en
Feedback
Ustoz Feruz | Dizayn va Moushn

Ustoz Feruz | Dizayn va Moushn

Open in Telegram

Otaqulov Feruzbek Hayollarim va Bilimlarim nuqtasi bu kanal Grafik va Moushin dizayner 8 yil tajriba | 500+ loyihalar | 70+ Shogirtlar CEO - https://dastacreative.uz Instagram - https://www.instagram.com/ustozferuz/ Aloqa - @UstozFeruz_admin

Show more
499
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Video message01:00

Video message01:00

Ushbu yopiq Telegram kanaliga xush kelibsiz! Men — Ustoz Feruzbek, va bu yerda men dizayn, sun’iy intellekt, kino, media olam
Ushbu yopiq Telegram kanaliga xush kelibsiz! Men — Ustoz Feruzbek, va bu yerda men dizayn, sun’iy intellekt, kino, media olami, marketing, motivatsiya va jamoa boshqaruvi kabi mavzularda o‘z tajribam va bilimlarimni bo‘lishaman. ✅ Agar siz ijodkorlikni rivojlantirish, texnologik yangiliklar bilan tanishish, jamoa samaradorligini oshirish yoki marketing strategiyangizni kuchaytirish niyatida bo‘lsangiz, yopiq Telegram kanalimiz aynan siz uchun. Eksklyuziv kontent, qiziqarli suhbatlar va foydali tavsiyalarni o‘tkazib yubormaslik uchun. Hoziroq qo‘shiling - Kanal

Sababi va yechimini aytaymi?
Anonymous voting

💬ChatGPT sizning bir tonna gaplar, tekstlaingizni yoki kitoblaringizni to‘liq o‘qimasligini bilarmidingiz? 😁 Shuning uchun
💬ChatGPT sizning bir tonna gaplar, tekstlaingizni yoki kitoblaringizni to‘liq o‘qimasligini bilarmidingiz? 😁 Shuning uchun sizga to'liq va chala javob beramasligichi?

✅ 100 foiz gapingizga qo'shilaman.

Assalamu Alaykum. Renesans davrida olimlani hammasi bilim uylarida yig'ilgan. Moliyaviy ta'minlangan boshqa olimlar bilan fikr almashib bir joyda ishlashgan. Hozirham bilim uyi qurilib hamma olimla bir joyda to'plansa bizadayam kam emas aqilli odamla yaxshi natijalaga erishsa bo'ladi. Hozir mashhur kuchli taniqli olimlani hammasi moliyaviy ta'minlanib keyin dunyoga tanilgan

https://t.me/boost/Ustozferuz Shu gaplarimdan keyin bir menga qoyile deb, kanalimga bootschani bosivorsangiz, rosaa mamnun bo'lardim

Bizda hali ham ayrim insonlar kimningdir hayoti, qizil bayroqlar yoki siyosat haqida gapirish bilan band. Shu paytda esa chet ellik olimlar inson miyasiga implant o‘rnatib, uning impulslarini sun’iy intellekt orqali real vaqt rejimida amaliyotga tatbiq qilishmoqda. Qoyilmisiz? Haligacha hayron qolaman: nega bizning ba’zi yoshlar faqatgina do‘kon ochish, Xitoydan mahsulot olib kelib sotish yoki avtomobillarni ijaraga berish haqida o‘ylashadi? Axir, bizning ajdodlarimiz nafaqat savdogar, balki buyuk olim va ixtirochilar bo‘lishgan-ku! Siz ham gaplarimga etibor bermang, va jiddiy qabul qilmang. Ijod kelganda yozdim va biroz tuskinlikka tushdim. Ehh meni kuzatuvchilarim aka, uka, opa, singillarim menimcha ora orada kimligimiz eslab turishimiz kerak deb o'ylaman men mavlonoo

Nega shunchalik odiylikka qarab ketayapmi😕 Zamon o‘zgardimi yoki odamlar etibor doirasi shunchalik pasayib ketyaptimi? Kompa
Nega shunchalik odiylikka qarab ketayapmi😕 Zamon o‘zgardimi yoki odamlar etibor doirasi shunchalik pasayib ketyaptimi? Kompaniyalar ham shunga qarab moslashayaptimi? 🥲 Ужасть, qani san’at, qani ijod! Keyinchalik yozuvlar KATTA HARFLARDA yozila boshlasa, ajablanmayman shekilli.

