cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IRODAXON QOSIMOVA IJODI

Salom do'stlar IRODAXON QOSIMOVANING kanaliga hush kelibsiz. Ushbu kanalda Ajoyib She'rlar, Hikoyalar barcha barchasi shu kanalda She'riy to'plamlar Audio she'rlar. ‼️ Zakas She'rlar bermoqchi bo'lsangiz tashlagan she'rlarimiz kommentariya

Show more
Advertising posts
804
Subscribers
-324 hours
-197 days
-10330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

KERAK BO'LING! Qoqilib yiqilsam,siz suyanch bo'ling, Yig'lasam tinmasdan siz yupanch bo'ling, Dardimni olguvchi hamsuhbat bo'ling, Dunyo turgunicha dildoshim bo'ling. G'amdan charchamasa bu tan-u borim, Hanjarlar tilsada chiqmasa qonim, Sizdan köngil uzib ketmasa jonim, Dunyo turgunicha dildoshim bo'ling. G'animlar tilidan tushmay qolsam gar, Yuz bursa hatto eng yaqinim ham, Ko'nglingiz osmonday keng bo'lsa agar, Dunyo turgunicha dildoshim bo'ling. Jonim yo'lingizga bo'lsin poyondoz, Menga mehr bering,ko'p emas biroz, Sof sevgi bo'lsin dillarga meros, Dunyo turgunicha dildoshim bo'ling. Yurakka qul emas,guldasta bo'ling, Sevgidan mast emas,orasta bo'ling, Bir hosikor shoira Iroda uchun, DUNYO TURGUNICHA DILDOSHIM BO'LING... IRODAXON QOSIMOVA @Irodaxon_Qosimova
Show all...
👍 12
Men Ketaman🚶‍♀🚶‍♀🚶‍♀ 🎙️ MIRA ✍️IRODA QOSIMOVA @Irodaxon_Qosimova
Show all...
👍 5 2
Сахар вақтида эсган бу майин шабода, Ҳақ ошиқларининг кўнгилларидаги сирларга ошнодир. Бу хосиятли вақтда сен ҳам ухлама. Бу вақт ялиниб-ёлвориш вақтидир, ухлаш вақти эмас! Икки жаҳоннинг халқига илоҳий бир лутф ўлароқ, азалдан абадга қадар ёпилмаган тилак эшиги сахар вақтида очиқдир. Фурсатни қўлдан берма, ётиб ухлама! ✍️Мавлоно Румий 🕋АССАЛОМУ АЛАЙКУМ АЗИЗ ДИНДОШИМ! РАМАЗОН ОЙИНИНГ ИККИНЧИ КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН!🕌 Бугун 12 Март, Сешанба. +13°+4°🌧️ Қилган ибодатимиз,тутган рўзаларимиз даргоҳида қабул ва мақбул бўлсин.🤲🏻 @Jaloliddinrumiyy🍃
Show all...
👍 4
Keldi RAMAZON. Bugun tong otadi,ajib o'zgacha, Quyosh nurlaridan falak o'zgacha, Onalar shukrona aytar o'zgacha Ramazon oyida kunlar o'zgacha. Ramazonda yangrar go'zal yallalar, Eshikdan mo'ralar shirin bolalar. Qolmas hech dillarda g'amli nolalar, Musulmon xalq uchun totli pallalar. Tong sahar duola boshlanar har ish, Unut bo'lar bu kun arazu,tashvish, Savoblar bajarar har inson yumush, Yurmagay tillarda,og'riqli mish-mish. Niyatla dasturxon tuzab,to'ldirib, To'xtamas nafsni bu kun o'ldirib, Ibodat qilinar,dilni suydirib, Shaytonni yig'latib,yana kuydirib. Ramazon aytaman,yurtim tinch bo'lsin, Hirmonlar bug'doy-u,donlarga to'lsin, Momolar,go'daklar ko'rmasinlar g'am, Yurtboshi yurtimning ravnaqin ko'rsin. IRODAXON QOSIMOVA.
