binoan Ushbu she'r yozildi. 🎖MENING PARTIZAN DADAM Mening dadam urushda, Qahramonlik koʻrsatgan. Yakson qilib dushmanni, Yurtga tinchlik oʻrnatgan. Qadamlar bosib ildam, Ezgu niyatda har dam. Mardlarla boʻlib birdam, Yovlarni yengan dadam. Bir zum o'ylamay o'zin, O'limga  boqib  koʻzin. Yoriq  qilay  deb  yuzin, Yovlarni yengan dadam. Farzandlar-u doʻstu yor, Yoʻl qarab kutganda zor. Alloh  boʻlib  madadkor, Yovlarni yengan dadam. Mardligingiz  dillardan, Qolmas hamon tillardan. Jon talash manzillardan, Sog' omon qaytgan dadam Bu vatanga bizlar ham, Jon  fido  qilsakda  kam, G'alaba  tomon  ildam, Qadamlar qoʻygan dadam. Men shu inson farzandi, Lolagul  asal  qandi. Bita she'r yozdim tanti, Yovlarini yengan dadam. G'urur  nomus  orimsiz, Faxrim sharafshonimsiz. Dildan o'chmas yodimsiz, Mening Partizan dadam. ✍Muallif: Alixon Toʻra
Show all...
Sevib qoldimmikan?😔🥀      🔥🔥🔥Primeriya  Charchatdi-ku dardin tuyish, Chiroyin tan oldimmikan? Yetmasmidi shuncha kuyish, Yana sevib qoldimmikan? Xayollarim har yon-har yon, Telbalardek giryon-giryon. Ey, men sodda,                    ey, men nodon, Yana sevib qoldimmikan? Qiynalganim bo'ldimi kam, Shu holimga kerakmi g'am? Sevmayman deb ichib qasam, Yana sevib qoldimmikan? Sezayapman bo'ylashimdan, Har xil gaplar so'ylashimdan, Tinmay uni o'ylashimdan, Yana sevib qoldimmikan? Hijron yomon, teshar o'qdir, Kimlar qo'rmas ko'ngli to'qdir. Yuragimga ishonch yo'qdir, Yana sevib qoldimmikan? Ishq o'tida men yonaman, Lek tan olmay ko'p tonaman, Avvalgidek devonaman, Yana sevib qoldimmikan? Ketganiga bo'lgan ancha, Vaqtlar o'tdi qancha-qancha. Unutolmay yengilgancha, Yana sevib qoldimmikan? Chiqsa, borsin tengiga deb, Yoshin artsin yengiga deb, Ishonmayman sevgiga deb, Yana sevib qoldimmikan? Muhabbatga tushmas ishim, Degan menman o'sha kishim. Bejizgamas sog'inishim, Yana sevib qoldimmikan? Qiynalishni pisand qilmay, Yasharmikan ba'g'rin tilmay? Eh Ansora, bilib bilmay Yana sevib qoldimikan?
Show all...
Ko‘zyoshlarim zardoblarin ko‘p bor yutdim Jim yig‘ladim. "Qismat!", deya ming bor ketdim Bir o‘lmadim, lek, janozam o‘qib o‘tdim Jannatlarga qochib ketgim kelar, Ona! Har qadamim gunohlarga to‘lib ketgan Har nafasim fisq-u, fasod bo‘lib ketgan Nafsim tirik, lek, vijdonim o‘lib ketgan Do‘zahlardan qochib ketgim kelar, Ona! Mehrim berdim, muhabbatim sotib ketdi Yuragimni gulxanlarga otib ketdi So‘nggi so‘zi: alam edi botib ketdi Kuygan dilim qanday qilib asray, Ona?! Do‘st deb bildim, har bir soxta yuzlarni men Olqishladim, qonlar oqqan ko‘zlarni men Yaxshi dedim, yaxshilagan so‘zlarni men Yolg‘on lutfga zor bolangni kechir, Ona! Qur‘onlarim changlar bosdi qaramadim Joynamozga chiqmoqlikka yaramadim Bomdodlarim qazo bo‘ldi, manim manim Qanday qilib iymonliman, deyman Ona?! Uyalaman, bir mo‘minga yor bo‘lishdan Hayom yo‘qdir, bir kun kelib or bo‘lishdan Qo‘rqayapman, do‘zahlarda xor bo‘lishdan Jannatlarga qanday loyiq bo‘lay, Ona?!😔 ✍ANSORA
Show all...
Бу шеърим ҳам роса авторсиз тарқаб кетган экан. Йигитнинг юзини ёруғ эт Оллоҳ, Ёри ўпич илсин яноқларига. Қурол тутишидан асрагин, э, воҳ, Ёр сочи ўралсин бармоқларига. Йигитнинг қаддини букмагин Оллоҳ. Ғурури бошидан баландда юрсин. Эркакнинг юзига тик қараш гуноҳ, Ҳалоли Ҳаводек таъзимда турсин! Ерларда қолмасин йигитнинг сўзи, Сазаси ўлмасин, эгилмасин бош. Атодан бошланган ҳаётнинг ўзи, Эркак сиймосида эмасми Қуёш! Йигитнинг омадин бер, беравергин, Мардларни мақташдан бенасиб этма. Дунёда биронта эркак зотини, Аросат йўлида қолдириб кетма. Биз она бўлайлик, опа, сингил, ёр. Асло тўкилмасин тиргакларимиз. Уларсиз дунёда бизга нима бор? Омон бўлсалар бас эркакларими АНСОРА
Show all...
....👉 VERTUVAL OLAM 👈.....              😡😡😡😡😡 Jabir kelsa yiğlarmish tinmay Kòksiga urarmush orini bilmay Kunlarni òtqazar ózixam bilmay Vertuval olamga kirib qolganlar Manmanlik domiga botib qolganlar😡 Subhi tong uyquga berilib ketar Kechasi uxlamay ensasi qotar Kormagan dòstlari milliondan oshar Vertuval olamga kirib qolganlar Manmanlik domiga botib qolganlar😡 Savobga hech qachon qòlini chòzmas Oxirat kelsaxam netdan chiqolmas Sajdaga boshini bir bora qoymas Vertuval olamga kirib qolganlar Manmanlik domiga botib qolganlar😡 Baxtsiz dek his etar òzini gòyo Qadrsiz dardiga topolmas davo Hayosiz nomini olganmikin yo Vertuval olamga kirib qolganlar Manmanlik domiga botib qolganlar 😡 😌😌mendan xafa bolmangla achchiq haqiqat 🥴🤷 ✍.ANSORA
Show all...