Bugun menga shu videoni bir suyukli shogirtimlarimda biri tashlabti, ko'rib yoshligim esimga tushub ketti 😁

Har safar ijod kelmaganda yoki tushkunlikka tushganimda, shu musiqani eshitishga odatlanib qolganman. Go‘yo shu lahzalarda o‘
Har safar ijod kelmaganda yoki tushkunlikka tushganimda, shu musiqani eshitishga odatlanib qolganman. Go‘yo shu lahzalarda o‘zimning kim ekanligimni, qanday ajdodlarning farzandi ekanimni his qilaman. Ularning bekorga qurbon bo‘lganini, qatag‘on qilingani va zulm ko‘rganini va bizdagidek imkoniyatlarga ega bo‘lmaganini his qilaman. Bu esa menga ularga munosib bo‘lish uchun yetarlicha kuch va ilhom bag‘ishlaydi. 🥲 Eh, mening jonajon, qatag‘on qurboniga aylangan, to'xtovsiz zulim ko'rgan Bobojonlarim va buvijonlarim... Ilohim, joylaringiz jannatda bo‘lsin. 1 - Go‘zal 2 - Qarg'alar 3 - O'zbegim

Bugun kechka ishda qolgan edim ) Shukur juda samarali bo'ldi, ancha ishga ulgurdim.Endi kechkacha chidab bersam bo'ldi, 1 sut
Bugun kechka ishda qolgan edim ) Shukur juda samarali bo'ldi, ancha ishga ulgurdim.Endi kechkacha chidab bersam bo'ldi, 1 sutka uhlamagan bo'larkanman 😢

Qisqacha chat sun’iy intellektlar haqida o‘z fikrim: ChatGPT – O‘zbekchada yaxshi yozadi, ammo bepul versiyasida to‘liq ma’lu
Qisqacha chat sun’iy intellektlar haqida o‘z fikrim: ChatGPT – O‘zbekchada yaxshi yozadi, ammo bepul versiyasida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. DeepSeek – O‘zbekchada yaxshi ishlamaydi, juda chala yozadi. Ammo ma’lumotlarni to‘liq va hatto ortiqcha hajmda beradi, savollarga batafsil javob qaytaradi. Grok – ChatGPT bilan deyarli bir xil, lekin pullik versiyasi ancha aqlli ishlaydi va boshqa AI-larga qaraganda tezroq tahlil qiladi. Gemini – Savollarga aniq javob bera olmaydi, lekin kerakli resurslarni topishda juda foydali. Ma’lumotlarni bazalar bilan birga taqdim etadi. Notion AI – Agar siz tasklaringizni Notion’da yuritsangiz, bu sun’iy intellekt sizga ajoyib yordamchi bo‘ladi. U sizning fikrlash uslubingizdan kelib chiqib eng optimal yechimlarni taklif qiladi. Claude -Javoblarning xavfsizligi va axloqiy jihatlariga e’tibor qaratadi. Katta hujjatlar va kodlarni yaxshi tahlil qiladi janavar. Perplexity AI - Ma’lumot qidirishga ixtisoslashgan, manbalarga havolalar bilan taqdim etadi. Buni Google brauzerga ulab qo'yasiz. AIsha - g'irt o'zbek tilida muloqot qiluvchi Sun'iy Intellekt. Oʻzbek tilidagi audio materiallarni yuqori aniqlikda matnga aylantiradi yoki chappachasi. Shaxsiy fikrim qolganlarini ishlatib o'tirmasangiz ham bo'ladi uncha tayinlimas. Bir tomdan bir agarotdan keladi. 😂 👨‍💻Hali ham bular ishlamayotgan OLD HUMANS tanishlaringizga ushbu sun’iy intellektlarni jo‘natib qo‘ying. Instagram | Telegram | YouTube