Show all...
👍 5🔥 2👏 1
ALLOH UCHUN KECHIRING... Bilmay dil ogʻritgandim, Qancha ozor bergandim. Sizni yomon degandim ALLOH UCHUN KECHIRING. Gunohlarim behisob, Soʻrab oʻzimga insof. Qiynalmay kelsa hisob, ALLOH UCHUN KECHIRING. Yolgʻon soʻzlar boʻldi koʻp, Til ogʻrigʻi berdim koʻp. Tavba qildim, bugun koʻp ALLOH UCHUN KECHIRING. Qadrlisiz qadrdon. Asli sizdir chin inson. Chiqmasidan derman jon, ALLOH UCHUN KECHIRING. Koʻzlaringiz quvnasin, Boshingiz gʻam koʻrmasin. Qalbda qaygʻu qolmasin ALLOH UCHUN KECHIRING. Yigʻlab duo qilarman, Sizga umr tilarman. Bil ilinchim soʻrarman, ALLOH UCHUN KECHIRING. Mukofotlab jannatda, Qilsa goʻzal siyratda. Gunohkorman albatta ALLOH UCHUN KECHIRING. Qadrdonlarim dilingizni zarracha ogʻritgan boʻlsam ALLOH UCHUN KECHIRING lar. IRODAXON QOSIMOVA. 30.03.2022.  20:25. @Irodaxon_Qosimova
Show all...
👍 7🥰 2 1🔥 1
👍 4
🌹Жаннат ҳовлилари зикр билан қурилади. Зикр тўхтаса, уларнинг қурилиши ҳам тўхтаб қолади. «Субҳаналлоҳ, валҳамдулиллааҳ, ва лаа илааҳа иллаллоҳ, валлоҳу акбар! Ва ла ҳавла ва ла қуввата илла биллаҳил алиййил азим”» 🕌АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!🌹 Бугун 9 март, шанба! +14°+9°🌧️ 🕊🍃Олам ясаниб, гулларга бурканиб, покланиб ва янада файзу-баракотларга тўла сандиқларини туҳфа этиб, гўзал табассум ила пешвоз чиқмоқда. 🕊🌸Ташрифга чоғланиб турган куннинг хар онидан завқланинг, ҳар дамига орзулар рўйҳатини битинг! 🕊🌹Бошланган кунингиз ҳайрли бўлсин! Хонадонингизга файз, тинчлик осойишталик, бахт, қувонч ва барака ёмғири тинмай томчилаб турсин...!!! @Jaloliddinrumiyy🕊
Show all...
👍 2
O'zbek ayoli... Dunyoda eng go'zal kim ekan ayting, Sanamlar sanami ekan kim ayting, Tonglarda ko'chalar yuzini yuvgan, O'zbek ayoli go'zalmi ayting? Shabnamlar yuvsada go'zal yuzini, Birov eshitmasa dardli so'zini, Farzand chun unutsa ba'zan o'zini, Sanammi farishta o'zbek ayoli. Ust boshin qaramay bolam degan u, Majnun, Farhod yuragiga ishqni solgan u, Ikki dunyo orasida yolg'iz qolgan u, Matonatli botir o'zbek ayoli. Kechalar uhlamay bedor yor kutgan, Alamlar o'tsada ichiga yutgan, O'zi yemasa ham farzandga tutgan, Sinovlarga bardam o'zbek ayoli. Surmalar yarashar sursa qoshiga, Jamalaklar taqar uzun sochiga, To'maris avlodi davomi udir, Mag'rur tutar kelsa kulfat boshiga. Upolar surmasa ham yanoqlar qizil, U ko'tarar yuk og'irdir zil zil, Ardoqlab o'stirar farzand qiz o'g'il, U ona suyukdir o'zbek ayoli. Ba'zan yiroqlarga eltsa hayoli, Yoriga sodiqdir nozli iboli, Dunyoning eng go'zal sanamlari ham, Bo'lolmas birgina o'zbek ayoli. Irodaxon Qosimova @Irodaxon_Qosimova
Show all...
👍 5
2🔥 1
2🔥 1