212
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1830 days
Posts Archive
212
📌Ikki kafan saodati: Hazrati Xadicha onamizning vafotlari.
Islomning eng og‘ir damlarida boyligini va butun qalblarini ALLOH yo‘lida fido qilgan, barcha mo‘minlarning onasi Hazrati Xadicha (r.a.).
U kishi vafot etayotganlarida, hatto kafanlik uchun bir parcha matolari ham qolmagan edi...
Bir paytlar Makkaning eng boy va aslzoda ayoli bo‘lgan bu buyuk zot, butun boyligini iymon va da’vat yo‘lida sarf qilib bo‘lgandi. U kishi dunyodan o‘tayotib, qizi Fotima (r.a.)ning quloqlariga ohista pichirladilar: “Otangning hirqasiga o’ralishni istardim...” Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) ko‘z yoshlari bilan o‘zlarining muborak hirqalarini Onamizga kafan qildilar. Aynan shu lahzada Jabroil (a.s.) samodan bir omonat bilan tushdilar va dedilarki: — “Yo Rasululloh! ALLOHning Sizga salomi bor. Xadicha butun mol-mulkini Bizning yo‘limizda sarf qildi. Endi uning kafanini yubormoq Bizning zimmamizdadir.” Shu tariqa, Hazrati Xadicha onamiz ikki kafanga o‘raldilar: 1. Rasulullohning muborak hirqalari; 2. ALLOH taolo tomonidan jannatdan yuborilgan kafan. O‘sha kuni Makka osmoni ham, yeri ham yig‘ladi. “Mahzunlik yili”ning eng chuqur yarasi ochildi. Hazrati Xadicha nafaqat suyukli yor, balki Rasululloh uchun sokin bir bandargoh, ulkan tasalli va ALLOHning O‘zi salom yo‘llagan yagona ruh edilar.Bugun biz “yo’qotish” deb bilgan narsalarimiz, aslida ALLOH yo’lida berilgan bo’lsa, eng buyuk “topish”ga aylanadi. Onamiz borini berdilar va evaziga Xoliqning iltifotini oldilar. Robbim bizlarni u zotning mislsiz sadoqati, hayosi va go‘zal axloqidan zarracha bo‘lsada nasibador qilsin.
212
Hech qachon hech kimga hasad qilmaganman va men uchun birovlarning baxtli yoki baxtsizligi ham qiziq emas. Birovni hayoti bilan ishim yo’q! Hammaning o’z risqi bor. Hamma o’ziga atalgan nasibani yeydi. Mol, dunyo uchun yugurib ham yurmayman. Kimdan qolmagan bu dunyo? Allohim risqimizni berib turibdi shukr. Amal daftarimizni chiroyli sahifalar bilan bezataylik. G’azab faqatgina shaytonga xos bo’lgan odat. Alloh va vijdoningiz yonida haq bo’ling. Hech qachon yaxshi ekanligingizni va haq ekanligingizni isbotlamang! Robbingizdan boshqa guvohingiz bo’lmasin. Qaytib hisob- kitob qilinadigan kun bor albatta. Dunyoga ideal bo’lish uchun kelmaganmiz. Har bir banda xato qiladi. Gap xatoda emas tavba qilib Allohga yaqinlashishda. Har kim iymoni qadar sinaladi. Al Xoliq bo’lgan zotga hayotimizni tavakkal qilaylik.
212
Allohni eng ma’sum bandasi tuhmatga uchragani ekan. Qiyomat yaqinligining belgilaridan biri ham insonlarga tuhmat ko’payishi. Hech qachon insonni qanaqaligini bilib bo’lmaskan, hech qachon! Yonizdagi eng yaqiniz singlizmi, ukayizmi, qarindoshizmi hech kimni. Ulg’aygan sari hayot sabrda insonni mustahkamlab borarkan. Hech kim shunchaki yashashga kelmagan hamma bir imtihon topshiruvchidir. Alloh taoloning shunchalar rahmati kengki unda bir chumolining haqqi qolib ketmaydi, insonniki qoladimi? Yashash kerak, sinov uchungina kelganimizni bilib, anglab yashashimiz kerak! Eslang, Payg’ambarimizga tuhmat qilishmaganmi? Unda ham o’z amakilari tomonidan. Nasibsizlik shu bo’lsa kerak uying Makkada bo’ladi lekin isming Abu Jahl. Allohni rahmati cheksiz, vaqt esa hamma narsaga davo. O’tmagan kun, o’tmagan sinov yo’q. Barchasi gunohlarimiz uchun kafforat bo’lsin. Jannatdan umidimiz katta❤️
212
«В конце месяца Рамадан саляфы больше делали истигфар, таубу и увеличивался их страх из за боязни непринятия дел»
О Аллах, выведи нас из этого месяца прощенными, помилованными и освобожденными от огня.
212
Пусть Аллах примет все ваши дуа и дарует вам искренних людей рядом, долгих лет жизни вашим родителям, красивый такдир каждой из вас, мои прекрасные девочки🥰
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