Suv, suv, suv! Havotir olmanglar, kanalimgayam biroz dam solib qo‘ydim. Negadir kanalni yuritishni boshlaganimdan beri ishlar
Suv, suv, suv! Havotir olmanglar, kanalimgayam biroz dam solib qo‘ydim. Negadir kanalni yuritishni boshlaganimdan beri ishlar orqaga ketayotgandek go'yo… Hurmatli ko‘zi borlar! Kichkina odanga ko‘zi qilishdan ko‘ra, boring ana Netanyaho, Putin, Zelenskiy, Poro‘ho‘r va Sutho'rlarga ko'z qilsangiz, ancha foydaliroq bo‘larmidi... Albatta, bu hazil. Lekin yomon niyatdagilarni ko‘zi o‘yilib tushsin! 😁 Mening chin dildan kuzatuvchilarim, sizda bir yaxshi duo alyansin malol kelmasa albatta😊

Bu Nima deb o'ylaysiz?
Bu Nima deb o'ylaysiz?

✅ Savollarga javob 1. Energiyani qayerdan olasiz? — Yoshim o‘tib boryapti va hali juda ko‘p narsaga ulgurmaganim sababli har
✅ Savollarga javob 1. Energiyani qayerdan olasiz? — Yoshim o‘tib boryapti va hali juda ko‘p narsaga ulgurmaganim sababli har kuni oldinga intilishim kerak. 2. Nega men sizda tekin amaliyot o‘tashim kerak? — Hozirgi zamonda sun’iy intellekt rivojlangan, deyarli hech kimga junior mutaxassislar kerak emas. Hammaga faqat kuchlilar kerak. Men esa sizga kuchli bo‘lishda yordam beraman! 3. Maqsadingiz nima? — Maqsadim – O‘zbekistonda jamoam bilan ajoyib loyihalar yaratish va natijada yurtdoshlarimiz bundan zavqlanishi hamda rivojlanishi. 4. Qanday loyihalar qilgansiz? — Bu alohida mavzu! Jamoamiz bilan 500+ real loyihalar ustida ishlaganmiz. Bizning yo‘nalishlar: Brending Saytlar Har xil turdagi dizaynlar Katalog va aydentikalar Bizneslar uchun kompleks yechimlar Kitoblar Qadoq dizayni Social Media Marketing dizayni UX/UI 2d va 3d Animatsiya 5. Amaliyotdan keyin ishga olish imkoniyati bormi? — Albatta! Amaliyotdan so‘ng bizda yoki boshqa joyda bemalol ishlay oladigan tajribaga ega bo‘lasiz. 6. Hamma qabul qilinadimi yoki tanlov asosidami? — Yo‘q, 3 bosqichli tanlov asosida eng motivatsiyaga ega yoshlar qabul qilinadi. 7. Amaliyotda nimalarni o‘rganaman? — Amaliyot davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlaymiz: - Branding - Qadoq dizayni - Katalog, prezentatsiyalar, kitoblar - Social Media Marketing dizayni - UX/UI - Animatsiya va boshqa yo‘nalishlar Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin! 😊

Habaringiz bor, jamoamga amaliyotchilarni taklif qilyapman va juda ko‘p savollar kelmoqda. Shulardan bir nechtasini sizlar bilan ulashmoqchiman: - Energiyani qayerdan olasiz? - Nega men sizda tekin amaliyot o‘tashim kerak? - Maqsadingiz nima? - Qanday loyihalar qilgansiz o‘zi? - Amaliyotdan keyin ishga olish imkoniyati bormi? - Hamma qabul qilinadimi yoki tanlov asosidami? - Amaliyotda aniq nimalarni o‘rganaman? Agar sizda ham shu kabi savollar bo‘lsa, bemalol yozib qoldiring! 🙂 Javob berib o'taman

Hayotni tashvishlaridan to'ydim, boshqa yashagin kelmayapti deganlar uchun yana bir ajoyib filmlar to'plami. Bu filmlarni ko'
+4
Hayotni tashvishlaridan to'ydim, boshqa yashagin kelmayapti deganlar uchun yana bir ajoyib filmlar to'plami. Bu filmlarni ko'rsangiz o'ylaymanki hayotga bo'lgan muhabbatingiz upgrade bo'ladi. Kattalar aytganidek biz bir marta tug'ilamiz va o'lamiz. ✅ Shuning uchun hamma yaxshi yomon kunlarimizdan bahra olib unga tirjayib😁, yashashda davom etishimiz kerak. Marhamat bahra oling😊 @ustozferuz